1055
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
STOMATOLOGIK KASALLIKLAR PROFILAKTIKASIDA FTOR SAQLOVCHI
BIRIKMALARNING AHAMIYATI.
Khayitova Mokhinur Dzhuraevna
Asian International University
Email:
mohinurxayitova45@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14902063
Annotatsiya.
Flyuoroz xastaligi kimyoviy ftor moddasining organizm talab darajasidan
yuqori bo`lgandagina sodir bo`ladi, bu kimyoviy element kariyes, parodont xastaliklari bilan
ham aloqador bo`libgina qolmay ularning kelib chiqishida ham o`z o`rni bor.
Kalit so’zlar:
Ftor, gidroksiapatitlar, demineralizatsiya, remineralizatsiya, so’lak,
kariyes, emal, dentin.
THE IMPORTANCE OF FLUORIDE-CONTAINING COMPOUNDS IN THE
PREVENTION OF DENTAL DISEASES.
Abstract.
Fluorosis occurs when the chemical fluorine substance exceeds the div's
requirements, this chemical element is not only associated with caries and periodontal diseases,
but also plays a role in their origin.
Keywords:
Fluoride, hydroxyapatites, demineralization, remineralization, saliva, caries,
enamel, dentin.
ЗНАЧЕНИЕ ФТОРСОДЕРЖАЩИХ СОЕДИНЕНИЙ В ПРОФИЛАКТИКЕ
СТОМАТОЛОГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ.
Аннотация.
Флюороз возникает, когда химическое вещество фтор превышает
потребности организма. Этот химический элемент не только связан с кариесом и
заболеваниями пародонта, но и играет роль в их возникновении.
Ключевые слова:
Фтор, гидроксиапатит, деминерализация, реминерализация,
слюна, кариес, эмаль, дентин.
Amerikalik olimlar tomonidan (Din 1931) xol-xol dog`li flyuoroz bilan xastalangan
bemorlarda kariyes jarayoni juda kam uchrashini aniqlanishi, shu asosda kariyes ko`p
uchraydigan aholi ichimlik suvida sun’iy ravishda ftor miqdorini oshirish kariyes tarqalishi va
jadalligini pasaytirishi mumkin degan xulosaga olib keladi. Tarkibida ftor miqdori 1 mg/l va
undan yuqori bo`lgan suv manbaidan suv ichib kelgan aholi suv manbaida ftor miqdori 0.1-0.3
mg/l bo`lgan aholi o`rtasida kariyes tarqalish ko`rsatkichi solishtirilganda ftor ko`p saqlovchi suv
iste’mol qilgan aholi guruhida 50% gacha kariyes kam uchrashi aniqlangan. Iste’mol qilinadigan
suvi tarkibida 1 mg/l ftor bo`lgan aholi o`rtasida flyuoroz kasalligi uchramasligidan kelib chiqib,
suvda ftor miqdorining me’yori 0.8-1.2 mg/l ga teng deb qabul qilingan.
1056
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Birinchi marta Amerikaning ikki shaharlarida ichimlik suvini qo`shimcha sun’iy ravishda
ftorlash kichik sarf-harajatlar talab qilsada, shu shaharlar aholisining ovqatlanishiga hech qanday
o`zgarishlar kiritilmagan holda kariyes jadalligi ko`rsatkichini 60-70% ga pasayganligini
ko`rsatdi. Bunday katta yutuqdan so`ng, boshqa shaharlarda ham ichimlik suvini qo`shimcha ftor
moddasi bilan boyitish joriy qilindi. Ftor elementi inson organizmiga asosan suv orqali kirib
unga bo`lgan talabni qondirishida asosiy o`rin tutsada, tabiatda kishilar organizmiga ftor olib
kiruvchi boshqa manbalar (oziq-ovqatlar, ko`katlar, dori-darmonlar, pestitsidlar) ham mavjud.
Shu bilan bir qatorda superfosfat, fosfor kislotasi, alyuminiy, oyna, sulfat kislota, plastmassalar
va uglevodlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda ham havoga ftor birikmalari ajralib chiqadi va
inson nafas yo`llari orqali organizmga tushadi.
Ftoridlarni organizmdagi metobolizmini (almashinuvini) o`rganish shuni ko`rsatadiki,
mazkur moddalar tish va suyak to`qimasini hosil qiluvchi minerallarga juda yaqin turarkan. Ftor
saqlovchi elementlar skelet tuzilmalarning organizmda suyuqliklar oqib, yuvib turuvchi
sohalarida yig`iladi. Bunday sohalarga dentin emalning yuza qatlamlari misol bo`ladi. Dentin
to`qimasi pulpa qon tomirlari bilan bevosita a’loqador bo`lsa, emal to`qimasining yuzasi doimo
so`lak bilan yuvilib turadi. Qon va so`lak tarkibidagi ftor saqlovchi birikmalar
konsentratsiyasining miqdori inson organizmiga tashqaridan, ayniqsa suv orqali tushayotgan ftor
moddasining miqdori bilan bevosita bog`liqdir. Tish qattiq to`qimalarida ftor saqlovchi mineral
tuzlar emalning homiladorlik va bola tug`ilgandan so`ng (1-3 doimiy tishlar shakllanishi
davrlarida eng ko`p yig`ilishi aniqlangan. Bu davrlarda sut va doimiy tishlar emal to`qimasi jadal
suratlar bilan mineral tuzlarga to`yina boshlaydi. So`lak tarkibidagi ftoridlar konsentratsiyasi 1
mol/l yoki suv tarkibidagi ftorning 1/50 qismini tashkil qiladi. Tish usti yumshoq karashlaridagi
ftoridlar konsentratsiyasi so`lak tarkibidagidan 40-60 marta yuqoridir. Ammo ularning ma’lum
bir qismigina erkin ionlar shaklida bo`lib, almashinuvda ishtirok etadi. Qolgan asosiy miqdori
bog`langan holda mavjud bo`lib, almashinuv jarayonida ishtirok etmaydi. Bugungi kunda ftor
birikmalarining tish qattiq to`qimalariga ta’sir mexanizmi izlanishlar bergan ma’lumotlarga
tayanadi. Uzoq yillar mobaynida ftor saqlovchi birikmalarning profilaktik ta’siri emalda faqat
ftorapatitlar hosil bo`lishi bilan tushuntirilar edi. Bunda kalsiy ftoridning hosil bo`lishi va uning
so`lakda erib emal yuzasidan yuvilib chiqishi salbiy holat deb baholanardi. Bugungi olingan
ilmiy ma’lumotlar va tajribalar asosida tuzilgan konsepsiyaga binoan ftoridlarning kariyes
barqarorlik ta’siri ularning tish to`qimalarida va so`lakda ko`plab yig`ilishi bilan bog`liq.
Yig`ilgan ftorli birikmalar ph ko`rsatkichi pasayganda tish karashlari tarkibidan ftor elementini
erkin ftor ioni sifatida ajratib chiqaradi. Bu esa emalda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan
demineralizatsiya jarayonini sekinlashtiradi yoki butunlay to`xtatdi.
1057
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Tish emali yuzasida ftor ionlarining doimiy muloqoti evaziga kalsiy ftorning
mikrokristall globulalari hosil bo`lib, emalning kariyesga nisbatan turg`unligini ta’minlab turadi.
Organizmga ftor moddasinng uzluksiz ravishda oz-oz miqdorda kirishi (tish pastasi
tarkibida) emal qavatning ftor bilan ta’minlab uning kariyesga nisbatan turg`unlik muvozanatini
saqlab turishga imkon yaratadi. Olingan ma’lumotlarga ko`ra ftorid kalsiy mikrokristalllari emal
yuzasida hosil bo`lgandan so`ng ular kalsiy fosfat va oqsil molekulasiga o`raladi (qoplanadi).
Kalsiy fosfat hamda oqsil moddasi doimo so`lak tarkibida mavjud bo`ladi.
Fosfat ionlari kalsiy ftorid kristalllarining faollik markazlariga adsorbsiyalanib
ftorgidroksiapatit mineral birikmasini hosil qiladi. Bu esa kalsiy ftor birikmasining erishini bir
muncha sekinlashtiradi. Tish emalini o`rab turuvchi muhit pH ko`rsatkichining pasayishi
(kislotali muhit ni hosil bo`lishi) kalsiy ftor birikmasining turg`unsizligiga sabab bo`ladi va ftor
ionlarining kalsiy va fosfatlarga nisbatan sezgirligi oshadi. Kalsiy va fosfatlar esa kariyes
jarayonida erkinlashuvi mumkin. Natijada kalsiy va fosfat ionlar ftor ioni bilan birikib
ftorapatitlar hosil qilishadi. Bunday holat kariyes jarayonini rivojlanishini so`ndirishga qaratilgan
bo`ladi. Kislotali muhit sharoitida kalsiy ftor birikmasi faol ravishda erkin ftor ionlarini ajratib,
apatitlar hosil bo`lishini ta’minlaydi va kariyesning oldini olishda asosiy vosita bo`lib
hisoblanadi. Izlanishlardan olingan ma’lumotlar shuni ko`rsatadiki, emal kristalllari to`riga
mustahkam o`rnashib olgan bog`langan ftor kariyesga qarshi potensial vosita bo`la oladi. Lekin
kariyes jarayonini, bevosita rivojlanish yoki sustlashish reaksiyalarida emal va so`lak
chegarasidagi erkin ftor ionlarigina qatnashar ekan. Tish karashalarining suyuq fazasiga yoki tish
emaliga adsorbsiyalanishi uchun ftor birikmalari erigan holda bo`lishi shart. Ftor birikmalarini
tish karashi yoki emali tarkibiga kirib borishida ftoridlarning so`lak tarkibidagi va karash yoki
emaldagi konsentratsiyalar farqi hisobiga sodir bo`ladigan diffuziya kuchi sabab bo`ladi.
Ma’lumki, ionlar konsentratsiyasi darajasi qaysi muhitda past bo`lsa, shu muhitga
konsetratsiyasi yuqori muhitdan ionlar diffuz yo`l bilan o`tadi.
Izlanishlar ftor birikmalari kariyes profilaktikasida muhim o`rin tutishini ko`rsatdi.
Ftoridlar kariyes profilaktikasida o`zining ikki xil yo`nalishidagi ta’siri bilan o`rin tutadi:
a) birinchidan emalga-ta’siri.
b) ikkinchidan tish karashlaridagi bakteriyalarga ta’siri bilan.
Tashqi muhitdan kiruvchi ftoridlarning tish emal qavatiga ta’siri ularning qaysi davrda
(tish taraqqiyotining) organizmga tushishiga bog`liqdir. Ftoridlarning me’yoriy darajada
organizmga kirishi tishlarning chiqishigacha ro`y bersa, unda:
1) gidroksiapatitlar kristalllarining hajmi oshadi,
2) gidroksiapatit gidroksil (OH) gruppasi ftor ioni bilan almashinib ftorapatit hosil
bo`ladi.
1058
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
3) emal tarkibida karbonatlar miqdori kamayadi,
4) emal to`qimasining qattiqligi oshadi,
5) tish fissuralarining chuqurligi kamayib, ular yassilashadi.
Mabodo ftoridlar talab darajasida tishlar chiqib bo`lgandan keyin emal atrofidagi
muhitda bo`lsa, unda ftoridlar ta’siri ostida emal demineralizatsiyasi susayadi va aksincha
remineralizatsiya jarayonini kuchaytiradi. Shu tartibda emalning kariyesga nisbatan turg`unligi
ancha oshadi.
Ftoridlarning ana shu hususiyatlari ularni mahalliy qo`llashdan ko`ra umumiy holda
organizmga kiritilganda ko`proq samara berishini ko`rsatadi. Ftoridlar patogen mikroorganizmlar
metobolizmini buzadi va natijada ularning kariyesogen ta’siri susayadi. Og`iz bo`shlig`ining
normal mikroflorasiga ftoridlarning salbiy ta’siri aiiqlanmagan. Ftor birikmalari so`lak va
karashlarda glyukoza moddasining patogen mikroblar hujayrasiga tashib kirilishiga qarshilik
ko`rsatadi, natijada hujayra tashqarisida hosil bo`ladigan polisaxaridlar sintezini buzadi va shu
bilan tish karashi asosini hosil qiluvchi matritsalarning hosil bo`lishini buzadi. So`lak tarkibida
ftoridlarning kichik konsentratsiyasi organik kislotalarni neytrallab, ularni hosil qiluvchi
fermentlar faolligini pasaytiradi. Sog`lom emal tarkibiga ftor elementini kiritish nihoyatda
mushkul. Shuning uchun profilaktika maqsadida kariyesni erta boshlanish jarayonida tishlarni
doimo yuvib turadigan so`lak tarkibini ftoridlarning kichik konsentratsiyasi bilan boyitib turish
maqsadga muvofiqdir. Ftoridlarning organizmga talab darajasidan ko`proq kirishi salbiy, toksik
ta’sir ko`rsatadi. Ftoridning organizmga kirish miqdorining sutkalik talabini qondirish uchun
kuniga bir kilogramm vaznga nisbatan 0.05-0.07 mg bo`lishi mumkin. Mabodo ftoridlar qabuli
bir kunda organizmda 0.1 mg/kg dan oshgan taqdirda tishlar va suyaklar flyuorozi kasalligi sodir
bo`ladi. Amerika Fanlar Milliy Akademiyasi tavsiyasiga ko`ra bir kunda 1.5 mg dan-4 mg gacha
ftorid qabul qilinishi organizm uchun me’yoriy talab hisoblanadi. Ftor preparatlari bilan
zaharlanishning asosiy belgilari bo`lib: ko`ngil aynishi, qusish, qorinda og`riq paydo bo`lishi
hisoblanadi.
Xulosa:
Ftor inson organizmiga muhim ahamiyatga ega. Mabodo ftoridlar talab
darajasida tishlar chiqib bo`lgandan keyin emal atrofidagi muhitda bo`lsa, unda ftoridlar ta’siri
ostida emal demineralizatsiyasi susayadi va aksincha remineralizatsiya jarayonini kuchaytiradi.
Shu tartibda emalning kariyesga nisbatan turg`unligi ancha oshadi. Ftoridlarning ana shu
hususiyatlari ularni mahalliy qo`llashdan ko`ra umumiy holda organizmga kiritilganda ko`proq
samara berishini ko`rsatadi.
1059
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
REFERENCES
1.
Khayitova, M. Z. (2024). Modern views on the Causes and Treatment of Caries of
Temporary Teeth in Young Children.
International Journal of Alternative and
Contemporary Therapy
,
2
(9), 123-127.
2.
Khayitova, M. D. (2024). Morphological Features of Bottle (Circular) Caries.
American
Journal of Bioscience and Clinical Integrity
,
1
(10), 117-124.
3.
Dzhuraevna, K. M. (2024). Features of Caries Morbidity in Preschool Children.
Research
Journal of Trauma and Disability Studies
,
3
(3), 300-305.
4.
Hayitova, M., & Taylakova, D. (2023). DENTAL CARIES IS A DISEASE OF
CIVILIZATION.
Центральноазиатский журнал образования и инноваций
,
2
(8), 61-
66.
5.
Джураевна, К. М. (2024). Клинико-морфологические аспекты трещин на задних
зубах у взрослых.
Научный журнал травматологии и инвалидности
,
3
(5), 429-432.
6.
Dzhuraevna, K. M. (2024). Prevalence and Course of Dental Diseases Among Younger
Patients.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
3
(5), 433-436.
7.
Хайитова, М. Д. (2023). Особенности Возникновение И Течение Кариеса
Зубов.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
2
(12), 356-363.
8.
Хайитова, М., & Тайлакова, Д. (2023). ВЗГЛЯД СТОМОТОЛОГА НА ГИГЕНУ
ПОЛОСТИ РТА У ДЕТЕЙ.
Инновационные исследования в современном мире:
теория и практика
,
2
(23), 58-59.
9.
Хайитова, М. Д. (2023). РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ И РАСПРЕДЕЛЕНИЕ ТРЕЩИН
НА
ЗАДНИХ
ЗУБАХ
СРЕДИ
ВЗРОСЛЫХ
ПАЦИЕНТОВ
(ОБЗОР
ЛИТЕРАТУРЫ).
Лучшие интеллектуальные исследования
,
12
(1), 186-195.
10.
Dzhuraevna, K. M. (2024). Clinical and Morphological Aspects of Cracks on The Back
Teeth in Adults.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
3
(5), 429-432.
11.
Dzhuraevna, K. M. (2023). THE FREQUENCY OF DENTAL DISEASES IN CHILDREN
(LITERATURE REVIEW).
Лучшие интеллектуальные исследования
,
12
(1), 159-168.
12.
Dzhuraevna, K. M. (2023). FEATURES OF THE OCCURRENCE OF DENTAL
DISEASES IN CHILDREN.
Лучшие интеллектуальные исследования
,
12
(1), 178-185.
13.
Khayitova, M. (2025). GUIDELINES FOR DENTAL EMERGENCIES DURING A
PANDEMIC.
Modern Science and Research
,
4
(1), 827-835.
14.
Kurbanova, N. V. (2024). Modern Presentation of Calcium-Containing Drugs in the
Course of the Study of Dental Diseases.
International Journal of Alternative and
Contemporary Therapy
,
2
(7), 12-14.
1060
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
15.
Kurbanova, N. V. (2024). CLINICAL EVALUATION OF A CRACKED AND
FRACTURED TOOTH.
European Journal of Modern Medicine and Practice
,
4
(11), 544-
548.
16.
Kurbanova, N. V. (2024). Clinical and Morphological Featuresthe Occurrence of Tooth
Decay.
International Journal of Alternative and Contemporary Therapy
,
2
(9), 128-132.
17.
Kurbanova, N. V. (2024, July). Modern Views on the use of Metal-Ceramic Structures in
Dental Prosthetics. In
Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences
(USA)
(Vol. 8, pp. 15-18). https://www. openconference. us/index. ph.
18.
Kurbanova, N. V. (2024). Clinical and Morphological Featuresthe Occurrence of Tooth
Decay.
International Journal of Alternative and Contemporary Therapy
,
2
(9), 128-132.
19.
Ravshanovna, X. L. (2021, June). MINIMALLY INVASIVE METHODS OF
TREATMENT OF DENTAL CARIES IN ADULTS. In
" ONLINE-CONFERENCES"
PLATFORM
(pp. 118-119).
20.
Khalilova, L. (2025). MAIN ASPECTS IN CARIES DIAGNOSIS.
Modern Science and
Research
,
4
(1), 707-715.
Khalilova, Laziza. "GLASS IONOMER CEMENTS USED IN DENTISTRY."
Modern Science
and Research
3.12 (2024): 443-450.
21.
Barotova, S. (2025). A MODERN APPROACH TO THE PREVENTION OF CARIES IN
CHILDREN USING FLUORIDE-PRESERVING DRUGS.
Modern Science and
Research
,
4
(1), 816-826.
22.
Barotova, S. O. (2024). CLINICAL ASPECTS OF CARIOUS INFLAMMATION OF
TEETH IN CHILDREN.
European Journal of Modern Medicine and Practice
,
4
(11), 698-
702.
23.
Axmedova, M. (2025). EATURES OF THE ANATOMICAL STRUCTURE OF THE
TEMPOROMANDIBULAR JOINT AND ITS BONE FORMATIONS.
Modern Science
and Research
,
4
(2), 175-182.
24.
Axmedova, M. (2025). CONDITION OF THE ALVEOLAR PROCESS AND PERIOSTA
WHEN USED REMOVABLE DENTURES.
Modern Science and Research
,
4
(2), 195-202.
25.
Axmedova, M. (2024). CONDITION OF THE ALVEOLAR PROCESS AND PERIOSTE
WHEN
USING
REMOVABLE
DENTURES.
EUROPEAN
JOURNAL
OFMODERNMEDICINEAND PRACTICE
,
4
(11), 528-538.
26.
Qilichovna, A. M. (2024). THEORETICAL FUNDAMENTALS OF CARIES
PREVENTION.
Journal of Science in Medicine and Life
,
2
(5), 222-226.
1061
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
27.
Qilichovna, A. M., & Abdumutalib o’g’li, U. A. (2024). KARIES PROFILAKTIKASI
NAZARIYASI VA AMALIYOTI.
JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE
RESEARCH
,
3
(5), 202-209.
28.
Axmedova, M. (2025). DISEASES OF THE TEMPOROMANDIBULAR JOINT AND
FORMULATION OF DIAGNOSIS.
Modern Science and Research
,
4
(1), 290-3.
29.
Qilichevna, A. M. (2024). COMPARATIVE ANALYSIS OF NUTRITIONAL
DISPARITIES AMONG PEDIATRIC POPULATIONS: A STUDY OF CHILDREN WITH
DENTAL CAVITIES VERSUS THOSE IN OPTIMAL HEALTH.
Central Asian Journal
of Multidisciplinary Research and Management Studies
,
1
(2), 30-34.
30.
Qilichovna, A. M. (2024). FACTORS CAUSING THE WIDE SPREAD OF DENTAL
CARIES.
EUROPEAN JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND PRACTICE
,
4
(4), 154-
160.
31.
Ахмедова, М. К. (2024). РАЗЛИЧИЯ В ПИТАНИИ ДЕТЕЙ С КАРИЕСОМ ЗУБОВ И
ЗДОРОВЫХ ДЕТЕЙ.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
,
6
(2), 224-234.
32.
Qilichovna, A. M. (2024). TISH KARIYESI BO'LGAN BOLALAR VA SOG'LOM
BOLALARNING
OVQATLANISHIDAGI
FARQLAR.
Ta'limning
zamonaviy
transformatsiyasi
,
6
(2), 213-223.
33.
Ахмедова,
М.
К.
(2024).
ИЗУЧЕНИЕ
ПРИЧИННЫХ
ФАКТОРОВ
ПАРОДОНТИТА.
Journal of new century innovations
,
49
(3), 47-53.
34.
Qilichovna, A. M. (2024). TO STUDY THE FACTORS THAT CAUSE
PERIODONTITIS.
Journal of new century innovations
,
49
(3), 40-46.
35.
Ахмедова, М. К. (2024). Основные Профилактические Методы Тканей Пародонта У
Детей И Подростков.
Образование Наука И Инновационные Идеи В Мире
,
41
(5), 254-
260.
36.
Qilichovna, A. M. (2024). THE ROLE OF PATHOGENESIS IN THE GROWTH
FACTORS OF PERIODONTITIS DISEASE.
Journal of new century innovations
,
49
(3),
25-32.
37.
Qilichovna, A. M. (2024). HOMILADOR AYOLLARDA TISH VA PARADONT
KASALLIKLARINING
OLDINI
OLISH.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
41
(5), 246-253.
38.
Qilichovna, A. M. (2024). PREVENTION OF PERIODONTAL AND GUM DISEASES
IN PREGNANT WOMEN.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ
,
41
(5), 240-245.
1062
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
39.
Qilichovna, A. M. (2024). PREVENTION OF PERIODONTAL DISEASES IN
CHILDREN AND TEENAGERS.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
,
41
(5), 234-239.
40.
Qilichovna, A. M. (2024). Clinical Signs When Accompanied By Dental Diseases And
Metabolic Syndrome.
Образование Наука И Инновационные Идеи В Мире
,
39
(5), 116-
24.
41.
Ахмедова, М. К. (2024). ОБЩИЕ ПРИЧИНЫ КАРИЕСА ЗУБОВ.
Лучшие
интеллектуальные исследования
,
14
(4), 77-85.
42.
Qilichovna, A. M. (2024). CLINIC FOR PATIENTS WITH DENTURES COMPARATIVE
DIAGNOSIS AND PATHOGENESIS.
TADQIQOTLAR
,
30
(3), 127-135.
43.
Ahmedova, M. (2024). COMPARATIVE ANALYSIS OF NUTRITIONAL DISPARITIES
AMONG PEDIATRIC POPULATIONS: A STUDY OF CHILDREN WITH DENTAL
CAVITIES VERSUS THOSE IN OPTIMAL HEALTH.
Центральноазиатский журнал
междисциплинарных исследований и исследований в области управления
,
1
(2), 30-34.
44.
Ahmedova, M. (2023). DIFFERENCES IN NUTRITION OF CHILDREN WITH
DENTAL CARIES AND HEALTHY CHILDREN.
International Bulletin of Medical
Sciences and Clinical Research
,
3
(12), 42-46.
45.
Axmedova, M. (2023). TISH KARIESINING KENG TARQALISHIGA SABAB
BO’LUVCHI
OMILLAR.
Центральноазиатский
журнал
образования
и
инноваций
,
2
(12), 200-205.
46.
Ахмедова, М. (2023). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КОМПЬЮТЕРНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА
ЭТАПАХ ДИАГНОСТИКИ И ПЛАНИРОВАНИЯ ОРТОПЕДИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ
НА ОСНОВЕ ЭНДОССАЛЬНЫХ ИМПЛАНТАТОВ.
Центральноазиатский журнал
образования и инноваций
,
2
(11 Part 2), 167-173.
47.
Axmedova, M. (2024). USE OF COMPUTER TECHNOLOGY AT THE STAGES OF
DIAGNOSIS
AND
PLANNING
ORTHOPEDIC
TREATMENT
BASED
ON
ENDOSSEAL
IMPLANTS.
Журнал
академических
исследований
нового
Узбекистана
,
1
(2), 28-33.
48.
Ахмедова, М. (2020). НАРУШЕНИЯ ЭНДОТЕЛИАЛЬНОЙ ФУНКЦИИ ПРИ
РАЗВИТИИ АФТОЗНОГО СТОМАТИТА.
Достижения науки и образования
, (18
(72)), 65-69.
49.
Axmedova, M. (2023). THE IMPACT OF SOCIOCULTURAL FACTORS ON THE
PERVASIVENESS OF DENTAL CARIES AS A COMPLEX HEALTH CONDITION IN
CONTEMPORARY SOCIETY.
International Bulletin of Medical Sciences and Clinical
Research
,
3
(9), 24-28.
1063
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
50.
Qilichovna, A. M., & Abdumutalib o’g’li, U. A. (2024). KARIES PROFILAKTIKASI
NAZARIYASI VA AMALIYOTI.
JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE
RESEARCH
,
3
(5), 202-209.
51.
Axmedova, M., & Neymatov, D. (2025). TERAPEVTIK STOMATALOGIYADA
BEMORLARNI
ASOSIY
TEKSHIRISH
USULLARI.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1), 257-267.
52.
Axmedova, M., & Neymatov, D. (2025). TERAPEVTIK STOMATALOGIYADA
BEMORLARNI
QO'SHIMCHA
TEKSHIRISH
USULLARI
(PARAKLINIK
USUL).
Modern Science and Research
,
4
(1), 268-278.
53.
Qilichovna, A. M., & Safarboy o’g’li, T. S. (2024). 4-AVLOD ADGEZIV
SISTEMA.
JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE RESEARCH
,
3
(5), 307-
313.
54.
Qilichovna, A. M., & Nematilloyevna, X. M. (2024). TIBBIYOT TILI HISOBLANMISH
LOTIN TILINI SAMARALI O’RGANISH OMILLARI: Yangi O'zbekiston taraqqiyotida
tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni
o'rni va rivojlanish omillari
,
6
(4), 197-206.
55.
Nematilloyevna, X. M., & Qilichovna, A. M. (2024). MORPHO-FUNCTIONAL
CHANGES IN ACUTE FORMS OF APHTHOUS STOMATITIS: Yangi O'zbekiston
taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida
tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
,
6
(4), 177-186.
56.
Qilichovna, A. M., & Nematilloyevna, X. M. (2024). METABOLIK SINDROMI VA QON
BOSIMI BOR BEMORLARDA O'ZGARISH XUSUSIYATLARI BAHOLASH: Yangi
O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari.
Yangi O'zbekiston
taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
,
6
(4), 187-196.
57.
Qilichovna, A. M., Nematilloyevna, X. M., & Ergashevich, I. I. (2024). THE ROLE OF
CARIOGENIC AND PROTECTIVE FACTORS IN THE PREVENTION OF
CARIES.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
43
(8), 45-
51.
58.
Qilichovna, A. M., Nematilloyevna, X. M., & Ergashevich, I. I. (2024). KARIYESNING
OLDINI OLISHDA KARIOGEN VA HIMOYA OMILLARNING ROLI.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
43
(8), 52-59.
59.
Ergashevich, I. I., Bahronovich, B. F., & Qilichevna, A. M. (2024). ASTMATIK
STATUSDAN
BEMORLARNI
CHIQARISHNING
ZAMONAVIY
TAMOYILLARI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ
,
43
(8), 36-44.
1064
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
60.
Vahidovna, K. N., & Kilichovna, A. M. (2024). FACTORS CAUSING PERIODONTAL
TISSUE
DISEASES.
JOURNAL
OF
HEALTHCARE
AND
LIFE-SCIENCE
RESEARCH
,
3
(5), 185-195.
61.
Qilichovna, A. M., & Vahidovna, K. N. (2024). FACTORS CAUSING DISEASES OF
PERIODONTAL TISSUES.
JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE
RESEARCH
,
3
(5), 196-201.
62.
Кузиева, М., Axмедова, М., & Халилова, Л. (2025). СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ
ВЫБОРА МАТЕРИАЛА ДЛЯ ОРТОПЕДИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ БОЛЬНЫХ,
НУЖДАЮЩИХСЯ
В
ПРОТЕЗИРОВАНИИ
ЗУБОВ.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1), 322-333.
63.
Ахмедова, М., Кузиева, М., & Халилова, Л. (2025). СОСТОЯНИЕ
АЛЬВЕОЛЯРНОГО ОТРОСТКА И ПЕРИОСТА ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ
СЪЕМНЫХ ПРОТЕЗОВ.
Modern Science and Research
,
4
(1), 301-310.
64.
Ахмедова, М., Кузиева, М., & Курбанова, Н. (2025). ЗАБОЛЕВАНИЙ ВИСОЧНО-
НИЖНЕЧЕЛЮСТНОГО СУСТАВА И ФОРМУЛИРОВАНИЕ ДИАГНОЗА.
Modern
Science and Research
,
4
(1), 279-289.
65.
Халилова, Л., Axмедова, М., & Кузиева, М. (2025). ОСНОВНЫЕ АСПЕКТЫ ПРИ
ДИАГНОСТИКИ КАРИЕСА.
Modern Science and Research
,
4
(1), 697-706.
66.
Кузиева, М., Ахмедова, М., & Халилова, Л. (2025). ГАЛЬВАНОЗ И МЕТОДЫ ЕГО
ДИАГНОСТИКИ В КЛИНИКЕ ОРТОПЕДИЧЕСКОЙ СТОМАТОЛОГИИ.
Modern
Science and Research
,
4
(2), 203-212.
67.
Кузиева, М. А. (2023). Клиникоморфологические Критерии Органов Ротовой
Полости При Применении Несъемных Ортопедических Конструкций.
Research
Journal of Trauma and Disability Studies
,
2
(12), 318-324.
68.
Abdusalimovna, K. M. (2024). THE USE OF CERAMIC MATERIALS IN
ORTHOPEDIC DENTISTRY.(Literature review).
TADQIQOTLAR
,
31
(3), 75-85.
69.
Abdusalimovna, K. M. (2024). CLINICAL AND MORPHOLOGICAL FEATURES OF
THE USE OF METAL-FREE CERAMIC STRUCTURES.
TA’LIM VA INNOVATSION
TADQIQOTLAR
,
13
, 45-48.
70.
Abdusalimovna, K. M. (2024). THE ADVANTAGE OF USING ALL-CERAMIC
STRUCTURES.
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
,
13
, 49-53.
71.
Abdusalimovna, K. M. (2024). MORPHO-FUNCTIONAL FEATURES OF THE
METHOD
OF
PREPARATION
OF
DEPULPATED
TEETH
FOR
PROSTHETICS.
SCIENTIFIC
JOURNAL
OF
APPLIED
AND
MEDICAL
SCIENCES
,
3
(4), 301-307
1065
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
72.
Abdusalimovna, K. M. (2024). Clinical and Morphological Features of the Use of Non-
Removable Orthopedic Structures.
JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE
RESEARCH
,
3
(5), 73-78.
73.
Kuzieva, M. A. (2024). CARIOUS INFLAMMATION IN ADOLESCENTS: CAUSES,
FEATURES AND PREVENTION.
European Journal of Modern Medicine and
Practice
,
4
(11), 564-570.
74.
Kuzieva, M. A. (2024). Malocclusion–Modern Views, Types and Treatment.
American
Journal of Bioscience and Clinical Integrity
,
1
(10), 103-109.
75.
KUZIEVA, M. A. (2024). MODERN ASPECTS OF MORPHO-FUNCTIONAL DATA
AND TREATMENT OF AGE-RELATED CHANGES IN THE MAXILLOFACIAL
REGION.
Valeology: International Journal of Medical Anthropology and Bioethics
,
2
(09),
126-131.
