Authors

  • Mokhinur Khayitova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73606

Keywords:

Karashlar pellikula blyashka milk osti tish toshlari milk usti tish toshlari bakteriyalar anorganik moddalar.

Abstract

Inson hayot faoliyati davomida tishlarning yuzasida hosil bo`ladigan tuzilmalar-karashlar, toshlar yoki cho`kmalar tish qattiq to`qimalari va paradont to`qimalari kasalliklarini yuzaga kelishida muhim o`rin tutadi.

background image

1405

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

TISH YUZASIDA HOSIL BO`LADIGAN KARASHLAR VA TOSHLAR

(CHO`KMALAR)

Khayitova Mokhinur Dzhuraevna

Asian International University.

Email:

mohinurxayitova45@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15093856

Annotatsiya.

Inson hayot faoliyati davomida tishlarning yuzasida hosil bo`ladigan

tuzilmalar-karashlar, toshlar yoki cho`kmalar tish qattiq to`qimalari va paradont to`qimalari

kasalliklarini yuzaga kelishida muhim o`rin tutadi.

Kalit so’zlar:

Karashlar, pellikula, blyashka, milk osti tish toshlari, milk usti tish toshlari,

bakteriyalar, anorganik moddalar.

CARIES AND CALCULUS (DEPOSITS) FORMED ON THE SURFACE OF THE

TEETH

Abstract.

Structures formed on the surface of the teeth during human life - caries,

calculus or deposits - play an important role in the development of diseases of the hard tissues of

the teeth and periodontal tissues.

Keywords:

Caries, pellicle, plaque, subdental calculus, supradental calculus, bacteria,

inorganic substances.

ЗУБНОЙ КАМЕНЬ И ОТЛОЖЕНИЯ, ОБРАЗУЮЩИЕСЯ НА ПОВЕРХНОСТИ

ЗУБОВ

Аннотация.

Образующиеся на поверхности зубов в течение жизни человека

структуры — зубной камень, камни или отложения — играют важную роль в развитии

заболеваний твердых тканей зубов и тканей пародонта.

Ключевые слова:

Кариес, пелликула, зубной налет, подзубный камень, надзубный

камень, бактерии, неорганические вещества.

Tish karashlari va toshlari tasnifi:

I. Minerallashmagan tish yumshoq karashlari:

a) pellikula

b) tish usti karashi (blyashka)

v) oq yumshoq karash

g) ovqat qoldiqlari

II. Minerallashgan tish toshlari

a) milk usti tish toshlari

b) milk osti tish toshlari


background image

1406

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Minerallashmagan tish karashlari.

Tish pellikulasi

-inson hayot faoliyati davrida o`zlashtirgan tishning anatomik strukturasi

hisoblanuvchi kutikula o`rnida paydo bo`lgan yumshoq karash hisoblanadi. Pellikula tishlar

chiqqandan so`ng ular yuzasida so`lak tarkibiga kiruvchi glikoproteinlar hosilalarining emal

yuzasiga adsorbsiyalanib o`tirib qolishidan hosil bo`ladi. Tishlar yaxshilab cho`tka pasta

yordamida tozalanganda pellikulalar yemirilib tozalanadi. Pellikuladan holi qilingan tish yuzasi

so`lak bilan uzviy muloqotda bo`lib turishi natijasida pellikula o`zini juda qisqa vaqt ichida yana

tiklaydi. Pellikula strukturasiz tuzilma bo`lib tish yuzasiga juda yaxshi adgeziv yopishish

xususiyatiga ega bo`lishi bilan bir qatorda o`z navbatida bakteriyalar uchun tanlab yopishib,

koloniyalar hosil qilib ko`payishiga sabab bo`luvchi, qulay manbaa bo`lib hisoblanadi. Tish

emali yuza qavatida kechishi mumkin bo`lgan diffuziya jarayoni va o`tkazuvchanlik ko`p

hollarda pellikula mavjudligi va uning xususiyatlariga bog`liqdir. Tishda paydo bo`lgan pellikula

qobig`i bir tomondan ma’lum bir darajada emal strukturasini himoya qilsa, ikkinchi tomondan

uning qalinlashib, ko`payib ketishi emaldagi diffuziya jarayonini me’yorda kechishiga halaqit

beradi.

Tish blyashkasi

-vaqt o`tishi va og`iz bo`shlig`i shaxsiy gigiyenasiga rioya qilmaslik

natijasida pellikula ustida tish karashi blyashka hosil bo`ladi. Bu karash zich tuzilma bo`lib,

oqsil, polisaharid, lipid va bir qadar anorganik moddalar (kalsiy, fosfatlar, magniy, kaliy, natriy)

dan hosil bo`lgan asosga kirib, koloniyalar hosil kilgan mikroorganizmlardan iboratdir. Tish usti

karashi-blyashka rangsiz, yumshoq cho`kma bo`lib, maxsus tarkibida yod saqlovchi eritmalar

yoki fuksin, eritrozin kabi bo`yoqlar bilan yaxshi bo`yalib aniqlanadi. Tish usti karashi og`izni

chayish, cho`tka, pasta yordamida tozalashdan keyin ham tish bo`yin sohalarida notekis, silliq

bo`lmagan yuzani hosil kilib turadi. Aynan mana shu sohada mikroorganizmlarning faol hayot

faoliyati kechadi. Bu faoliyat natijasida fermentlar ishtirokidagi, faol parchalanish, bijg`ish,

kislotalar hosil bo`lish jarayoni kuzatiladi. Blyashka tozalanib emal yuzasi ochilganda ba’zan

emal sathida xiralashgan demineralizatsiya sohalarini ko`rish mumkin. Bugungi kunda tish usti

karashlarini kariyes va parodont yallig`lanishi xastaliklarini kelib chiqishidagi o`rni va ahamiyati

to`liq aniqlangan.


background image

1407

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Bu tuzilmalar asosan mikroorganizmlarning emal yuzasiga adsorbsiyasi natijasida yuzaga

keladi va navbatma-navbat kokksimon floralar, keyin tayoqchasimon va ipsimon bakteriyalarni

qavatma-qavat joylashuvidan iborat kompleksdir. Tish usti karashi (blyashka) asosan

ko`payuvchi mikroorganizmlar, epiteliotsitlar, leykotsitlar va makrofaglardan tashkil topgan.

Tish usti karashlari quruq qismining 70% ni bakteriyalar, 20% ni organik va anorganik

moddalar tashkil qiladi. Tish usti karashi oddiy struktura tuzilishiga ega bo`lganligidan uning

tarkibiy qismiga uglevodli molekulalar qiyinchiliksiz singib kiradi. Yumshoq, uglevodga boy

ovqatlar is’temol qilinganda tish usti karashlari juda tez o`sadi va qalinlashadi. Tish usti

karashlari asosan tishning milk usti sathida, fissuralarga kirish sohasida, kontakt yuzalarda tez

vujudga keladi. Karashlarning 80 85% i suv bo`lib, mineral moddalarning asosini kalsiy ,

anorganik fosfatlar va ftoridlar tashkil qiladi. Kalsiy moddasi tish usti karashlarida bakteriyalar,

hujayralardan tashqari oqsillar, fosfatlar bilan bog`langan holda bo`lib, anorganik ortofosfat yoki

organik birikmalar hosil bo`lishida ishtirok etadi. Tish usti karashida ftoridlarning oz miqdorda

borligi aniqlangan. Ftoridlarning karashlarda yig`ilishida bakteriyalarning o`rni bor. Bakteriyalar

ftor moddasini o`z hujayralarida yig`adi va ularning o`lishi yoki parchalanishi natijasida ajralib

chiqqan ftor ionlari kalsiy bilan birikib ftoridlarni hosil qiladi. Tish usti karashlarining 25-30%

ini suvli faza hosil qiladi va u hujayradan tashqarida bo`lib, bakteriyalar uchun "inkubatsiya

muhitini" yaratadi.

Tish usti yumshoq karashlari

oq, yashil, jigarrang tusda bo`lishi aniqlangan. Oq

yumshoq tish karashi maxsus bo`yoqlar bilan bo`yalmasdan ham ko`zga tashlanadi. Yumshoq oq

karashlar asosan og`iz bo`shlig`i shaxsiy gigiyenasiga amal qilinmaganda, so`zlash va chaynash

a’zolari tinch turgan paytlarda hosil bo`ladi. Bu turdagi karash og`izda hid paydo bo`lishini, ta’m

bilish sezgisini o`zgartirishni ta’minlab, tish toshi hosil bo`lishida kristalllanish markaziga

aylanishi mumkin. Yashil yumshoq tish karashi, ko`pchilik hollarda bolalar va o`smir yoshlar

tishlarida hosil bo‘ladi. Bunday karashlar asosan frontal tishlarning lab yuzasida yupqa qatlam

sifatida yuzaga keladi. Yashil yumshoq karashlarning hosil bo`lishi xlorofill saqlovchi xromogen

mikroorganizmlarning hayoti faoliyati bilan bog`liqdir. Yumshoq, jigarrang tish karashi asosan

chekuvchilarda uchraydi. Uning rangini to`q yoki ochligi nikotin va ko`p, oz chekishga

bog`liqdir.

Bu xil karashlar tish cho`tka va pastasi yordamida qiyinchilik bilan tozalanadi. Jigarrang

tish karashlari chekmaydiganlar og`iz bo`shlig`ida misli amalgama plombalari mavjud

insonlarda va bronzadan, latun, misdan yasaladigan mahsulotlar tayyorlovchi kishilarda ham

uchraydi.


background image

1408

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Bunday karashlar bolalarda sut tishlarida so`lak bilan ko`p miqdorda qaytarilmagan temir

moddasining ajralib chiqib, og`iz bo`shlig`ida oqsillar parchalanishi natijasida ajralib chiqqan

oltingugurt bilan birikishi natijasida hosil bo`lgan bo`yovchi moddalarni adsorbsiyasi tufayli

vujudga keladi.

Ovqat qoldiqlari

tishlar qatorida mavjud bo`lgan retensiya sohalarida tiqilib qoladi. Ular

lablar, lunjlar, tilning harakati va og`iz chayish paytida oson ko`chib tushib ketadi. Yopishqoq

uglevodli ovqatlar, shirinliklar qabulidan keyin ularning bir qismi tishlarning retensiya

nuqtalarida o`rnashib qolib, achish va chirish jarayonini ta’minlab turadi. Mikroorganizmlarga

ovqat mahsuloti bo`lib ularning metabolizmini ta’minlaydi. mikroorganizmlar hayot Natijada

tish usti karashlaridagi faoliyati faollashadi. Mikroorganizmlar uglevodli ovqatlarni bijg`itish

yo`li bilan sut kislotasi hosil qiladi, bu esa o`z navbatida tish emaliga ta’sir qilib

demineralizatsiya jarayonini boshlanishiga sabab bo`ladi.

Minerallashgan tish toshlari Insonlarda og`iz bo`shlig`iga bo`lgan e’tibor sodir bo`ladigan

kasalliklar, og`izdan taraladigan har xil hidlar, noxush holatlar bilan bog`liqdir. Bunday holatni

biz tishlar yuzasida minerallashgan cho`kmalar-toshlar paydo bo`lganda kuzatamiz.

Tish toshlari minerallashish natijasida qotgan yoki qotayotgan massa bo`lib, milkka

nisbatan joylashuviga qarab: milk osti va milk usti turlarga bo`linadi.

Milk usti toshlari.

Milk usti toshlari milk qirrasi ustida joylashgan bo`lib, oson

aniqlanadi.

Milk usti toshlari odatda oqish, oq-sariq, jigarrang tusda bo`lib, qattiq, tez ushaladigan,

loysimon konsistensiyada ham bo`ladi. Bu tuzilmalarning rangi ovqat pigmentlariga,

chekuvchilarda tamakiga bog`liq bo`ladi. Tish toshini alohida bir tishda, tishlar guruhida va

butun tishlar qatorida kuzatish mumkin. Ko`pchilik hollarda milk usti toshi ko`plab yuqori

chaynov tishlar lunj sathida, quloq oldi so`lak bezining og`iz bo`shlig`iga ochilish sohasida,

pastki frontal tishlarning til yuzasida, til osti, jag` osti so`lak bezlar ochiladigan sohada yig`iladi.

Bugunki kunda milk usti toshlarining so`lakdan hosil bo`lishi isbotlangan. So`lak tarkibidagi

mineral tuzlar konsentratsiyasi oshishi natijasida, ular tish usti yumshoq karashlari ustiga

cho`kib, uni to`yintiradi. Tish toshlari o`smirlik davrida paydo bo`la boshlaydi va yosh

kattalashgan sari ko`payib boradi. Milk usti toshlarining kimyoviy tarkibini 70-90% anorganik,

10 30% ini organik moddalar tashkil qiladi. Anorganik qismining asosini kalsiy fosfat - 75.9%,

kalsiy karbonat - 3.1% va magniy karbonatlar hosil qiladi. Anorganik elementlar o`z miqdori

bo`yicha quyidagicha taqsimlangan: kalsiy - 39%, fosfor-19%, magniy – 0,8%. Bulardan

tashqari tish toshlari o`z tarkbida natriy, rux, stronsiy, brom, mis, volfram, alyuminiy, oltin kabi

mikroelemetlar saqlaydi.


background image

1409

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Tish toshlarining organik tarkibi protein-polisaxarid kompleksi, qovjirab tushgan epiteliy,

leykotsitlar va mikroorgnizmlardan iborat.

Milk osti tish toshlari.

Milk osti tish toshlari milk marginal sohasi ostida joylashgan

bo`ladi va ularni oddiy ko`zda ko`ra olmaymiz. Aniqlashning asosiy usuli zondlash. Aniqlangan

tish milk osti toshlari odatda qattiq, to`q jigarrang yoki qoramtir-yashil tusda bo`ladi.

Milk osti toshi tish bo`yin qismini o`rab olishga harakat qiladi va notekis sath hosil qilib

tishlarga qattiq yopishgan bo`ladi. Kimyoviy va struktura tuzilishi jihatidan milk osti toshlari

milk usti toshlariga juda ham o`xshashdir. Bular asosan milk suyuqligidan hosil bo`ladi.

Struktura tuzilishiga ko`ra tish toshlari-bu minerallashib ohaklashgan tish usti yumshoq

karashidir. Tish usti yumshoq karashi (blyashka) o`zida so`lakka nisbatan 20 marta ortiqroq

kalsiy ni adsorbsiya qilishi mumkin. Tish toshlari tez-tez hosil bo`lib turuvchi kishilarda tish usti

karashlarida 3 hissa ko`proq fosfor bo`lishi aniqlangan.

Bu esa tish toshlarining u yoki bu miqdorda hosil bo`lishida fosfor elementining o`rni

borligini ko`rsatadi. Tish usti yumshoq karashlarining minerallashib ohaklashishi va toshga

aylanish jarayoni asosida kalsiy ionlarining proteinpolisaxarid kompleksi bilan birikishi

oqibatida fosfat kalsiy kristallarining blyashka ustiga cho`kib, mikroorganizmlariga to`yinishi va

massasining oshishi yotadi.

Tish usti toshlarini hosil bo`lishida ovqatning qattiq yumshoqligi ham muhim o`rin tutadi.

Qattiq ovqatlar chaynash tish toshlarini hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Yumshoq ovqat

iste’moli uning hosil bo`lishini tezlashtiradi.


background image

1410

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Xulosa:

Og’iz gigiyenasiga rioya qilmaslik, ratsional ovqatlanmaslik inson salomatligi

uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bakteriyalarning ko’payishi, doimiy yumshoq mahsulotlarning

iste’mol qilinishi, stomatolog ko’rigiga bormaslik natijasida og’iz bo’shlig’ida har xil kasalliklar,

kariyes, milk kasalliklari va har xil noxsh holatlar kelib chiqadi.

REFERENCES

1.

Khayitova, M. Z. (2024). Modern views on the Causes and Treatment of Caries of

Temporary Teeth in Young Children.

International Journal of Alternative and

Contemporary Therapy

,

2

(9), 123-127.

2.

Khayitova, M. D. (2024). Morphological Features of Bottle (Circular) Caries.

American

Journal of Bioscience and Clinical Integrity

,

1

(10), 117-124.

3.

Dzhuraevna, K. M. (2024). Features of Caries Morbidity in Preschool Children.

Research

Journal of Trauma and Disability Studies

,

3

(3), 300-305.

4.

Hayitova, M., & Taylakova, D. (2023).

DENTAL CARIES IS A DISEASE OF

CIVILIZATION.

Центральноазиатский журнал образования и инноваций

,

2

(8), 61-66.

5.

Джураевна, К. М. (2024). Клинико-морфологические аспекты трещин на задних

зубах у взрослых.

Научный журнал травматологии и инвалидности

,

3

(5), 429-432.

6.

Dzhuraevna, K. M. (2024). Prevalence and Course of Dental Diseases Among Younger

Patients.

Research Journal of Trauma and Disability Studies

,

3

(5), 433-436.

7.

Хайитова, М. Д. (2023). Особенности Возникновение И Течение Кариеса

Зубов.

Research Journal of Trauma and Disability Studies

,

2

(12), 356-363.


background image

1411

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

8.

Хайитова, М., & Тайлакова, Д. (2023). ВЗГЛЯД СТОМОТОЛОГА НА ГИГЕНУ

ПОЛОСТИ РТА У ДЕТЕЙ.

Инновационные исследования в современном мире:

теория и практика

,

2

(23), 58-59.

9.

Хайитова, М. Д. (2023). РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ И РАСПРЕДЕЛЕНИЕ ТРЕЩИН

НА

ЗАДНИХ

ЗУБАХ

СРЕДИ

ВЗРОСЛЫХ

ПАЦИЕНТОВ

(ОБЗОР

ЛИТЕРАТУРЫ).

Лучшие интеллектуальные исследования

,

12

(1), 186-195.

10.

Dzhuraevna, K. M. (2024). Clinical and Morphological Aspects of Cracks on The Back

Teeth in Adults.

Research Journal of Trauma and Disability Studies

,

3

(5), 429-432.

11.

Dzhuraevna, K. M. (2023). THE FREQUENCY OF DENTAL DISEASES IN CHILDREN

(LITERATURE REVIEW).

Лучшие интеллектуальные исследования

,

12

(1), 159-168.

12.

Dzhuraevna, K. M. (2023). FEATURES OF THE OCCURRENCE OF DENTAL

DISEASES IN CHILDREN.

Лучшие интеллектуальные исследования

,

12

(1), 178-185.

13.

Khayitova, M. (2025). GUIDELINES FOR DENTAL EMERGENCIES DURING A

PANDEMIC.

Modern Science and Research

,

4

(1), 827-835.

14.

Хаитова, М. (2025). СТОМАТОЛОГИК КАСАЛЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИДА

ФТОР САКЛОВЧИ БИРИКМАЛАРНИНГ АХАМИЯТИ.

Современная наука и

исследования

,

4

(2), 1055–1065.

15.

Тошбеков Б. и Хаитова М. (2025). ТИШ КАРИЕСИ ПРОФИЛАКТИКАСИНИНГ

ИНСОН

ОРГАНИЗМИДАГИ

АХАМИЯТИ.

Современная

наука

и

исследования

,

4

(2), 591–594.

16.

Kurbanova, N. V. (2024). Modern Presentation of Calcium-Containing Drugs in the Course

of the Study of Dental Diseases.

International Journal of Alternative and Contemporary

Therapy

,

2

(7), 12-14.

17.

Kurbanova, N. V. (2024).

CLINICAL EVALUATION OF A CRACKED AND FRACTURED

TOOTH.

European Journal of Modern Medicine and Practice

,

4

(11), 544-548.

18.

Kurbanova, N. V. (2024). Clinical and Morphological Featuresthe Occurrence of Tooth

Decay.

International Journal of Alternative and Contemporary Therapy

,

2

(9), 128-132.

19.

Ахмедова, М., Кузиева, М., & Курбанова, Н. (2025). ЗАБОЛЕВАНИЙ ВИСОЧНО-

НИЖНЕЧЕЛЮСТНОГО СУСТАВА И ФОРМУЛИРОВАНИЕ ДИАГНОЗА.

Modern

Science and Research

,

4

(1), 279-289.

20.

Kurbanova, N. V. (2024, July). Modern Views on the use of Metal-Ceramic Structures in

Dental Prosthetics. In

Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences

(USA)

(Vol. 8, pp. 15-18). https://www. openconference. us/index. ph.

21.

Kurbanova, N. V. (2024). Clinical and Morphological Featuresthe Occurrence of Tooth

Decay.

International Journal of Alternative and Contemporary Therapy

,

2

(9), 128-132.


background image

1412

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

22.

Кузиева, М. А. (2023). Клиникоморфологические Критерии Органов Ротовой

Полости При Применении Несъемных Ортопедических Конструкций.

Research

Journal of Trauma and Disability Studies

,

2

(12), 318-324.

23.

Abdusalimovna, K. M. (2024). THE USE OF CERAMIC MATERIALS IN

ORTHOPEDIC DENTISTRY. (Literature review).

TADQIQOTLAR

,

31

(3), 75-85.

24.

Abdusalimovna, K. M. (2024). CLINICAL AND MORPHOLOGICAL FEATURES OF

THE USE OF METAL-FREE CERAMIC STRUCTURES.

TA’LIM VA INNOVATSION

TADQIQOTLAR

,

13

, 45-48.

25.

Abdusalimovna, K. M. (2024). THE ADVANTAGE OF USING ALL-CERAMIC

STRUCTURES.

TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR

,

13

, 49-53.

26.

Abdusalimovna, K. M. (2024). MORPHO-FUNCTIONAL FEATURES OF THE

METHOD

OF

PREPARATION

OF

DEPULPATED

TEETH

FOR

PROSTHETICS.

SCIENTIFIC

JOURNAL

OF

APPLIED

AND

MEDICAL

SCIENCES

,

3

(4), 301-307

27.

Abdusalimovna, K. M. (2024). Clinical and Morphological Features of the Use of Non-

Removable Orthopedic Structures.

JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE

RESEARCH

,

3

(5), 73-78.

28.

Ravshanovna, X. L. (2021, June). MINIMALLY INVASIVE METHODS OF

TREATMENT OF DENTAL CARIES IN ADULTS. In

" ONLINE-CONFERENCES"

PLATFORM

(pp. 118-119).

29.

Khalilova, L. (2025). MAIN ASPECTS IN CARIES DIAGNOSIS.

Modern Science and

Research

,

4

(1), 707-715.

30.

Khalilova, Laziza. "GLASS IONOMER CEMENTS USED IN DENTISTRY."

Modern

Science and Research

3.12 (2024): 443-450.

31.

Barotova, S. (2025). A MODERN APPROACH TO THE PREVENTION OF CARIES IN

CHILDREN USING FLUORIDE-PRESERVING DRUGS.

Modern Science and

Research

,

4

(1), 816-826.

32.

Barotova, S. O. (2024).

CLINICAL ASPECTS OF CARIOUS INFLAMMATION OF TEETH

IN CHILDREN.

European Journal of Modern Medicine and Practice

,

4

(11), 698-702.

33.

Namozov, E. (2024). PRECANCEROUS DISEASES OF THE STOMACH.

Modern

Science and Research

,

3

(10), 506-508.

References

Khayitova, M. Z. (2024). Modern views on the Causes and Treatment of Caries of Temporary Teeth in Young Children. International Journal of Alternative and Contemporary Therapy, 2(9), 123-127.

Khayitova, M. D. (2024). Morphological Features of Bottle (Circular) Caries. American Journal of Bioscience and Clinical Integrity, 1(10), 117-124.

Dzhuraevna, K. M. (2024). Features of Caries Morbidity in Preschool Children. Research Journal of Trauma and Disability Studies, 3(3), 300-305.

Hayitova, M., & Taylakova, D. (2023). DENTAL CARIES IS A DISEASE OF CIVILIZATION. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(8), 61-66.

Джураевна, К. М. (2024). Клинико-морфологические аспекты трещин на задних зубах у взрослых. Научный журнал травматологии и инвалидности , 3 (5), 429-432.

Dzhuraevna, K. M. (2024). Prevalence and Course of Dental Diseases Among Younger Patients. Research Journal of Trauma and Disability Studies, 3(5), 433-436.

Хайитова, М. Д. (2023). Особенности Возникновение И Течение Кариеса Зубов. Research Journal of Trauma and Disability Studies, 2(12), 356-363.

Хайитова, М., & Тайлакова, Д. (2023). ВЗГЛЯД СТОМОТОЛОГА НА ГИГЕНУ ПОЛОСТИ РТА У ДЕТЕЙ. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2(23), 58-59.

Хайитова, М. Д. (2023). РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ И РАСПРЕДЕЛЕНИЕ ТРЕЩИН НА ЗАДНИХ ЗУБАХ СРЕДИ ВЗРОСЛЫХ ПАЦИЕНТОВ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ). Лучшие интеллектуальные исследования, 12(1), 186-195.

Dzhuraevna, K. M. (2024). Clinical and Morphological Aspects of Cracks on The Back Teeth in Adults. Research Journal of Trauma and Disability Studies, 3(5), 429-432.

Dzhuraevna, K. M. (2023). THE FREQUENCY OF DENTAL DISEASES IN CHILDREN (LITERATURE REVIEW). Лучшие интеллектуальные исследования, 12(1), 159-168.

Dzhuraevna, K. M. (2023). FEATURES OF THE OCCURRENCE OF DENTAL DISEASES IN CHILDREN. Лучшие интеллектуальные исследования, 12(1), 178-185.

Khayitova, M. (2025). GUIDELINES FOR DENTAL EMERGENCIES DURING A PANDEMIC. Modern Science and Research, 4(1), 827-835.

Хаитова, М. (2025). СТОМАТОЛОГИК КАСАЛЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИДА ФТОР САКЛОВЧИ БИРИКМАЛАРНИНГ АХАМИЯТИ. Современная наука и исследования , 4 (2), 1055–1065.

Тошбеков Б. и Хаитова М. (2025). ТИШ КАРИЕСИ ПРОФИЛАКТИКАСИНИНГ ИНСОН ОРГАНИЗМИДАГИ АХАМИЯТИ. Современная наука и исследования , 4 (2), 591–594.

Kurbanova, N. V. (2024). Modern Presentation of Calcium-Containing Drugs in the Course of the Study of Dental Diseases. International Journal of Alternative and Contemporary Therapy, 2(7), 12-14.

Kurbanova, N. V. (2024). CLINICAL EVALUATION OF A CRACKED AND FRACTURED TOOTH. European Journal of Modern Medicine and Practice, 4(11), 544-548.

Kurbanova, N. V. (2024). Clinical and Morphological Featuresthe Occurrence of Tooth Decay. International Journal of Alternative and Contemporary Therapy, 2(9), 128-132.

Ахмедова, М., Кузиева, М., & Курбанова, Н. (2025). ЗАБОЛЕВАНИЙ ВИСОЧНО-НИЖНЕЧЕЛЮСТНОГО СУСТАВА И ФОРМУЛИРОВАНИЕ ДИАГНОЗА. Modern Science and Research, 4(1), 279-289.

Kurbanova, N. V. (2024, July). Modern Views on the use of Metal-Ceramic Structures in Dental Prosthetics. In Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences (USA) (Vol. 8, pp. 15-18). https://www. openconference. us/index. ph.

Kurbanova, N. V. (2024). Clinical and Morphological Featuresthe Occurrence of Tooth Decay. International Journal of Alternative and Contemporary Therapy, 2(9), 128-132.

Кузиева, М. А. (2023). Клиникоморфологические Критерии Органов Ротовой Полости При Применении Несъемных Ортопедических Конструкций. Research Journal of Trauma and Disability Studies, 2(12), 318-324.

Abdusalimovna, K. M. (2024). THE USE OF CERAMIC MATERIALS IN ORTHOPEDIC DENTISTRY. (Literature review). TADQIQOTLAR, 31(3), 75-85.

Abdusalimovna, K. M. (2024). CLINICAL AND MORPHOLOGICAL FEATURES OF THE USE OF METAL-FREE CERAMIC STRUCTURES. TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR, 13, 45-48.

Abdusalimovna, K. M. (2024). THE ADVANTAGE OF USING ALL-CERAMIC STRUCTURES. TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR, 13, 49-53.

Abdusalimovna, K. M. (2024). MORPHO-FUNCTIONAL FEATURES OF THE METHOD OF PREPARATION OF DEPULPATED TEETH FOR PROSTHETICS. SCIENTIFIC JOURNAL OF APPLIED AND MEDICAL SCIENCES, 3(4), 301-307

Abdusalimovna, K. M. (2024). Clinical and Morphological Features of the Use of Non-Removable Orthopedic Structures. JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE RESEARCH, 3(5), 73-78.

Ravshanovna, X. L. (2021, June). MINIMALLY INVASIVE METHODS OF TREATMENT OF DENTAL CARIES IN ADULTS. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 118-119).

Khalilova, L. (2025). MAIN ASPECTS IN CARIES DIAGNOSIS. Modern Science and Research, 4(1), 707-715.

Khalilova, Laziza. "GLASS IONOMER CEMENTS USED IN DENTISTRY." Modern Science and Research 3.12 (2024): 443-450.

Barotova, S. (2025). A MODERN APPROACH TO THE PREVENTION OF CARIES IN CHILDREN USING FLUORIDE-PRESERVING DRUGS. Modern Science and Research, 4(1), 816-826.

Barotova, S. O. (2024). CLINICAL ASPECTS OF CARIOUS INFLAMMATION OF TEETH IN CHILDREN. European Journal of Modern Medicine and Practice, 4(11), 698-702.

Namozov, E. (2024). PRECANCEROUS DISEASES OF THE STOMACH. Modern Science and Research, 3(10), 506-508.