1801
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
TISH QATTIQ TO’QIMASI REMINERALIZATSIYASINING KARIYES
PROFILAKTIKASIDAGI O’RNI
Khayitova Mokhinur Dzhuraevna
Asian International University.
Email:
mohinurxayitova45@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15284290
Annotatsiya.
Tish email remineralizatsiyasi - bu tish kasalliklarini mustahkamlash va
oldini olishga yordam beradigan minerallar muvozanatini tiklash.
Kalit so’zlar:
demineralizatsiya, remineralizatsiya, kariyes, ftor, mineral tuzlar, emal.
THE ROLE OF DENTAL HARD TISSUE REMINERALIZATION IN CARIES
PREVENTION
Abstract.
Tooth enamel remineralization is the restoration of the balance of minerals that
helps strengthen and prevent dental diseases.
Keywords:
demineralization, remineralization, caries, fluoride, mineral salts, enamel.
РОЛЬ РЕМИНЕРАЛИЗАЦИИ ТВЕРДЫХ ТКАНЕЙ ЗУБОВ В
ПРОФИЛАКТИКЕ КАРИЕСА
Аннотация.
Реминерализация зубной эмали — это восстановление минерального
баланса, способствующее укреплению и профилактике заболеваний зубов.
Ключевые
слова:
деминерализация,
реминерализация,
кариес,
фторид,
минеральные соли, эмаль.
Tishlar emal qobig`i kariyesga nisbatan turg`unligini saqlab qolishi uchun unga doimo
samarali ta’sir qiluvchi vositalar bilan ishlov berib turish talab qilinadi. Emal kristallini hosil
qiluvchi biologik apatitlar reshetkalarida bo`sh joylar yoki nuqsonlar-atomlar yetishmasligi,
ustunlarning to`liq emasligi mavjud bo`ladi. Ba’zan kristall faqat ustunlardan iborat bo`lib,
kristall reshyotkalari bo`lmasligi mumkin. Bu hol o`z navbatida emal qobig`ining
o`tkazuvchaniligi oshganligidan darak beradi. Natijada organik kislotalar kristalllar o`qi bo`ylab
singib kirish tezligi 500 angstrem/sek.ni hosil qiladi. Kristallizatsiya jarayonini to`liq kechishida
uning organik matriksi ham muhim o`rin tutadi. Matriks tarkibida kalsiy bog`lovchi oqsil
molekulasi mavjud bo`lib, u kristallanish markazini (nukleatsiya) tashkil qiladi va kristalllar
o`sishini hamda ftor ionlarining atrof muhitdagi konsentratsiyasini nazorat qiladi. Emal
qobig`ining
yuza
qavati
o`zining
yuqori
ohaklanganligi,
mustahkamligi,
zichligi,
mikroelementlarga boyligi va kariyesga nisbatan turg`unligi bilan ostki chuqur qatlamlardan farq
qiladi. Organik kislotalarning bevosita ta’siri ostida sodir bo`ladigan dekalsinatsiya oqibatida
emal gidroksiapatit kristalllarning shakli, o`lchamlari, joylashish joylari o`zgaradi.
1802
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Kariyes kasalligining boshlanishida patologik jarayon asosan emalning yuza qatlamlarida
joylashadi va uniig fizik-kimyoviy hususiyatini o`zgartirishi oqibatida tish sathida oq dog`lar
paydo bo`ladi. Tish kariyesi kasalligida emal demineralizatsiyasining darajasi emalning
kimyoviy tarkibi, kalsiy, fosfor, ftor komplekslarining neytral konsentratsiyasi va organik
kislotalar konsentratsiyasiga bog`liqdir. O`choqli demineralizatsiya jarayonining shakllanishida
asosan dekalsinatsiya ko`proq muhim o`rin tutadi.
Ion almashinuvi davrida vodorod ionlari ma’lum bir chegaragacha emal tomonidan
yutilib turadi, bunda emal strukturasida o`zgarish bo`lmaydi. Ammo Sa/R koefitsiyenti ancha
pasayadi.
Bunday hol emal to`qimasining kislotalarga nisbatan bufer sistemasini o`ynashini
ko`rsatadi. Kariyes jarayoni kechishi davrida og`iz so`lagi tarkibida kalsiy miqdori sezilarli
darajada kamayadi. Bu hol o`z navbatida kalsiy elementining emalga o`tishini sekinlashtiradi va
shu bilan birgalikda og`iz so`lagi va emal chegarasidagi minerallar almashinuvi dinamik
muvozanatini demineralizatsiya jarayoni tomoniga suradi. Kariyes oq dog`lik davrida
remineralizatsiyaga beriluvchan bo`ladi. Bu davrda emalning organik matritsasi asosi hali to`liq
erib ketmagan va u kristalizatsiya uchun nukleatsiya markazi rolini o`ynaydi.
O`choqli demineralizatsiyani muvaffaqiyatli davolash uchun emal kristallari to`ridagi
yetishmovchilik nuqsonlarini to`ldiruvchi moddalar saqlovchi preparatlarning ishlatilishi emal
turg`unligini kislotalarga nisbatan oshiradi, emal strukturasining kerakli mineral tuzlar bilan
to`yinishi uning o`tkazuvchanlik xususiyatini pasaytiradi.
1803
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Remineralizatsiya bu emal to`qimasida mineral tuzlar yuvilib ketishi oqibatida vujudga
kelgan shikastlanishni va emal zichligini qisman qayta tiklanishidir. Bunga emal tarkibiga, emal
yuzasiga passiv yoki aktiv ta’sir etish yo`li bilan erishiladi. Tishlar taraqqiyoti va
mineralizatsiyasi davrida emal to`qimasining kimyoviy tarkibiga ta’sir qilib, uning turg`unligini
oshirishga qaratilgan tadbir choralar kariyes profilaktikasida muhim o`rin tutadi. Tishlarning
chiqish muddatlarini hisobga olgan holda remineralizatsiya davo tadbirlari bola 6 yoshga
to`lganda boshlansa maqsadga muvofiqdir. Bu tadbir emal to`qimasining turg`unligini oshirishi
uchun uni avvalombor kalsiy, fosfat moddalariga to`yintirish va undan keyin ftor preparatlari
bilan ishlov berish emal to`qimasining o`tkazuvchanligini pasaytirishga imkon beradi. zichligini
oshirib,
Tabiiy sharoitda kalsiy, fosfor, ftor elementlarining manbai bo`lib, og`izdagi so`lak
suyuqligi hisoblanadi. Yetilgan emal qobig`i so`lak tarkibidagi juda past konsentratsiyali ftor
ionlarini ham so`rib olish xususiyatiga egadir. So`lak tarkibidagi mineral tuzlarning tarkibi,
so`lak-emal munosabatlari kariyesni oq dog` bosqichida 50% hollarda qayta tiklash-
remineralizatsiya qilish xususiyatiga ega. Shuning uchun qo`shimcha remineralizatsiya qilish
vositalaridan imkoni boricha keng foydalanish kerak. Bu vositalar tarkibidagi kalsiy , fosfor, ftor
elementlari faqat emaldagi mineral nuqsonlarni to`latib qo`ymay, emalning umumiy turg`unligini
oshishini ham ta’minlaydi. Ko`pgina tekshiruvlar, izlanishlardan olingan ma’lumotlarga ko`ra,
remineralizatsiya vositalari o`z tarkibiga har xil moddalarni olsa, (kalsiy , fosfor, ftoridlar,
stronsiy va boshqalar) maqsadga muvofiq bo`lar ekan. Bugungi kunda kariyesni oq dog`
bosqichida to`xtatuvchi kuchli kariyesstatik ta’sirga ega bo`lgan moddalar bo`lib ftor, fosfor,
kalsiy hisoblansa, kariyesga moyillikni oshiruvchilar bo`lib esa selen, kadmiy, magniy,
qo`rg`oshin hisoblanadi.
Remineralizatsiya jarayonida fosfor saqlovchi preparatlarga muhim e’tibor beriladi.
Chunki fosfatlar tish emalining ion-selektiv xususiyatlarini oshirib, uning adsorbsiya
xususiyatini kuchaytiradi, bu esa ftor birikmalarini emalga singib kirishiga yo`l ochib beradi.
Taxminlarga ko`ra emalni 1 mm kalsiy birikmasi eritmasi. bilan remineralizatsiya qilinsa, bu
faqat kristalllar o`sishini ta’minlarkan. 3 mm li eritmasi bilan remineralizatsiya qilinsa, kristalllar
o`sishidan tashqari nukleatsiya sohalari ham oshishi bilan bir qatorda kristalllar o`lchamini
chegaralab, yuza qavatdagi ionlar o`tuvchi kanalchalarni o`tkazuvchanligini pasaytiradi va ostki
qatlamlar mineralizatsiyasi pasayadi. Remineralizatsiya muolajalarining samaradorligini kariyes
oq dog`ining turg`unlashganligi yoki yo`qolganiligi va kariyes jadalligini pasayishi kabi
ko`rsatkichlar orqali aniqlanadi. Remineralizatsiyalovchi preparatlar ta’sirida ftorid kalsiy
kristallarining jadal hosil bo`lishi va natijada shikastlangan sohada emal matritsasi bilan kuchli
bog`langan juda nozik qatlam yuzaga keladi.
1804
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Bu qatlam mineral tuzlar kristalllaridan iborat bo`lib emal apatitlarini tarkibiga kiradi va
shu yusinda uning turg`unligini oshiradi.
REFERENCES
1.
Khayitova, M. Z. (2024). Modern views on the Causes and Treatment of Caries of
Temporary Teeth in Young Children.
International Journal of Alternative and
Contemporary Therapy
,
2
(9), 123-127.
2.
Khayitova, M. D. (2024). Morphological Features of Bottle (Circular) Caries.
American
Journal of Bioscience and Clinical Integrity
,
1
(10), 117-124.
3.
Dzhuraevna, K. M. (2024). Features of Caries Morbidity in Preschool Children.
Research
Journal of Trauma and Disability Studies
,
3
(3), 300-305.
4.
Hayitova, M., & Taylakova, D. (2023). DENTAL CARIES IS A DISEASE OF
CIVILIZATION.
Центральноазиатский журнал образования и инноваций
,
2
(8), 61-
66.
5.
Джураевна, К. М. (2024). Клинико-морфологические аспекты трещин на задних
зубах у взрослых.
Научный журнал травматологии и инвалидности
,
3
(5), 429-432.
6.
Dzhuraevna, K. M. (2024). Prevalence and Course of Dental Diseases Among Younger
Patients.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
3
(5), 433-436.
1805
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
7.
Хайитова, М. Д. (2023). Особенности Возникновение И Течение Кариеса
Зубов.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
2
(12), 356-363.
8.
Хайитова, М., & Тайлакова, Д. (2023). ВЗГЛЯД СТОМОТОЛОГА НА ГИГЕНУ
ПОЛОСТИ РТА У ДЕТЕЙ.
Инновационные исследования в современном мире:
теория и практика
,
2
(23), 58-59.
9.
Хайитова, М. Д. (2023). РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ И РАСПРЕДЕЛЕНИЕ ТРЕЩИН
НА
ЗАДНИХ
ЗУБАХ
СРЕДИ
ВЗРОСЛЫХ
ПАЦИЕНТОВ
(ОБЗОР
ЛИТЕРАТУРЫ).
Лучшие интеллектуальные исследования
,
12
(1), 186-195.
10.
Dzhuraevna, K. M. (2024). Clinical and Morphological Aspects of Cracks on The Back
Teeth in Adults.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
3
(5), 429-432.
11.
Dzhuraevna, K. M. (2023). THE FREQUENCY OF DENTAL DISEASES IN CHILDREN
(LITERATURE REVIEW).
Лучшие интеллектуальные исследования
,
12
(1), 159-168.
12.
Dzhuraevna, K. M. (2023). FEATURES OF THE OCCURRENCE OF DENTAL
DISEASES IN CHILDREN.
Лучшие интеллектуальные исследования
,
12
(1), 178-185.
13.
Khayitova, M. (2025). GUIDELINES FOR DENTAL EMERGENCIES DURING A
PANDEMIC.
Modern Science and Research
,
4
(1), 827-835.
14.
Хаитова, М. (2025). СТОМАТОЛОГИК КАСАЛЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИДА
ФТОР САКЛОВЧИ БИРИКМАЛАРНИНГ АХАМИЯТИ.
Современная наука и
исследования
,
4
(2), 1055–1065.
15.
Тошбеков Б. и Хаитова М. (2025). ТИШ КАРИЕСИ ПРОФИЛАКТИКАСИНИНГ
ИНСОН
ОРГАНИЗМИДАГИ
АХАМИЯТИ.
Современная
наука
и
исследования
,
4
(2), 591–594.
16.
Khayitova, M. (2025). TISH YUZASIDA HOSIL BOLADIGAN KARASHLAR VA
TOSHLAR (CHOKMALAR).
Modern Science and Research
,
4
(3), 1405-1412.
17.
Кузиева, М. А. (2023). Клиникоморфологические Критерии Органов Ротовой
Полости При Применении Несъемных Ортопедических Конструкций.
Research
Journal of Trauma and Disability Studies
,
2
(12), 318-324.
18.
Abdusalimovna, K. M. (2024). THE USE OF CERAMIC MATERIALS IN
ORTHOPEDIC DENTISTRY.(Literature review).
TADQIQOTLAR
,
31
(3), 75-85.
19.
Abdusalimovna, K. M. (2024). CLINICAL AND MORPHOLOGICAL FEATURES OF
THE USE OF METAL-FREE CERAMIC STRUCTURES.
TA’LIM VA INNOVATSION
TADQIQOTLAR
,
13
, 45-48.
20.
Abdusalimovna, K. M. (2024). THE ADVANTAGE OF USING ALL-CERAMIC
STRUCTURES.
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
,
13
, 49-53.
1806
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
21.
Abdusalimovna, K. M. (2024). MORPHO-FUNCTIONAL FEATURES OF THE
METHOD
OF
PREPARATION
OF
DEPULPATED
TEETH
FOR
PROSTHETICS.
SCIENTIFIC
JOURNAL
OF
APPLIED
AND
MEDICAL
SCIENCES
,
3
(4), 301-307
22.
Abdusalimovna, K. M. (2024). Clinical and Morphological Features of the Use of Non-
Removable Orthopedic Structures.
JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE
RESEARCH
,
3
(5), 73-78.
23.
Kuzieva, M. A. (2024). CARIOUS INFLAMMATION IN ADOLESCENTS: CAUSES,
FEATURES AND PREVENTION.
European Journal of Modern Medicine and
Practice
,
4
(11), 564-570.
24.
Kuzieva, M. A. (2024). Malocclusion–Modern Views, Types and Treatment.
American
Journal of Bioscience and Clinical Integrity
,
1
(10), 103-109.
25.
KUZIEVA, M. A. (2024). MODERN ASPECTS OF MORPHO-FUNCTIONAL DATA
AND TREATMENT OF AGE-RELATED CHANGES IN THE MAXILLOFACIAL
REGION.
Valeology: International Journal of Medical Anthropology and Bioethics
,
2
(09),
126-131.
26.
Ахмедова, М., Кузиева, М., & Халилова, Л. (2025). СОСТОЯНИЕ
АЛЬВЕОЛЯРНОГО ОТРОСТКА И ПЕРИОСТА ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ
СЪЕМНЫХ ПРОТЕЗОВ.
Modern Science and Research
,
4
(1), 301-310.
27.
Ravshanovna, X. L. (2021, June). MINIMALLY INVASIVE METHODS OF
TREATMENT OF DENTAL CARIES IN ADULTS. In
" ONLINE-CONFERENCES"
PLATFORM
(pp. 118-119).
28.
Khalilova, L. (2025). MAIN ASPECTS IN CARIES DIAGNOSIS.
Modern Science and
Research
,
4
(1), 707-715.
29.
Khalilova, Laziza. "GLASS IONOMER CEMENTS USED IN DENTISTRY."
Modern
Science and Research
3.12 (2024): 443-450
30.
Barotova, S. (2025). A MODERN APPROACH TO THE PREVENTION OF CARIES IN
CHILDREN USING FLUORIDE-PRESERVING DRUGS.
Modern Science and
Research
,
4
(1), 816-826.
31.
Barotova, S. O. (2024). CLINICAL ASPECTS OF CARIOUS INFLAMMATION OF
TEETH IN CHILDREN.
European Journal of Modern Medicine and Practice
,
4
(11), 698-
702.
