Authors

  • Akram Axrorqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42320

Keywords:

credit policy commercial bank loan portfolio bank activity bank assets.

Abstract

This article talks about the bank's credit policy and its role and importance in the deployment of bank resources. Also, during the article, the criteria of credit policy of commercial banks and the credit portfolio of a commercial bank, its nature and formation are also discussed.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


290

TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATI KREDITLARNI BOSHQARISHNING

ASOSI SIFATIDA

Axrorqulov Akram Sherali o‘g‘li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti

Bank ishi va auditi yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13845837

Annotatsiya. Ushbu maqolada bankning kredit siyosati va uning bank resurslarini

joylashtirishdagi o’rni hamda ahamiyati haqida so’z boradi. Shuningdek, maqola davomida

tijorat banklari kredit siyosatining mezonlari hamda tijorat banki kredit portfeli, uning mohiyati

va shakllanishiga ham alohida to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar: kredit siyosati, tijorat banki kredit portfeli, bankning faoliyati, bank aktivlari.

CREDIT POLICY OF COMMERCIAL BANKS AS THE BASIS OF CREDIT

MANAGEMENT

Abstract. This article talks about the bank's credit policy and its role and importance in

the deployment of bank resources. Also, during the article, the criteria of credit policy of

commercial banks and the credit portfolio of a commercial bank, its nature and formation are also

discussed.

Key words: credit policy, commercial bank loan portfolio, bank activity, bank assets.

КРЕДИТНАЯ ПОЛИТИКА КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ КАК ОСНОВА

КРЕДИТНОГО МЕНЕДЖМЕНТА.

Аннотация. В данной статье говорится о кредитной политике банка, ее роли и

значении в использовании банковских ресурсов. Также в статье рассматриваются

критерии кредитной политики коммерческих банков и кредитного портфеля

коммерческого банка, его сущность и формирование.

Ключевые слова: кредитная политика, кредитный портфель коммерческого банка,

банковская деятельность, банковские активы.

KIRISH

Bankning kredit siyosati uning bank resurslarini joylashtirishdagi o‘rni

Kreditlash bank ishining o‘zagi bo‘lib, uning sifatiga qarab bankning faoliyati to‘g‘risida

xulosa chiqarish mumkin. Bunda, asosan, kreditlarni boshqarish jarayonining asosiy axamiyat

kasb etishiga sabab Shuki, uning sifati bank ishining samradorligiga bog‘liqdir. Iqtisodchilar

tomonidan jahon banklarining sinishi (bankrotlikka uchrashi) sabablarini tadqiq qilish Shuni


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


291

ko‘rsatayaptiki, asosan, banklarning sinishiga sabab – bank aktivlari sifatining (eng avvalo

kreditlarning) pastligidir. Kreditning sifati kreditlash jarayonini boshqarishga bog‘liq bo‘lib

quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:

tijorat bankida mukammal ishlab chiqilgan kredit siyosati kreditlashtirish jarayonining

mavjudligi;

kredit portfelini optimal boshqarishning yo‘lga qo‘ylganligi;

kreditlarni muntazam nazorat qilishning tashkil qilinganligi;

bank tizimida ishlaydigan xodimlarning tayyorgarlik darajasi.

“Kredit siyosati” hujjatli kreditlarni boshqarish jarayonining poydevorini tashkil etadi.

Tijorat banki tomonidn ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan “Kredit siyosati”

kreditlarni oqilona boshqarishning samarali yo‘llaridan hisoblanadi. Ushbu hujjat bankning

kreditlashtirish faoliyatining andozalari va parametrlarini belgilab beradi. Ushbu belgilangan

standartlar va parametrlardan kredit berish, qarzlarni hujjatlashtirish va boshqarish bo‘yicha

ma’suliyatli bo‘lgan bank xizmatchilari qo‘llanma sifatida foydalanishlari lozim. Kredit siyosati

bank boshqaruvi a’zolari, qonun chiqaruvchi, strtegik qaror qabul qiluvchi shaxslarning xatti-

xarakatini belgilab beradi hamda ichki va tashqi auditorlarga bankda kreditlarni boshqarish

darajasining o‘tish davrida, moliyaviy bozorlarga davlatning ta’siri kamaygan sharoitda, tijorat

banklari ichki siyosatini o‘zlari ishlab chiqishni keskin faollashtirishlari lozim.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko‘rsatishi va aniqlab berishi

shart.

Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi

hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini boshqarish

bilan bog‘liq, ob’ektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Kredit siyosatini to‘g‘ri tuzish

va olib borish, barcha bo‘limlar tomonidan bu siyosat maqsadining aniq tushinilishi bank

boshqaruviga kredit standartlarini to‘g‘ri olib borishiga, Yuqori risklardan qochishga, bank

imkoniyatlarini to‘g‘ri aniqlashga asos hisoblanadi.

Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit riskini boshqarish va uni kamaytirishga

yaxshi imkon beradi.

Kredit siyosatining zarurligi Shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda kam yoki ko‘p

xodim ishlashidan qat’iy nazar, bankda bu siyosat bo‘lishi lozim. CHunki bu siyosat kredit

bo‘yicha unifitsirlashgan umumiy qoida va tamoyillarning bajarilishini, operatsiyalar

bajarilishining ketma-ketligini ta’minlaydi. Bankning kredit siyosati bankning hamma xodimlari


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


292

– kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi raisigacha bir xil bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham

kredit siyosatini oldindan belgilab olingan qoida va echimlar to‘plami deyiladi.

Kreditlash siyosati va uning samaradorligi to‘g‘ri kredit narxlari belgilangan sharoitda

muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.

Kredit siyosatini samarali olib borishda bank xodimlari bank mijozlarining mablag‘larini

kimlarga foydalanishga berish mumkinligini yaqqol bilishi lozim.

Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, kimga, qaysi sharoitlar bilan berilishini hal qilishi

zarur. Biznesning Shunday turlari borki, bank kredit bera turib ular bo‘yicha qiyin ahvolga tushib

qolishi mumkin. Shuning uchun xar bir faoliyat risk bilan bog‘liq ekanligini esdan chiqarmaslik

lozim. Bankning kredit siyosati uning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli

holatlarning oldini olishga, buning uchun depozitlar va kreditlar o‘rtasidagi nisbatning, bank

majburiyatlari bilan kapitali o‘rtasidagi va boshqa ko‘rsatkichlarning me’yorida bo‘lishini taqazo

qiladi. Oqilona kredit siyosati beriladigan kreditlarning sifatini oshiradi. Shuning uchun kredit

siyosatining asosiy maqsadi boshqaruv jarayoni, fondlarning etarliligi, risklarni sifat darajasi

bo‘yicha turkumlari, kredit portfelining balansi, majburiyatlarning tarkibiy qismlarini ajratish kabi

elementlarini o‘zichiga olmog‘i lozim.

MUHOKAMA

Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat:

Bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash muddatlari, miqdori

va sifati) bilan bog‘liq masalalar;

Bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o‘rinbosari, kredit qo‘mitasi raisi va

kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro‘yxati (eng ko‘p kredit summasi va turlari);

Bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish bo‘yicha jami

majburiyatlari;

Kredit arizalari bo‘yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni;

Kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida albatta saqlanadigan

hujjatlar ro‘yxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi, garov, kafolat haqida

shartnoma va hokazolar);

Kredit ishlari saqlanishi va tekshirilishi uchun kim javobgarligi, kim va qanday holatda

ularni olish huquqiga egaligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar;

Kreditning ta’minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning asosiy

qoidalari;

Barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me’yorlar bayoni;


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


293

Eng Yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va ko‘rsatish (ya’ni kredit summalari va bank

yalpi aktivlarining eng Yuqori nisbati);

Bank xizmat ko‘rsatadigan mintaqa, kredit qo‘yilmalarining asosiy qismi joriy etiladigan

tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori;

Muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarni qanday hal etilishi ehtimollari

ko‘rsatiladi;

Qolgan hujjatlarda ta’qiqlanadigan yoki nomaqbul kredit turlari tavsiflanadi. (to‘lovga

qodirligi o‘ubhali bo‘lgan yoki hujjatlar to‘liq ro‘yxatni taqdim etmagan) qarz oluvchilar va

hokazolar).

Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha darajalarda

me’yorida amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga to‘g‘ri qarorlar chiqarish, ortiqcha risklardan

xolos bo‘lish, bank kreditlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Shu bilan birga bir vaqtda kredit

siyosati siyosiy, iqtisodiy va xuquqiy shartlarni hisobga olgan holda ancha yumshoq bo‘lishi

darkor.

Bank kredit siyosati bank resurslari, ularning joylashtirilish bilan chambarchas bog‘liq.

Bank resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag‘lar, jumladan yuridik va jismoniy

shaxslarning depozitlaridan tashkil topadi. Shuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan resurslar

ichida banklararo kredit xam alohida o‘rin egallaydi. Depozitlar bo‘yicha belgilangan foiz

stavkalari, hamda boshqa bankdan olingan kredit uchun foiz stavkalari bank tomonidan

beriladigan kreditning foiz stavkalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Kredit siyosatining aniq va mukammal

tayyorlanish va izohlanish xar bir bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy tashkil etish uchun asos

bo‘ladi. Bank tomonidan to‘plangan resurslarni to‘g‘ri va oqilona joylashtirish bankning kredit

siyosatining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Kredit siyosati sifatiga va xolatiga qarab bank jalb qilgan

resurslarini to‘g‘ri joylashtirish va oldindan ko‘zlangan daromad olish imkoniyati yaratiladi.

NATIJA

Kredit siyosatining mezonlari va kredit turlari.

Har qanday tijorat kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: kredit

qo‘yilmalari hajmining o‘mishini, risk Yuqori bo‘lgan operatsiyalarning odilona

diversifikatsiyasini, o‘rta va uzoq muddatli kredit qo‘yilmalar hajmini keskin ko‘paytrish va

ulrning samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shuningdek, kredit siyosati

investitsion kreditlar salmog‘ini oshirish, ustun darajada iqtisodiyotning real sektorini kreditlash,

ishlab chiqarish korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash kabi asosiy yo‘nalishlarni ham o‘z

ichiga qamrab olgan bo‘lishi lozim.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


294

Kredit siyosati bankning o‘ziga xos “kredit tili”ni yaratadi va u bank faoliyati

yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari o‘zgarganda huquqni saqlab qolish

uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qat’iy siyosat asosida berilgan bank umumiy kreditlash

faoliyatining rivojlanishi va kreditlarning samarali ishlatilishi uchun zamin yaratadi. Kredit

siyosati qoidalariga rioya etish bankning asosiy maqsadlari: foyda olishni ta’minlash, risklarni

boshqarish bank faoliyati me’yorlariga rioya etishga erishish imkonini beradi.

Kredit siyosatining mavjudligi, eng muhimi – barcha darajalarda ishlab chiqilgan siyosatga

rioya etish bank ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, uning

qarzdorlari va aksiyadorlari foydasini ko‘paytiradi va faravonligini oshiradi.

Aniq bir tijorat bankining kredit siyosatida kredit portfelini boshqarishning asosiy

yo‘nalishlari qilib quyidagilarni belgilab olinadi:

kredit risklari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash,ularni baholash va bartaraf

etish;

qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy axvolini aniqlash

kredit riskini bashorat qilish;

muammmoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni so‘ndirish choralarini ishlab chiqish;

kredit qo‘yilmalarini diversifikatsiya qilishni, ularning likvidliligini va daromadliligini

ta’minlash;

kredit olgan mijoz bilan doimo aloqada bo‘lib turish;

kichik va o‘rta tadbirkorlikni, dehqon va fermer xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab

quvvatlashdan iborat.

Bank tomonidan, xo‘jalik sub’ektlarining aylanma mablag‘lari etishmasligi, mavjud

mablag‘larning me’yoridan ortiqcha tayyor mahsulot qoldiqlariga jalb qilinishi, mablag‘larning

tayyor mahsulot sifatida qotirib qo‘yish sabablarini o‘rganib borish, zararga ishlayotgan va

bankrotlik alomatlari ko‘zga tashlanayotgan xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy ahvolini doimiy

monitoringini tashkio qilish bank kredit siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlash va

belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo‘yicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq xo‘jaligi,

kapital qo‘ylmalarni moliyalash va boshqa tarmoqlarga kredit berish, kredit turlari bo‘yicha:

“kredit liniyalarini ochib va ochmay” kreditlash yoki kreditlashning boshqa usullarini qo‘llashni

belgilab berishi mumkin.

Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim, kredit xodimlari

kredit portfelidagi barcha ma’lum bo‘lgan salbiy o‘zgarishlar to‘g‘risida raxbariyatga xabar


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


295

berio‘lari lozim. Qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy

yo‘qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir.

Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo‘yicha “to‘lovsizlik” tuShunchasining aniq

ifodalanishi, foizlarni o‘stirmaslik mezonlari, Shuningdek, bank Boshqaruvi av Kengashining

tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o‘z ichga olishi lozim. Kredit siyosatida qarzlarni

qaytarishga doir izchil, bosqichmabosqich chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qilishi kerak.

Raxbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan

chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.

Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank

Kengashi va Boshqaruvi a’zolariga yuklatilgan. Odatda tijorat bankining kredit siyosati

yo‘nalishlari quyidagilardan tashkil topishi mumkin:

bank o‘rni va obro‘sini moliyaviy-borqaror banklar singari yaxshilash;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki normativlariga muvofiq darajada o‘z

kaptalining etarliligini ta’minlash;

bankning samaradorligi va barqarorligini qo‘llab-quvvatlagan holda uning

daromadlarining maksimallaShuvini ta’minlovchi aniq kredit va investitsiya siyosatini o‘tkazish;

strategik jihatdan muhim bo‘lgan shahar rayonlarida yangi omonat kassalarini ochish bilan

bog‘liq bo‘lgan bank tarmog‘ini kengaytirish.

Kreditlash jarayonida bank siyosati bank oldidagi majburiyatlarni bajara oladigan mavjud

yangi mijozlarni kredit resurslari bilan ta’minlash, sinf darajasidagi kreditlarni taqdim etishni

kengaytirish hisoblanadi. Tijorat banki foydaliligini hisobga olgan holda xalqaro standartlar

miqyosida mijozlarga sifatli kredit xizmatini taqdim etishga intiladi. Shuning uchun bank kredit

siyosatini asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritilgan:

kreditlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilishning barcha darajalari bo‘yicha javobgarlikni

taqsimlash;

bank tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari uchun aniq belgilangan

shartlarning mavjudligi;

maxsus kreditlash tamoyillari – muddatlilik, to‘lovlilik, qaytarib berishlilik,

ta’minlanganlik va rentabellik asosida beriladigan kreditlarni majburiy nazorat qilish;

bank boshqaruvining umumiy siyosati bilan maxsus faoliyat yo‘nalishlari siyosati (ya’ni

depozitlar bo‘yicha, investitsiya bo‘yicha, aktivlar va passivlarni boshqarish bo‘ycha va

hokazo)ning uzviy bog‘liqligidir.

XULOSA


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


296

Kredit yo‘qotishlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar

Ichki omillar

67 foiz

Tashqi omillar

33 foiz

Ta’minot etishmasligi

22 foiz

Kompaniyani bankrotligi

12 foiz

Kredit arizasi tahlil qilinganda

notug‘ri

baholash

21 foiz

Kreditorlarni haklarini talab

qilishlari

11 foiz

Mijoz faoliyatini

yaxshi

urganmaslik

18 foiz

Oilaviy muammolar

6 foiz

Ta’minotni yomonligi

5 foiz

Ta’magirlik

4 foiz

Boshqa ichki omillar

1 foiz

Tahlil natijalaridan ko‘rinadiki, kredit yo‘qotishlariga ta’sir qiluvchi ichki omillar

ichida asosiy o‘rinlarni kredit uchun ta’minotning etishmasligi hamda mijoz faoliyati va arizasini

yaxshi taxlil kila olmasligi hisoblanadi. Shunisi xarakterliki, respublikamiz milliy bank tizimida

ham kreditning haytmasligiga sabab buluvchi birlamchi omillar ana Shulardir. Lekin

respublikamizda buning bir qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjud.

Kredit portfelini tarmoq bo’yicha tahlil qilish tijorat banki kredit siyosatini strategiya va

taktikasini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1.

Финансы Подредакцией В.М. Родиновой. М.: Финансы и статистика, 1995.

2.

Д. Шим и Д. Сигел. Финансовый менеджмент. М.,1996.

3.

Д. Шим и Д. Сигел. Методы управления стоимостью и анализа затрат. М., 1995.

4.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Кичик ва ўрта тадбиркорликни

ривожлантиришни рағбатлантиришга оид қўшимча чора - тадбирлар тўғрисида"ги

Фармони, (1997. 31 январь). Солиқ ва божхона хабарлари, 1997 й. 6 - 12 январ. 7 - сон.

5.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Банк тизимини янада эркинлаштириш ва

ислоҳ қилиш борасидаги чора - тадбирлар тўғрисида"ги Фармони, Халқ сўзи. 2000 й.

21 март.

References

Финансы Подредакцией В.М. Родиновой. М.: Финансы и статистика, 1995.

Д. Шим и Д. Сигел. Финансовый менеджмент. М.,1996.

Д. Шим и Д. Сигел. Методы управления стоимостью и анализа затрат. М., 1995.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Кичик ва ўрта тадбиркорликни ривожлантиришни рағбатлантиришга оид қўшимча чора - тадбирлар тўғрисида"ги Фармони, (1997. 31 январь). Солиқ ва божхона хабарлари, 1997 й. 6 - 12 январ. 7 - сон.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Банк тизимини янада эркинлаштириш ва ислоҳ қилиш борасидаги чора - тадбирлар тўғрисида"ги Фармони, Халқ сўзи. 2000 й. 21 март.