Mart, 2025-Yil
92
BUXORO MUZEYINING II JAHON URUSHIGACHA BO‘LGAN DAVRDAGI
FAOLIYATI
Gulyamov Alisher Azizovich
Srojeva Gulbahor Vahobovna
Haqqulov Mehriddin Yunusovich
Osiyo Xalqaro Universiteti
“Tarix va filiologiya” kafedrasi o‘qituvchilari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14984502
Annotatsiya.
Buxoro, O‘rta Osiyo tarixida muhim madaniy markaz sifatida tanilgan
bo‘lib, uning muzeyi XIX-XX asrning boshlarida o‘zining tadqiqotlar va ekspozitsiyalari bilan
diqqatga sazovor bo‘lgan. Maqolada muzeyning tashkil etilish tarixi, uning faoliyatining
boshlanishi, xususan, etnografiya, arxeologiya va san’at sohalaridagi ekspozitsiyalarining
rivojlanishi haqida batafsil ma'lumot beriladi. Ushbu davrda muzey Buxoro shahrining madaniy
va ilmiy hayotining markaziga aylangan, uning faoliyati nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda
ham katta ahamiyat kasb etgan.
Kalit so‘zlar:
Tarixiy asori-atiqa shoʻbasi, “Buxoro axbori” gazetasi, Nazir afandi, Qori
Yo‘ldosh muzaxonasi, amirning yozgi qarorgohi Sitorai Mohi Xosa, Sredazkomstaris, Ko‘kaldosh
madrasasi, arxitektor A.Loginov.
1930-yildan Buxoro o‘lkashunoslik muzeyi faoliyatida yangi davr boshlandi. Muzey fondi
tashkilotlardan olingan, shuningdek, ekspedisiya natijasida to‘plangan va sotib olingan ashyolar
bilan boyitila boshladi. Fond asosan arxeologiya, etnografiya, zoologiya (tabiat) va numizmatika
materiallari bilan boyitildi. Bu ishlar P.E.Kornilov ning rahbarligi ostida amalga oshirilgan.
P.E.Kornilovning tashabbusi bilan 1930-yil Oktyabr to‘ntarishining 13 yilligi va Buxoroda
1920-yil 2-fevral voqealarining 10 yilligi munosabati bilan yangi ko‘rgazma tashkil qilindi
1
. Yangi
ekspozisiya “Ulug’ Oktyabr to‘ntarishi va Buxoro xalq inqilobi” deb nomlangan va o‘zida o‘sha
davr mafkurasini aks ettirgan.
1
ЎзР МДА 94-фонд, 5-рўйхат, 843-иш, 19-варақ.
Mart, 2025-Yil
93
1931-yildan muzey xodimlarining malakasi, soni va tarkibiga e’tibor berildi. Uning
tarkibida uchta ilmiy xodim va to‘rtta texnik xodim bo‘lib, ularga fevral oyida yana bitta ilmiy
xodim qo‘shilgan. Arxiv hujjatlari ma’lumotlariga ko‘ra, muzeyning yarim yillik hisobotida
direktor o‘rinbosari, uchta ilmiy xodim va to‘rtta texnik xodim faoliyat yuritgan
2
. Muzey
Ko‘kaldosh madrasasining birinchi qavatidagi oltida hujrada joylashadi. Birinchi xonada davriy
(vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadigan) ko‘rgazma, ikkinchi xonada sopol,tosh va metall buyumlar,
uchinchi xonada yog‘och va diniy marosimlarni aks ettiruvchi ashyolar, to‘rtinchi xonada Buxoro
zardo‘zlik san’ati namunalari,beshinchi xonada ov va jang qurollari namoyish etilgan. Oltinchi
xona muzey ma’muriyatiga ajratiladi.
O‘sha vaqtlarda Buxoro muzeyi Sobiq Ittifoqning Leningraddagi Ermitaj, Tret’yakov
galereyasi, Sovet inqilobi muzeylari bilan aloqa o‘rnatiladi. Bu ko‘rgazma boshida direktor
o‘rinbosari P.E.Kornilov turgan va u birinchilardan bo‘lib Buxoroda professional (ixtisoslashgan)
muzey faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Shu yillarda muzeyga kiruvchilarning soni ham ortadi va 1930-yilda 25011 kishiga etadi.
Mahalliy aholi vakillaridan 13 348 kishi va evropaliklardan 11 050 kishi muzeyga tashrif
buyuradi. Ularga 613 ekskursavod xizmat qilgan
3
.
P.E.Kornilov rahbarligi va tashabbusi bilan Gʻijduvon, Vobkent, Vardonze va Gajdumakda
ilmiy-tadqiqot ekspedisiyalari amalga oshiriladi . Yuqori tashkilotlar tomonidan muzey faoliyatiga
etarli mablag’ ajratilmaganligi, ko‘rgazma uchun binoning etishmasligi ilmiy va texnik
xodimlarning yangi ko‘rgazma tashkil etishiga imkon bermagan. XX asr 30 yillarida davlat
qurishning besh yillik rejasi asosida muzey ishiga ham e’tibor berilgan. Buning natijasida muzey
ichida ilmiy kengash, muzey xodimlarining yig‘ilishlari va turli sovet jamiyatlari bilan hamkorlik
kengashlari tuziladi. Ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida muzey xodimlari 8-mart nomi ostida
yangi ko‘rgazma tashkil etishgan. Ko‘rgazma uchun eksponat etishmasligi oqibatida
tashkilotlardan material yig‘ishga kirishiladi. 8-mart ko‘rgazmasida diagrammalar,
fotosuratlarqo‘yilib, u orqali zamonaviy hayotda Buxoro ayolining o‘rni va rolini ko‘rsatmoqchi
bo‘lishgan. Ko‘rgazma tashkil etilgan xonaning yarmida O‘rta Osiyo va Sharq tarixida islom dini
va madaniyatiga oid ashyolar qo‘yilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad birinchidan, islom dini va
madaniyatiga qarshi qaratilgan targ‘ibot, ikkinchidan ayollarni paranji tashlashga undash va
2
Бухоро вилоят давлат архиви 1175 – фонд, 1-рўйхат, 3-иш, 44-варақ.
3
ЎзР МДА 94-фонд, 5-рўйхат, 843-иш, 16-варақ.
Mart, 2025-Yil
94
uchinchidan muzeyda qishloq xo‘jaligi bo‘limini yaratib aholini paxta va korako‘l teri ishlab
chiqarishga yo‘naltirishdan iborat edi. Shu orqali aholiga sovet mafkurasi va g‘oyasi singdirilgan.
Sovet mafkuraning ta’siri muzey ishida 1930-yillardagi o‘zgarishlar dinga qarshi, ateistik
muzeylarini tashkil etishda ham o‘zining ifodasini topdi.
Muzey ilmiy xodimlariga 1931-yildan boshlab o‘lkashunoslik sohasida ilmiy tadqiqot
ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan. P.E.Kornilovning ma’lumotiga qaraganda, o‘sha
vaqtlarda Buxoro o‘lkasini ilmiy o‘rganish borasida na pedagogika instituti va na o‘lkashunoslik
jamiyatlari faoliyat yuritgan. Shuning uchun o‘lkani o‘rganish ishlari oz sonli muzey ilmiy
xodimlari zimmasiga tushgan .
Muzey ilmiy xodimlari muzeydagi faoliyat bilan birga o‘lkashunoslik va o‘lka tarixiga oid
ashyolarni to‘plash va ilmiy o‘rganish bilan shug‘ullanishgan. Muzey xodimlarining etishmasligi
o‘lkashunoslik sohasidagi tadqiqotlarga salbiy ta’sir qilgan bo‘lishiga qaramay, muzey ilmiy
xodimlari o‘lkashunoslik ishini ham o‘z zimmalariga olishgan. Besh nafar a’zodan iborat ilmiy
jamoa o‘lkashunoslik sohasi bilan jiddiy shug‘ullana boshlaydi. Yil oxiriga borib doimiy faoliyat
olib boradigan Buxoro inqilobi tarixi va bunyodkorlik mavzuida ko‘rgazma tashkil etiladi. 1931-
yil 7-noyabrda o‘z faoliyatini boshlagan ko‘rgazma beshta bo‘limdan iborat edi.
1. Buxoro amirligi (to 1920 yilgacha); 2. Yosh buxoroliklar va jadidlar harakati (1905-1920
yillar); 3. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (1920-1924 yillar); 4. Sovet qurilishi (er-suv islohoti
yillari): 5. Lenin burchagi
4
. Har bir bo‘limda o‘z davriga tegishli eksponatlar qo‘yilgan. Bular
zardo‘zlik, ipak, baxmal matolar, sopol, zargarlik, misgarlik buyumlari, islom diniga taalluqli
jihozlar, amirning qurollari, ot-ulov anjomlari, musiqa asboblari, turli fotosuratlar, diagramma,
xarita va h.k.
Buxoro o‘lkashunoslik muzeyi o‘sha davrda ilmiy-tadqiqot muassasasiga aylangan edi.
Muzey xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlariga faol kirishib ketib, natijalarni maxsus nashrlarda
e’lon qila boshladilar. Jumladan, P.E.Kornilovning ikki-uch yillik ilmiy faoliyati natijasida uch
risola va ikki ilmiy maqola “Sovetskiy muzey” jurnalida nashr etiladi
5
.
Buxoroda o‘lkashunoslik sohasini rivojlantirish uchun 1931-yilda Rossiya o‘lkashunoslik
byurosi rahbari M.P.Potyomkin Buxoro muzeyiga o‘lkashunoslikka doir 33 ta kitob jo‘natadi.
1933-yilda Buxoro muzeyiga tumanlararo o‘lkashunoslik muzeyi maqomi beriladi va ekspozisiya
qayta tashkil etiladi .
4
Бухоро вилоят давлат архиви, 1175 – фонд, 1-рўйхат, 3-иш, 23-варақ. Корнилов П.Е. Из новых работ
государственного Бухарского музея // “Советский музей”. -М.: 1932. №4. -С. 94.
5
Бухоро вилоят давлат архиви, 1175 – фонд, 1-рўйхат, 4-иш, 74-варақ.
Mart, 2025-Yil
95
1934-yil 23-mayda Ko‘kaldosh madrasasida texnik tekshirish ishlari o‘tkaziladi. Bunda
binoning holati, devorlarning ta’mirtalabligi va kelajakda yangi ekspozisiya tashkil etilsa, bino
bunga javob bera olishi tekshiriladi. Tekshirish komissiyasi a’zolari tarkibida muhandis
F.V.Eselev, Buxkomstaris raisi, arxeolog V.A.Shishkin, arxitektor N.M.Bachinskiy va muzey
direktori A.S.Amitrov bor edi. Shu yildan boshlab muzey ilmiy komissiyasining xulosasi bilan
muzey fondiga ashyolar va kutubxona uchun kitoblar qabul qilingan.
1934-yil 2-dekabrda muzey bilan mashhur rassom P.P.Ben’kov o‘rtasida shartnoma
imzolanadi. Shartnomaga ko‘ra, rassom muzey uchun uchta: Buxoro ipakchilik korxonasi, paxta
yig‘imi hamda mehnatkash-bunyodkor mavzularida suratlar chizib berishni o‘z zimmasiga oladi.
Surat 1935-yil 1-fevralgacha tayyorlanishi shart bo‘lgan va shartnomada har bir surat narxi
belgilangan. Unga binoan mehnatkash-bunyodkor surati uchun 2000 rubl, paxta yig‘imi surati
uchun 3000 rubl, ipakchilik korxonasi surati uchun 3000 rubl to‘lanishi kerak edi . Bundan shu
narsa oydinlashadiki, o‘sha davrda muzey tarixiy ashyolarni to‘plash bilan birga sovet mafkurasini
targ‘ibot qilishga xizmat qiladigan suratlarga ham buyurtmalar beriladi. Rassom P.P.Benkov bilan
muzeyning hamkorligi ancha oldinroq boshlangan edi.
REFERENCES
1.
Gulyamov, A. A. (2024). JАMIYАTIMIZNING IJTIMОIY-IQTISОDIY, MА’NАVIY-
MАDАNIY
SОHАLАRIDА
ОILАNING
RОLI.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(2), 149-153.
2.
Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate, Shariah Rules
and Regulations in Commercial Affairs, Partnership Relations.
EUROPEAN JOURNAL OF
INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
3.
Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the Population in the
Bukhara Emirate.
Miasto Przyszłości
,
53
, 964-969.
4.
Gulyamov, A. (2024). BUXORO MUZEYNING TASHKIL TOPISHI TARIXI.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 659-667.
5.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). BUXORO OCHILGAN
MUZEYLARNING TASHKIL TOPISH TARIXI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 248-
256.
6.
Shodiyeva, S. S., & Qamariddinova, G. A. Q. (2022). Buxoroda islomgacha bo’lgan diniy
e’tiqodlar.
Science and Education
,
3
(12), 219-225.
Mart, 2025-Yil
96
7.
Akmalovna, Q. G., & Asror, A. A. (2023). Formation of Religious Ceremonies.
Central
Asian Journal of Social Sciences and History
,
4
(3), 167-172.
8.
Saloxov, A., & Qamariddinova, G. A. (2023). BUXORO JADIDLARINING TA’LIM-
TARBIYAGA
OID
G‘OYALARINING
NAZARIY-AMALIY
ASOSLARI.
SCHOLAR
,
1
(28), 55-69.
9.
Salokhov, A. K. (2024). THE YOUNG PEOPLE ARE FORMED, THE ENLIGHTENED-
INFORMATORS OF BUKHO USE YOUR IMAGINATION STYLE BASICS.
JOURNAL
OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING
,
3
(4), 16-19.
10.
Salokhov, A., & Qamariddinova, G. A. (2023). SOCIO-PHILOSOPHICAL AND
PEDAGOGICAL BASIS OF THE CONCEPT OF TOLERANCE.
Educational Research in
Universal Sciences
,
2
(8), 200-213.
11.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). O ‘RTA OSIYO OLIMLARINING
KARTOGRAFIK MEROSI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 221-227.
12.
Srojeva, G., Gulyamov, A., & Haqqulov, M. (2025). XVII ASRDA BUXORODA
ABDULAZIZXON
MADRASASINING
QURILISHI
VA
UNING
TARIXIY
AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 471-478.
13.
Gulyamov, A., & Ashurov, D. (2025). CHANGES IN THE LIFE OF THE WORLD'S
COUNTRIES AFTER WORLD WAR II.
Journal of universal science research
,
3
(1 (Special
issue)), 333-341.
14.
Gulyamov, A. (2025). MANG ‘ITLAR SULOLASI DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI,
TUZUMI VA ICHKI SIYOSATI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 790-798.
15.
Gulyamov, A., & Xamidova, R. (2025). ABU RAYHON BERUNIY BUYUK QOMUSIY
OLIM.
Modern Science and Research
,
4
(2), 758-766.
16.
Gulyamov, A. (2025). BUXORO AMIRLIGIDA ISTIQOMAT QILGAN MILLIY-ETNIK
GURUHLAR.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1020-1028.
17.
Haqqulov, M. Y. O. G. L. (2022). Markaziy Osiyoda ilk diplomatik munosabatlar tarixi.
Science and Education, 3(10), 385-389.
18.
Yunusovich, H. M. (2024). Experiences Related to the Fine Fiber Cotton of Uzbekistan
during the Years of Soviet Authority. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 129-132.
19.
Yunusovich, H. M. (2024). The Formation, Development and Role of the High Seljuk
Empire Founded by the Turkic Peoples in the Islamic World. Miasto Przyszłości, 53, 956-
959.
Mart, 2025-Yil
97
20.
Haqqulov, M. (2024). O ‘RTA OSIYO XALQLARINING OZODLIK ORZUSI BO ‘LGAN
“TURKISTON MUXTORIYATI”. Modern Science and Research, 3(12), 609-613.
21.
Haqqulov, M. (2025). USMONIYLAR IMPERIYASINING TASHKIL TOPISH TARIXI.
Modern Science and Research, 4(1), 663-672.
22.
Haqqulov, M. (2024). TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI. Medicine, pedagogy
and technology: theory and practice, 2(11), 154-159.
23.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). O ‘RTA OSIYO OLIMLARINING
KARTOGRAFIK MEROSI. Modern Science and Research, 4(1), 221-227.
24.
Xakkulov, M., & Kosimov, U. (2025). HISTORY OF MILITARY WORK IN THE
EMIRATE OF BUKHARA. Journal of universal science research, 3(1 (Special issue)), 319-
325.
25.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). BUXORO OCHILGAN
MUZEYLARNING TASHKIL TOPISH TARIXI. Modern Science and Research, 4(1), 248-
256.
26.
Srojeva, G., Gulyamov, A., & Haqqulov, M. (2025). XVII ASRDA BUXORODA
ABDULAZIZXON MADRASASINING QURILISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
Modern Science and Research, 4(1), 471-478.
27.
Haqqulov, M., & Sadulloyeva, M. (2025). IMOM BUXORIYNING “AL-JOME’AS
SAHIH” ILMIY AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 472-476.
28.
Haqqulov,
M.
(2025).
YANGI
DAVRDA
AVSTRIYA
(GABSBURGLAR)
IMPERIYASINING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI (XVI-XVIII ASRLAR). Modern
Science and Research, 4(2), 834-842.
29.
Xakkulov, M., & Kosimov, U. (2025). HISTORY OF MILITARY WORK IN THE
EMIRATE OF BUKHARA. Journal of universal science research, 3(1 (Special issue)), 319-
325.
30.
Haqqulov, M., & Sadulloyeva, M. (2025). IMOM BUXORIYNING “AL-JOME’AS
SAHIH” ILMIY AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(2), 472-476.
31.
Haqqulov,
M.
(2025).
YANGI
DAVRDA
AVSTRIYA
(GABSBURGLAR)
IMPERIYASINING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI (XVI-XVIII ASRLAR). Modern
Science and Research, 4(2), 834-842.
32.
Srojeva, G. (2025). MIRZO MUHAMMAD HAYDARNING “TARIXI RASHIDIY”
ASARIDA O’RTA OSIYO TARIXINI O’RGANISHDA MUHIM MANBA SIFATIDA.
Modern Science and Research, 4(1), 531-539.
Mart, 2025-Yil
98
33.
Srojeva, G., & Ormonova, M. (2025). BUXORO SHAHRIDAGI ARK QO’RG’ONI,
SITORAI MOHI XOSA, XO’JA SAROY ME’MORIY YODGORLIKLARI. Modern
Science and Research, 4(1), 533-544.
34.
Srojeva, G. (2024). Solutions, Results And Problems Of Reforms In The Field Of Education.
Modern Science and Research, 3(1), 782-788.
35.
Srojeva, G. (2023). Lower Zarafshan Oasis Tourism Opportunities. Modern Science and
Research, 2(10), 199-204.
36.
Srojeva, G. (2024). EFFECTIVE FORMS OF SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION
AND EDUCATIONAL WORK IN A PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTION.
Modern Science and Research, 3(2), 247-253.
37.
Srojeva, G. (2024). Strengthening The Material And Technical Base Of Preschool Education
And Training Institutions. Modern Science and Research, 3(2), 673-681.
38.
Srojeva, G. (2024). The Canadian Economy During The Global Economic Crisis. Modern
Science and Research, 3(2), 57-63.
39.
Srojeva, G. (2024). International Cooperation In The Field Of Education. Modern Science
and Research, 3(2), 1041-1050.
40.
Vahobovna, S. G. (2023). Quyi Zarafshon Vohasi Turizm Imkoniyatlari.
41.
Srojeva, G. (2024). Attention Paid To Preschool Educational Institutions In New
Uzbekistan. Modern Science and Research, 3(2), 258-266.
42.
Srojeva, G. (2023). Continuity In Education-Chief Mezon. Modern Science and Research,
2(12), 834-839.
43.
Gulbahor, S. (2023). Continuity In Education-Chief Mezon. Modern Science and Research,
2, 834-839.
44.
Vahobovna, S. G. (2024). Canada during the world economic crisis of 1929-1933. Ta'Lim
Va Rivojlanish Tahlili Onlayn Ilmiy Jurnali, 4(4), 48-54.
45.
Vahobovna, S. G. (2024). Role of Preschool Educational Institutions in Education of a
Perfect Person. European Journal Of Innovation In Nonformal Education, 4(3), 208-214.
46.
Srojeva, G. (2024). 1929-1932-YILLАRDАGI JAHON IQTISODIY INQIROZI
DAVRIDA YAPONIYA. Nrj, 1(2), 118-128.
47.
Vahobovna, S. G. (2024). XX ASR BOSHLARIDA XITOYNING YAPON
AGRESSIYASIGA QARSHI KURASHI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN
ILMIY JURNALI, 4(5), 264-273.
Mart, 2025-Yil
99
48.
Vahobovna, S. G. (2024). XX ASR BOSHLARIDA XITOYNING YAPON
AGRESSIYASIGA QARSHI KURASHI. International journal of scientific researchers
(IJSR) INDEXING, 5(2), 723-728.
49.
Vahobovna, S. G. (2024). YANGI O’ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TA’LIM–
TARBIYA MUASSASALARIGA QARATILAYATGAN E’TIBOR.
50.
Vahobovna, S. G. (2024). JAHON IQTISODIY INQIROZI DAVRIDA KANADA
IQTISODIYOTI.
51.
Srojeva, G. (2024). TA’LIM SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK.
52.
Vahobovna, S. G. (2024). MAKTABGACHA TA'LIM–TARBIYA MUASSASALARI
MODDIY TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH.
53.
Vahobovna, S. G. (2024). MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASIDA MA'NAVIY-
AXLOQIY TARBIYA VA MA'RIFIY ISHLARNING SAMARALI SHAKLLARI.
54.
Vahobovna, S. G. (2023). TA'LIMDA UZVIYLIK-BOSH ME'ZON.
55.
Srojeva, G. (2024). SHAYBONIYLAR SULOLASI DAVRIDA BUXORO XONLIGIDA
IQTISODIY O’ZGARISHLAR VA IQTISODIYOTDA XALQARO MUNOSABATLAR.
Modern Science and Research, 3(12), 895-903.
56.
Vahobovna, S. G. (2024). Formation of the Uzbek Nation and Shaibani State in
Abulkhairkhan's Dashti Kipchak. Miasto Przyszłości, 53, 1218-1219.
57.
Srojeva, G. (2024). XX-ASRNING 30-YILLARIDA OSIYO MAMLAKATLARI. Modern
Science and Research, 3(6).
58.
Vahobovna, S. G. (2024). XX-ASRNING 30-YILLARIDA OSIYO MAMLAKATLARI.
59.
Vahobovna, S. G. (2024). TALIM SOHASIDAGI ISLOHATLAR ECHIMI, NATIJALARI
VA MUAMMOLARI.
60.
Vahobovna, S. G. (2024). O’zbekiston Olimlaring Inson Falsafasi Haqidagi Qarashlari.
Journal of Innovation in Volume, 2(8).
