Authors

  • Nilufar Nuparova
  • Muxlisa Omonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.70587

Keywords:

diantologiya kompetentlik o’qituvchilik burchi. o’qituvchilik burch.

Abstract

Ushbu maqola pedagogik deontologiyaning mohiyati va mazmunini ochib beradi, shuningdek, o‘qituvchining kasbiy faoliyati sohasidagi xulq-atvor qoidalari va normalarini ishlab chiqadigan pedagogik deontologiyani va o‘qituvchining kasbiy xulq-atvori rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi

background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

74

BOʻLAJAK PEDAGOGLARDA DEONTOLOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA

KASBIY KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISH

Nuparova Nilufar Nizom qizi

Alfraganus universiti Pedagogika fakulteti

2- kurus Maxsus pedagogika (logopediya) 23-3 guruh talabasi.

nuparovanilufer@gmail.com

Omonova Muxlisa

Ilmiy rahbari: Alfraganus University Department of Pedagogy and

Psychology, etc. associate professor

muxlisa.alfraganus@gmail.com

0009-0005-8766-5332 –orcid

https://doi.org/10.5281/zenodo.14994723

Annotatsiya.

Ushbu maqola pedagogik deontologiyaning mohiyati va mazmunini ochib

beradi, shuningdek, o‘qituvchining kasbiy faoliyati sohasidagi xulq-atvor qoidalari va

normalarini ishlab chiqadigan pedagogik deontologiyani va o‘qituvchining kasbiy xulq-atvori

rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi

Kalit so`zi:

diantologiya, kompetentlik, o’qituvchilik

burchi. o’qituvchilik burch.

KIRISH:

“Deontologiya” tushunchasi

. Deontologiyaning prinsiplari. Pedagogik deontologiya –

kasbiy xulq-atvor haqidagi fan. Pedagogik deontologiya va kompetentlik fanining maqsadi va

vazifalari. Pedagogik kompetentlikning boshqa pedagogik fanlar bilan aloqadorligi. Pedagogik

kompetentlik, professional kompetentlik va o‘qituvchi kasbiy etikasiga qo‘yilayotgan zamonaviy

talablar. Deontologiya – sozi yunoncha “deontos”-“shart” “burch”, logos-“talimot”, “organish”

degan manoni anglatadi. Deontologiya - etika fanining bir qismi sifatida mutaxassis ornining bir

sohasiga nisbatan xulq-atvor normalari yoki burch haqidagi manoni anglatadi. Burch va

majburiyat (axloqiy burch mutaxassis uchun ishlatiladi) meditsina xodimi, oqituvchi-pedagog,

jamiyat ishlarida davlat boshqaruvida rahbarlar oldida va shu bilan har bir shaxs oldida ham uni

burch, vazifasi va avtoritetini xalq oldidagi burchi, mas’uliyatini ifodalaydi.

O’qituvchining axloqiy fazilatlar

. Umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar barcha

kishilar barcha kasb egalari, jumladan oqituvchi-tarbiyachilar uchun zaruriy, axloqiy fazilatlar

mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga soluvchi qoidalar, davlatning turli

qonunlari, meyorlari va normalari bilan shakllanadi.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

75

Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga malum axloqiy talablar qoyadi,

bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Oqituvchi umuminsoniy va

milliy axloqiy fazilatlarni ozlashtirib olishi, oz tajribasida qollashi ozining dunyoqarashi va

mafkurasi hamda axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash, his etish, turmushda sinab

korish natijasida umuminsoniy va millliy, axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar, oqituvchining oz

axloqiy fazilatlariga etiqodiga aylanadi.

O’qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilatlariga

va etiqodiga aylanishi lozim. Pedagogik takt - oqituvchi axloqining aqliy korinishlaridan biridir.

O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar

tushunchalarga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bogliq tarzda oydinlashtiradi.

Insonprvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, baynalminalchilik, adolat, yaxshilik, burch

qadr-qimmat, mas’uliyat, vijdon, halollik, rostgoylik va talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar

o`qituvchi odobida pedagogik faoliyati bilan birgalikda tahlil qilinadi

.

O’qituvchilik burchi

. Umuminsoniy va millliy axloqda burch tushunchasi har bir

kishining oz vazifasini toliq bajarishi boshqalarga togri munosabatda bolishini ifodalaydi.

Burchda shaxsning jamiyatga bolgan munosabati namayon boladi. Oz burchiga sodiqlik

har bir kishiga yuksak obro va shon-sharaf keltiradi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida

fuqarolarning huquqlari bilan bir qatorda, burchlari ham belgilangan. Qonunlarga rioya qilish,

boshqa kishilarning huquq va erkinliklari, shani va qadr-qimmatini hurmat qilish, manaviy

merosimizni asrab-avaylash, atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bolish har bir

fuqaroning burchidir. Burchga sodiqlik har bir fuqaroning odobi va axloqini korsatadi. Katta

yoshdagi kishilarni hurmat qilish yoshlarning burchidir. Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash

oqituvchining axloqiy fazilatidir. Har bir muallimning oquvchilarga orgatadigan goyalari, ularning

qalbidan joy olishi lozim. Oqituvchi yosh avlodga talim-tarbiya berish sohasidagi oz burchini

zo’rlik tufayli yuksaltirgan majburiyat emas balki, oz hayotining manosi, ishonch va vijdon da’vati

deb, hisoblaydi fuqarolik burchini his etish xalq va butun mamlakatimizning ertangi kelajagi

togrisida gamxorlik qilishni taqoza etadi. Davlat oldidagi burchni anglamoq barkamol muallim

insonga izzat-hurmatli yoshlarga gamxor bo’lish, boshqalarga yordam qilishni oz insoniy burchi

deb hisoblovchi insondir. Oqituvchi axloqidagi burch hissi Vatanni sevish, uning porloq kelajagi

uchun gamxorlik qilishni talab etadi.

O’qituvchilik odobi - vatanparvarlik burchi

O’qituvchilik burchi

. Pedagogik faoliyatda oqituvchining vijdoni talim-tarbiya

jarayonida axloqiy, yol-yoriqlarni va kasbiy burchlarni qanday bajarayotganliklarni nazorat


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

76

qiluvchi manaviy kuchdir. Oqituvchi faoliyatida, axloqida, xulqida vijdon ozozini nazorat qilish

vositasidir.

O’qituvchilik vijdoni muallimning oz bilimi, tajribasi va qobiliyatini tola ishga solib

boshqalarni oqitish, tarbiyalash va marifatli qilishga davat etadi. Abdulla Avloniy: “Vijdon deb

ruhimizga, fikrimizga tasir qiladurgon hissiyot, yani sezuv-toymakdan iborat manaviy quvvatni

aytiladur” deb tarif bergan edi. Talabchan va adolatli bolish O’qituvchining kasbiy - axloqiy

fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bolishdir. Muallimning talabchanligida uning bola

shaxsiga chuqur hurmati, bolaning kuchi, qobiliyati va imkoniyatlariga bolgan ishonchi

ifodalanadi. Oquvchilar loqaydlikni yoqtirmaydilar, aksincha yaxshi niyat bilan oqilona qilingan

talabchanlik ularning muallimga hurmatini oshiradi. Muallimning talabchanligi adolatlilik bilan

uzviy bogliq bolmog`I zarur.

Pedagogik kompetentlik fanining predmeti va obyekti. Dunyoga yangi ko’z bilan

qayraydigan, uddabiron, ishning ko’zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va

yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash Respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng

muhim va mas’uliyatli vazifadir. Hozirgi zamon pedagogika fani va bu borada olib borilayotgan

ilmiy izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan va uslublarga, o’qitish

metod va usullari, texnologiyalariga juda ko’p e’tibor qaratilganligi seziladi. Ammo ana shu

pedagogik usul va metodikani tushunish, ularni amaliy faoliyatda qo’llash masalasi eng dolzarb

muammolardan biriga aylanganligini ta’kidlash mumkin. Pedagogika fani ham boshqa gumanitar

va tabiiy fanlar qatori bu muammolardan holi emas. Muammo bu sohadagi pedagogik nazariy

bilimlami amaliy faoliyatga tatbiq etishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Aniqroq qilib aytadigan

bo’lsak, o’qituvchilarda amaliyot va kasbiy faoliyat jarayonida nazariy bilimlami amaliyotda

qo’llay olish mahoratining yetishmasligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Demak, ko’plab o’qituvchiiar,

pedagoglar eskirib qolgan nazariy bilimlar bilimlar bilan cheklanib qolmoqda.

Ularda zamonga xos tub o’zgarishlarga mos kelish, munosib bo’lish kabi sifatlar

etishmaydi. Huddi shu sifat kompetensiya - kompetensiya egasi bo’lish, kompetentli pedagog

nomini olish masalasi hisoblanadi. Kompetentlikning o’zi pedagogda umumiy dunyoqarashning

kengligi va madaniyatning yuqoriligi, pedagogika, psixologiya, boshqaruv nazariyasi va ta’limni

boshqarishning ilmiy asoslari bo’yicha kasbiy bilimlarining mavjudligi, o’z bilimlarini amaliyotda

rivojlantirishga layoqatlilik, ijtimoiy va psixologik-pedagogik tadqiqotlar metodlarini bilish,

pedagogik va boshqaruv ko’nikmalarining zaruriy majmuasiga ega bo’lishni nazarda tutadi.

Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik kasbiy bilim va ko’nikmalaming mavjudligi,

shuningdek, ulami amaliy faoliyatda qo’llash va takomillashtirishga layoqatlilik bilan belgilanadi,


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

77

ya’ni kompetentlik - bu faqatgina o’zlashtirilgan bilimlar va tajribalaming mavjudligi va salmoqli

hajmi bo’libgina qolmay, balki ularni kerak vaqtda ishga sola bilish va o’zining xizmat vazifalarini

bajarish jarayonida ulardan foydalana olish demakdir.

O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar. Respublika talim

tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini taminlash, talim muassasalarida faoliyat olib

borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining manaviy qiyofasi hamda kasbiy

mahoratlariga ham bog’liqdir. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni

bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat

yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat

taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O’zbekiston

Respublikasida o’qituvchi kadrlarning manaviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy

mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda.

Demak, pedagogik deontologiya bu o'qituvchining kasbiy burchini halol, vijdonan

bajarishiga mos keladigan axloqiy, huquqiy tamoyillar va qoidalar majmuidir. Yuqoridagilarni

xulosaqilib aytishim mumkinki, hozirgi zamonda pedagogik deontologiya axloqning ajralmas

qismi bo'lib, pedagogik axloq tamoyillari va me'yorlarining shakllanishi va ishlash mexanizmining

xususiyatlarini hisobga olgan holda o'qituvchining kasbiy faoliyatida uning amaliy harakatlarini

tartibga soluvchi rolini o'ynaydi . Lekin qadimga nazar solganimizda

O'qituvchilik kasbi uzoq tarixga ega, uning roli va ma'nosi zamonga qarab o'zgargan.

Ushbu kasbga bo'lgan ehtiyoj insoniyatning ibtidoiy tarixining oxirida paydo bo'lib, aqliy

mehnatni jismoniy mehnatdan ajratishni belgilab qo'ydi.

Qadimgi Misrda o'qituvchilik kasbiga ijtimoiy farovonlikning kafolati sifatida qarashgan.

Papiruslarda bunday turdagi so'zlar tez-tez uchraydi: "Qarang, o'qituvchi lavozimidan

boshqa hech qanday lavozim yo'q, u erda odam doimo xo'jayin bo'ladi".

Qadimgi misrlik ideal idealni og'ir so'zlar va taqdirning zarbalariga dosh berolmaydigan

odam deb hisoblashgan. Ta'lim va tarbiya ana shunday ideal mantig'ida davom etdi. Talaba

birinchi navbatda tinglash va itoat qilishni o'rganishi kerak edi. Amalda aforizm mavjud edi:

"Insonda eng yaxshi xususiyat itoat etish".

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. //'Barkamol avlod –

O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; “Sharq”.2020 yil, 20-29 betlar.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

78

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonuni.

//Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent; “Sharq”, 1997, 31-

61 betlar,

3.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi

bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7

fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

4.

Sh.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.

Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B.

5.

Sh.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.

Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 B.

6.

Sh.Mirziyoyev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlash-yurt taraq qiyoti va xalq

farovonligining garovi. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 B.

7.

Sh.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlikhar bir rahbar

faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent –“O‘zbekiston” -2017.104 B..2009.-

176 b.

8.

Abdullayev H. Yashil daftar hikmati. -Toshkent, 0‘qituvchi, 2000.

9.

Ochilov M., Ochilova N. 0‘qituvchi odobi. //Saylanma. - T.: 0‘qituvchi, 1997. - 118 b.

10.

Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - T.: Nizomiy nomli TDPU, 2005,- 149 b.

11.

Tarbiyaviy ish metodikasi. //Pedagogika institutlari uchun o‘quv qo‘Hanma (L. I. Ruvinskiy

tahriri ostida). - T.: “O'qituvchi”, 1991. - 376 b.

12.

Bozorov A.B universitet oqituvchilari uchun kasbiy etika qoidalari kerakmi?

13.

Ochilov M. Muallim qalb memori “Oqituvchi” 2001 yil.

References

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. //'Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; “Sharq”.2020 yil, 20-29 betlar.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonuni. //Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent; “Sharq”, 1997, 31-61 betlar,

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

Sh.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B.

Sh.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 B.

Sh.Mirziyoyev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlash-yurt taraq qiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 B.

Sh.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlikhar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent –“O‘zbekiston” -2017.104 B..2009.-176 b.

Abdullayev H. Yashil daftar hikmati. -Toshkent, 0‘qituvchi, 2000.

Ochilov M., Ochilova N. 0‘qituvchi odobi. //Saylanma. - T.: 0‘qituvchi, 1997. - 118 b.

Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - T.: Nizomiy nomli TDPU, 2005,- 149 b.

Tarbiyaviy ish metodikasi. //Pedagogika institutlari uchun o‘quv qo‘Hanma (L. I. Ruvinskiy tahriri ostida). - T.: “O'qituvchi”, 1991. - 376 b.

Bozorov A.B universitet oqituvchilari uchun kasbiy etika qoidalari kerakmi?

Ochilov M. Muallim qalb memori “Oqituvchi” 2001 yil.