380
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
BXSR VA AFG’ONISTON O’RTASIDAGI SAVDO-SOTIQ ALOQALARI XUSUSIDA
Ahmadov Ahmadjon Asror o’g’li
BuxDU “Arxeologiya va Buxoro tarixi” kafedrasi dotsenti., t.f.f.d. (PhD).
https://doi.org/10.5281/zenodo.15009863
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Buxoro amirligining so’ngi yillari va Buxoro Xalq Sovet
Respublikasi davrida qo’shni Afg’oniston bilan olib borilgan savdo-sotiq aloqalari ilmiy tahlilga
tortilgan.
Kalit so’zlar:
Afg’oniston, Buxoro, savdo-sotiq, diplomatik aloqa, bozor, chegara,
mahsulot, qorako’lteri, to’qimachilik tovarlari, savdo aylanmasi.
ON TRADE RELATIONS BETWEEN THE BUKHAR REPUBLIC AND
AFGHANISTAN
Abstract.
This article scientifically analyzes trade relations with neighboring Afghanistan
during the last years of the Bukhara Emirate and the Bukhara People's Soviet Republic.
Keywords:
Afghanistan, Bukhara, trade, diplomatic relations, market, border, product,
karakul, textile goods, trade turnover.
О ТОРГОВЫХ ОТНОШЕНИЯХ МЕЖДУ РЕСПУБЛИКОЙ КОРЕЯ И
АФГАНИСТАНОМ
Аннотация.
В статье научно анализируются торговые отношения с соседним
Афганистаном в последние годы существования Бухарского эмирата и Бухарской
Народной Советской Республики.
Ключевые слова:
Афганистан, Бухара, торговля, дипломатические отношения,
рынок, граница, товар, каракуль, текстильные изделия, товарооборот.
Buxoro amirligining tugatilishi yillarida ham qo’shni davlat Afg’oniston savdo-sotiq
aloqalari to’xtab qolmagan. BXSR hukumati yillarida ham bu jarayon davom etib savdo-sotiq
aloqalari almashinib turganligini ko’rishimiz mumkin. Tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlarga
qaraganda 1918-yilda Buxoro amirligi omborlarida million pud paxta, 1 mln dona qorako‘lteri,
200 ming pud jun, 80 ming dona oshlangan qo‘y terisi, 80 ming pud quruq mevalar, yana turli-
tuman mahsulotlardan 300 ming pudi yig‘ilib qolgan bo‘lib, ularni tashqi bozorga olib chiqib
sota olmayotgandi. Afg‘oniston bilan yaqin aloqalar o‘rnatish orqali Buxoro amiri bu
mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqib sotmoqchi edi[1].
1920-yilning ikkinchi yarmida Afg‘oniston chegaralari bo‘ylab 663.000 pud g‘alla,
12.234 pud gurunch, 63 pud choy, 17.798 pud go‘sht, 108.014 pud beda, 103 dyuj. Ip, 141 arshin
manifaktura, 230 pud jut (tola beradigan o‘simlik) va boshqa mahsulotlar xarid qilingan[2].
381
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
1922-yil kuzida faqat Janubiy O‘zbekiston BXSRning janubiy viloyatlaridan 120 tuya
yuk Afg‘onistonga o‘tkazilgan. BXSR ichki ishlar nozirligining axborotiga ko‘ra savdo-sotiq
ishlarini keng yo‘lga qo‘yish va Afg‘onistonga Buxoro tovarlarini yetkazib berish maqsadida
Sherobod-Termiz-Darband-Yurchi yo‘nalishlarida 220 ta, Qarshi-G‘uzor-60 ta, G‘uzor-
Darband-60 ta, Sherobod-Darband-60 ta, Sherabod-Termiz-Beshkent-40 ta, Qarshi-Termiz-40 ta,
ja’mi: 480 ta yuk ko‘taradigan tuya zarurligi ko‘rsatilgan[3].
O‘rta Osiyo bozorlaridan qo‘shni Sharq mamlakatlariga 1914-yilgacha olib chiqilgan
asosiy tovalarning 80 foizi to‘qimachilik mahsulotlari hisobiga to‘g‘ri keladi. Afg‘onistonga
chiqarilgan tovarlarning umumiy bahosi 5 mln 946 ming rubl bo‘lsa, shundan 5 mln 137 ming
rublni to‘qimachilik mahsulotlari tashkil etgan. Biroq 1923-1925-yillarda Afg‘onistonga 116.800
rubllik tovar olib chiqilgan bo‘lsa, 9 000 ming rubl, ya’ni 7 foiz to‘qimachilik mahsulotlarini
tashkil etgan[4].
Chet eldan BXSRga keltirilgan tovarlar taqsimoti ham okruglardagi aholi soniga qarab
taqsimlanib, Zarafshonga – 40 foiz, Sharqiy Buxoroga -20 foiz, Qashqadaryoga -17 foiz,
Turkman okrugiga -12 foiz, Surxondaryoga -11 foiz miqdorida bo‘lingan[5].
1914-yilga nisbatan 1920-yillarda savdo aylanmasining keskin tushib ketganligi bunga
sabab sifatida litsenziyasiz savdo qilish muammosining hal etilmaganligi, to‘qimachilik
tovarlariga 2 foiz litsenziya to‘lovi mavjudligi, bu tovarlar Afg‘oniston bozorlarida
qimmatlashganligi kabilar bunga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari to‘qimachilik tovarlari afg‘on
bozorlariga xususiy savdogarlar orqali yetkazilganligi, davlat tashkilotlarining bunda ulushi
kamligi hisobga olinsa, 2 foiz litsenziya to‘lovi mahsulotlar narxini haqiqatdan ko‘tarib
yuborganligiga sabab bo‘ldi.
O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1924-yil oxirlaridagi qaroriga ko‘ra ayrim tovarlarga
litsenziya tartibi bekor qilindi. Lekin, ayrim tovarlar shakar, non va un, neft va metal
mahsulotlari litsenziya tartibida amalga oshirilgan. Afg‘onistondan SSSR ga paxta va paxta
mahsulotlari, kunjut va zig‘ir urug‘lari, quruq mevalar, turli yong‘oqlar, bo‘yoqlar, ba’zi qishloq
xo‘jalik mahsulotlari litsenziyasiz o‘tkazilishiga ruxsat berilgan[6].
Markaziy Osiyo mintaqasida ya’ni yagona makonda joylashgan Afg‘oniston va Buxoro
amirligi o‘rtasidagi savdo-sotiq aloqalari muttasil davom etib turgan. Lekin, bu savdo
aloqalarining turli davrlarda turlicha bo‘lganligini, bu siyosiy munosabatlar bilan ham
bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Ba’zi vaqtlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning
chigallashib ketganligini ko‘rsak, ba’zi hollarda bu jihatlar do‘stona tus olganligini kuzatiladi.
Aslida bu jihatlar mamlakat tepasiga kelgan hukumdorlarning siyosati bilan ham
bevosida bog‘liq bo‘lgan.
382
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
1900-1913-yillarda Buxoro amirligi orqali Afg‘onistonga nafis movut, surp, qalin surp,
ipak matolar, oltin va kumushdan to‘qilgan jiyak, ip, zar kalava, temir va mis simlar, charm,
qog‘oz, chinni idishlar pichoqlar, qand, bronza, simob, qizil va turli rangli bo‘yoqlar, choy, mis,
oq va sariq mum, lampa shishalari, baxmal, chit, paxta va ipak iplari, quyma cho‘yan, quyma
po‘lat, qalayi quymasi, mis quymasi, gugurt, kerosin, sham va shamdonlar, golanteriya
mahsulotlari, sovun kabilar olib borib sotilgan. Yuqoridagi buyumlar ro‘yxati shuni ko‘rsatadiki,
savdo-sotiqda tovarlar soni ko‘payib, ularning turlari 40 taga yetgan.
XIX asrning oxirida Buxoroning yillik tashqi savdo aylanmasi 40 mln so‘mni tashkil
etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich birinchi jahon urushi arafasida 75 mlnga yetib, uning asosiy miqdori
qorako‘l teri, paxta, shoyi, gazlama, va meva savdosi hisobiga to‘g‘ri kelgan[7].
Xulosa qilib aytganda, Buxoro amirligining tashqi savdo-sotiq aloqalarida qo‘shni davlat
Afg‘oniston roli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu jarayon BXSR hukumati yillarida ham
davom etib, Rossiya bosqini davrida Buxoro amirligi Afg‘oniston bilan siyosiy, diplomatik
munosabatlari faollashib u goh raqiblik, goh ittifoqchilik asosida bo‘ldi.
Buning asosiy sababi ikki davlatning ham buyuk davlatlar ta’siri doirasidan chiqib keta
olmaganligida edi. Shu sababli Buxoro va Afg‘oniston ikki imperiyachi davlatlar Rossiya va
Angliyaning yarim mustamlakasiga aylandi. Biroq savdo aloqalari o‘zaro hamkorlikning doimiy,
uzluksiz jarayoni bo‘lib qolganligini tarixiy dalillar tasdiqlaydi.
REFERENCES
1.
Искандаров Б. Бухара (1918-1920 гг.) – Душанбе. Издательство: Дониш, 1970. – С.
80.
2.
Шодмонова С.Б., Юлдашев М. Бухоро амирлиги ва Туркистоннинг Афғонистон
билан савдо алоқалари (ХIХ асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср 20 йиллари)// ...-Б.194.
3.
Ўзбекистон Миллий Архиви, Р-59-фонд, 1-рўйхат, 118-йиғма жилд, 29-варақ.
4.
Ўзбекистон Миллий Архиви, Р-1-фонд, 1-рўйхат, 277 йиғма жилд, 204-варақ.
5.
Ҳайитов Ш., Раҳмонов К., Аҳмадов О. Бухоро ва бухорийларнинг жаҳоний шуҳрати.
Тошкент, «Наврўз», 2020. -Б.101.
6.
Ўзбекистон Миллий Архиви, Р-1-фонд, 1-рўйхат, 92 йиғма жилд, 22-варақ.
7.
Қосимов Ф.Ҳ. Истиқлол ва тарихий хотира (мақолалар тўплами).Бухоро-2006.-
Б.139.; Ҳайитов Ш.А. Ватан меҳри. Бухоро., 2010.-Б.7.
8.
Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN
THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.
383
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
9.
Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of
Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of
Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.
10.
Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF
INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.
11.
Ahmadov A.
XX ASR BOSHLARIDA
BUXORO VA AFG’ONISTON
EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т.
4. – №. 1. – С. 842-845.
12.
Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI
XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.
13.
Asror o‘g‘li A. A. et al. BUXORO VOHASIDAGI VARDONZE QO ‘RG ‘ONINING
ANTIK VA O ‘RTA ASRLAR DAVRI TARIXI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 84-87.
14.
Asror o’g’li A. A., Farruxbek N. FARG ‘ONA VODIYSIDAGI ILK SHAHARSOZLIK
MADANIYAT
(CHUST
MISOLIDA)
//ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 45. – №. 5. – С. 88-91.
15.
Botirjon O’g’li N. S., Asror o‘g‘li A. A. UMARXON XUKMRONLIGI DAVRIDA
QO’QON XONLIGINING HARBIY SALOHIYATI //JOURNAL
OF EDUCATION,
ETHICS AND VALUE. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 374-377.
16.
Ahmadov A. SHARQSHUNOS OLIM DN LOGOFET TALQINIDA BUXORO
AMIRLIGIDA
MAORIF
VA
DINIY
SIYOSAT
MASALALARI
//"
ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический
журнал. – 2024. – Т. 16. – №. 8.
