Authors

  • Ahmadjon Ahmadov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.77770

Keywords:

Afg’oniston Buxoro beklik amir Shohmurod Maymana Amir Nasrullo Amudaryo “turkiston to’plami” Do‘stmuhammadxon.

Abstract

Ushbu maqolada XX asr boshlarida Shimoliy Afg’onistondagi o’zbek bekliklari uchun olib borilgan raqobat va Buxoro va Afg’oniston munosabatlari tarixi ilmiy tahlil qilingan.

background image

186

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

XX ASR BOSHLARIDA SHIMOLIY AFG‘ONISTONDAGI O‘ZBEK BEKLIKLARI

UCHUN RAQOBAT VA O‘ZARO MUNOSABATLAR TARIXI

Ahmadov Ahmadjon Asror o‘g‘li

Osiyo xalqaro universiteti Tarix va filologiya kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.15163679

Annotatsiya.

Ushbu maqolada XX asr boshlarida Shimoliy Afg’onistondagi o’zbek

bekliklari uchun olib borilgan raqobat va Buxoro va Afg’oniston munosabatlari tarixi ilmiy

tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

Afg’oniston, Buxoro, beklik, amir Shohmurod, Maymana, Amir Nasrullo,

Amudaryo, “turkiston to’plami”, Do‘stmuhammadxon.

HISTORY OF COMPETITION FOR UZBEKISTAN PRIDE AND RELATIONS IN

NORTHERN AFGHANISTAN AT THE BEGINNING OF THE 20TH CENTURY

Abstract.

This article provides a scientific analysis of the competition for Uzbek

principalities in Northern Afghanistan at the beginning of the 20th century and the history of

relations between Bukhara and Afghanistan.

Keywords:

Afghanistan, Bukhara, principality, Emir Shahmurad, Maimana, Amir

Nasrullo, Amu Darya, “Turkistan collection”, Dostmuhammadkhan.

ИСТОРИЯ КОНКУРЕНЦИИ И ВЗАИМООТНОШЕНИЙ УЗБЕКСКИХ ЧАСТНЫХ

ГОСУДАРСТВ В СЕВЕРНОМ АФГАНИСТАНЕ В НАЧАЛЕ XX ВЕКА

Аннотация.

В статье дается научный анализ борьбы за узбекские княжества в

Северном Афганистане и истории взаимоотношений Бухары и Афганистана в начале XX

века.

Ключевые слова:

Афганистан, Бухара, княжество, Эмир Шахмурад, Маймана,

Амир Насрулла, Амударья, «Туркестанский сборник», Достмухаммадхан.

Buxoro amirligi va Afg‘oniston davlati tashkil topgan davrlardan boshlab, Shimoliy

Afg‘onistondagi 12 ta o‘zbek bekliklari ikki davlat o‘rtasidagi nizoli hudud bo‘lsada, Amir

Shohmurod Maymana va Oqchaning g‘arbiy qismlarini Buxoro ta’sirida tutib turiga muvoffaq

bo‘lgan bo‘lganligi tarixiy adabiyotlarda qayd etib o‘tilgan. Ammo, Rossiya imperiyasi bosqini

arafasida Amir Nasrullo davrida Amudaryodan janubdagi o‘zbek bekliklarini barcha erlarini

1849-1850 yillarda Do‘smuhammadxonga boy berib qo‘yadi[1]. Tarixiy adabiyotlardagi

ma’lumotlarni solishtirib xulosa qilish mumkinki, Do‘stmuhammadxonning bu davrda Shimoliy

Afg‘onistondagi o‘zbek bekliklariga qarshi qo‘shin torta olish imkoni yo‘q edi. Chunki, Bu

vaqtda Murodbek Qunduz Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek bekliklarini birlashtirib katta harbiy

qudratga ega bo‘lgandi.


background image

187

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Murodbek, Do‘stmuhammadxonga inglizlarga qarshi kurashda va Afg‘oniston taxtini

qaytarib olishda yordam berganligini inobatga olsak, yuqorida keltirilgan ma’lumot u qadar

asosli emasligi ayon bo‘ladi. “Turkiston to‘plami”dagi ma’lumotlarda Do‘stmuhammadxonning

Qunduz begi Murodbek qatag‘an bilan do‘stona munosabatda bo‘lganligi qayd etilgan. Muallif

bu fikrni Do‘stmuhammadxonning yaqin qarindoshlaridan biridan yozib olganliini, u esa,

Do‘stmuhammadxon boshqaruvida yuqori martabali shaxs ekanligi ham yuqorida keltirib o‘tgan

fikr-mulohazalarimizni tasdiqlashga xizmat qiladigan ma’lumot bo‘lib hisoblanadi[2].

Ayrim tarixiy adabiyotlarda Do‘stmuhammadxonga 1850 yilgacha Kobul va Jalolobod

bo‘ynsungan, 1855-yilda G‘azna, Qandahor bo‘ynsungan. 1856 yildagina (Murodbek Qunduz

vafot etgach) Balx va Xulm, 1858 yilda esa, Oqcha, Shibirg‘on, Andxoy, Maymana, 1861-yilda

esa, Qunduz va Badaxshon vassal bo‘lganligi qayd etiladi[3]. Qunduzga qilingan yurish vaqtida

Murodbek Qunduz vafot etgan va Qunduzni Badaxshon mirlari bosib olib vassal beklikka

aylantirganligi yuqorida qayt etilgan edi. Amir Nasrulloning 1860-yilda Karki hududiga qo‘shin

bilan kelganligi va ko‘p o‘tmay orqaga qaytgani tarixiy adabiyotlarda keltirib o‘tiladi[4]. Tarixiy

manbalarda jumladan Mirzo Abdulazim Somiyning “Tarixi silsiloti Mang‘itiya” (Mang‘it

amirlari tarixi) asarining rus tilida chop etilgan variantining 155-sahifasida keltirilgan izohda

1859 yilda Buxoro (Nasrulloxon) va Afg‘oniston (Do‘stmuhammadxon) o‘rtasida tuzilgan

sulhga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi chegara Amudaryo bo‘lganligi keltirib o‘tiladi.

Ammo, izohni keltirgan tarjimon iqtibos keltirmaydi. shu sababli Do‘stmuhammadxon

Oqchani egallagan bo‘lsada, Maymanani egallay olmagandi. Bu bilan amir Nasrullo sulh bilan

hali Buxoro tarkibidan bo‘lgan Maymnani afg‘onlarga berib yuborganligi tushunarsiz holat

ekanligiga e’tibor qaratmaydi[5]. Aslida bu holatni tushuntirishda “Turkestanskiy sbornik”

(“Turkiston to‘plami”) materiallari yordam beradi. To‘plamning XII tomida Vengr sayyohi

A.Vamberi

esdaliklari

keltirib

o‘tilgan bo‘lib, Do‘stmuhammadxonning SHimoliy

Afg‘onistondagi o‘zbek bekliklari Badaxshon va Maymanani bo‘ynsundira olmaganligi,

Ayniqsa,

Maymana

kuchli

qarshilik

ko‘rsatgani,

Maymanalik

o‘zbeklarning

Do‘stmuhammadxon qo‘shiniga 1862 yilda ko‘rsatgan qarshiligi haqida afsonalar to‘qilganligi,

Maymana mustaqilligini saqlab qola olganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni keltirib o‘tadi.

A.Vamberi Do‘stmuhammadxonning inglizlar bilan ittifoqligi va ulardan miltiq va

to‘plar olib turishi Buxoro amirini cho‘chitgan deb keltiradi. Shuningdek, ochiq kurashga

chiqmay afg‘onlarni dindan qaytgan deb ataydi. Afg‘on amirini dindan qaytgan deb e’lon qilishi

Do‘stmuhammadxonga qimmatga tushadi. 1862 yilda Hirotni bo‘ynsundirish uchun bo‘lgan

jangda turkmanlar unga yordamga borishdan bosh tortadi[6].

Do‘stmuhammadxon davrida ham Shimoliy Afg‘onistondagi o‘zbek bekliklarining

ko‘pchiligi mustaqil siyosat yuritgan.


background image

188

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Jumladan, XIX asrning 50-yillariga tegishli Usmoli Turk davlati arxiv materiallarining

birida Istanbulga Buxoro, Andxoy, Hirot hukumdorlarining elchilari birgalikda kelganligi qayd

etilganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘rta Osiyoda ingliz-rus raqobati avj olgan XIX asr o‘rtalarida

Buxoroga Rossiya imperiyasidan elchi va ayg‘oqchi sifatida kelgan Demezon ma’lumotlarida

ham XIX asrning 30-yillarida Shimoliy Afg‘onistondagi o‘zbek bekliklaridan ayrimlari Buxoro

amirligiga itoat etganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar uchrashining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Demezon esdaliklarida Buxoro amirligiga bo‘ynsunuvchi o‘zbek bekliklari qatoriga

kiruvchi Shimoliy Afg‘oniston hududida joylashgan Maymana shahri mavjudligi keltirib

o‘tilgan[7].

Sobiq sho‘rolar davrida chop etilgan fundamental tarixiy adabiyotlarda esa, Temurshoh

davrida Shimoliy Afg‘oniston bekliklariga Eron Kajarlar sulolasi vakillari va Buxoro

amirlarining hujumlari kuchayganligi, ingliz-afg‘on urushidan qochib Buxoroga borgan

Do‘stmuhammadxonning Buxoroda bo‘lganida unga asirdek muomalada bo‘lingani, hayotini

tahlikaga qo‘yib Buxorodan qochishga muvoffaq bo‘lganligi, Shimoliy Afg‘oniston hududidagi

o‘zbek bekliklarini bo‘ynsundirishi esa, 1850-1855 yillarga to‘g‘ri kelishi bilan bog‘liq

ma’lumotlarni uchratamiz[8].

Afg‘onistonda Do‘stmuhammadxon vafotidan so‘ng taxtga o‘g‘illaridan biri Sheralixon

(1862-1879 yy) o‘tiradi. Garchi aka-ukalari orasida yoshi ulug‘i bo‘lmasada otasining Hirotga

qilgan yurishi davrida uning yonida bo‘lganligi va qo‘shinlarning katta qismi uni qo‘llab-

quvvatlagani uchun taxt uchun kurashlarda Sheralixon g‘alaba qozonadi. Sheralixon

hukmronligining dastlabki davrida Angliya manfaatlariga mos tushuvchi chiyosat olib boradi.

Angliya bilan yaqinlashish unga moliyaviy va harbiy yordam olish imkonini beradi.

Angliya o‘z navbatida Afg‘onistonni kuchli davlatga aylantirib, Rossiyaning Hindiston tomon

harakatlanishini to‘xtatishga, O‘rta Osiyodagi ta’sirini pasaytirishga harakat qiladi. Bu o‘sha

davr manbalarida ham o‘z aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, “Turkiston

to‘plam”i materiallarining birida; “Angliya Sheralixonga har yili 120 ming funt streling

miqdoridagi yordam ko‘rsatayotgani, Afg‘onistonni kuchli davlat qilish orqali Rosiyaga qarshi

qo‘yishga urinayotgani, Bombeydan olingan telegramaga ko‘ra, Badaxshon miri va barcha

Turkistondagi qabila boshliqlari Sheralixonga sodiqlik qasamini ichganliklari, inglizlar Balxda

ham o‘z konsuliklarini ochishmoqchi[9]”-ekanliklari bilan bog‘liq ma’lumotlar Rossiya

imperiyasi hukumron doiralarida tashvish uyg‘otishi tabiiy hol edi.

Tarixiy adabiyotlarning bergan ma’lumotlarida Sheralixon 1869-yili Umbala shahrida

Hindistondagi ingliz ma’murlari etakchisi vitse qirol lord Minto bilan uchrashadi. Inglizlar

Sheralixonga bu uchrashuvdan so‘ng 10 ming miltiq, ikki bataeya to‘p va katta miqdordagi

moliyaviy yordam beradilar.


background image

189

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Bu mablag‘lar va harbiy texnika Afg‘onistonning shimoliy chegaralarini mustahkamlash

uchun shart qilib qo‘yilgan holda beriladi[10]. Bu esa, Shimoliy Afg‘onistondagi o‘zbek

bekliklarini afg‘onlar tomonidan istilo qilish jarayonini tezlashtiradi va osonlashtiradi.

Xulosa qilib aytganda Shimoliy Afg‘onistondagi o‘zbek bekliklari Afg‘oniston davlati

tomonidan XIX asrning 60-70 yillarida to‘liq bo‘ynsundirish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘zbek

bekliklarining istilo qilinishi esa, bir tomondan Angliya va Rossiya imperiyalarining kelishuvi,

ikkinchi tomondan esa, o‘zbek bekliklarining o‘zaro kurashlari va bir-birini qo‘llab-

quvvatlamaganliklarida bo‘lsa, uchinchi tomondan inglizlarning Afg‘oniston amiriga moddiy va

harbiy-texnik yordam ko‘rsatishi, ruslarning esa, Buxoro amirini tiyib turish siyosati sabab

bo‘ldi. Rossiya va Angliya davlatlarining mustamlakachilik siyosatlari natijasida ming yillari

tarixiy va madaniy jihatdan yagona bo‘lgan xalqlar bir-biridan ajralib ketdi. Shimoliy

Afg‘onistondagi o‘zbeklarning urushlar girdobida qolishi, iqtisodiy va madaniy orqada qolishdek

bugungi ayanchli ahvoli yuzaga keldi.

REFERENCES

1.

Bregel Y. The nev Uzbek states: Bukhara, Khiva and Khokand: c/ 1750-1886//The

Cambridge History of Inner Asia: The Chingizidge (Edited by Di Cosmo N., Frank A.,

Golden P.B/). – Cambridge: Cambridge University Press, 2009. – P/ 398.

2.

Bregel Y. The nev Uzbek states: Bukhara, Khiva and Khokand: c/ 1750-1886//The

Cambridge History of Inner Asia: The Chingizidge (Edited by Di Cosmo N., Frank A.,

Golden P.B/). – Cambridge: Cambridge University Press, 2009. – P/ 56-57.

3.

Лэн-Пуль Ст. Мусульманские династии: Хронологические и генеалогические

таблицы с историческими введениями/ Стэнли Лэн-Пуль; Пер. с англ. С примеч.

Доп. В.В. Бартольда. –Новое изд., Перепеч. С изд. 1899 г. –М.: Вост. Лит.:

Муравей, 2004. – С. 47.

4.

Bregel Y. The nev Uzbek states: Bukhara, Khiva and Khokand: c/ 1750-1886//The

Cambridge History of Inner Asia: The Chingizidge (Edited by Di Cosmo N., Frank A.,

Golden P.B/). – Cambridge: Cambridge University Press, 2009. – P/143

5.

Мирза Абдуазим Сами. Тарихи Салотини Манғития. Издание текста, передисловие,

перевод и примечения Л.М. Епифановой. – М.: Наука, 1962. – С. 155.

6.

Землевеление К. Риттера: география стран Азии находящихся в непосредственных

сношениях с Россиею Восточный или Китайский Туркестан. Издано

императорским русским географическим обществом. – С.-Петербург 1869.

//Туркестанский сборник Том. 17. – C. 235.


background image

190

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

7.

Демезон, Виткевич. Записки о Бухарском ханством//www/ru-bit.me/books/zapiski-o-

buharsskom-hanstve-pead-200262-43.html.

8.

Новая история стран зарубежной Азии и Африки. Издание второе, исправленное и

дополненное. Допушено министерством высшего и средногоспециального

образования РСФСР в качестве учебного пособия для университетов. – Ленинград.

Издательство Ленинградского университета 1971. – С.135-136.

9.

Бичурин Н.Я. (Иакинф) Очерки Чуньгарии и Восточнаго Туркестана. В древнем и

нынешнем состаянии. Часть I-II. Санкт-Петербург. 1829. – С. 9.

10.

Лалетин

Ю.П.

Межэтническое

взаимодействие

в

Афганистане.

httpsmgimo.ruuploadiblock891891ca817af5196Ccs5fada903aa5es10

11.

Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ

//Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. –

С. 57-59.

12.

Sharipova N. IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING DESIGN

SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С.

578-583.

13.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN

THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of

Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

14.

Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of

Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of

Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.

15.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS

OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of

Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

16.

Ahmadov A. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON

EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. –

Т. 4. – №. 1. – С. 842-845.

17.

Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI

XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.

18.

Ahmadov A. DURRONIYLAR DAVLATI VA BUXORO AMIRLIGI O’RTASIDAGI

DIPLOMATIK MUNOSABATLAR XUSUSIDA //Modern Science and Research. –

2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 58-62.


background image

191

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

19.

Ahmadov A. BXSR VA AFG’ONISTON O’RTASIDAGI SAVDO-SOTIQ

ALOQALARI XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С.

380-383.

References

Bregel Y. The nev Uzbek states: Bukhara, Khiva and Khokand: c/ 1750-1886//The Cambridge History of Inner Asia: The Chingizidge (Edited by Di Cosmo N., Frank A., Golden P.B/). – Cambridge: Cambridge University Press, 2009. – P/ 398.

Bregel Y. The nev Uzbek states: Bukhara, Khiva and Khokand: c/ 1750-1886//The Cambridge History of Inner Asia: The Chingizidge (Edited by Di Cosmo N., Frank A., Golden P.B/). – Cambridge: Cambridge University Press, 2009. – P/ 56-57.

Лэн-Пуль Ст. Мусульманские династии: Хронологические и генеалогические таблицы с историческими введениями/ Стэнли Лэн-Пуль; Пер. с англ. С примеч. Доп. В.В. Бартольда. –Новое изд., Перепеч. С изд. 1899 г. –М.: Вост. Лит.: Муравей, 2004. – С. 47.

Bregel Y. The nev Uzbek states: Bukhara, Khiva and Khokand: c/ 1750-1886//The Cambridge History of Inner Asia: The Chingizidge (Edited by Di Cosmo N., Frank A., Golden P.B/). – Cambridge: Cambridge University Press, 2009. – P/143

Мирза Абдуазим Сами. Тарихи Салотини Манғития. Издание текста, передисловие, перевод и примечения Л.М. Епифановой. – М.: Наука, 1962. – С. 155.

Землевеление К. Риттера: география стран Азии находящихся в непосредственных сношениях с Россиею Восточный или Китайский Туркестан. Издано императорским русским географическим обществом. – С.-Петербург 1869. //Туркестанский сборник Том. 17. – C. 235.

Демезон, Виткевич. Записки о Бухарском ханством//www/ru-bit.me/books/zapiski-o-buharsskom-hanstve-pead-200262-43.html.

Новая история стран зарубежной Азии и Африки. Издание второе, исправленное и дополненное. Допушено министерством высшего и средногоспециального образования РСФСР в качестве учебного пособия для университетов. – Ленинград. Издательство Ленинградского университета 1971. – С.135-136.

Бичурин Н.Я. (Иакинф) Очерки Чуньгарии и Восточнаго Туркестана. В древнем и нынешнем состаянии. Часть I-II. Санкт-Петербург. 1829. – С. 9.

Лалетин Ю.П. Межэтническое взаимодействие в Афганистане. httpsmgimo.ruuploadiblock891891ca817af5196Ccs5fada903aa5es10

Шарипова Н. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЦИЗМОВ В РАЗНЫХ ЖАНРАХ СМИ //Development of pedagogical technologies in modern sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 57-59.

Sharipova N. IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING DESIGN SKILLS IN STUDENTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 578-583.

Asror o’g’li A. A. PRINCE OF AFGHANISTAN ISAK KHAN ORIENTALIST DN IN THE INTERPRETATION OF LOGOPHET //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 82-85.

Asror o’g’li A. A. History of Afghanistan-Bukhara Relations in the Process of Incorporation of Bukhara Emirate into Russian Customs System //American Journal of Social and Humanitarian Research. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 339-342.

Akhmadjon A. HISTORY OF BUKHARA-AFGAN RELATIONS IN THE PROCESS OF INCLUSION INTO THE RUSSIAN CUSTOMS SYSTEM //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 39-46.

Ahmadov A. XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 1. – С. 842-845.

Ahmadov A. BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 1304-1308.

Ahmadov A. DURRONIYLAR DAVLATI VA BUXORO AMIRLIGI O’RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 2. – С. 58-62.

Ahmadov A. BXSR VA AFG’ONISTON O’RTASIDAGI SAVDO-SOTIQ ALOQALARI XUSUSIDA //Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 380-383.

Most read articles by the same author(s)

Ahmadjon Ahmadov, DURRONIYLAR DAVLATI VA BUXORO AMIRLIGI O’RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR XUSUSIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

O`g`iloy Yuldashaliyeva, Ahmadjon Ahmadov , BUXORO AMIRLARINING ME’MORCHILIKKA QO’SHGAN HISSASI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 10 (2024): Modern science and research international scientific journal

Ahmadjon Ahmadov , XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA AFG’ONISTON MAVZUSINI YORITISHDA SKARABEY TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 11 (2024): Modern science and research

Ahmadjon Ahmadov , XX ASR BOSHLARIDA BUXORO VA AFG’ONISTON EMIGRATSIYASI VA REMIGRATSIYASI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Ahmadjon Ahmadov, BXSR VA AFG’ONISTON O’RTASIDAGI SAVDO-SOTIQ ALOQALARI XUSUSIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 3 (2025): Modern science and research

Ahmadjon Ahmadov, AFG‘ON MA’RIFATPARVARI MAHMUD TARZIY VA AFG‘ON MATBUOTI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Ahmadjon Ahmadov , BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI XUSUSIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Ahmadjon Ahmadov, BUXORO AMIRLIGIDAGI AFG’ONLAR: HAYOTI VA FAOLIYATI XUSUSIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Ahmadjon Ahmadov, AMIR OLIMXON VA AMIR OMONULLOXON HUKMRONLIGI YILLARIDA BUXORO-AFG‘ON MUNOSABATLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

Ahmadjon Ahmadov, QADIMGI YERQOʻRGʻONDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR XUSUSIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 6 (2025): Modern science and research