1326
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
O’ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MEXANIZMLARI
Iskandarov Bekzodjon Maxmudovich
Fuqarolik ishlari bo’yicha Ishtixon tumanlararo sudining sudyasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15085191
Annotatsiya.
Mazkur maqolada korrupsiya haqida tushuncha va uning oqibatida yuzaga
keladigan muammolar keng yoritib berilgan. Shuningdek, maqola davomida korrupsiyaning
oldini olish uchun O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasiga ham
alohida to’xtalib o’tilgan. Maqola so’nggida xulosa berilgan.
Kalit so’zlar:
korrupsiya, korrupsiyaning oldini olish, amalga oshirilayotgan islohotlar,
qonun ustuvorligi, adolat normalari.
MECHANISMS FOR COMBATING CORRUPTION IN UZBEKISTAN
Abstract.
This article provides a broad overview of the concept of corruption and the
problems that arise as a result of it. The article also discusses the reforms being implemented in
Uzbekistan to prevent corruption and their effectiveness. The article concludes with a
conclusion.
Keywords:
corruption, prevention of corruption, ongoing reforms, rule of law, norms of
justice.
МЕХАНИЗМЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация.
В данной статье дается широкий обзор понятия коррупции и
проблем, которые она вызывает. В статье также подробно рассматриваются
реформы, реализуемые в Узбекистане по предотвращению коррупции, и их
эффективность. Статья завершается выводом.
Ключевые слова:
коррупция, профилактика коррупции, проводимые реформы,
верховенство права, нормы правосудия.
Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib,
mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida
amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va
investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kuni
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek,
“Jamiyatimizda korrupsiya illati o’zining turli ko’rinishlari bilan taraqqiyotimizga g’ov
bo’lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini
yaratib bo’lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog’i rivojlanmaydi”.
1327
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy
normalarda o’z ifodasini topgan bo’lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
2003-yil 31-oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi;
2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka
qarshi Konvensiyasi;
1999-yil 27-yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik
to’g’risida” gi Konvensiyasi;
1999-yil 4-noyabrdagi “Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to’g’risida” gi
Konvensiyalari va boshqalar. O’zbekiston yuqorida taʼkidlangan xalqaro normalardan 2008-
yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, shuningdek, 2010-
yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi
kurash bo’yicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan. Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda
korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga
qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat
hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni
bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq
etilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli
“O’zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek,
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda
korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va
boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash
Agentligi tashkil etildi.
Farmon bilan, Agentlikka Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha
tarmog’ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning
amalga oshirilishini taʼminlash, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O’zbekiston
Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari
qoidalarining bajarilishi bilan bog’liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu
yo’nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy koordinatori
vazifa va vakolatlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar,
iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi milliy
indeks tuzishni tashkillashtirish yuklatildi.
1328
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Shuningdek, mazkur Farmon asosida quyidagi chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich
amalga oshirish belgilanligi ahamiyatlidir, xususan:
2020–2021 yillarda barcha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi
ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) ni bosqichma-bosqich joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
faoliyati, shuningdek ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring
qilish hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz elektron platformasini joriy etish;
korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy
taʼminotni joriy etish.
Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko’rsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlarga asoslangan
mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasida davlat
va xususiy sektor
ishtirokchilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa zamonaviy usullarga muvofiq
samarali faoliyat yuritishini taʼminlovchi muhim vositalardan biri o’z tarkibida korrupsiyaga
qarshi kurashish komplayens nazorat (compliance control) tizimini tashkil etish hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari,
xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro
standartlar, qonun va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya
xavf-xatarlari, manfaatlar to’qnashuvini o’z vaqtida aniqlash va chek qo’yish, qonun buzilishi va
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o’zida mujassam etgan profilaktik
tizimdir.
Qayd etish lozimki, olib borilayotgan islohotlarni amaliy hayotga tatbiq etish maqsadida
2020-yil 4-fevralda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) tomonidan
Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha idoraviy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo’lib,
fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan korrupsiya haqida xabar berish mexanizmlari
joriy etilganligi ahamiyatlidir, xususan bugungi kunda:
– Ombudsmanning “10-96” ishonch telefoni va virtual qabulxonasi faoliyat yuritmoqda;
– fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining korrupsiyaviy holatlar bo’yicha hamda
xodimlarning boshqa qonunga xilof ishlari to’g’risidagi murojaatlari tahlil qilinib boriladi,
ularning natijalari odob-axloq komissiyasi yig’ilishlarida muhokama qilinadi.
– Ombudsman Kotibiyatiga ishga birinchi marta qabul qilinayotgan shaxslar uchun
korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida yo’l-yo’riqlarni tushuntirish, xizmat vazifasiga
qo’yiladigan asosiy majburiyatlar, taʼqiqlar, cheklovlar, talablar va idoraviy odob-axloq qoidalari
mazmun-mohiyati 3 ish kunidan kechiktirmay tushuntiriladi.
Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ko’plab davlatlarda, xususan
Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH kabi rivojlangan mamlakatlarda “Davlat xizmati
1329
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
to’g’risida”gi, “Davlat xizmatida jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi Qonunlar hamda davlat
xizmatchilari, mansabdor shaxslar, shuningdek sudyalarning xatti-harakat meʼyorlarini tartibga
soluvchi Axloq kodekslari mavjud ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Eʼtiborli jihat shundaki, mazkur normalar bilan davlat xizmatchilarining olishi mumkin
bo’lgan sovg’a yoki hadyalarning aniq miqdori ham belgilab qo’yilgan. Masalan, AQSH da
ushbu miqdor 20 AQSH dollarini, Fransiyada 35 yevro, Buyuk Britaniyada 140 funt, Rossiyada
3000 rubl etib belgilangan, Kanadada esa mansabdor shaxslarning pul ko’rinishidagi sovg’alar
qabul qilishi qatʼiyan taqiqlanadi, Singapurda davlat boshqaruvida faoliyat ko’rsatuvchi
mansabdor shaxslarning gonorar, zaym, qimmatli qog’ozlar kabi to’lovlarni olishi taʼqiqlangan
Shuni alohida taʼkidlab o’tish joizki, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan yuqoridagi xorij tajribasi vazirlik tizimida joriy qilingan bo’lib, unga ko’ra
xodimlarning fuqarolar, boshqa tashkilotlar xodimlari, jumladan turli joylar va xorijiy
mamlakatlarga uyushtiriladigan xizmat safarlari davomida sovg’alar olishi taqiqlandi. Xorijiy
safarlar davomida olingan sovg’alar, vazirlikka o’tkaziladigan tartib joriy qilindi.
Bundan tashqari, bugungi kunda ilg’or xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi samarali
kurash olib borish jarayonida qo’llayotgan usullaridan biri bu davlat xizmatchilarining mol-
mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishning majburiy etib
belgilanganligidir. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad mansabdor shaxslarning noqonuniy
daromad olishni oldini olish va manfaatlar to’qnashuvini bartaraf etishdan iboratdir. Davlat
xizmatida ushbu usul bugungi kunda 150 dan ortiq mamlakatda qo’llanilmoqda
Taʼkidlash joizki, davlat xizmatchilarining mulkiy deklaratsiya tizimi korrupsiyaning
oldini olish, noqonuniy boyish va manfaatlar to’qnashuvini aniqlashning qudratli vositasidir.
Jahon banki maʼlumotlariga ko’ra, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga aʼzo
mamlakatlarning aksariyatida aktivlarni deklaratsiyalashning keng jamoatchilik uchun oshkora
tizimi yo’lga qo’yilgan. Korrupsiyaga qarshi amaldagi xalqaro standartlar, jumladan, BMTning
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va boshqa qator huquqiy hujjatlarda davlat xizmatchilari
tomonidan aktivlarning eʼlon qilinishi korrupsiyaga qarshi samarali vosita ekani eʼtirof etilgan.
Bu borada Daniya tajribasiga ko’ra, 2002-yilda qabul qilingan “Korrupsiya to’g’risida” gi
Daniya Qonuni korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlarining ustuvorligini belgilovchi,
taʼsirchan ogohlantiruvchi xususiyatga ega bo’lgan asosiy normativ-huquqiy hujjatdir. Xususan,
ushbu qonunning qoidalari Daniya hukumati vakillarini har yili o’z mol-mulki va shaxsiy
daromadlari to’g’risidagi maʼlumotlarni nashr etishga, xorijiy kompaniyalarda aksiyalarga ega
bo’lishni taqiqlashga majbur qiladi, bu ularning boshqaruv faoliyatining oshkoraligi va
shaffofligini, korrupsion holatlarini oldini olishga yordam beradi.
1330
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Korrupsiyani oldini olishning muhim omili shundaki, mamlakatda davlat xizmatchilari
yuqori darajadagi ijtimoiy muhofazaga ega: ular bepul tibbiy xizmat va taʼlim olish huquqiga va
ijtimoiy kafolatlarga tayanishlari mumkin, bu esa korrupsion harakatlar ehtimolini sezilarli
darajada kamaytiradi.
Bundan tashqari, Finlyandiyada Moliya vazirligi davlat xizmatchilari axloqining asosiy
muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanishi bilan xarakterlidir. Moliya vazirligi hukumat
amaldorlari uchun imtiyozlar va sovg’alarni berish va olish tartibini belgilaydi, shuningdek
davlat xizmatchilari daromadlarini tekshirish vakolatiga ham ega. Finlyandiya milliy taftish
byurosi (NAOF) esa mamlakatda korrupsiyani oldini olish maqsadida yilda ikki marotaba
markaziy hukumat moliyasini tekshiradi, soliq siyosatini nazorat qiladi va siyosiy partiyalar va
saylov kompaniyasini moliyalashtirishni nazorat qiladi.
Yuqoridagi tahlillar, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda mazkur turdagi jinoyatlarni
oldini olish borasida mamlakatimizda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligini
ko’rsatmoqda:
birinchidan, “Davlat xizmati to’g’risida” gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, muhokama
qilinayotgan bo’lsa-da, hali hamon mazkur Qonun qabul qilinganicha yo’q. Shu sababdan
“Davlat xizmati to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini, shuningdek davlat
xizmatchilarining Axloq kodeksini qabul qilish, mazkur normalarda davlat xizmatchilarining o’z
faoliyatini olib borish jarayonida amal qilishi lozim bo’lgan hamda korrupsiyani vujudga
kelishiga imkon yaratib beruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olishga qaratilgan meʼyorlar
aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir;
ikkinchidan, xalqaro va ilg’or xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o’rgangan holda davlat
xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya
qilishni tartibga soluvchi normalarni milliy qonunchilik tizimiga implemenetatsiya qilish
maqsadga muvofiqdir. Bu esa o’z navbatida mansabdor shaxslarning mol-mulkidagi
o’zgarishlarni muntazam ravishda kuzatish imkoniniyatini beradi, deklaratsiyalarning
ommaviyligi, yaʼni jamoatchilik uchun ochiqligi esa ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi
ahamiyatini yana-da oshirishi shubhasizdir. «O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish
chora-tadbirlarni takomillashtirish» mavzusida turkum tadbirlar o’tkazilmoqda
REFERENCES
1.
Xabibullaev D.Y. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). O‘quv qo‘llanma.
To‘ldirilgan va qayta ishlangan nashr. –Toshkent, TDYU nashriyoti, 2018. -300 b.
2.
Давид Р. Основние правовие системи современности. – М.: Международние
отношения, 1986. – 380 с.
1331
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
3.
Ермолович В. И., Шелкопляс В. А. Правовие системи: история и современност:
Материали межвузовской научно–практической конференции. – Минск, 5–6 января
2001 г. – Мн.: БГЕУ, 2001. – 176 с.
4.
Инако С. Современное право Японии / Отв. ред. В. А. Туманов. – М.: Прогресс,
1981. – 291 с.
