PROCEEDINGS IN CIVIL COURTS UNDER COURT ORDERS

HAC
Google Scholar
To share
Iskandarov, B. (2024). PROCEEDINGS IN CIVIL COURTS UNDER COURT ORDERS. Modern Science and Research, 3(2), 1352–1355. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29695
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the concept, legal basis, importance and procedural aspects of civil courts are analyzed from a scientific and practical point of view. Also, suggestions and comments aimed at eliminating the practical problems and shortcomings arising in the order procedure were put forward.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1352

FUQAROLIK SUDLARIDA SUD BUYRUGʼI TARTIBIDA ISH KOʼRISH

Iskandarov Bekzodjon Maxmudovich

FIB Ishtixon tumanlararo sudining sudyasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10729027

Annotatsiya.

Mazkur maqolada fuqarolik sudlarida buyruq tartibida ish ko’rish

tushunchasi, huquqiy asoslari, ahamiyati va protsessual jihatlari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil

qilingan. Shuningdek, buyruq tartibida ish yuritishda yuzaga keladigan amaliyotdagi muammolar

va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va mulohazalar ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar:

sud hokimiyati, odil sudlov, fuqarolik protsessi, taraflar, buyruq tartibida ish

yuritish, sug‘urta shartnomasi.

PROCEEDINGS IN CIVIL COURTS UNDER COURT ORDERS

Abstract.

In this article, the concept, legal basis, importance and procedural aspects of

civil courts are analyzed from a scientific and practical point of view. Also, suggestions and

comments aimed at eliminating the practical problems and shortcomings arising in the order

procedure were put forward.

Key words:

judicial authority, justice, civil procedure, parties, proceedings in order of

order, insurance contract.

ПРОИЗВОДСТВО В ГРАЖДАНСКИХ СУДАХ ПО ПОСТАНОВЛЕНИЯМ СУДА

Аннотация.

В данной статье с научной и практической точки зрения

анализируются понятие, правовые основы, значение и процессуальные аспекты приказного

производства в гражданских судах. Также были высказаны предложения и замечания,

направленные на устранение практических проблем и недостатков, возникающих в

порядке приказа.

Ключевые слова:

судебная власть, правосудие, гражданский процесс, стороны,

приказное производство, договор страхования.

KIRISH

Sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda va axborot tizimi orqali elektron

hujjat shaklida beriladi. Bunda fuqarolik protsessual qonun talabiga ko‘ra sud buyrug‘i chiqarish

haqidagi arizaning shakli va mazmuniga qo‘yilgan talablar da’vo arizaga (FPK 189-moddasi)

qo‘yilgan talablarga o‘xshash ekanligini nazarda tutish lozim. Shu bilan birgalikda buyruq

tartibida ish yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1353

soddalashtirilgan usuli ekanligidan kelib chiqib, sudlar sud buyrug‘i berish haqida arizani qabul

qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi va manzili ko‘rsatilishi

shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi tomonidan vakilga sud buyrug‘ini olish va

ijroga qaratish vakolati berilgan holatlar bundan mustasno.

Ta’kidlash lozimki, har bir inson o‘z huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini

himoya qilishni so‘rab sudga shikoyat qilishi mumkin. Sud orqali himoyalanish huquqi

fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash kafolatlaridan biridir. Sud orqali himoya qilish

davlat tomonidan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning

eng asosiy vositalaridan biri hisoblanib, odil sudlovni ta’minlash orqali amalga oshiriladi. Inson

huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 8-moddasiga ko‘ra, har bir inson unga konstitutsiya yoki

qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu

huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega. Shuningdek, Konstitutsiyaning 55-moddasida har

bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor

shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish

huquqi kafolatlanadi. Bundan tashqari, Fuqarolik protsessual kodeksining 3-moddasiga ko‘ra, har

qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan

qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi

qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga (sudga) murojaat qilishga

haqli.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda oxirgi yillarda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan sudhuquq

islohotlari, eng avvalo, sudlarning nufuzini oshirish, fuqarolarga o‘z huquqlari va qonuniy

manfaatlarini sud orqali himoya qila olishlari uchun keng sharoitlar yaratish xamda shunga

mutanosib ravishda sudlarning ish yuritish tartibini imkon darajasida soddalashtirishni nazarda

tutadi. Ayniqsa, fuqarolik protsessiga oid ishlarni ko‘rishni takomillashtirish, ishlarning sifatli va

qonuniy ko‘rilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini munosib himoya qilish zaruratini qo‘yadi.

Bizga ma’lumki, fuqarolik sud ishlarini yuritishning quyidagi turlari mavjud:

- da’vo tartibdagi ishlar;

- buyruq tartibida ko‘riladigan ishlar;

- alohida tartibda yuritiladigan ishlar;

- hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1354

- chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv

qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar;

- korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa

ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor

shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar.

Mazkur sanab o‘tilgan sud ishlarini yuritishning har biri alohida xususiyatlariga ko‘ra

farqlanadi va belgilangan tartibda ko‘riladi. Sud buyrug‘i nizosiz talablar bo‘yicha sud

muhokamasi o‘tkazmasdan berilgan sud hujjati hisoblanadi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishning

alohida turi hisoblangan buyruq tartibida ish yuritish – fuqarolarning huquqlari va qonuniy

manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan va ixchamlashtirilgan shakli hisoblanadi. Shu

o‘rinda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan va

ixchamlashtirilgan shakli sifatida ayrim toifadagi fuqarolik ishlarini sud buyrug‘i chiqarish yo‘li

bilan hal qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida e’tirof etishimiz joiz hisoblanadi.

Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan ushbu huquqiy institutining ahamiyati shundan iboratki,

ilgari undiruvchining qarzdordan pul mablag‘larini undirish yoki ko‘char mulkni nizosiz tarzda

qarzdordan talab qilib olish to‘g‘risidagi arizalari bo‘yicha ish taraflar sud majlisiga chaqirilgan

holda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, sud buyrug‘i instituti joriy etilgach, mazkur toifadagi arizalar

bo‘yicha sudya ishni sud majlisida ko‘rmasdan va taraflarni sud muhokamasiga chaqirmasdan, sud

buyrug‘i chiqarish vakolatiga ega bo‘ldi. 2018-yil 1-aprelga qadar amalda bo‘lgan Fuqarolik

protsessual kodeksida 5 talab yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilgan bo‘lsa, 2018-yil 22-yanvarda

yangi tahrirda qabul qilingan Fuqarolik protsessual kodeksida 8 talab yuzasidan, 2019-yil 22-

oktyabrda kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan jami 9 talab yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilishi

belgilangan. Yangi tahrirda qabul qilingan FPKda so‘ngi yillarda asosan da’vo tartibida ko‘rilgan

3 ta nizo turi yuzasidan ishlarni fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiligini oldini olgan holda, aslida

ushbu ishlar nizosiz bo‘lganligi sababli, sud buyrug‘i chiqarish orqali ya’ni taraflar ishtirokisiz

ko‘rib chiqilib sud xujjati chiqarilishi belgilandi. Bu esa fuqarolarga arizalarini tezkor va sifatli

ko‘rib chiqilish imkoniyatini yaratdi.

Aytish mumkinki, sud ishlarini yuritishning buyruq tartibida yuritish to‘g‘risidagi ishlar

ham ko‘pchilikni tashkil etib, nizosiz talablar bo‘yicha ishlarning tez va soddalashtirilgan tartibda

ko‘rilishiga olib keladi. Yangi qo‘shilgan talablar yuzasidan so‘ngi yillardagi statistik hisobotlarni

tahlil qiladigan bo‘lsak, ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va

to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi talablar yuzasidan Respublika bo‘yicha ko’plab sud buyrug‘i


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1355

chiqarilgan. Bu esa ushbu talablar yuzasidan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar yildan yilga

ko‘payib borayotganligini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda fuqarolik sudlarida yildan yilga ish hajmi

ko‘payib bormoqda. Bu nizolarni ko‘rishda ish sifatini pasayishiga olib kelmoqda. Shu sababli

ishlarni ko‘rishda taraflar ishtirokisiz ko‘riladigan talablar doirasini kengaytirish zamon talabi

bo‘lmoqda. Buyruq tartibida ish yuritishdagi talablar yuzasidan xorij tajribasiga nazar soladigan

bo‘lsak, xususan Germaniya Federativ Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi Fuqarolik

protsessual kodeksida avtomobil sug‘urtasi yuzasidan kelib chiqadigan nizolar sud buyrug‘i

tarzida chiqarilishi belgilangan. Fikrimizcha, mazkur normani O‘zbekiston Respublikasini

amaldagi Fuqarolik protsessual kodeksiga ham kiritsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xususan,

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi

Qonunning 3-moddasiga asosan, sug‘urta shartnomasi bo‘lib, unga ko‘ra sug‘urtalovchi sug‘urta

hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga ushbu

sug‘urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta

mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi. Demak mazkur normaga

asosan shartnomada sug‘urta puli undirilishi uchun hech qanday nizo mavjud emas va bunday

holatda ishlarni buyruq tartibida ko‘rilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Yuqoridagilarga ko‘ra xulosa qiladigan bo‘lsak, hozir fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda

sudyalarning ish yuklamalarini kamaytirish, sudlarda ishlarni soddalashgan tartibda hal etish

tizimini takomillashtirish maqsadida fuqarolik protsessual qonunchiligida sud buyrug‘i chiqarish

asoslari ro‘yxatini kengaytirish lozim deb o‘ylaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

09.02.2021 y., 03/21/671/0093-son).

2.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari

milliy bazasi, 17.09.2021 y., 03/21/716/0877-son ).

3.

Xabibullaev D.Y. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). O‘quv qo‘llanma.

To‘ldirilgan va qayta ishlangan nashr. –Toshkent, TDYU nashriyoti, 2018. -300 b.

4.

Xabibullaev D.Y. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). O‘quv qo‘llanma.

To‘ldirilgan va qayta ishlangan nashr. –Toshkent, TDYU nashriyoti, 2018. -300 b.

5.

https://stat.sud.uz/file/2021/fib/fib_2020.pdf.

6.

O‘zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini

majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-155-son 21.04.2008. https://lex.uz.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021 y., 03/21/671/0093-son).

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021 y., 03/21/716/0877-son ).

Xabibullaev D.Y. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). O‘quv qo‘llanma. To‘ldirilgan va qayta ishlangan nashr. –Toshkent, TDYU nashriyoti, 2018. -300 b.

Xabibullaev D.Y. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar). O‘quv qo‘llanma. To‘ldirilgan va qayta ishlangan nashr. –Toshkent, TDYU nashriyoti, 2018. -300 b.

https://stat.sud.uz/file/2021/fib/fib_2020.pdf.

O‘zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-155-son 21.04.2008. https://lex.uz.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов