Authors

  • Iqbol Yo’ldosheva
  • Indira Ayubova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76718

Keywords:

Biosfera atmosferaning dimiqishi ozon tuynugi tuproq Eroziyasi global regional lokal.

Abstract

Mazkur maqolada ekologik muammolarning tarkib topishi hamda global ekologik muammolar va ularning oqibatlari haqida so’z boradi. Maqola davomida mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarga alohida to’xtalib o’tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

98

HOZIRGI ZAMON EKOLOGIK MUAMMOLARI

Yo’ldosheva Iqbol

Toshkent davlat texnika universiteti.

Ayubova Indira

Ilmiy raxbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15150445

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ekologik muammolarning tarkib topishi hamda global

ekologik muammolar va ularning oqibatlari haqida so’z boradi. Maqola davomida mintaqaviy

va mahalliy ekologik muammolarga alohida to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Biosfera, atmosferaning dimiqishi, ozon tuynugi, tuproq Eroziyasi,

global, regional, lokal.

CONTEMPORARY ENVIRONMENTAL PROBLEMS

Abstract.

This article discusses the composition of environmental problems, as well as

global environmental problems and their consequences. The article focuses on regional and

local environmental problems.

Keywords:

Biosphere, atmospheric depletion, ozone hole, soil erosion, global,

regional, local.

ТЕКУЩИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ

Аннотация.

В статье рассматривается состав экологических проблем, а

также глобальные экологические проблемы и их последствия. В статье подробно

рассматриваются региональные и локальные экологические проблемы.

Ключевые слова:

Биосфера, загрязнение атмосферы, озоновая дыра, эрозия

почвы, глобальный, региональный, локальный.

Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning cfzgarishi juda tezlik bilan

borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga

kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan takidlab o'tilgan edi.

Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning

o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning

tabiatga ko’rsatayotgan ta'siri bilan bog^liq xolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning

iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar

bilan bog'liq bo’lgan har qanday xodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

99

ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik

muammolar shakllanmokda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

1. Global (umumbashariy).

2.

Regional (mintaqaviy).

3.

Lokal (mahalliy).

Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va

sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir.

Ana shunday ekologik muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz:

Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO

2

miqdori

ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi.

Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5-1,0 gradus ortdi. Iqlimning

keng ko'lamda o’zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan

gazlar bilan bogMiq, Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi SO2 ning havo

tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg^ilarning

yonishidan atmosferada to'planadigan SO

2

gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o'zgarmasa

XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin. Natijada:

1.Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning

o’zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning Yerishi va kamayishi hamda

boshqa hodisalar kuzatiladi.

Ozon qatlamining siyraklanishi:

Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va yer

yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng

muhim xususiyati uning doimo hosil bcflib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari

ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo’ladi. Ozon kuchli

ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha

nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir qiladi. Ultrabinafsha nurlari ta'sirida

nurlanish odamlarda terini kuyishiga sabab bo’ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish

ushbu nurlar ta'sirida kelib chiqayotganligi aniqlandi. Hozirgi davrda freonlardan keng

foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli

miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti.

Chuchuk suv muammosi:

Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

100

Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). Jamiyatning rivojlanishi

bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk

suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km3 suv sarflanadi. Qurg'oqchil

zonalarda daryolar suvidan to’liq foydalanilgan xolda ularning suvi etmay qolmoqda.

1980 yil boshlarida bundav holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika,

Nil, Amudaryo, Sirdaryo va ba'zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning

sanoat va maishiy zaxarli moddalar bilan ifloslanishi o'sib bormoqda. Sanoat yiliga 160

km3 sanoat va oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko’rsatgich daryolarning umumiy

suv miqdorining 10% ini tashkil etadi. Daryolardagi toza suvlarda yildan yilga har xil

Yerigan moddalar, zaxarli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib

bormoqda. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaxarli kimyoviy moddalar

guruhiga begona o'tlar, zararkunanda hashoratlar, o’simliklarda kasalliklarni keltirib

chiqamvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Pestitsidlardan qishloq

xo'jaligida urmonchiliklarda, aviatsiadan foydalanish keng ko'lamda atrof muhitning

ifloslanishiga olib keladi. Pestitsidlar atmosferada uzoq masofalarga tarqalishi

shuningdek suv orqali dala, daryo, ko'llardan o'tib dunyo okeanlarida to'planadi.

Eng xavfli joyi shundaki ular ekologik oziq zanjiriga, qo'shilib ketmoqda. Ular

tuproq va suvlardan o’simliklarga undan hayvonlar va odam organizmiga o'tadi.

Pestitsidlar har bir bo'g'inda zararli va ziyon keltiradi. Pestitsidlarning

zaharli ta'sirini oldini olish uchun quyidagi chora tadbirlarga amal qilish lozim.

1 . Hayvon va odamlarga ta'sirini susaytirish.

2. Tuproq va suvlarda to'planishining oldini olish.

3. Tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlarni sintez qilish.

4. Pestitsidlardan foydalanishni iloji boricha cheklash.

5. O’simliklarni biologik himoya qilish.

6. Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi.

O'simliklar dunyosi, ayniqsa yer yuzidagi hayotni ta'minlashda o'rmonlarning

ahamiyati juda katta. Aholi sonining ortishi xo'jalik faoliyatining kengayishi tufayli

tabiatning inson qo'li tegmagan oyi qolmayapti. O’simliklar va hayvon turlarini

davlat muhofazasiga olish qonunlar orqali ovchilikni to'g"ri yo'lga qo'yish, shuningdek

ko’rikxonalar, zakazniklar, milliy bog'lar, botanika bog'lari va qizil kitoblar o'simliklar

va hayvonlar lurlarini saqlashda katta rol o'ynaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

101

Cho'llanish jarayoni:

Yer kurrasi quruqligining 40 mln km.kv maydoni qurg'oqchilik mintaqasi bo"lib,

dunyo aholisining 15% dan ortig'i ushbu hududga mujassamlashgan qishloq

xo'jaligining tezkor rivojlanishi, sug'oriladigan yerlar va yaylovlardan noto'g"ri foydalanish

oqibatida, o'rmonlarning betartib kesilishi natijasida cho'llanish darajasi yil sayin ortmoqda.

Inson ta'sirida vujudga kelgan cho'llar 9,1 mln. km. kv.ga etdi. Hozir sayyoramizda

yiliga 6 mln.ga yer cho'lga aylanmoqda. Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Yer

yuzasining ayrim mintaqalariga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, tabiat bilan inson o'rtasidagi

o'zaro aloqalari natijasida yuzaga keladigan ekologik muammolar regional ekologik

muammolar deb ataladi. Mintaqaviy ekologik muammolarga baho berishning mezoni havo va

suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o'rmonlarda daraxtlarning

kesilishi. belgilangan miqdordan oshib ketishi va boshqalar hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi

mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir.

Orol dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U muhim

baliqchilik, ovchilik, transport va rekreatsion ahamiatga ega edi. Sug'oriladigan

dehqonchilikning rivojlanishi natijasida Amudaryo va Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga

kelib 37,8 km3, 1980 yilda esa 11,1 km3 gacha kamayib ketdi. Suvning sho'rlanish darajasi

litriga 9-10 g dan 34-37 g/litr gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz satxining yillik o'rtacha

pasayishi 80-110 sm (oldin 53 sm bo’lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo'linib qoladi, hech

bo'lmaganda 33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning qurigan tubi yirik chang

to'zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil

ichida o'lim 2 marta ortgan. Bolalar o'limi har tug'ilayotgan!000ta chaqaloqdan 45-90 taga

to"g'ri keladi. Ayollarning 80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. Bolalarning 90%ida siydigida

tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol muammosining hal qilinishining tub mohiyati suv

resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga bog^liq. Orolni saqlab qolish uchun

Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv

Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish bunda

Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim. Mahalliy ekologik

muammolar. (lokal.) Mahalliy ekologik muammolar turli korxonalar faoliyati, yerlarni

sug'orish, yaylovlardan noto’gri foydalanish natijasida vujudga kelsada malum hududlar

uchun xosdir. Bugungi kunda Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa

bo’lib kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetik, kimyo, oziq-ovqat sanoati,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

102

transport majmuini yanada rivojlantirish ko'zda tutilmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning

rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta'sir

ko’rsatadi. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar. l.Yirik

xududiy sanoat majmualari joylahgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari.

(Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Marg'ilon, Navoiy va hakozo.) 2.Orol va Orolbo'yi

muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish.

S.Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral ug'itlar bilan ifloslanishi.

4.O"simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari,

va milliy bog'lar tarmog'ini kengaytirish. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1 .Ekologik

muammo deganda nimani tushunasiz? 2.Atmosferaning dimiqish hodisasini tushuntiring?

3.Ozon qatlamining siyraklashish muammosini tushuntiring? 4.Pestitsidlardan foydalanish

qanday ekologik muammolarni keltirib chiqaradi? S.Orol va orolbo’yi ekologik

muammolarning yuzaga kelish sabablarini tushuntiring? birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga

20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab

chiqish bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim.

Mahalliy ekologik muammolar. (lokal.) Mahalliy ekologik muammolar turli korxonalar

faoliyati, yerlarni sug'orish, yaylovlardan noto’gri foydalanish natijasida vujudga kelsada

malum hududlar uchun xosdir. Bugungi kunda Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va

agrar mintaqa bo’lib kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetik, kimyo,

oziq-ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko'zda tutilmoqda. Ishlab

chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan

darajada salbiy ta'sir ko’rsatadi. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar

quyidagilar. l.Yirik xududiy sanoat majmualari joylahgan rayonlarda tabiatni muhofaza

qilish muammolari. (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Marg'ilon, Navoiy va hakozo.)

2.Orol va Orolbo'yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda

foydalanish. S.Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral ug'itlar bilan

ifloslanishi. 4.O"simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash

muammolari, va milliy bog'lar tarmog'ini kengaytirish.

REFERENCES

1.

Egamberdiyev R. Ekologiya. T. 1993 y.

2.

Ergashev A. Ergashev T. Ekologiya, biosfеra va tabiatni muxofaza qilish. Toshkеnt


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

103

“yangi asr avlodi” 2005 y.

3.

To’xtaеv A. Ekologiya. T., “O`qituvchi” 1998 y.

4.

5. Usmonov M.B., Rustamboеv M.X., Xolmuminov J.T. va boshk. Ekologiya xukuki.

T.: “Uzbеkiston yozuvchilar uyushmasi” 2001 y.

5.

Yormatov D. Norqulov A. Avazov Sh. Sultonov N. Sanoat ekologiyasi «O`zbеkiston

faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti. Toshkеnt 2007 y.

6.

Otaboyev S. Nabiyev M. Inson va biosfera. T. O’qituvchi . 1995. 307b.

7.

8.To’xtayev A, Xamidov A, Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T.

O’qituvchi .1994.

8.

Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O’qituvchi. 1994.

References

Egamberdiyev R. Ekologiya. T. 1993 y.

Ergashev A. Ergashev T. Ekologiya, biosfеra va tabiatni muxofaza qilish. Toshkеnt “yangi asr avlodi” 2005 y.

To’xtaеv A. Ekologiya. T., “O`qituvchi” 1998 y.

5. Usmonov M.B., Rustamboеv M.X., Xolmuminov J.T. va boshk. Ekologiya xukuki. T.: “Uzbеkiston yozuvchilar uyushmasi” 2001 y.

Yormatov D. Norqulov A. Avazov Sh. Sultonov N. Sanoat ekologiyasi «O`zbеkiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti. Toshkеnt 2007 y.

Otaboyev S. Nabiyev M. Inson va biosfera. T. O’qituvchi . 1995. 307b.

8.To’xtayev A, Xamidov A, Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. O’qituvchi .1994.

Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. O’qituvchi. 1994.