SURXONDARYO VILOYATI O‘RMON XO‘JALIGI FONDI YERLARIDA DORIVOR VALERIANA. VALERIANA OFFICINALIS L. O‘SIMLIGINI INNOVATSION YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI VA KO'CHATLARNI YETKAZIB BERISH

Abstract

Dorivor valeriana o‘simligida olingan dori vositalari tabobatda yurak va qon-tomir kasalliklarini oldini olish hamda davolashda, ayniqsa asab sistemasini tinchlantirishda keng miqyosda ishlatiladi. Hududning iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka Valeriana officinalis L. o‘simligini innovatsion yetishtirish аgrotexnologiyasi va ko‘chatlarni yetkazib berish. Hududning iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka Valeriana officinalis L. o‘simligini innovatsion yetishtirish аgrotexnologiyasi va ko‘chatlarni yetkazib berish.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Turakulov, A., & Mamayusupova, L. (2025). SURXONDARYO VILOYATI O‘RMON XO‘JALIGI FONDI YERLARIDA DORIVOR VALERIANA. VALERIANA OFFICINALIS L. O‘SIMLIGINI INNOVATSION YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI VA KO’CHATLARNI YETKAZIB BERISH. Modern Science and Research, 4(4), 539–542. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/79345
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Dorivor valeriana o‘simligida olingan dori vositalari tabobatda yurak va qon-tomir kasalliklarini oldini olish hamda davolashda, ayniqsa asab sistemasini tinchlantirishda keng miqyosda ishlatiladi. Hududning iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka Valeriana officinalis L. o‘simligini innovatsion yetishtirish аgrotexnologiyasi va ko‘chatlarni yetkazib berish. Hududning iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka Valeriana officinalis L. o‘simligini innovatsion yetishtirish аgrotexnologiyasi va ko‘chatlarni yetkazib berish.


background image

539

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

SURXONDARYO VILOYATI O‘RMON XO‘JALIGI FONDI YERLARIDA DORIVOR

VALERIANA. VALERIANA OFFICINALIS L. O‘SIMLIGINI INNOVATSION

YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI VA KO'CHATLARNI YETKAZIB BERISH

Turakulov Alimardon Abdusalomovich

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti,

Iqtisodiyot, o‘rmonchiulik va veterinariya fakulteti dekanni.

Mamayusupova Laylo G’ulom qizi

laylomamayusupova81@gmail.com

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti,

“O‘rmonchilik, Dorivor o‘simliklar, Manzarali bog`dorchilik” kafedrasi

O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko’kalamzorlashtirish ta’lim yo`nalishi 2-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15190795

Annotatsiya.

Dorivor valeriana o‘simligida olingan dori vositalari tabobatda yurak va

qon-tomir kasalliklarini oldini olish hamda davolashda, ayniqsa asab sistemasini

tinchlantirishda keng miqyosda ishlatiladi. Hududning iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka

Valeriana officinalis L. o‘simligini innovatsion yetishtirish аgrotexnologiyasi va ko‘chatlarni

yetkazib berish. Hududning iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka Valeriana officinalis L.

o‘simligini innovatsion yetishtirish аgrotexnologiyasi va ko‘chatlarni yetkazib berish.

Kalit so‘zlar:

Olitoriya Valeriana, efir moylari, valerin, chumoli kislotalar,

pitomnik,

qator oralab ekish, farmaseftika, yalpi gullash, ammiakli selitra, o‘rish yo‘li, plantatsiya.

MEDICINAL VALERIAN ON THE LANDS OF THE SURKHANDARYA REGION

FORESTRY FUND. INNOVATIVE AGROTECHNOLOGY OF CULTIVATION OF

VALERIANA OFFICINALIS L. AND SUPPLY OF SEEDLINGS

Abstract.

Medicinal products obtained from the medicinal valerian plant are widely used

in medicine for the prevention and treatment of heart and blood vessel diseases, especially for

calming the nervous system. Innovative agrotechnology of cultivation of Valeriana officinalis L.

for high yield in the climatic conditions of the region and supply of seedlings. Innovative

agrotechnology of cultivation of Valeriana officinalis L. for high yield in the climatic conditions

of the region and supply of seedlings.

Keywords:

Olitoria Valeriana, essential oils, valerian, formic acids, nursery, row

cropping, pharmaceuticals, mass flowering, ammonium nitrate, mowing path, plantation.

ВАЛЕРИАНА ЛЕКАРСТВЕННАЯ НА ЗЕМЛЯХ ЛЕСНОГО ФОНДА

СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ. ИННОВАЦИОННАЯ АГРОТЕХНОЛОГИЯ

ВЫРАЩИВАНИЯ РАСТЕНИЙ ВАЛЕРИАНЫ ЛЕКАРСТВЕННОЙ И ПОСТАВКА

САЖЕНЦЕВ


background image

540

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Аннотация.

Лекарственные средства, получаемые из лекарственного растения

валерианы, широко применяются в медицине для профилактики и лечения заболеваний

сердца и сосудов, особенно для успокоения нервной системы. Инновационная

агротехнология выращивания Валерианы лекарственной для получения высоких урожаев в

климатических условиях региона и поставки рассады. Инновационная агротехнология

выращивания Валерианы лекарственной для получения высоких урожаев в климатических

условиях региона и поставки рассады.

Ключевые слова:

Olitoria Valeriana, эфирные масла, валериана, муравьиные

кислоты, питомник, пропашные культуры, фармацевтика, массовое цветение,

аммиачная селитра, сенокосная дорожка, плантация.

Kirish: V

aleriana

(Valeriana L.) - maunasorundoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt,

yarim buta, buta va lionlar turkumi. Barglari butun, uch boʻlakli yoki patsimon qirqilgan.

Toʻpguli gullaganida boshchasimon, mevasi yetilganida roʻvaksimon boʻladi. Gullari

mayda. 200 ga yaqin turi Shimoliy yarim sharning muʼtadil va sovuq iqlimli hududlarida,

Janubiy, Amerikada, 1 turi Kilimanjaro togʻlarida tarqalgan. Andda ayniqsa xilma-xil turlari

uchraydi. Hamma yerda — nam joylardan tortib togʻu-toshlar, hatto alp yaylovlari mintaqalarida

oʻsadi. Dorivor Valeriana. (Valeriana. officinalis L.) — oʻt oʻsimlik, poyasi tik, boʻyi 2 m gacha,

barglari va ildiz mevasining katta-kichikligi bilan farq qiladigan bir necha kenja turlar hosil

qiladi, dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi. Dorivor Valeriana.ning ildizi va ildizpoyasidan

tibbiyotda foydalaniladi. Undan nerv sistemasiga taʼsir qiluvchi, yurak urishini tartibga soluvchi

valerian tomchisi olinadi. Valeriana. tarkibida efir moylari, valerin, sirka va chumoli kislotalar,

turli alkaloidlar bor. Olitoriya Valerianasi barglari shoʻraki (salat) sifatida isteʼmol qilinadi.

Oʻzbekistonda togʻlik mintaqalarda asorun (Valeriana. fi carifolia Boiss.) tarqalgan.

Mahalliy o‘rmon va fermer xo‘jaliklari uchun ko‘chat yetkazib berish. Ichki va tashqi

bozorlar uchun eksportbopmaxsulotlar olish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etishga va

farmaseftika sanoati uchun xomashyo yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish. Dorivor Valeriana

(Valeriana officinalis L) o‘simligi - Valerianalar turkumiga mansub bo‘lib, tabobatda ildizpoyasi

va ildizlari ishlatiladigan o‘simlik Ildizpoyadan birinchi yili ildizoldi to‘pbarglar, ikkinchi

yilidan boshlab poya o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘suvchi 1.5-2.0 metrgacha yetadi. Bargi oddiy,

toq patli ajralgan, 4-11 juft sigmentlar (bo‘lakchalar)dan iborat.

Dorivor Valeriana. (Valeriana. officinalis L.) —

tabobatda yurak va qon-tomir

kasalliklarini oldini olish hamda davolashda, ayniqsa asab sistemasini tinchlantirishda dorivor

o‘simliklar va ulardan olinadigan dori vositalari keng miqyosda ishlatiladi. Dorivor valeriana ana

shunday dorivor o‘simliklar sarasiga kiradi.Viloyatimizning Bobotog' va Hisor tog‘larida mazkur


background image

541

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

dorivor o‘simlikning yetishtirish mumkinligi isbotladik.. Hozirgi vaqtda respublikmizning

ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarida o‘ndan ortiq dorivor o‘simliklar ziroat qilinmoqda,

valeriana shular jumlasidandir.

Umuman olganda, farmatsevtika sanoati korxonalari ehtiyojlarini dorivor o‘simliklar

xomashyosi bilan to‘la-to‘kis, uzliksiz ta’minlash, hamda dorivor o‘simliklar homashyo bazasini

yaratish uchun ularni ekib o‘stirish, hamda ularning ekin maydonlarini kengaytirib, dorivor

o‘simliklar dehqonchiligini respublikamizda rivojlantirish, qishloq xo‘jaligimiz fanlari oldidagi

asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Qator oralab ekish. Dorivor valeriana unib chiqishi. Dorivor valeriana o‘simligi ko‘chati

Agrotexnik tadbirlar:

Urug‘ erta bahorda ekiladi, bunda tuproqni tayyorlab ekishning kechikishiga yo‘l

qo‘ymaslik kerak. Kuzda, noyabr oxirlarida, urug‘ning unishiga monelik qiladigan barqaror

sovuq tushishi oldidan ekiladik. Asosiy shudgor noyabr oyida 30 sm chuqurlikda o‘tqaziladi.

Ekishdan oldin uruqqa ishlov berishning hojati yo‘q. gektariga 8 kg sarfladik. Urug‘ 1-1,5

sm chuqurlikka ekiladi. 3-4 ta barg chiqarganidan keyin 45-60 sm masofada egat olinadi.

O‘simlik o‘sishi va rivojlanishi davrida 1-2 marta o‘toq qilinadi, yer 4-5 marta yumshatib

9-10 marta sug‘ordik. (aprel-1, may-2, iyun-iyul-2-3, avgust-sentyabr-2). Tuproq tarkibi va

yerning begona o‘t bosganlik darajasiga 15 41–kitob Dorivor o‘simliklarni o‘stirish va

yetishtirish bog‘liq ravishda har ikki marta sug‘orilganidan keyin yer yumshatirilib may oyida

gektar hisobiga 60-70 kg dan ammiakli selitra soldik. Ikkinchi yili ekin maydonlarida yerni

yumshatish barobarida bahorgi qo‘shimcha ozuqa beriladi, bunda ayniqsa guldor poyani

yo‘qotishga e’tibor berish kerak. Bu tadbir yalpi gullash davrida o‘simlik yer ustki qismini 10-15

sm balandlikda o‘roq mashinada o‘rish yo‘li bilan amalga oshirildi. Hosil oktabr oyida yig‘ib

olib, zero ildizlarning o‘sishi butun kuz mobaynida davom etaveradi. Ildizlar barabanli yoki

lappakli yuvuvchi mashinalarda yaxshilab yuvib, keyin yaxshi shamollatib turiladigan

xonalardagi maxsus javonlarga 15-20 sm qalinlikda yoyib qo‘yiladi va panshaxada vaqti-vaqti

bilan almashtirib turiladi. Hom ashyoning barchasi xirmonga yig‘ib, qirqilgan ildizlar esa

qoplarga joyladik.


background image

542

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Xulosa:

Valerianani urug‘dan tashqari ko‘chatlari orqali ham ko‘paytirish mumkin.

Buning uchun maxsus niholxona (pitomnik) tashkil qilinib ko‘chatlar yetishtirib yetilgan

niholchalar ochiq yerga ko‘chirilib o‘tkazdik. O‘tqazilgan har bir nihol oralig‘i 10-12 sm

bo‘lishligi va zudlik bilan sug‘ordik. Valerianani ildizlari vegetatsiyani ikkinchi yilining ohirida,

o‘simlik urug‘lari pishib yetilgandan so‘ng kovlab oldik. Har bir gektar maydondan 10-15

sentnerdan quruq holda ildiz kovlab olib, yig‘ib olingan mahsulot tuproqdan tozalanib, mahsus

idish yoki savatlarga solib suvda yuvib, keyin quritdik.

Mahalliy o‘rmon va fermer xo‘jaliklari uchun fabrikalarga yubordik. Maqsad ichki va

tashqi bozorlar uchun eksportbop maxsulotlar olish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal

etishga va farmaseftika sanoati uchun xomashyo yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish iborat.

REFERENCES

1.

O’zMU Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

2.

“Valeriana”o‘simlik ro‘yhati (1,1-versiya) olingan 2014.09.19;

3.

Dorivor o’simliklar va ulardan foydalanish. R.X.Ayupov Toshkent 2015.

4.

F.Rasulova, G’afirova, Xoliqov Baxodir Melikovich //Dorivor o’simliklarni yetishtirishda

ilmiy-tadqiqot uslublari// o‘quv qo‘llanma. –T.: «Fan ziyosi» nashriyoti 2021.

5.

“Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazi Agro.uz

6.

Kazoqboyev.N va Uralov.A (2022). Dorivor Valeriana- valeriana officinalis ning dorivorlik

xususiyatlari.

References

O’zMU Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

“Valeriana”o‘simlik ro‘yhati (1,1-versiya) olingan 2014.09.19;

Dorivor o’simliklar va ulardan foydalanish. R.X.Ayupov Toshkent 2015.

F.Rasulova, G’afirova, Xoliqov Baxodir Melikovich //Dorivor o’simliklarni yetishtirishda ilmiy-tadqiqot uslublari// o‘quv qo‘llanma. –T.: «Fan ziyosi» nashriyoti 2021.

“Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazi Agro.uz

Kazoqboyev.N va Uralov.A (2022). Dorivor Valeriana- valeriana officinalis ning dorivorlik xususiyatlari.