AGROTECHNOLOGY OF THE CULTIVATION OF COWPEA (FERULA.F) AND THEIR ECONOMIC EFFICIENCY

HAC
Google Scholar
To share
Turakulov, A., & Jo‘ranazarova , A. (2023). AGROTECHNOLOGY OF THE CULTIVATION OF COWPEA (FERULA.F) AND THEIR ECONOMIC EFFICIENCY. Modern Science and Research, 2(10), 222–227. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24410
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the cultivation technologies and economic efficiency of the carpet plant, which is a cure for many ailments. The rules of tilling the field before planting the cowpea plant are explained in more detail. This plant is propagated by planting seeds. Before planting, the soil is cleaned of weeds, enriched with organic and mineral fertilizers. The best places for planting are areas close to the plant's natural growth area

Similar Articles


background image

222

KOVRAK (FERULA.F) YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI VA ULARNI

IQTISODIY SAMARADORLIGI

Turakulov Alimardon Abdusalomov

Termiz Agrotexnologiya va innovatsion rivojlanish instituti Agrologistika va biznes fakulteti

dekani( phd)

Jo‘ranazarova Aziza Qurbonboy qizi

Termiz Agrotexnologiya va innovatsion rivojlanish instituti ikkinchi bosqich magistiranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8418062

Annotatsiya.

Ushbu maqolada juda ko’p dardlarga davo bo’lib kelayotgan kovrak

o’simligining yetishtirish texnologiyalari va uning iqtisodiy samaradorligi haqida malumotlar

keltirilgan. Kovrak o’simligini ekishdan oldin dala maydoniga ishlov berish qoidalari chuqurroq

yoritilgan.Bu o’simlik urug‘larini ekish orqali ko‘paytiriladi. Ekishdan oldin tuproqni begona

o‘tlardan tozalaniladi, organik va mineral o‘g‘itlar bilan boyitiladi. Ekish uchun ma’qul joy,

o‘simlik tabiiy o‘sish arealiga yaqin hududlar hisoblanadi

Kalit so’zlar:

Ferula. L, eksport ildizi, poya, urug’, mineral o’g’it, areal, shira,

farmasevtika. Yelim,

rutin, kvertsitin, plantatsiya, sxemada, Mochevina.

AGROTECHNOLOGY OF THE CULTIVATION OF COWPEA (FERULA.F) AND

THEIR ECONOMIC EFFICIENCY

Abstract.

This article provides information about the cultivation technologies and

economic efficiency of the carpet plant, which is a cure for many ailments. The rules of tilling the

field before planting the cowpea plant are explained in more detail. This plant is propagated by

planting seeds. Before planting, the soil is cleaned of weeds, enriched with organic and mineral

fertilizers. The best places for planting are areas close to the plant's natural growth area

Key words:

Ferula. L, export root, stem, seed, mineral fertilizer, areal, sap,

pharmaceuticals. Glue, rutin, quercitin, plantation, scheme, Urea, Superphosphate, Potassium,

Nitrogen, Profitability, net income, gross income.

АГРОТЕХНИКА ВОЗДЕЛЫВАНИЯ ВИГНЫ (ФЕРУЛА.Ф) И ИХ

ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о технологиях

выращивания и экономической эффективности растения коврового, которое используется

как лекарство от многих недугов. Более подробно разъясняются правила обработки поля


background image

223

перед посадкой растения вигны.Это растение размножают посадкой семян. Перед

посадкой почву очищают от сорняков, обогащают органическими и минеральными

удобрениями. Лучшими местами для посадки являются участки, близкие к естественной

зоне произрастания растения.

Ключевые слова:

Ферула.Л, экспортный корень, стебель, семена, минеральное

удобрение, ареал, сок, лекарственные препараты. Клей, рутин, кверцитин, плантация,

схема, Мочевина, Суперфосфат, Калий, Азот, Рентабельность, чистая прибыль, валовой

доход.

Agrotexnik tadbirlar. O‘simlik urug‘larini ekish orqali ko‘paytiriladi. Ekishdan oldin

tuproqni begona o‘tlardan tozalaniladi, organik va mineral o‘g‘itlar bilan boyitiladi. Ekish uchun

ma’qul joy, o‘simlik tabiiy o‘sish arealiga yaqin hududlar hisoblanadi. Asosiy shudgorni 25-30 sm

chuqurlikda o‘tkaziladi. Keng qatorli qilib ekiladi. Qatorlar orasi 70 sm, ekish normasi 2-3 kg/ga,

ekish chuqurligi 2-3 sm. Ekish muddati noyabr-dekabr oylari hisoblanadi, chunki kuzda urug‘ni

unishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bahorda, mart oyining o‘rtalarida urug‘lar unib chiqadi.

O‘simlikda ikkinchi chin barg hosil bo‘lgandan so‘ng begona o‘tlardan tozalanadi va yagona

qilinadi. 40-50 sm.da bir tupdan o‘simlik qoldiriladi.Xom-ashyo tayyorlanishi va uning sifati.

O‘simlikning ildizidan 4-5 yili barglar soni 6-8 tadan ortganda shira olish ishlari boshlanadi.

Dastlab o‘simlik barglari qurib boshlagan vaqtda, ya’ni barglar ildiz bo‘g‘zidan oson ajraladigan

vaqtda ildiz atrofi 30x30 sm sxemada kovlanadi. Barglari oxistalik bilan ildiz bo‘g‘zidan ajratilib

ildiz ustiga bostiriladi. Barglari shamolda uchib ketmasligi uchun ozroq tuproq bilan ko‘miladi va

o‘simlik ildizi 30 kun mobaynida dimlanadi. Ushbu vaqt davomida o‘simlik ildizida shira

to‘planadi. So‘ngra ildiz usti oxistalik bilan tozalanadi. Tozalangandan so‘ng maxsus o‘tkir pichoq

bilan kesiladi. Uch kundan so‘ng ildiz ustki qismidagi donak, shiralar yig‘iladi. Ushbu tadbirning

davomiyligi pichoqning o‘tkirligiga va ildizni qimirlatib shikast yetkazmaslikka bog‘liq. Har bir

ildiz yupqa qilib kamida 15 martagacha kesiladi. Yig‘ilgan shira 5-10 kg.li plastmassa idishlarda

1 yilgacha saqlanadi. Tashkil etilgan plantasiyalarda har 10 m2 maydonda 2-3 dona o‘simlik urug‘

olish va tabiiy ravishda tiklanishi uchun qoldiriladi. Urug‘lari to‘liq yetilgan davrda yig‘ib

olinadi.Xom-ashyo tayyorlanishi va uning sifati. O‘simlikning ildizidan 4-5 yili barglar soni 6-8

tadan ortganda shira olish ishlari boshlanadi. Dastlab o‘simlik barglari qurib boshlagan vaqtda,

ya’ni barglar ildiz bo‘g‘zidan oson ajraladigan vaqtda ildiz atrofi 30x30 sm sxemada kovlanadi.


background image

224

Barglari oxistalik bilan ildiz bo‘g‘zidan ajratilib ildiz ustiga bostiriladi. Barglari shamolda uchib

ketmasligi uchun ozroq tuproq bilan ko‘miladi va o‘simlik ildizi 30 kun mobaynida dimlanadi.

Ushbu vaqt davomida o‘simlik ildizida shira to‘planadi. So‘ngra ildiz usti oxistalik bilan

tozalanadi. Tozalangandan so‘ng maxsus o‘tkir pichoq bilan kesiladi. Uch kundan so‘ng ildiz ustki

qismidagi donak, shiralar yig‘iladi. Ushbu tadbirning davomiyligi pichoqning o‘tkirligiga va

ildizni qimirlatib shikast yetkazmaslikka bog‘liq. Har bir ildiz yupqa qilib kamida 15 martagacha

kesiladi. Yig‘ilgan shira 5-10 kg.li plastmassa idishlarda 1 yilgacha saqlanadi. Tashkil etilgan

plantasiyalarda har 10 m2 maydonda 2-3 dona o‘simlik urug‘ olish va tabiiy ravishda tiklanishi

uchun qoldiriladi. Urug‘lari to‘liq yetilgan davrda yig‘ib olinadi. O'zbekistonda 1kg kovrak urug'i

200$ ga baholanadi .Bu o’simlik ekilgandan keyin 8oydan 5 yilgacha ildizi qalinlashadi .va keyin

undan bemalol foydalana olamiz o’simlik 760 shirasidan, yelim shirasidan farmasevtikada keng

foydalanib kelinmoqda Hindiston davlatiga eksport qilinadi. Ularda dori darmon va ziravorlar

tayyorlashda keng foydalanilmoqda 1 gektar maydon uchun 200$ va 250$ dollorga urug’ sotib

olib 1 gektar maydonga ekilganida 100.000$ daromad ko‟riladi. Kovrak yetishtiruvchilar va

eksport qiluvchilar uyushmasi O`zbekistonda quyidagilar:

1.

Shifobaxsh dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi .

2. Surxondaryo MChJ.

3. Qarshi eksport emport beznes MCHJ .

4. Kovrak yetishtiruvchi va eksport qiluvchi xo‟jalik yurituvchi subyektlar.

Aholi o'rtasida kavrak o'simligining keng isteʼmolini yo'lga qo'yish, yetishtirish

va eksport qilish bilan shug'ullanadigan subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish takliflarini

qayta ko`rib chiqish kerak hamda ko`proq targ`ibot ishlarini amalga oshirish talab etadi Qolaversa,

sotuv bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, tabiiy hududlarda

o’suvchi kavrak turkumi vakillarini asrab-avaylash, klaster va kooperatsiyalarni tashkil qilish kabi

masalalarda tadbirkorlar bilan hamkorlik asosida yo`lga qo`yish kerak .

O'zbekistonda hozirda

dorivor o'simliklar xom ashyosini qayta ishlash bilan shug'ullanadigan korxonalar soni 130

tadan oshadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda shifobaxsh o'simliklar xom ashyosini

yetishtirish bilan shug'ullanuvchi 10 taga yaqin davlat tassarrufidagi, 10 taga yaqin

ixtisoslashgan fermer hamda boshqa mulkchilik shaklidagi xo'jaliklar faoliyat yuritadi.. Lekin

hozirgacha O'zbekistonda yetishtirilayotgan ko'plab shifobaxsh o'simliklarning, jumladan


background image

225

kovrakni yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi o'rganilganligi haqida malumot berilmagan .

respublikaning og‘ir suv-tuproq-iqlim sharoitli hududlarida o‘stirish imkoni bo‘lgan dorivor va

ziravor o‘simliklar turlarini yetishtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan,

bugungi kunda respublikada jami 12 ming gektardan ortiq maydonda kavrak o‘simligi ekilib,

yetishtirilmoqda. Ushbu maydonlardan 2021-yilda qiymati 7,65 mln dollarlik 170 tonna kavrak

shirasi eksporti amalga oshirildi.

Mamlakatimizda farmatsevtika sanoati uchun xom ashyosi chetdan keltirilayotgan

kovrak biomassasi og'irligi va undagi biologik faol moddalardan flavonoidlar guruhiga mansub

bo'lgan rutin, kvertsitin va boshqa moddalarni sintez qiluvchi ushbu o'simlikni yetishtirish

texnologiyasini ishlab chiqish va uning iqtisodiy samaradorligini aniqlash muhim nazariy va

amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur o'simlikni yetishtirishda mineral o'g'itlardan samarali

foydalanilish, uning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligini oshirib xom ashyosi tarkibidagi zarur

bo’lgan moddalar miqdorini ko'payishiga sabab bo'ladi. Shundan kelib chiqqan holda

kovraknini yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini baholashga harakat qilingan.

Kovrak 90x30-1 sxemada ekilib, azot 120 kg/ga, me'yorda qo'llanilgan variantda ko'k

massa hosili bo'yicha yalpi daromad 4505000,0so'm/ga, don hosili bo'yicha 1850000 so'm/ga

yetgan. Sof daromad bu variantda 3555000,0 so'm/ga, rentabellik esa 127,0 % bo'lgan

Bu o'simlik 90x40-1 sxemada ekilib, azot 180 kg/ga, me'yorda qo'llanilgan variantda

ko'k massa hosili bo'yicha yalpi daromad, 5204000,0 so'm/ga, 1 kg o'g'itning narxi: Mochevina

-9000 so'm, Superfosfat-8500 so'm, Kaliy xlorid-1100 so'm bo'yicha 2500000,0 so'm/ga ni

tashkil etgan. Urug' hosili bo'yicha eng ko'p yalpi daromad va sof foyda mana shu variantda

olingan. Bu variantda olingan qo'shimcha sof daromad 1140400,0 so'm/gani tashkil etgan.

rentabellik darajasi 156,1 % ni tashkil etgan. Kovrak 90x50-1 sxemada joylashtirilgan

variantlarda azot 150 kg/ga me'yorda qo'llanilganda 577150,0 so'm/ga qo'shimcha sof daromad

olingan. Azot 180 kg/ga me'yorda qo'llanilgana 996600,0 so'm/ga ko'p sof daromad olingan.

Rentabellik darajasi bu variantlarda mos ravishda 141,4 va 151,55 ga teng bo'lgan. Demak,

olingan ma'lumotlarga asoslanib Kovrakni 90x40-1 sxemada ekib azotli o'g'itlarni 150-180

kg/ga me'yorda qo'llash maqsadga muvofiq bo'lar ekan. (3.5.1-jadval).


background image

226

Kovrakni yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi

3.5.1-jadval

T.r

Ko’rsatkich lar

Variant

1

2

3

4

5

6

7

1

Ko’k massa hosili,

s/ga

450,5

480,6

500,5

455,5

486,8

520,4

454,2

2

Qo’shimcha hosil,

s/ga

+

+30,1

+50,0

+5,0

+36,3

+69,9

+3,7

3

Urug’ hosili, s/ga

18,5

21,2

23,2

19,5

22,6

25,0

19,2

4

Qo’shimcha hosil,

s/ga

+

+2,7

+4,7

+1,0

+4,1

+6,5

+0,7

5

Umumiy xarajatlar,

so’m/ga

2800000,0 2921300,0 2997750,0 2803000,0 2925150,0 3008600,0

2804

400,0

а)jumladan

o’g’itlarni qo’llash

uchun, so’m/ga

983100

1048000

1113200

983100

1048000

1113200

9831

00

b)qo’shimcha

hosilni yig’ ish

uchun, so’m/ga

-

16400

27350

3000

20250

38200

4400

6

Ko’k massa hosili

bo’yi cha yalpi

daromad, so’m/ga

4505000 4806000

5005000

4555000

4868000

5204000

4542

000

Urug’ hosili

bo’yicha yalpi daro

mad,so’m/ga

1850000

2120000

2320000

1950000

2260000

2500000

1920

000

Yalpi daro mad,

so’m/ga

6355000,0 6920000,0

7325000,0

6505000, 7128000,0 7704000,0

6462

000,0

7

Sof daromad,

so’m/ga

3555000,0 3998700,0

4327250,0

3702000,

4202850,0

4695400,0

3657

600,0

8

Sof daromad

ningko’payishi,

so’m/ga

-

443700,0

772250,0

147000,0 647850,0 1140400,0

1026

00,0

9

Rentabellik, %

127,0

136,8

144,3

132,0

143,7

156,1

130,4


Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki , kovrakni iqtisodiy samaradorligi yuqori bolgan

o’simlik deb aytish mumkin. O'zbekistonda 1kg kovrak urug'i 200$ ga baholanadi .Bu o’simlik

ekilgandan keyin 8oydan 5 yilgacha ildizi qalinlashadi .va keyin undan bemalol foydalana olamiz

o’simlik 760 shirasidan, yelim shirasidan farmasevtikada keng foydalanib kelinmoqda Hindiston

davlatiga eksport qilinadi. Ularda dori darmon va ziravorlar tayyorlashda keng foydalanilmoqda 1


background image

227

gektar maydon uchun 200$ va 250$ dollorga urug’ sotib olib 1 gektar maydonga ekilganida

100.000$ daromad ko‟riladi.

REFERENCES

1.

Rahmonqulov U., Avalboyev O.N. O‘zbekiston kovraklari (monografiya) // «Fan va

texnologiya» nashriyoti, - Toshkent. 2016. 240-Б.

2.

A.Abdullayev va b. “ Biologiyadan qisqacha izohli lug’at ” .

3.

Ibn Sino “Tip Qonunlari” saylanma 1 jild.

4.

Rahmonqulov U., Avalboyev O.N. O‘zbekiston kovraklari (monografiya) // «Fan va

texnologiya» nashriyoti, - Toshkent. 2016. 240-Б.

5.

Kamelin R.V. «Novqy vid roda Fereula». Novosti sis gemat. vqssh. rast. 1970. t.7. C. 268-

269

Internet saytlari:

6.

www.google. com

7.

www.dissercat.com

8.

www.natlib.com

References

Rahmonqulov U., Avalboyev O.N. O‘zbekiston kovraklari (monografiya) // «Fan va texnologiya» nashriyoti, - Toshkent. 2016. 240-Б.

A.Abdullayev va b. “ Biologiyadan qisqacha izohli lug’at ” .

Ibn Sino “Tip Qonunlari” saylanma 1 jild.

Rahmonqulov U., Avalboyev O.N. O‘zbekiston kovraklari (monografiya) // «Fan va texnologiya» nashriyoti, - Toshkent. 2016. 240-Б.

Kamelin R.V. «Novqy vid roda Fereula». Novosti sis gemat. vqssh. rast. 1970. t.7. C. 268-269

Internet saytlari:

www.google. com

www.dissercat.com

www.natlib.com

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов