Aprel, 2025-Yil
756
ISTIQLOLDAN KEYIN BUXORO VILOYATIDA TARIXIY MADANIY
ZIYORATGOHLARNING QAYTA TIKLANISHI
Shojonov Ma’rufjon To’ymurodovich
Toshkent shahar Sergeli tumani
264-maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15334277
Istiqlol sharofati bilan milliy-madaniy, tarixiy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish
umuminsoniy ehtiyojga aylandi. Xususan, mamlakatimizdagi mustaqillik yillarida ro‘y bergan
muhim o‘zgarishlardan biri ma’naviy yangilanish, kishilarning ongi, tafakkuri va
dunyoqarashining boyib, kengayib borayotganligi hamda erkinlik kasb etayotganligidir. Jumladan,
yoshlarimizning el-u yurt, xalq, millat va Vatan manfaatlarini anglash, ularning shon-shuhratini
yanada oshirish, ilm-u fanni va madaniyatini hamda san’atini gullab yashnatish, mamlakat
xavfsizligini ta’minlash, o‘tmishini, ajdodlarimiz boy merosini, tarixi, dini va qadriyatlarini
o‘rganish, munosib baholash borasidagi faoliyatlari ayniqsa kishini quvontiradi.
O‘zbek xalqi me’morchiligi mohiyat e’tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san’atidir.
Mustaqillik yillarida me’morchilik san’ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda.
O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan
olib borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta
tiklangan o‘nlab binolar, obidalar misol bo‘la oladi.
Buxoro eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lib, YUNESKOning Butunjahon me’moriy
merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Turli davrlarda bunyod etilgan nafis san’at va me’morchilik
durdonlaridan iborat shahar 1997 -yilda o‘zining 2500 yilligini nishonladi. Qadimiy Buxoroga
ko‘rk salobat baxsh etib turgan me’morchilik obidalari ota-bobolarimiz aql-u zakovati,
iste’dodining yorqin timsoli sifatida halihanuz dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Xuddi to‘r
bilan qoplangan Ismoil Somoniy maqbarasi, Ulkan qo‘rg‘on va Buxoro hukmdorining mustahkam
qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi ko‘plab masjid va madrasalar, karvonsaroylar,
hammom kabi yodgorliklar muqaddas Buxoroning tengi yo‘q marvaridlaridan bo‘lib qoladi.
Ayniqsa, dunyoni maftun etgan Buxoro shahri sayyohlar uchun o‘ziga xos mo’jiza
hisoblansa ajabmas. Buxoroning tarixiy 4 arxitekturasida aks etgan betakror ma’lumotlar uning
2500 yillik tarixga ega ekanligini ma’lum qiladi.
Sharq Venetsiyasi, deb nom olgan Buxoroda 140 dan ortiq yirik tarixiyme’moriy
yodgorliklar mavjud.
Aprel, 2025-Yil
757
Ular orasida Buxoro Arki, Somoniylar maqbarasi, Chashmai Ayyub maqbarasi, Mag`oki
Attori masjidi, Namozgoh masjidi, Poyi Kalon ansambli, Qal’a-devor qoldiqlari, Minorai Kalon,
Masjidi Kalon, Mir Arab madrasasi, Tim va toqilar, Labihovuz ansambli, Ulug‘bek madrasasi,
Chor minor, Bolohovuz masjidi, Sitorai Mohi Xossa ansambli va boshqa obidalar sayyohlarni
maftun etadi. Bunday qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng
sevimli joylaridan biri bo‘lib qolaveradi. Buxoro o‘zining jozibasi bilan butun dunyodan
millionlab kishilarning e’tiborini tortib keladi. Yer yuzida insoniyat ma’naviy yuksalishiga beshik
bo‘lgan, kechmishi bir necha ming yillik tarixga borib bog‘lanadigan, bashariyatning barcha
taraqqiyot bosqichlariga guvoh bo‘lgan, bag‘rida ham olis o‘tmish, ham bugungi tamaddun
jarayonlarini namoyon etuvchi shaharlardan biri bo‘lgan Buxoroi Sharifdagi tarixiy va madaniy
obidalarni o‘rganish uchun nafaqat dunyo ahli, balki o‘zimizning yosh avlod ham buyuk tariximiz
haqida bilishga haqlidir va o‘rganishi kerak.
Istiqlol sharofati bilan 2003-yili Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy hazratlarining 900 yillik
tavalludi munosabati bilan keng ko‘lamli obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, hazrat
qabrining ustida o‘n ustunli ayvon yangidan barpo qilinadi. Bu hazratning silsilai sharifda o‘ninchi
o‘rinda turganligi ramziy belgisi edi. Maqbara yonida 1500 kishini sig‘dira oladigan yangi jome’
masjidi qurilib, sho‘rolar davrida ko‘mib tashlangan hovuz va quduq qayta tiklanadi. Masjid va
majmua atrofida 4 gektarli ko‘rkam xiyobon barpo etiladi.
Vobkent tumanidagi “Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy” ziyoratgohi. “Xoja Mahmud Anjir
Fag‘naviy” ziyoratgohi sho‘rolar zamonida qarovsiz, juda xarob holda edi. Bu yerdagi masjid esa
kolxoz omboriga aylantirilgan. Istiqlol yillari ushbu ziyoratgohda ham qayta qurish va
obodonchilik ishlari amalga oshirildi. 1999-2000-yilarda hashar yo‘li bilan Xoja Mahmud Anjir
Fag‘naviy qabri ustiga ikki qavatli maqbara, 300 kishini sig‘diradigan uch ayvonli yangi jome
masjidi, hovuz, darvozaxona, mehmonxona, zamonaviy tahoratxona qurib bitkazildi. Masjid
hovlisida manzarali va mevali daraxtlar o‘tkazilib, bog‘-rog‘lar tashkil qilindi. Ziyoratga va
namozga keladiganlar uchun 122 barcha qulay sharoit yaratildi. Jome masjidi esa 1998-yil rasman
ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat ko‘rsata boshladi.
“Xoja Ali Romitaniy” nomidagi masjid 2004-yilda hashar yo‘li bilan qurilgan. Unda
darvozaxona, jome’ masjidi, maqbara va milliy uslubda qurilgan ayvon, hovuz va toshquduq,
mehmonxona va oshxonalar mavjud. Bundan tashqari, bu yerda ikkita mehmonxona, quduq va
masjid atrofida mevali daraxtlardan iborat maxsus bog‘ ham tashkil etilgan. Qo‘rg‘on
qishlog‘idagi ushbu jome’ masjidda juma namozlari, Ramazon va Qurbon hayiti namozlari ado
etiladi. Namozxonlar uchun erkaklar va ayollar tahoratxonasi mavjud.
Aprel, 2025-Yil
758
Mohir naqqosh ustalar taklif etilib, 2014-yil kuzida “Xoja Ali Romitaniy” maqbarasidagi
qabr toshi yangilandi. Ayni paytda qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
“Sayyid Amir Kulol” jome’ masjidi mustaqillikka erishilganidan so‘ng 1994- yilda hashar
yo‘li qayta bilan qurilgan. Masjid o‘z faoliyatini hozirgi kunga qadar davom ettirib kelmoqda.
Masjid binosining old va o‘ng tomonida ayvon bor. Binoga kiraverishda-o‘ng va chap
tomonlarda 2 ta xona mavjud. Masjidning balandligi 4,70 metr, uzunligi - 24,4 metr, eni – 18,5
metr. Masjid gumbazining 123 balandligi-9 metr. Masjid minorasi 2007-yilda qurilgan. “Sayyid
Amir Kulol” jome’ masjidi maqbarasi 2 ta xonadan iborat bo‘lib, birinchi xonasi tilovatxona,
ikkinchi xonada esa Sayyid Amir Kulolning qabrlari joylashgan. Maqbara 2007-yilda O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan milliy me’morchilik uslubida
gumbazli qilib qurilgan. Devorlari pishgan g‘ishtdan. Maqbara binosining balandligi–12 metr,
uzunligi–15 metr, eni– 8 metr.
Mustaqillikning shonli va zafarli yillarida xalqimiz qo‘lga kiritgan yutuqlar son-sanoqsiz
va ularning har biri asrlarga tatigulikdir. Bularning bari betakror va yagona jonajon
O‘zbekistonimizning buyuk kelajak yo‘lidan sobitqadamlik bilan dadil odimlayotganidan darak
beradi. Har bir O‘zbekiston xalqi ushbu amalga oshirilayotgan ishlarni teran anglab,
mustaqilligimiz va tinchligimizni qadriga yetib, mamlakatimizdagi tinchlik va totuvlikni ko‘z
qorachig‘idek asrashi lozim. Zero, tinchlik va totuvlik eng ulug‘ ne’matir. 1993-yili Bahouddin
Naqshband tavalludining 675 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda Bahouddin Naqshband
ta’limoti o‘rganishga ahamiyat kuchaydi. Buxoro davlat universiteti huzurida “Naqshbandiya”
ilmiy markazi ish boshladi. U yerda tasavvufiy-irfoniy merosni tadqiq etish yo‘lga qo‘yildi.
Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasida ham “Naqshbandiya” markazi tuzildi. Sharofatli
odamning qadamida gul ochiladi, deyishadi. Islom Karimov 1993- yil 16-sentyabrda ilk bor islom
olamining yirik vakili Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalariga tashrif
buyurganda shu muborak manzilning baxti ochildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti tashabbusi va rahnamoligida ilgari qarovsiz yotgan joyda asrlarga tatigulik
bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Necha asr muqaddam ko‘milib ketgan obidalar qayta ko‘z
ochdi. Bu yerga qadam qo‘ygan mehmonlar ziyoratni, 124 eng avvalo, buyuk allomaning onasi
mangu qo‘nim topgan qabrdan boshlaydigan bo‘lishdi. Birgina shu an’ananing qayta tirilishi
millatimizda onaga ehtirom ramzini ifodalaydi.
Mustaqillik yillarida Buxoro viloyati hokimligi va hozirda Buxoro viloyati nuroniylar
jamoatchilik kengashi raisi, 1996–2011-yillarda Buxoro viloyati o`sha vaqtdagi hokimi
Samoyiddin Husenov tashabbusi bilan Abu Hafs Kabir Buxoriy mangu makon tutgan majmua
Aprel, 2025-Yil
759
obod qilindi. Majmua darvozaxonasi, xuddi Ismoil Somoniy maqbarasiga o‘xshab ketadigan
maqbara, yangi masjid, o‘z o‘rnida Buxoroning qadimiy Haqroh (Abu Hafs Kabir) darvozasi
qurildi. Shu tariqa bu yer mamlakatimizning muqaddas ziyoratgohlaridan biriga aylandi.
2007-yil Buxoro yuridik va maishiy xizmat kolleji shimolida Dahmai Behishtiyon obidasi
qad rostladi. Ushbu majmuada maqbara ayvon, darvozaxona ham bor. Ayvorda Mozori
Behishtiyon, Mozori Darvozai Qavola, Quzzotus sab’a (Yetti qozi), Pushtai Tug‘robekda dafn
qilingan avliyolar, olim fozillar nomi, tarjimai holi yozildi. Ziyoratchilar kelib, ular haqida duoyi
fotiha qiladigan bo‘ldi. Zero, ularning qabrlari sho‘rolar zamonida yo‘qotilgan edi. Buxoro
shahridagi “Dahmai Behishtiyon” obidasining nomlanishi o‘ziga xosdir. Uning bu nom bilan
atalashi bejiz emas. Bu qutlug‘ maskanda o‘z davrining yetuk darg‘alari, ilm-fan fidoyilari bo‘lgan
mashhur mufassirlar, muhaddislar, mufaqqihlar, mutasavviflar, muarrixlar, mutakallimlar,
mutafakkir allomalar dafn etilgan. Shuning uchun ham bu qabriston “Dahmai behishtiyon”
(“Jannatiy zotlar dahmasi”) ,deb atalgan. Ushbu ziyoratgohda Hazrat Abu Bakr Homid, Hazrat
Abu Bakr Tarxon, Hazrat Abu Bakr Gulobodiy, Hazrat Abu Zayd Dabusiy, Hazrat Mustamliy,
Hazrat Abu Ja’far ash Sha’biy, Hazrat Imom Zadzan, Hazrat Zahiriddin, Hazrat Ahmad ibn Umar
ash Sheroziy, Hazrat Imom Badinddin, Hazrat Hasan Andoqiy, 128 Hazrat Abdulloh Barqiy,
Hazrat Nuriddin Sobuniy, Hazrat Shayx Gulrez, Hazrat Muhammad ibn Abu Bakr Buxoriy, Hazrat
Imom Sa’diddin, Hazrat Imom Rukniddin Shahid, Hazrat Mavlono Nosiriddin, Hazrat Mavlono
Abdurahmon, Hazrat Muhammad Qosim Darvozai Obiy, Hazrat Xoja Muqim, Mavlono
Hofiziddin Kabir Buxoriy, Hazrat Abu Abdulloh al Buxoriy, Hazrat Tojiddin al Masdar, Hazrat
Hisomiddin, Mavlono Burhoniddin Anjir Fag‘naviy, Mavlono Burhoniddin Arshadiy. Mavlono
Xoja Yusuf, Shayx Sa’diddin G‘ijduvoniy, Qozi Xoja Najmiddin G‘ijduvoniy, Hazrat Xalifa
Niyozquli, Mavlono Sirojiddin Asliy, Xalifa Muhammad Husayn, Mavlono Faxriddin ash
Shoristoniy, Mavlono Rukniddin ash Shoristoniy, Mavlono Boboyi Modar ash Shoristoniy,
Mavlono Jamoliddin ash Shoristoniy, Mavlono Jamoliddin Xalaf Buxoriy, Xoja Muhammad
Yusuf Naqshbandiy, Hazrat Ahmad Donish, Hazrat Aburahim Qurro Torobiylar nomi va tarjimai
holi yozilgan lavhalar mavjud. Ularning yozgan asarlari, qoldirgan ilmiy meroslari, hikmatli
so‘zlari xalqimiz qalbida abadiy muhrlanib qolgan.
Buxoroda zamonaviy va milliy shaharsozlik an’analari asosida qayta qurish, bunyodkorlik
ishlari 2010-yildan keyin yanada kuchaydi. Shaharga sharq tomondan kiraverishdagi 107 gektarlik
joy haqiqiy qurilish, bunyodkorlik maskaniga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidenti Islom Karimovning taklif va tashabbusi bilan bu yerda nihoyatda muazzam maydon,
bog‘ xiyobon yaratishga kirishildi.
Aprel, 2025-Yil
760
Bog‘ xiyobonning markazida viloyat musiqali drama teatrining muhtasham binosi barpo
etildi. Old qismi yoy shaklida, ulug‘vor ustunlar bilan bezatilgan binoga tepadan nazar
tashlasangiz, bino bag‘rini ochib, odamlarni kutayotganga o‘xshaydi. Binoning ichki qismlari ham
nihoyatda hashamatli qilib bezatilgan. Madaniy markaz yirik inshoot hisoblangan 700 o‘rinli
viloyat musiqali drama teatri ham majmuaga ko‘rk bag‘ishlaydi. Teatr foyesi, zali
tomoshabinlarning madaniy dam olishlari uchun qulay qilib yaratilgan. Zamonaviy, hamma
imkoniyatlarga ega tarzda ishlangan teatr sahnasi drama san’atining barcha turdagi asarlarini ijro
qilishga mos tarzda bunyod qilingan. Shuning uchun ham bino haqiqiy san’at koshonasiga aylandi.
Teatr binosiga yaqin joyda yozgi 2000 tomoshabinga mo‘ljallangan amfiteatr ham qurildi.
Bu yerda konsertlar uyushtirish, har xil anjumanlar o‘tkazish, teatrlashtirilgan tomoshalar tashkil
qilish uchun barcha qulayliklar mavjud. Bog‘ xiyobonning eng baland nuqtasida yana bir
mahobatli inshoot- “Qo‘hna va boqiy Buxoro” monumenti qad rostladi. Monument yodgorlik
bog‘ xiyobonning barcha nuqtalaridan ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Yodgorlikning eng tepa
qismiga dunyo xaritasini namoyon qiluvchi globus joylashtirilgan. Globusda ona yurtimiz
O‘zbekiston joylashgan hudud alohida bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Mamlakatimiz xaritasining globusda
alohida kattalashtirib ko‘rsatilishi bejiz emas. Unda O‘zbekiston Buxoro, Samarqand, Shahrisabz,
Xiva, Toshkent kabi ulug‘vor shaharlar o‘rin olgan buyuk davlat ekanligi e’tirof etilgan.
Yodgorlikning o‘rta qismida Buxoroning olis va yaqin o‘tmishi tarixi bilan bog‘liq ko‘rinishlar-
Ark, Somoniylar maqbarasi, Kalon masjidi va minorasi, Chor minor, Labi hovuz majmuasi,
Mag‘oki Attor masjidi, shahar taqdiri bilan nomi bog‘langan ulug‘ allomalar, muarrixlar, shoirlar,
adiblar, siyosatchi va jamoat arboblarining toshga o‘yma hamda bo‘rtma shaklda ishlangan
tasvirlari o‘rin olgan. Tasvirlar markazida zaminga daraxt o‘tqazayotgan bobo va nabira holati
ham mavjud. Bu ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelayotgan sharif shahar taqdiriga ham
ishora. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu monument Buxoro shahriga, uning tarixi va bugungi kuniga,
kelajagiga qo‘yilgan yodgorlikdir. Shuning uchun ham yodgorlik nomi “Ko‘hna va boqiy Buxoro”,
deb ataladi.
REFERENCES
1.
Садриддин
Салим
Бухорий.
Бухоронинг
табаррук
зиёратгоҳлари.
(тарихиймаърифий рисола). Тўлдирилган, қайта ишланган иккинчи нашр. Т.,
“Наврўз”.2015.
Aprel, 2025-Yil
761
2.
“Кўҳна ва боқий Бухоро тарихи ҳамда маданий мероси – комил инсон тарбиясида
муҳим манба” мавзусидаги Республика илмий-амалий конференцияси материаллари.
Бухоро.2012.
3.
Йўлдошев Н.Баҳоуддин Нақшбанд ҳаёти ва фаолияти. Бухоро 2003. 4.Бўлдиева С.
Бухоро сирлари. (Буюклик маъноси). Биринчи китоб. Т., “Тафаккур”.2009.
4.
Баҳоуддин Нақшбанд мажмуаси. Бухоро.2008.