SIYOSIY MADANIYATNING MODELLARI VA TURLARI

HAC
Google Scholar
To share
Shojonov, M. (2024). SIYOSIY MADANIYATNING MODELLARI VA TURLARI. Modern Science and Research, 3(2), 270–274. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29388
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Siyosiy madaniyat umummilliy madaniyatning oʼziga xos, shu bilan birgalikda ajralmas qismi hisoblanadi.

Similar Articles


background image


270

SIYOSIY MADANIYATNING MODELLARI VA TURLARI

Shojonov Ma’rufjon To’ymurodovich

Toshkent shahar Sergeli tumani

264-maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10657248

Siyosiy madaniyat umummilliy madaniyatning oʼziga xos, shu bilan birgalikda ajralmas

qismi hisoblanadi. Siyosiy madaniyat, avvalambor, katta va kichik ijtimoiy guruhlarning, umuman
insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida olgan siyosiy tajribasidir. Siyosiy madaniyat bir joyda
qotib turmaydi, u doimo oʼsishda, oʼzgarishda boʼladi. Аyni bir paytda siyosiy madaniyat boʼsh
joyda oʼz-oʼzidan paydo boʼlib ham qolmaydi. Siyosiy madaniyatning shakllanishiga taʼsir
qiluvchi koʼplab omillar bor.

Siyosiy madaniyat - jamiyat siyosiy tizimining eng muhim elementlaridan biri sifatida

muhim oʼringa ega.

Jamiyatda siyosiy madaniyatning nechogʼlik rivojlanganlik darajasiga qarab uning siyosiy

tizimi qanchalik mukammal tashkil qilinganligiga baxo berishi mumkin. Siyosiy madaniyat
fuqarolarning siyosiy jixatdan layoqatlilik darajasini ifoda etib, jamiyatda siyosiy va davlat
institutlarining shakllanishi, faoliyat koʼrsatishiga, shuningdek, davlat va jamiyat oʼrtasidagi
munosabatlarning tashkil qilinishi jarayoniga xal qiluvchi, taʼsir oʼtkazuvchi omil sifatida
namoyon boʼladi.

Siyosiy madaniyat oʼzining mazkur jihatlari bilan mamlakatda siyosiy barqarorlikni

saqlash, mustahkamlash, jamiyatni demokratiyalashtirish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
isloxotlarni amalga oshirish jarayonida, axolini maʼnaviy jihatdan yuksaltirishda muxim vosita
boʼlib xizmat qiladi.

Siyosiy madaniyat tushunchasi qachon paydo boʼlgan, uning mohiyati nimalarda oʼzining

aniqroq ifodasini topadi?

Insonlarning bevosita maʼnaviy hayoti, qadriyatlari, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan

bogʼliq holda namoyon boʼluvchi siyosiy hodisa boʼlgan siyosiy madaniyat siyosatning oʼzi kabi
uzoq tarixga egadir. Siyosiy madaniyat tushunchasi u yoki bu tarzda qadimgi mutafakkirlar
tomonidan xam maʼlum darajada talqin qilingan. Siyosat olamining buyuk donishmandlari
boʼlmish Konfutsiy, Аrastu, Аflotun, Аbu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Makiavelli va
boshqalarni bunga misol qilib keltirish mumkin.

«Siyosiy madaniyat» terminining oʼzi esa ancha keyinroq paydo boʼldi. Uni ilmiy

muomalaga XVIII-asrda nemis faylasufi va maʼrifatparvari I.Gerder olib kirgan degan qarash
mavjud.

Empirik asosga ega boʼlgan siyosiy madaniyat toʼgʼrisidagi ilmiy kontseptsiyalar esa

gʼarbda XX asrning oʼrtalariga kelibgina shakllana boshladi. Bunda yirik xalqaro tadqiqotchilar
boʼlgan G.Аlmond, X.Fayer, S.Verba, А.Lipset, M.Dyuverje, U.Razenbaum, G.Pauell, L.Pay
kabilarning hissalari bor. Masalan, xozirgi zamon politologiyasida «siyosiy madaniyat»
tushunchasini ishlatgan Аmerikalik nazariyotchi X.Fayerning 1956 yilda bosilib chiqqan
«Evropaning buyuk davlatlari boshqaruv tizimi» nomli kitobi siyosiy madaniyatning moxiyatini
anglash yoʼlida qoʼyilgan muxim qadamlardan boʼlgan boʼlsa, undan sal keyinroq G.Аlmond va
S.Verba besh mamlakat АQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Meksika va Italiya siyosiy
jarayonlarini tadqiq qilish asosida oʼzlarining «Fuqarolik madaniyati» (1963) nomli maktabni


background image


271

eʼlon qildi. L.Pay bilan S.Verba oʼnta mamlakat jamiyati siyosiy madaniyatini oʼrganishi asosida
«Siyosiy madaniyat va siyosiy tadqiqot» (1965) nomli asarini chop ettirdilar.

Bu ilmiy ish siyosiy madaniyatning xozirgi zamon kontseptsiyasining shakllanishiga

muxim turtki boʼldi xamda siyosiy madaniyat nazariyasining kelajakdagi taraqqiyotiga maʼlum
darajada zamin tayyorlab berdi.

Siyosiy madaniyat tushunchasini talqin qilishda turlicha yondoshuvlar mavjud. Bu tabiiy

hol albatta, lekin ularning barchasini bir-biriga bogʼlab turuvchi umumiy jihat xam mavjud. Bu
siyosiy madaniyatning jamiyat siyosiy-ijtimoiy jamiyatlari, siyosiy institutlari bilan bevosita
uzviyligi, unga boʼlgan munosabat holatidir.

Siyosiy ong «ijtimoiy-siyosiy ong» va oddiy (kundalik) ong daraja va shakliga ham

ajiraladi.

Ijtimoiy-siyosiy ong- bu rasmiy siyosatda ishlab chiqiladigan, asoslanadigan, amalga

oshiriladigan va siyosiy munosabatlar tartibiga solinadigan siyosiy ong darajasidir. Uning
tashuvchilari davlat, siyosiy institutlardir. Bu instetutlar siyosiy munosabatlarni turli qonun
loyixalari, dasturlar, qarorlar, konstitutsiya va ularning moddalariga tuzatishlar va boshqalarni
ishlab chiqish, qabul qilish, hayotda tadbiq etish yoʼli bilan tartibga soladi.

Bu ong darajasining eng muhim belgisi- turli siyosiy kuchlarning ummumiy manfaatlarini

ifoda etishga intilishidir. Bu darajada mavjud siyosiy tartiblar va boshqarish pirintsiplari izchillik,
qatʼiyatlilik bilan himoya qilinadi, jamoatchilik fikrining davlat institutlari olib borayotgan
siyosatga moslashtirilishi sodir boʼladi.

Siyosiy ong uchun siyosiy voqelikni oqilona pragmatik uslubda idrok etish –hokimiyatni

idora etish, ushlab turish jarayonida muvaffaqqiyatga erishishni moʼljallash ham xarakterli
xususiyatdir.

Kundalik siyosiy ong- bu ijtimoiy qatlam yoki kishilar guruxlarning kundalik hayotida

bevosita paydo boʼladigan siyosiy hayot toʼgʼrisidagi ilk, sodda tassavurlar yigʼindisi. U
mazmuniga koʼra koʼp jixatdan emprik ongga oʼxshashdir. Lekin, kundalik ong empirik ongdan
farq qiladi. U muayyan gʼoyaviy va nazariy elementlarga ega.

Kundalik ongga ravshan koʼzga tashlanadigan sotsial-ruhiy belgilar: ziddiyatlikka,

oʼzgaruvchanlik, tizimga koʼrmaganlik, hissiyot, kayfiyat, ehtiroslar xosdir. Bu unga oʼziga xos
dinamiklik (tez oʼzgaruvchanlik) siyosiy vaziyatning oʼzgarishini aniq his etishni baxshida etadi.

Shunday qilib, siyosiy ong murakkab va koʼp qirrali hodisa. U nafaqat siyosiy voqelikni

aks ettiradi, balki uni ijod qiladi, oʼzgartiradi.

Siyosiy ong shakllanishining asosiy omillari Siyosiy ong insonda muayyaan ijtimoiy-

siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy shart-sharoitlar, tarixiy tajriba, milliy qadiriyatlar, siyosiy
hayotni idrok etishga qaratilgan urf-odat, anʼanalar negizida shakllanadi. Bunday shart-sharoitlar
mavjud boʼlmas ekan, insonda siyosiy ong shakllanmaydi. U siyosatning obʼektligicha qolaveradi.
Siyosiy ongning shakllanishi- murakkab jarayon. Bu avvalo, ijtimoiy-siyosiy shart-sharoit-
demagratik siyosiy tartibotning mavjudligiga bogʼliq. Jamiyatda bunday munosabatlar mavjud
boʼlmasa, mustaxkamlanib borilmasa insonda demagratik, yuksak siyosiy ong shakllanmaydi.
Jamiyatda mavjud boʼlgan avtoritar, maʼmuriy-buyruqbozlik siyosiy tizimi esa inson siyosiy
ongining shakllanishiga imkon bermaydi. Аksincha bu tizim insonni qullikka mahkum etadi, uni
hokimiyatdan begonalashtiradi, biqiqlik, befarqligini tugʼdiradi, boshqaruv apparatlarini xalqdan
uzoqlashtiradi.


background image


272

Siyosiy ongning shakllanishi jamiyatda faqat demogratik siyosiy tizimning mavjudligi

bilan belgilanib qolmaydi. U jamiyat iqtisodiyotining taraqqiy etib borishi darajasiga, xalqning
moddiy farovonligiga koʼp jixatdan bogʼliqdir.

Jamiyat iqtisodiyotning yuqori darajada taraqqiy etishi fuqarolik jamiyatining bilimdon,

malakali, kasbiy tayyorgarlikka ega boʼlgan boshqaruv kadrlari korpusining shakllanishi uchun
zarur baza boʼlib xizmat qiladi. Demokratsiya negizida samarali boshqarish uchun zarur boʼlgan
umumtaʼlim va kasb tayyorgarligining yuqori darajasiga erishish mumkin. Davlat xizmati, siyosiy
faoliyatga tezda boy boʼlib ketish maqsadida shaxsiy manfaatlarini qondirishning vositasi sifatida
qarash boshqarishi tizimi uchun ogʼir oqibatlar keltirib chiqaradi.

Iqtisodiyotning

taraqqiy

etishi,

xalqning

farovonligiga

erishuvi-siyosiy

ong

shakllanishining asosiy shartlaridan biridir. Jamiyat qanchalik iqtisodiy jixatdan taraqqiy etib
borsa, u idora qilishning demokratik shakllariga shunchalik ochiq boʼladi. Xalq qanchalik boy va
badavlat, farovon yashasa, u shunchalik demokratiyani qoʼllab quvvatlaydi va ximoya qiladi.

Shunday qilib, siyosiy ong muayyan ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy omillar,

shart-sharoitlar negizida shakllanadi. Bu omillar inson siyosiy faoliyatining rivojlanishiga, uning
siyosiy subʼekti sifatidagi potentsial fazilatlarining ochilishiga yordam beradi.

Siyosiy madaniyat- jamiyat siyosiy tizimining eng muhim elementlaridan biri sifatida

politologiyada muhim oʼringa ega.

Jamiyatda siyosiy madaniyatning nechogʼlik rivojlanganlik darajasiga qarab uning siyosiy

tizimi qanchalik mukammal tashkil qilinganligiga baxo berishi mumkin. Siyosiy madaniyat
fuqarolarning siyosiy jixatdan layoqatlilik darajasini ifoda etib, jamiyatda siyosiy va davlat
institutlarining shakllanishi, faoliyat koʼrsatishiga, shuningdek, davlat va jamiyat oʼrtasidagi
munosabatlarning tashkil qilinishi jarayoniga hal qiluvchi, taʼsir oʼtkazuvchi omil sifatida
namoyon boʼladi.

Siyosiy madaniyat tushunchasi qachon paydo boʼlgan, uning mohiyati nimalarda oʼzining

aniqroq ifodasini topadi?

Insonlarning bevosita maʼnaviy xayoti, qadriyatlari, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan

bogʼliq xolda namoyon boʼluvchi siyosiy xodisa boʼlgan siyosiy madaniyat siyosatning oʼzi kabi
uzoq tarixga egadir. Siyosiy madaniyat tushunchasi u yoki bu tarzda qadimgi mutafakkirlar
tomonidan xam maʼlum darajada talqin qilingan. Siyosat olamining buyuk donishmandlari
boʼlmish Konfutsiy, Аrastu, Аflotun, Аbu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Makiavelli va
boshqalarni bunga misol qilib keltirish mumkin.

«Siyosiy madaniyat» terminining oʼzi esa ancha keyinroq paydo boʼldi. Uni ilmiy

muomalaga XVIIIasrda nemis faylasufi va maʼrifatparvari I.Gerder olib kirgan degan qarash
mavjud.

Empirik asosga ega boʼlgan siyosiy madaniyat toʼgʼrisidagi ilmiy kontseptsiyalar esa

gʼarbda XX asrning oʼrtalariga kelibgina shakllana boshladi. Bunda yirik xalqaro tadqiqotchilar
boʼlgan G.Аlmond, X.Fayer, S.Verba, А.Lipset, M.Dyuverje, U.Razenbaum, G.Pauell, L.Pay
kabilarning xissalari bor. Masalan, xozirgi zamon politologiyasida «siyosiy madaniyat»
tushunchasini ishlatgan Аmerikalik nazariyotchi X.Fayerning 1956 yilda bosilib chiqqan
«Evropaning buyuk davlatlari boshqaruv tizimi» nomli kitobi siyosiy madaniyatning moxiyatini
anglash yoʼlida qoʼyilgan muxim qadamlardan boʼlgan boʼlsa, undan sal keyinroq G.Аlmond va
S.Verba besh mamlakat АQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Meksika va Italiya siyosiy


background image


273

jarayonlarini tadqiq qilish asosida oʼzlarining «Fuqarolik madaniyati» (1963) nomli maktabni
eʼlon qildi. L.Pay bilan S.Verba oʼnta mamlakat jamiyati siyosiy madaniyatini oʼrganishi asosida
«Siyosiy madaniyat va siyosiy tadqiqot» (1965) nomli asarini chop ettirdilar.

Siyosiy madaniyat tushunchasini talqin qilishda turlicha yondoshuvlar mavjud. Bu tabiiy

hol albatta, lekin ularning barchasini bir-biriga bogʼlab turuvchi umumiy jihat xam mavjud. Bu
siyosiy madaniyatning jamiyat siyosiy-ijtimoiy jamiyatlari, siyosiy institutlari bilan bevosita
uzviyligi, unga boʼlgan munosabat holatidir.

Siyosiy madaniyatning modellari bilan bir qatorda uning turlari ham mavjuddir:
1.Siyosiy madaniyatning "yopiq" turi — oʼzining siyosiy jihatdan biqiqligi bilan

xarakterlanadi. Siyosiy madaniyatning boshqa turlariga nisbatan murosasiz boʼladi, ularni mutlaqo
qabul qila olmaydi. Faqat oʼzining tor milliy qobigʼida qoladi.

2.Siyosiy madaniyatning ochiq" turi — siyosiy madaiiyatning boshqa turlarini ijobiy qabul

qila oladi. Boy anʼanalari boʼlgani holda siyosiy voqeliklardagi oʼzgargan yangi realliklarni qabul
qiladi. Doimiy ravishda oʼz-oʼzini boyitib borish xususiyatiga ega. Shundan kelib chiqqan holda
ijtimoiy va siyosiy jihatdan harakatchanligi bilan ajralib turadi. Siyosiy madaniyatning atriarxal
turi — unchalik rivojlanmagan boy maʼnaviy madaniyati, qadriyatlarga ega boʼlmagan xalqlarga
xos boʼlib, ushbu tur vakillarining siyosiy faollik holati deyarli boʼlmaydi, ular siyosiy qadriyatlar,
siyosiy normalar va inistitutlarga qiziqish bildirmaydilar. Faol siyosiy madaniyat turi — uning
xususiyati shundaki. fuqarolar jamiyat siyosiy hayotiga faol ravishda shaxsiy aralashuvga
intiladilar. Shu orqali jamiyat siyosii tizimida shaxsan maʼlum bir statusga ega boʼlishlikni
moʼljalaydilar. Shuni allohida taʼkidlash lozimki, real hayotda siyosiy madaniyatning sof holdagi
faqat birgina turini nomoyon boʼlishi juda kam uchraydi. Fuqarolik madaniyati effektiv ravishda
siyosiy madaniyatning boshqa turlaridagi ijobiy elementlarni oʼzlashtirib oladi va siyosiy
tartibotning konstrukgiv ravishda faoliyat koʼrsatishiga yordam beradi.

Milliy siyosiy madaniyatni tarbiyalash zaruratmi?
Maʼlumki, bugungi kunda mamlakatimiz huquqiy demokratik davlatni, pirovardida

fuqarolik jamiyatini shakllantirishdek buyuk maqsadlar, bilan yashamoqda. Bu borada
istiqlolimizga erishgandan keyin oʼtgan yillar ichida ulkan ishlar amalga oshirildi. Milliy siyosiy
madaniyat, xalqning siyosiy tafakkur tarzining siyosiy hayotni idrok etishda, uning tarixiy
negizlari, milliy davlatchiligi bilan bogʼliq anʼanalari, xalqning maʼnaviy mulkiga aylangan
siyosiy qadriyatlari uning siyosiy hokimiyatga boʼlgan munosabatida, siyosiy voqealarga baho
berishda, unga ishtirok etishda yoki etmaslik holatlari orqali namoyon boʼladi. Milliy
davlatchilikni shakllantirish, yangi iqtisodiy munosabatlar hamda huquqiy tizimning shakllanishi,
mustaqil taraqqiyotimizning hal qiluvchi asosiga aylandi.

Maʼlumki, mustaqil yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar oxir-oqibatda

inson manfaatlarini mukammal ravishda roʼyobga chiqarish, xalqimizga farovon turmush tarzini
yaratib berishdek ezgu maqsadlarga yoʼnaltirmoqda. Ushbu vazifalarning qisqa muddatlarda
muvaffaqiyatli hal qilinishi bugungi kunda davlatimiz, jamiyatimiz har bir aʼzosining bu boradagi
sobitqadam va ongli faoliyati bilan ham bogʼliq.

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, "Inson huquqlari va erkinliklarini, odamlarimiz ongida

demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish kerak.

Oʼz haq-huquqini taniydigan, oʼz kuchi va qobiliyatiga tayanib yashaydigan, atrofida roʼy

berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabatda boʼladigan, shu bilan birga, oʼz shaxsiy


background image


274

manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uygʼun holda koʼradigan erkin shaxsni
shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratish darkor.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, bizning mamlakatimizda istiqlolimiz sharofati bilan

insonni jamiyat siyosiy va maʼnaviy hayotini bevosita faol ishtirokchisiga aylantirish hamda uning
siyo-siy madaniyat darajasini yuksaltirish uchun barcha zarur siyosiy, huquqiy, maʼnaviy va
mafkuraviy shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Maʼlumki, jamiyat milliy siyosiy madaniyatining shakllanishi koʼp omillarga bogʼliq.

Bunda, yuqorida taʼkidlab oʼtganimizdek, milliy qadriyatlarning oʼrni nihoyatda katga boʼladi.
Shu jihatdan olib qara-ganda, boy maʼnaviy madaniyat, noyob milliy qadriyatlar, bebaho falsafiy
taʼlimotlardan baxra olib, shakllangan oʼzbek xalqida, siyosiy madaniyatning yuksak
choʼqqilariga erishish uchun ulkan salohiyat mavjud. Jamiyatimiz siyosiy madaniyatining
shakllanishida mamlakatimizning milliy istiqlol gʼoyasi bugungi kunda muhim oʼrin egallamoqda.

Maʼlumki, istiqlolimiz sharofati bilan shakllanayotgan mamlakatimizning milliy istiqlol

gʼoyasi har bir insonga erkin fikrlash, oʼz baxt-saodati, farovon kelajagi uchun erkin ijtimoiy
faoliyat qilish imkoniyatlarini ochib bermoqda. Prezidentimizning bevosita saʼy-harakatlari bilan
oʼzining nazariy asosini topgan Oʼzbekiston jamiyatining gʼoyasi xalqimizning manfaatlarini
toʼliq ravishda oʼzida mujassamlashtirgan hayotiy manbadir.

"Milliy siyosiy madaniyat, oʼzligimizni, muqaddas anʼanalarimizni anglash tuygʼularini,

xalqimiz-ning koʼp asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun
qoʼyilgan oliy maq-sad va vazifalarni qamrab oladi.

Jamiyatimizning milliy siyosiy madaniyati oʼzining mana shu xislatlari bilan odamlarimiz

siyosiy madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida asosiy maʼnaviy oziq boʼlib xizmat qiladi.
Chunki siyosiy madaniyat ayni paytda aniq maslak asosida, inson oʼzi tayanib yashaydigan
qadriyatlar asosida shakllanadi.

References

Gulnoz, J., & Bunyod, N. (2023). ABSENTEIZM IJTIMOIY HODISA SIFATIDA. Research and Publication, 1(11), 4-10.

Jiyanmuratova, G. S. (2019). ELECTORAL MOOD OF THE YOUTH ELECTORATE OF UZBEKISTAN. In ОСОБЕННОСТИ ИННОВАЦИОННОГО ЭТАПА РАЗВИТИЯ МИРОВОЙ НАУКИ (pp. 7-9).

Dzhiyаnmurаtоvа, G. (2023). Fасtоrs Determining the Behаviоr of Yоung Vоters. Information Horizons: American Journal of Library and Information Science Innovation (2993-2777), 1(10), 96-100.

Джиянмуратова, Г. Ш. (2023). НОРМАТИВНО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЫ МОЛОДЕЖИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН. In Технологии социальной работы в различных сферах жизнедеятельности (pp. 35-40).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов