Authors

  • Ma’rufjon Shojonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.84298

Keywords:

turizm tarixiy joylar geografik joylashuv iqlim va ob-havo sharoiti UNESCO ziyorat turizmi Yo`l xaritasi maqbaralar masjid madrasalar.

Abstract

Maqolada istiqloldan keyingi tarixiy ziyoratgohlarning restervatsiya qilinishi va uning davlat siyosati darajasiga chiqqanligi, ziyorat turizmini rivojlantirishning muammo va istiqbollari yoritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1950

O`ZBEKISTONDA MUSTAQILLIKDAN KEYIN ZIYORATGOHLARNING QAYTA

REKONSTRUKSIYA QILINISHIGA QARATILGAN DAVLAT SIYOSATI VA

ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI

Shojonov Ma’rufjon To’ymurodovich

Toshkent shahar Sergeli tumani

264-maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15334127

Annotatsiya.

Maqolada istiqloldan keyingi tarixiy ziyoratgohlarning restervatsiya

qilinishi va uning davlat siyosati darajasiga chiqqanligi, ziyorat turizmini rivojlantirishning

muammo va istiqbollari yoritilgan.

Kalit so`zlar:

turizm, tarixiy joylar, geografik joylashuv, iqlim va ob-havo sharoiti,

UNESCO, ziyorat turizmi, Yo`l xaritasi, maqbaralar, masjid, madrasalar.

STATE POLICY FOR THE RECONSTRUCTION OF PILGRIMAGE SITES AND THE

DEVELOPMENT OF PILGRIMAGE TOURISM IN UZBEKISTAN AFTER

INDEPENDENCE

Abstract.

The article discusses the restoration of historical pilgrimage sites after

independence and its rise to the level of state policy, as well as the problems and prospects for

the development of pilgrimage tourism.

Keywords:

tourism, historical sites, geographical location, climate and weather

conditions, UNESCO, pilgrimage tourism, Road map, mausoleums, mosques, madrasas.

ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА ПО ВОССТАНОВЛЕНИЮ МЕСТ

ПАЛОМНИЧЕСТВА И РАЗВИТИЮ ПАЛОМНИЧЕСКОГО ТУРИЗМА В

УЗБЕКИСТАНЕ ПОСЛЕ ОБРЕТЕНИЯ НЕЗАВИСИМОСТИ

Аннотация.

В статье рассматривается восстановление исторических мест

паломничества после обретения независимости и возведение его в ранг государственной

политики, а также проблемы и перспективы развития паломнического туризма.

Ключевые слова:

туризм, исторические места, географическое положение,

климатические и погодные условия, ЮНЕСКО, паломнический туризм, Дорожная карта,

мавзолеи, мечети, медресе.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1951

O‘zbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar, davlat siyosati mazmuni yosh avlodni

ma`naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Amalga

oshirilayotgan o‘zgarishlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma`naviy manfaatlarini

himoya qilishdan iborat. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma`naviyatni yuksaltirish, ayniqsa sharqona

odob-axloq an`analariga e`tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. Yurtimizda buyuk rejalar va

bunyodkorlik ishlari tarixiy an`ana va tajribalarga asoslanib, aql-u idrok bilan amalga

oshirilmoqda.

Buxoroi Sharifda qadimiy obidalar benihoya ko‘p. Ularning har biri qadrli. Har biridan

moziy nafasi kelib turganday bo‘ladi. Har biri ajdodlarimizning qanday insonlar

bo‘lganliginining tilsiz guvohidek tuyuladi.Aslida ham shunday. O‘zbek xalqining tarixi yozma

manbalar bilan bir qatorda osori-atiqalarimizda ham muhrlanib qolgan. Kitoblar o‘qiladigan

dalillar bo‘lsa, yodgorliklar ko‘riladigan dalillardir. Osori-atiqalar tarixini bilish ham

o‘tmishimiz haqidagi taassurotlarimizni boyitadi va aniqlashtiradi. Xalqni tarixiy, moddiy va

madaniy merosni o‘rganish bilan tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Chunki har bir kattakichik

yodgorlik o‘zbek xalqi tarixidagi muhim bir voqea yoki sana bilan bog‘liq, yoki bo‘lmasa davlat

ahamiyatiga molik biror zarurat tufayli bunyod etilgan.

Buxoro olis tarixi davomida bir necha bor qaytadan bunyod etilgan. Lekin shahar o‘z

tarixiy ildizlaridan hech qachon uzilib ketmagan. Uning bag‘rida olis o‘tmishdan to bugungi

kungacha qurilgan ko‘plab me’morchilik yodgorliklari saqlanib qolgan. Tarixiy ma’lumotlarga

ko‘ra, XX asr boshlarida ular soni 550 ga yaqin bo‘lgan. Salkam bir asrga yaqin vaqt ichida

sho‘ro dahriylarining tariximizga nisbatan buzg‘unchilik munosabati o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Bugungi kunga kelib, shaharda 300 ga yaqin yodgorliklar saqlanib qolgan. Mustaqillik

yillarida Buxoroni zamonaviy va milliy shaharsozlik asosida qayta qurish, obodonlashtirish

hamda bunyodkorlik ishlari ana shu yodgorliklarni asl tarixiy holida tiklashdan, ta’mirlashdan

boshlandi. Dastlab Bahovuddin Naqshband, Sayyid Amir Kulol, Chor Bakr kabi tarixiy

majmualar asl tarixiy asosida qayta qad rostladi. Keyin shahar bag‘ridagi Chashmai Ayub,

Dahmai Behishtiyon, Hazrati 7 Abu Xafs Kabir, Shayx Abu Bakr Gulobodiy, Xoja Ismatulloh

Valiy kabi ulug‘ allomalar nomlari bilan bog‘liq ziyoratgohlar, maqbaralar, masjid va madrasalar

asl holida qayta tiklanib, obod qilindi. Buxoroda har qadamda tarix bilan yuzlashasiz. Uning har

bir obidasi, madrasa, masjidi, minorasi, hovuz, xiyoboni, bozor va ko‘chalari o‘tmish guvohlari

sifatida namoyon bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1952

O‘z davrining hayotiy ehtiyojlari tufayli bunyod etilgan bu hayratomuz inshootlar,

imoratlarda keksa tarix bilan birgalikda ajdodlarimizning yuksak aql-zakovati, donishmandligi,

ilmiy salohiyati, dunyoviy madaniyati, g‘aroyib san’ati ham o‘z ifodasini topgan. Darhaqiqat,

mamlakatimiz mustaqillikka erishgach milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, madaniy

meros, ayniqsa tarixiy-me’moriy obidalarni asrash, ularni kelgusi avlodga etkazish borasida

ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Buxoroda 660 ta moddiy-madaniy meros

ob’ektlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, 231 tasi arxeologiya ob’ektlari, 364 tasi arxitektura

yodgorliklari (8 ta maqbara, 47 ta masjid, 14 ta karvonsaroy, 39 ta madrasa), 19 tasi monumental

san’at asarlari, 22 tasi arxitektura ansambllari va 24 tasi diqqatga sazovor joylardir. Shulardan

331 tasi Respublika ahamiyatidagi va 329 tasi mahalliy ahamiyatdagi moddiy-madaniy meros

ob’ektlari hisoblanadi. Buxoro shahrida 300 dan ortiq hovuz bo‘lganligi XIX asr hujjatlarida

qayd qilingan. Chashmadek qayta ko‘z ochgan Buxoro hovuzlari esa asrlar osha shaharga ko‘rk-

u tarovat baxsh etaveradi.

Buxoro tarixiy shahar sifatida turizm sohasida katta salohiyatga ega. Mustaqillikdan

keyin shaharning tarixiy obidalari restavratsiya qilindi, infratuzilma yaxshilandi va xalqaro

turistlarni jalb qilish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Buxoro UNESCOning madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan shahar sifatida yanada e’tibor

qozondi. Turizm sohasi rivojlanishi natijasida hudud iqtisodiy jihatdan taraqqiy etdi va yangi ish

o‘rinlari yaratildi. Mustaqillik yillarida Buxorodagi ijtimoiy holat sezilarli darajada yaxshilandi.

Hozirgi vaqtda har bir davlatning tarixiy joylariga nisbatan ziyorat turizmi juda

rivojlangan. Bu ayniqsa O`zbekistonda ham keng rivojlangan. Bu avvalo Buxoro, Xiva,

Samarqandda juda yuksak darajada rivojlanmoqda.

Tashrif buyuruvchilar uchun shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan turizm salohiyati

yuqori bo`lgan madaniy meros obyektlariga ―Abdullo Norinjiy ziyoratgohi, Shayx Jalil bobo

ziyoratgohi, Bibi seshanba ziyoratgohi, Xoja Maxmud Anjir Fag`naviy ziyoratgohi, Shohi-

Zinda‖ majmuasi,Xoja Doniyor maqbarasi,Amir Temur maqbarasi, Xoja Axror Vali majmuasi,

Hazrat Xizr masjidi,Xazrati Dovud g`ori ziyoratgohi, Maxdumi A‘zam majmualarini misol

qilishimiz mumkin.

Shunga o‘xshash ziyoratgohlar ro`yxati Respublikamizda 50 dan ortiq. Ziyoratgohlarda

amalga oshiriladigan bir qancha chora-tadbirlar mavjud: ziyoratgohlarga olib boruvchi yo`llarni

joriy ta‘mirlash; viloyat markazidan va boshqa yirik aholi punktlaridan ziyoratgohga olib

keluvchi yo`l ko`rsatgich va axborot belgilarini o`rnatish; sayyohlarni ziyoratgohga avtotransport


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1953

vositalarining navbatlar hosil qilmasdan kirib-chiqishi uchun qulay harakatlanish rejasini ishga

tushirish; transport vositalari (avtomobil va avtobus) uchun alohida avtoturargohlar tashkil etish;

ziyoratgohlarda navbatlar va tirbandliklar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda,

obyekt bo`ylab ziyoratchilar oqimini taqsimlash rejalarini ishlab chiqish va yo`lga qo`yish;

ibodat marosimlarini uyushtirish jarayonlarida (namozlar) ziyoratchilarni joylashtirish sxemasini

ishlab chiqib amalga oshirish; oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh

atrofida oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 30 mln so`mgacha kreditlar taqdim

qilinishini yo`lga qo`yish; ziyoratgohda sanitar-gigiyenik talablarga amal qilgan holda hojatxona

va qushxonalarni tartibga keltirish choralarini ko`rish; ziyoratgohlarda qo`shimcha xizmat turlari

(ovqatlanish va esdalik sovg`alarini sotish shoxobchalari, ziyorat amallarini amalga oshirish

uchun lozim bo`lgan buyumlar savdosi)ni tashkil qilish va kengaytirish; ziyoratgohga tashrif

buyurganlar uchun shart-sharoitlar (o`rindiqlar, kutish xonalari va maydonlari, onalik va bolalik

xonasi, nogironligi bo`lgan shaxslar uchun qulay bo`lgan sharoitlar, salqin ichimliklar va boshqa)

yaratish; ziyoratgohdagi ziyorat tartibi va odobi haqida qo`llanmalar ishlab chiqish va

ziyoratgohlarga o`tkazish choralarini ko`rish; ziyoratgohlar haqidagi bosma va elektron targ`ibot

materiallarini ishlab chiqish va keng targ`ib qilishdan iborat.

REFERENCES

1.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini

rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” qarori, Toshkent, 24 fevral,

2021.

2.

Mirziyotov I. Diniy bagrikenglik va marifat. Hidoyat , T. 2001.

3.

Qayumova S, Unutilgan qadriyatlar, Buxoro 1993

4.

Qayumova S, S Buxoriy, Maftunkor qadriyatlar, Buxoro 2007

5.

Rasulov M. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarning

muhofaza qilinishi va tiklanishi

6.

www.lex.uz.(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)

7.

www.ziyonet.uz. (Milliy ta’lim portali)

8.

www.edu.uz.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

rasmiy portali)

9.

www.mustaqillik.uz.( Mustaqil O‘zbekiston Solnomasi portali)

References

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” qarori, Toshkent, 24 fevral, 2021.

Mirziyotov I. Diniy bagrikenglik va marifat. Hidoyat , T. 2001.

Qayumova S, Unutilgan qadriyatlar, Buxoro 1993

Qayumova S, S Buxoriy, Maftunkor qadriyatlar, Buxoro 2007

Rasulov M. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarning muhofaza qilinishi va tiklanishi

www.lex.uz.(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)

www.ziyonet.uz. (Milliy ta’lim portali)

www.edu.uz.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy portali)

www.mustaqillik.uz.( Mustaqil O‘zbekiston Solnomasi portali)