Authors

  • Zahro Mamadaliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86058

Keywords:

So‘roq gap Struktura Sintaksis Semantika Bilvosita so‘roq.

Abstract

So‘roq gaplarning struktural tasnifi tahlil qilinadi. So‘roq gaplarning turli strukturalari va ularning lingvistik tizimdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. So‘roq gaplar, tilshunoslikda nafaqat axborot olish vositasi sifatida, balki muloqotda ijtimoiy va psixologik aspektlarni aks ettiruvchi muhim vosita sifatida o‘rganiladi. So‘roq gaplarning sintaktik tashkiloti, semantik jihatlari va ularning kommunikatsion funktsiyalari batafsil tahlil qilinadi.

background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

133

SO‘ROQ GAPLARNING STRUKTURAL TASNIFI

Zahro Mamadaliyeva

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15346692

Annotatsiya.

So‘roq gaplarning struktural tasnifi tahlil qilinadi. So‘roq gaplarning

turli strukturalari va ularning lingvistik tizimdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. So‘roq gaplar,

tilshunoslikda nafaqat axborot olish vositasi sifatida, balki muloqotda ijtimoiy va psixologik

aspektlarni aks ettiruvchi muhim vosita sifatida o‘rganiladi. So‘roq gaplarning sintaktik

tashkiloti, semantik jihatlari va ularning kommunikatsion funktsiyalari batafsil tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

So‘roq gap, Struktura, Sintaksis, Semantika, Bilvosita so‘roq.

STRUCTURAL CLASSIFICATION OF INTERROGATIVE VERBS

Abstract.

The structural classification of interrogative sentences is analyzed. The

various structures of interrogative sentences and their place in the linguistic system are

considered. Interrogative sentences are studied in linguistics not only as a means of obtaining

information, but also as an important means of reflecting social and psychological aspects in

communication. The syntactic organization, semantic aspects of interrogative sentences and

their communicative functions are analyzed in detail.

Keywords:

Interrogative sentence, Structure, Syntax, Semantics, Indirect question.

Kirish

So‘roq gap so‘zlovchi uchun noma’lum bo‘lgan biror predmet, harakat-holat, belgi

haqidagi so‘roq ifodalanadi. So‘roq gaplar kutiladigan javob xarakteriga ko‘ra bir-biriga

qarama-qarshi bo‘lgan ikki guruhga bo‘linadi: Birinchi guruhga tasdiq yoki inkor talab

qiladigan so‘roq gaplar kiradi. Bunda so‘roq gap so‘roq olmoshlarisiz, intonatsiya yoki so‘roq

yuklamalari orqali hosil qilinadi. Gap tarkibida so‘zlovchi uchun noma’lum bo‘lgan narsa,

voqea-hodisa nomi uchraydi. Bunday so‘roq gaplar ko‘proq -mi yuklamasi yordamida hosil

bo‘ladi. Ular badiiy, publitsistik, ilmiy, so‘zlashuv uslublariga oid adabiyotlarda keng

qo‘llaniladi. -chi so‘roq yuklamasi yordamida tuzilgan so‘roq gaplar esa so‘zlashuv nutqi uchun

xarakterli bo‘lib, ko‘proq to‘liqsiz gaplar tarkibida qo‘llaniladi. -a yuklamasi yordamida

tuzilgan so‘roq gaplar ham so‘zlashuv nutqiga xos bo‘lib, to‘liq gaplar tarkibida ham, to‘liqsiz

gaplar tarkibida ham qo‘llanaveradi. Bu yuklama ba’zan mustaqil holda ham so‘roq gap bo‘lib

kelishi mumkin. Bu so‘zlovchi tinglovchi fikrini eshitmay yoki anglamay qolganda yuz beradi:


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

134

masalan, -A?- dedi eshon ko‘zlari baqrayib. Nahotki yuklamasi taajjub ifodalagan so‘roq gaplar

tarkibida keladi. Bunday gaplar ko‘proq badiiy, publitsistik, so‘zlashuv uslublarida qo‘llanadi.

Intonatsiya yordamida tuzilgan so‘roq gaplar ham so‘zlashuv nutqiga xos bo‘lib, ular

tarkibida shekilli, chog‘i kabi so‘zlar ham keladi. Bunday so‘roq gaplarda taxmin, gumon

ottenkasi bo‘ladi. Bundan tashqari nutqda ba’zan so‘zlovchi so‘roq javobini kutmasdan o‘z

fikrini davom ettiradi. Bu vaqt javob matn va vaziyatdan anglashilib turadi:

Endi buyoqqa qara; huv anavi madrasani ko‘rdingmi? Huv ana. Anashu yerdan

o‘tasan-u, muyulishga chiqasan.

So‘roq gap tarkibida birdan ortiq so‘roq olmoshlari ishtirok etishi ham mumkin. Bunda

so‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan bir qancha narsa haqidagi so‘roq ifodalanadi.

Kim nima

to‘g‘risida gapirmoqchi?

So‘roq gaplar tarkibida qani? Olmoshi yordamida ham hosil qilinadi.

Bunday gaplarda, odatda, plmoshning ma’nosi qayerda so‘rog‘iga ma’nodosh bo‘ladi. Masalan,

Pullar qani?

Ularni qayoqqa gumdom qilding? yoki Ukang qani?

(So‘zlashuvdan) Ba’zan qani

so‘roq olmoshi kirish so‘z vazifasida kelib, ta’kidni kuchaytirish uchun xizmat qiladi: -

Qani,

xo‘sh nimalar bo‘ldi? Kim nima dedi? Qani, ayt-chi?

Ba’zan so‘roq gaplar ketma-ket kelib,

konkret javob talab qilmaydi. Ular faqat asar qahramonlarining ichki dunyosini to‘laroq ochish

uchun, fikrni ta’sirchan ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunday so‘roq gaplar badiiy, so‘zlashuv,

publitsistik uslublarda ko‘p qo‘llanadi. Masalan

: Shohista!.. Bu qiz qayerda turadi? Men

ko‘rsam bo‘ladimi?

kabi. So‘roq gaplar rasmiy yuridik matnlarda deyarli qo‘llanmaydi. Ilmiy

uslubda so‘roqlarning qo‘llanish holati ancha keng va unumlidir. Matniy ko‘rinishlarda esa

ba’zan tadqiqot ob’ektini aniq tasavvur eetish uchun yoki ba’zan o‘quvchining diqqatini biror

masalaga tortish vositasi sifatida so‘roq gaplarga murojaat qilinadi. Masalan:

Buzga (muayyan)

hodisaning qaysi tomonlari noma’lum? Yoki Tenglama deb nimaga aytiladi?

So‘roq gaplar

so‘zlashuv nutqida so‘roq intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda so‘roq maxsus leksik-grammatik

vositalar orqali ifodalansa, kuchli ohang bilan aytiladi. Ohang ko‘tarilib boradi. Gap

urg‘usining qaysi gap bo‘lagiga tushishiga qarab, ohang o‘zgarishi mumkin. Masalan logik

urg‘u so‘roq gap boshidagi bo‘lakka tushsa, ohang pasayib boradi. Gap oxiridagi bo‘lakka

tushsa, ohang ko‘tarilib boradi. Gap o‘rtasidagi bo‘lakka tushsa, ohang ko‘tarilib, so‘ng

pasayadi. So‘roq olmoshlari yordamida tuzilgan so‘roq gaplarda ohang so‘roq olmoshida

ko‘tariladi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

135

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Mansurova, X. (2007). O‘zbek tili sintaksisi. Toshkent: O‘qituvchi.

2.

Rahmatullayev, A. (2003). O‘zbek tilining grammatikasi. Toshkent: O‘zbekiston

3.

Mirzaahmedov, A. (1996). O‘zbek tili: morfologiya va sintaksis. Toshkent: Fan.

4.

Shakirov, T. (2015). O‘zbek tili sintaksisining asosiy tamoyillari. Toshkent: O‘qituvchi.

5.

Xudoyberganova, S. (2012). Tilshunoslikka kirish. Toshkent: O‘zbekiston.

References

Mansurova, X. (2007). O‘zbek tili sintaksisi. Toshkent: O‘qituvchi.

Rahmatullayev, A. (2003). O‘zbek tilining grammatikasi. Toshkent: O‘zbekiston

Mirzaahmedov, A. (1996). O‘zbek tili: morfologiya va sintaksis. Toshkent: Fan.

Shakirov, T. (2015). O‘zbek tili sintaksisining asosiy tamoyillari. Toshkent: O‘qituvchi.

Xudoyberganova, S. (2012). Tilshunoslikka kirish. Toshkent: O‘zbekiston.

Most read articles by the same author(s)

Zahro Mamadaliyeva, SO’ROQ GAPLAR ENTNOLINGVISTIK BIRLIK ELEMENTI SIFATIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Zahro Mamadaliyeva, Feruzbek Alijonov, THE ROLE OF METHODS IN TECHING FOREIGN LANGUAGE , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Zahro Mamadaliyeva, Khusnida Makhsudova, THE ROLE OF AI IN ENHANCING LANGUAGE TRANSLATION , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Zahro Mamadaliyeva, Gulirano Parpiyeva, THE ROLE OF TECHNOLOGY IN ENHANCING STUDENT LEARNING: A STUDY OF ITS IMPACT ON ENGAGEMENT, MOTIVATION, AND ACADEMIC ACHIEVEMENT” , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Zahro Mamadaliyeva, Muhayyo Nishonova, INCREASING THE EFFICIENCY OF ENGLISH LEARNING WITH THE HELP OF GAME METHODS , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 3 (2025): Modern science and research

Zahro Mamadaliyeva, INTERROGATIVE FORMATION BY PROFESSION, GENDER, AND AGE , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Zahro Mamadaliyeva, Muqaddam To'rayeva, THE ROLE OF TECHNOLOGY IN LANGUAGE LEARNING , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Zahro Mamadaliyeva, Sarvinoz Qoxxorova, THE IMPACT OF TECHNOLOGY IN EDUCATION , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Zahro Mamadaliyeva, Shahnozaxon Orifjonova, PEDAGOGICAL COMPETENCE AND ITS COMPONENTS: THE FOUNDATION OF EFFECTIVE TEACHING , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 12 (2025): "Modern science and research" international scientific journal

Zahro Mamadaliyeva, Dilnoza Raxmatova, THE ROLE OF SOCIAL INTERACTION IN LEARNING ENGLISH , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

1 2 3 4 5 > >>