Authors

  • G.R Bazarova
  • D.E. Choʻliyeva
  • S.E Tillayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87093

Keywords:

Yuqumli kasalliklar infeksiya oldini olish profilaktika immunitet vaksinatsiya antiseptika karantin epidemiyalar sanitariya-gigiyena immun tizimi viruslar bakteriyalar kasallik tarqalishini toʻxtatish.

Abstract

Yuqumli kasalliklar infeksiyalarning tarqalishi va oldini olish muhim sogʻliq masalalari hisoblanadi. Ushbu maqolada kasalliklarning qanday tarqalayotgani, ularning manbalari va yoyilish yoʻllari koʻrib chiqiladi. Immunitetning roli, odam organizmining himoyasini kuchaytirish uchun zarur bo'lgan usullar, jumladan, vaksinatsiya, sanitariya-gigiyena va sogʻlom turmush tarzi haqida ma'lumotlar beriladi. Maqola, shuningdek, infeksiyaning tarqalishini toʻxtatish va epidemiyalarning oldini olish usullariga e'tibor qaratadi. Oʻquvchilarni yuqumli kasalliklar va immunitetni mustahkamlash bo'yicha foydali tavsiyalar bilan tanishtiradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

681

YUQUMLI KASALLIKLAR, INFEKSIYANING TARQALISHI VA

OLDINI OLISH. IMMUNITET

Bazarova G .R

Choʻliyeva D.E.

Tillayeva S.E

ALFRAGANUS UNIVERSITY nodavlat oliy ta’lim tashkiloti, Tashkent,Uzbekistan.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15390657

Annotatsiya. Yuqumli kasalliklar infeksiyalarning tarqalishi va oldini olish muhim

sogʻliq masalalari hisoblanadi. Ushbu maqolada kasalliklarning qanday tarqalayotgani,
ularning manbalari va yoyilish yoʻllari koʻrib chiqiladi. Immunitetning roli, odam
organizmining himoyasini kuchaytirish uchun zarur bo'lgan usullar, jumladan, vaksinatsiya,
sanitariya-gigiyena va sogʻlom turmush tarzi haqida ma'lumotlar beriladi. Maqola, shuningdek,
infeksiyaning tarqalishini toʻxtatish va epidemiyalarning oldini olish usullariga e'tibor qaratadi.

Oʻquvchilarni yuqumli kasalliklar va immunitetni mustahkamlash bo'yicha foydali

tavsiyalar bilan tanishtiradi.

Kalit so’zlar: Yuqumli kasalliklar, infeksiya,, oldini olish, profilaktika, immunitet,

vaksinatsiya, antiseptika, karantin, epidemiyalar, sanitariya-gigiyena, immun tizimi, viruslar,
bakteriyalar, kasallik tarqalishini toʻxtatish.

Abstract. Infectious diseases are an important health issue. This article examines how

diseases spread, their sources, and the routes of transmission. It provides information on the role
of immunity and the methods needed to strengthen the human div's defenses, including
vaccination, sanitation, and a healthy lifestyle. The article also focuses on methods for stopping
the spread of infection and preventing epidemics. It introduces readers to useful
recommendations for infectious diseases and strengthening immunity.

Keywords: Infectious diseases, infection, prevention, prophylaxis, immunity, vaccination,

antiseptics, quarantine, epidemics, sanitation, immune system, viruses, bacteria, stopping the
spread of the disease.

Аннотация. Распространение и профилактика инфекционных заболеваний

являются важными вопросами здравоохранения. В этой статье рассматриваются
способы распространения болезней, их источники и пути передачи. Дается информация о
роли иммунитета и методах, необходимых для укрепления защитных сил организма
человека, включая вакцинацию, санитарию и гигиену, а также здоровый образ жизни. В
статье также рассматриваются способы остановки распространения инфекции и
предотвращения эпидемий. Знакомит студентов с полезными советами по
инфекционным заболеваниям и укреплению иммунитета.

Ключевые слова: Инфекционные заболевания, инфекция, профилактика,

иммунитет, вакцинация, антисептики, карантин, эпидемии, санитария и гигиена,
иммунная система, вирусы, бактерии, остановка распространения болезней.

Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha.
Odam organizmiga ko`zga ko`rinmaydigan mikroorganizmlaming kirishi (yuqishi)

natijasida yuzaga keladigan xastaliklar

yuqumli kasallik

deyiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

682

Yuqumli kasalliklarning turi juda ko`p bo`lib, ularning har birini maxsus mikroblar

(bakteriyalar), viruslar, rikketsiyalar, spiroxetalar, zamburug`lar va boshqa mikroorganizmlar
qo`zg`atadi.

Yuqumli kasallikni qo`zg`atuvchi (yuzaga keltiruvchi) mikroorganizmlarning hammasini

birlashtirgan holda

infeksiya

deyiladi. Shu bois, yuqumli kasallikning ikkinchi nomi

infeksiyon

kasallikdir.

Infeksiyon kasalliklarni qo`zg`atuvchi (yuzaga keltiruvchi) mikrob (bakteriya) larning

1000 dan ortiq, viruslarning 200 dan ortiq turlari borligi aniqlangan.

lnfeksiyaning tarqalish yo`llari.

Yuqumli kasalliklarni qo`zg`atadigan infeksiyon agentlar

(mikrob, virus zamburug`, rekketsiya, spiroxeta, plazmodiy va boshqalar) quyidagi yo`llar orqali
odamga yuqadi:

-

zararlangan havo (nafas a`zolari) orqali: gripp, sil, bo`g`ma, qizamiq, nizomiq va

boshqa kasalliklar;

-

zararlangan suv, oziq-ovqat, idish-tovoq, yuvilmagan qo`l bilan ta`omlarni iste`mol

qilish orqali: qorin t i f i , salmonellyoz, ichburug` (dizenteriya), yuqumli gepatitni "A" turi, gijja
tuxumlari yuqadi;

-

odam tanasi jarohatlanganda, ya`ni teri kesilganda, qirilganda, kuyganida havo, suv,

tuproqdagi, zararlangan buyumlardagi mikrob va viruslar terining jarohati orqali odam tanasiga
kirish tufayli qoqshol, saramas, kuydirgi kasalliklari yuqadi;

-

j i n s i y yo`l orqali OIV, zaxm, so`zak kasalliklari yuqadi;

-

kasallik yashirin kechayotgan bemor odamdan olingan qon yoki uning zardobi

davolash maqsadida boshqa odamga quyilganda (OIV, gepatit B,C turlari) yuqadi;

- bir bemorga ishlatilib chala sterillangan yoki umuman sterillanmagan shprits, igna va

boshqa tibbiy asboblar, sartaroshlik asboblarini boshqa odamga ishlatish tufayli OIV, gepatit
B,C va boshqa kasalliklar yuqadi;

- kasallangan hayvon va parranda mahsulotlarini yaxshi pishirmasdan iste`mol qilganda

(go`sht, tuxum, sut kabilar) brutsellyoz, exinakokk, kuydirgi va boshqa kasalliklar yuqadi;

-kasallangan hashoratlar (bit, burga, kana, chivin kabilar) chaqqanda tepkili terlama,

bezgak, gemorragik isitmalar va boshqa kasalliklar yuqadi;

- kasallangan mushuk, it, qoramol kabilarni ehtiyotsizlik bilan parvarish qilganda

(zamburug`lar qo`zg`atadigan trixofitiya, mikrosporiya, parsha va boshqa kasalliklar) yuqadi;

- quturgan it, mushuk, qoramol, sichqon, kalamush va boshqa kemiruvchilar

tishlaganda, tindalaganda quturish kasalligi yuqadi.

Infeksiya tarqalishining oldini olishda laboratoriya analizlarining ahamiyati.
Ayrim odamlarga qandaydir yuqumli kasallikning mikrobi, virusi va boshqa infeksion

agentlar yuqqanida u kasallanmasligi mumkin, yoki o

`

zi sezmagan holda kasallikning yengil

shaklini o`tkazadi. Kasallik belgilari yuzaga kelmagani uchun, u odam davolanmaydi. Ammo,
tomog`ida, ichaklarida, o

`

t haltasida, o`pkasida, qonida mikrob yoki virusni tashib yuradi va o`zi

sezmagan holda, uzoq muddat davomida boshqa odamlarga infeksiyani yuqtiradi. Bunday holat
ko`pincha gepatitning B, C turlarida, ich terlama, ichburug`, sil, gijja, OIV va boshqa yuqumli
kasalliklarda uchraydi.

Mikrob tashib yuruvchi bunday sog` odamlar

bakteriya (virus) tashuvchi

deyiladi. Ular

yuqumli kasalliklarning tarqalishida, ya`ni epidemiologik jarayonda katta rol o`ynaydi. Shu
sababli, hamma odamlar ishga qabul qilinishida, o`qishga kiruvchi abituriyentlar, o`quvchilar,
bog`chaga qabul qilinuvchi bolalar tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi. Tibbiy ko`rikda mikrob (virus)
tashib yuruvchi odam aniqlansa, u davolangandan keyingina ishga, o`qishga, bolalar bog`chasiga
qabul qilishga ruxsat etiladi.

Endemiya. Epidemiya. Pandemiya.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

683

Endemiya.

Qandaydir yuqumli kasallikning ma`lum bir chegaralangan hududda, ya`ni

ko`cha, mahalla, qishloq, tuman, shahar aholisi orasida bir necha yillar davomida vaqti-vaqti
bilan har yili, yoki har 2-3-5 yilda takrorlanib, tarqalib turishi. Masalan, qorin tifi, brutsellyoz,
bezgak, gepatit va boshqa kasalliklar.

Epidemiya.

Qandaydir yuqumli kasallikning viloyat, respublika miqyosida bir paytning

o`zida tarqalishi. Masalan, gripp, OIV va boshqa kasalliklar.

Pandemiya.

Qandaydir yuqumli kasallikning bir necha mamlakatlarda bir paytning o`zida

keng miqyosda tarqalishi. Masalan, gripp, OIV, vabo va boshqa kasalliklar.

Immunitet

.

Odam

organizmining yuqumli kasallikka berilmaslik xususiyati, ya`ni

organizm o`z-o`zini yuqumli kasallikdan himoyalash xususiyatidir.

Immunitet xususiyati hamma odamlarda b i r x i l bo`lmaydi. Birovda 1-2 ta, birovda 3-4

va undan ko`proq yuqumli kasallikka qarshi immunitet bo`lishi mumkin. Tez-tez
kasallanadigan, uzoq muddat davom etgan kasallik tufayli zaiflashgan, uzoq muddat og`ir
mehnat tufayli o`ta charchagan, ovqatning sifati yaxshi bo`lmagan odamda immunitet umuman
bo`lmasligi, yoki avval bo`lgan immunitet organizm zaiflashganligi tufayli yo`qolishi mumkin.
Bunday odamlar turli xil yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan bo`ladilar.

Immunitet turlari.
Immunitet 2 turga bo`linadi:

1.Tug`ma immunitet

-

onadan bolaga beriladi. Lekin bu immunitet bolaning birinchi

yoshidayoq, hatto birinchi oylardayoq o`z kuchini yo`qotadi.

2.Odam hayoti davomida orttirilgan immunitet.

Bu immunitet o`z navbatida ikki turga

bo`linadi:

a)

orttirilgan tabiiy faol immunitet.

Odam biron bir yuqumli kasallik bilan

xastalanib tuzalgandan keyin, uning tanasida ana shu yuqumli kasallikni qo`zg`atadigan mikrob
(virus) ga qarshi hosil bo`ladi. Buning natijasida bu odam butun umri davomida ana shu
yuqumli kasallik bilan hech qachon takror kasallanmaydi. Masalan: qizamiq, nizomiq, qora
chechak, tepki, bo`g`ma, ko`kyo`tal kabi yuqumli kasalliklar bilan odam faqat bir marta
kasallanishi mumkin. Lekin, ta`kidlash lozimki, hamma yuqumli kasalliklarning mikrob (virus)
lariga qarshi immunitet hosil bo`lavermaydi. Masalan, gripp, ichburug`, sarg`ayma va boshqa
kasalliklar bilan kasallanib, tuzalgan odamda bu kasallik mikrobi, virusiga qarshi immunitet
hosil bo`lmaydi. Shu bois, odam bu kasalliklar bilan takror kasallanishi mumkin.

b) orttirilgan sun`iy faol immunitet.

Sog`lom odamni (asosan bolalarni) qandaydir yuqumli

kasallikni qo`zg`atuvchi mikrob (virus) ga qarshi maxsus tayyorlangan vaksinalar bilan emlash
natijasida, sun`iy usul bilan immunitet hosil qilinadi.

O`zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda chaqaloq tug`ilganining birinchi kunidan

boshlab, to 16 yoshgacha bo`lgan sog` o`smirlar 9 xil yuqumli kasalliklarga qarshi jadval
bo`yicha maxsus tayyorlangan vaksinalar bilan emlanadi.

Bu kasalliklar quyidagilar: l.Virusli gepatitning B turiga qarshi; 2.Silga qarshi;

3.Poliomiyelitga qarshi; 4.Difteriya; 5.Qoqshol; 6.Ko`kyo`talga qarshi; 7.Qizamiqqa qarshi;
8.Nizomiqqa qarshi; 9.Epidemik parotit (tepki) ga qarshi.

Passiv immunitet.

Odam og`ir kechadigan yuqumli kasallik bilan kasallanganda, uni

davolash maqsadida maxsus zardob yoki gammaglobulin yuborish natijasida hosil qilinadi.

Zardob va gammaglobulin tarkibida yuqumli kasallikning mikrobi (virusi)ga qarshi

tayyor antitelo, antitoksinlar bo`ladi.

Gammaglobulin davolash maqsadida qo`llanishidan tashqari, aholi orasida biror yuqumli

kasallik tarqalganida, uning oldini olish uchun profilaktika maqsadida, asosan, yosh bolalarga
qo`llanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

684

Zardob, gammaglobulin yuborish yo`li bilan hosil qilingan passiv immunitet odam

organizmida qisqa muddat saqlanadi (ko`pi bilan 1-2 oy).

Dezinfeksiya. Dezinseksiya. Deratizatsiya.

Dezinfeksiya

- mikroblar va viruslar bilan zararlangan buyumlarni, idishlarni, kiyim-

kechaklarni zararsizlantirish.

Dezinfeksiya 3 usulda o`tkaziladi:

l.Mexanik usul

- zararlangan buyumlarni, idish-tovoqlar, kiyim, ko`rpa-to`shaklarni

yuvish, supirish, qoqish, artish yo`llari bilan zararsizlantirish.

2.Fizik usul

- zararlangan buyumlarni nurlar ta`sirida, qaynatish, bug`lash yo`llari bilan

zararsizlantirish.

3.Kimvoviy usul

- zararlangan buyumlarni dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar

ta`sirida zararsizlantirish.

Quyidagi kimyoviy moddalar dezinfeksiyalash uchun qo`llanadi: xloramin va xlorli

ohakning 0,1, 0,2, 0,5, 1,0, 2,0 10%, 20% lik eritmalari. Shuningdek, lizol, sulema va boshqa
dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar.

Bu eritmalar yordamida binoning eshik-derazalari, pol artiladi, yuviladi, chiqindilarga

kimyoviy moddaning eritmasi yoki poroshogi sepiladi, jarrohlik asboblari, shprits-ignalar,
sartaroshlik asboblari eritmalarga botirib qo`yiladi.

Dezinfeksiya o`tkazish vaqtiga ko`ra 3 turga bo`linadi:

l.Profilaktik dezinfeksiya

- bunda har bir odam foydalanishi mumkin bo`lgan buyumlar,

idish-tovoqlar foydalanishdan oldin muntazam ravishda zararsizlantiriladi.

2.Joriy dezinfeksiya

-bemor yashab turgan xona har kuni muntazam ravishda,

zararsizlantirib turiladi.

3.Yakunlovchi dezinfeksiya

- bemor uyidan shifoxonaga yuborilganda, u yashab turgan

uydagi xona dezinfeksiya qilinadi, yoki bemor shifoxonada yotgan xonadan boshqa xona yoki
boshqa bo`limga ko`chirilsa, yoki uyiga javob berilsa, u yotgan xona dezinfeksiya qilinadi.

Dezinseksiya

- hashoratlarga qarshi kurashishdir.

Dezinseksiya 3 usulda o`tkaziladi: mexanik, fizik, kimyoviy.
Amaliyotda asosan kimyoviy dezinseksiya ko`proq ishlatiladi. Buning uchun

hashoratlarga qarshi xlorofos, dixlofos, muksin va boshqa kimyoviy moddalar qo`llanadi.

Deratizatsiya

-

kemiruvchilar (sichqon, kalamish, yumronqoziq kabilar) ga qarshi

kurashish tadbiridir.

Deratizatsiya 3 usulda o`tkaziladi:

1.Mexanik usul

- kemiruvchilarga tuzoq, qopqon, to`r qo`yiladi.

2.Kimyoviy usul

- rux, fosfid, zookumarin, margumush kabi zaharli moddalar

kemiruvchilarning iniga (uyasiga) qo`yiladi.

3.Biologik usul

- kemiruvchilarga turli xil yuqumli kasallik mikroblari yuqtiriladi. Bu

mikroblar ularning ovqat moddalariga aralashtirib, inlariga qo`yiladi. Natijada kemiruvchilar
kasallanadi va nobud bo`ladi, ya`ni ular butunlay qirib tashlanadi.

Gigiyena, sanitariya, epidemiologiya.

Gigiyena -

tibbiy

fan bo`lib, yunoncha "gigiya"-"sog

`

liq haqya etaman" degan ma`noni

anglatadi. Gigiyena fani har bir odam, jamoa, aholi sog`lig`ini muhofaza qilish, turli xil
(yuqumsiz va yuqumli) kasalliklarning oldini olish, sog`lom turmush tarzini shakllantirishga
qaratilgan gigiyenik qoida, talab va me`yorlarni ishlab chiqadi, ularni hayotga tadbiq etishga
tavsiya qiladi.

Sanitariya -

tibbiy

fan bo`lib, gigiyena fani ishlab chiqqan gigiyenik qoida, talab va

me`yorlarni amaliy hayotga tadbiq etilishini, ya`ni bajarilishini nazorat qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

685

Shuning uchun turli xil (yuqumsiz va yuqumli) kasalliklarning oldini olishda gigiyena

fani ishlab chiqqan qoida, talab va me`yorlarning bajarilishini nazorat qilishga qaratilgan
tadbirlar - bu ikkala fanlarning birgalikdagi

sanitariya-gigiyena tadbirlari

deyiladi.

Epidemiologiya -

tibbi

y

fan bo`lib, yuqumli kasalliklarni yuzaga kelish sabablarini,

ayrim hududlarning aholisi o

`

rtasida yuqumli kasalliklarni tarqalishini o`rganadi. Shuningdek,

yuqumli kasalliklarning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu tadbirlarning
bajaralishini sanitariya fani bilan birgalikda nazorat qiladi. Bunga

sanitariya-epidemiologiya

nazorati

deyiladi.

Sanitariya-epidemiologiya markazi.

Tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida sanitariya-epidemiologiya markazi faoliyat

ko`rsatadi. Ularda gigiyena, sanitariya, epidemiologiya va boshqa bo`limlar hamda
bakteriologiya-virusologiya laboratoriyalari mavjud. Mazkur bo`limlarning har biri o`zining
bo`limi faoliyatidan kelib chiqqan holda tadbirlar rejasi, uslubiy ko`rsatmalar ishlab chiqib,
shifoxona, poliklinika, maktab, bog`cha, o`quv yurtlarida faoliyat ko`rsatadigan tibbiyot
xodimlari (vrach, hamshira, bosh vrach)ga tarqatadi va bajarilishini nazorat qiladi.

REFERENCES

1.

Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. F.G`. Nazirov. Toshkent-2003.

2.

Odam anatomiyasi. E.Qodirov. Toshkent-2003.

3.

Anatomiya. A.S.Gusev. Moskva-1970.

4.

Hamshiralik ishi asoslari. Q.Inomov. Toshkent-2007.

5.

Xirurgiya. A.J.Hamrayev. Toshkent-2002.

6.

Xirurgiya va reanimatsiya asoslari. A.J. Hamrayev. Toshkent-2002.

7.

Bolalar kasalliklari. A.N.Buraya. Toshkent-1988.

8.

Sog`lom va kasal bola parvarishi. A.N.Buraya. Toshkent-1988.

9.

Klinikagacha bo`lgan xirurgiya. R.M.Axmedov. Toshkent-2001.

10.

Инфекционные болезни. К.В. Бунин. Москва-1980.

11.

Первая медицинская помощь в чрезвычайных ситуациях. Э.Икрамов 44 Тошкент –

2003.

12.

Курс гражданской защиты. В.Ф.Зубков Тошкент-2004

References

Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. F.G`. Nazirov. Toshkent-2003.

Odam anatomiyasi. E.Qodirov. Toshkent-2003.

Anatomiya. A.S.Gusev. Moskva-1970.

Hamshiralik ishi asoslari. Q.Inomov. Toshkent-2007.

Xirurgiya. A.J.Hamrayev. Toshkent-2002.

Xirurgiya va reanimatsiya asoslari. A.J. Hamrayev. Toshkent-2002.

Bolalar kasalliklari. A.N.Buraya. Toshkent-1988.

Sog`lom va kasal bola parvarishi. A.N.Buraya. Toshkent-1988.

Klinikagacha bo`lgan xirurgiya. R.M.Axmedov. Toshkent-2001.

Инфекционные болезни. К.В. Бунин. Москва-1980.

Первая медицинская помощь в чрезвычайных ситуациях. Э.Икрамов 44 Тошкент – 2003.

Курс гражданской защиты. В.Ф.Зубков Тошкент-2004