Authors

  • G.R Bazarova
  • D.I Muhammadaliyeva
  • D.E Cho’liyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136789

Keywords:

Antibiotiklar rezistentlik MRSA MDR-TB VRE oqilona foydalanish infektsiyalar.

Abstract

Ushbu maqolada antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida bakteriyalarda rivojlanadigan rezistentlik muammosi yoritilgan. Maqolada antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanishning asosiy sabablaridan tortib, rezistent bakteriyalarning shakllanish mexanizmlari, misollari va ularning inson salomatligiga ta’siri batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, antibiotik rezistentligini kamaytirish va oldini olishning samarali choralariga — oqilona dori qo‘llash, vaksinatsiya, gigiena va yangi davolash usullarini ishlab chiqish kabilariga e’tibor qaratilgan. Maqola talabalarga, tibbiyot xodimlariga va keng jamoatchilikka antibiotiklar va ularning oqilona ishlatilishi muhimligini tushuntirishga xizmat qiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

470

ANTIBIOTIKLARDAN NOTO‘G‘RI FOYDALANISH OQIBATIDA REZISTENT

BAKTERIYALARNING PAYDO BO‘LISHI

Bazarova G.R

DSc. Tibbiyiot kafedrasi dotsenti.

Muhammadaliyeva D.I

Cho’liyeva D.E

ALFRAGANUS UNIVERSITY

Tashkent, Uzbekistan.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17197343

Annotatsiya. Ushbu maqolada antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida

bakteriyalarda rivojlanadigan rezistentlik muammosi yoritilgan. Maqolada antibiotiklardan
noto‘g‘ri foydalanishning asosiy sabablaridan tortib, rezistent bakteriyalarning shakllanish
mexanizmlari, misollari va ularning inson salomatligiga ta’siri batafsil tahlil qilingan.

Shuningdek, antibiotik rezistentligini kamaytirish va oldini olishning samarali

choralariga — oqilona dori qo‘llash, vaksinatsiya, gigiena va yangi davolash usullarini ishlab
chiqish kabilariga e’tibor qaratilgan. Maqola talabalarga, tibbiyot xodimlariga va keng
jamoatchilikka antibiotiklar va ularning oqilona ishlatilishi muhimligini tushuntirishga xizmat
qiladi.

Kalit so‘zlar: Antibiotiklar, rezistentlik, MRSA, MDR-TB, VRE, oqilona foydalanish,

infektsiyalar

Abstract. This article discusses the problem of antibiotic resistance caused by improper

use of antibiotics. It analyzes in detail the main reasons for misuse, mechanisms of resistant
bacteria formation, examples of resistant strains, and their impact on human health. The study
also emphasizes effective measures to reduce and prevent antibiotic resistance, including
rational drug use, vaccination, hygiene, and development of new therapeutic approaches. This
article serves to educate students, healthcare professionals, and the general public about the
importance of responsible antibiotic usage.

Keywords: Antibiotics, resistance, MRSA, MDR-TB, VRE, rational use, infections

Аннотация.

В

данной

статье

рассматривается

проблема

антибиотикорезистентности, возникающая в результате неправильного использования
антибиотиков. В статье подробно анализируются основные причины неправильного
применения, механизмы формирования резистентных бактерий, примеры устойчивых
штаммов и их влияние на здоровье человека. Также подчеркиваются эффективные меры
по снижению и предотвращению антибиотикорезистентности, включая рациональное
использование лекарств, вакцинацию, соблюдение гигиены и разработку новых методов
лечения. Статья предназначена для студентов, медицинских работников и широкой
общественности с целью повышения осведомленности о важности правильного
применения антибиотиков.

Ключевые слова: Антибиотики, резистентность, MRSA, MDR-TB, VRE,

рациональное использование, инфекции


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

471

Kirish:

Antibiotiklarning tibbiyotdagi o‘rni:

Antibiotiklar – mikroorganizmlar faoliyatini

to‘xtatadigan yoki ularni nobud qiladigan moddalar bo‘lib, zamonaviy tibbiyotda eng muhim
dori vositalaridan biridir. Ular bakterial infeksiyalarni davolash, jarrohlik amaliyotlaridan
keyingi asoratlarni oldini olish, immuniteti pasaygan bemorlarni himoya qilishda keng
qo‘llaniladi. XX asrning o‘rtalaridan boshlab antibiotiklarning kashf etilishi insoniyat hayotida
katta burilish yasadi va ko‘plab xavfli kasalliklarni nazorat qilish imkonini berdi.

Ularning hayotni saqlab qolishdagi ahamiyati

: Antibiotiklar tufayli ilgari o‘limga olib

keladigan kasalliklar — zotiljam, sil, sepsis, meningit va boshqa ko‘plab infeksion kasalliklar
davolanishi mumkin bo‘ldi. Shuningdek, transplantatsiya, murakkab jarrohlik operatsiyalari va
kimyoterapiya kabi davolash usullarining xavfsiz amalga oshirilishida ham antibiotiklar beqiyos
ahamiyat kasb etadi. Agar antibiotiklar bo‘lmaganida, oddiy jarohatlar yoki infeksiyalar ham
hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin edi. Shu bois antibiotiklar “insoniyatni qutqaruvchi dorilar”
sifatida baholanadi.

Antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish sabablari:

Antibiotiklardan noto‘g‘ri

foydalanish nafaqat alohida bemor, balki butun jamiyat uchun xavf tug‘diradi. So‘nggi yillarda
kuzatilayotgan antibiotik rezistentligi ko‘pincha ularni tartibsiz va nazoratsiz qo‘llash bilan
bog‘liq. Quyida ushbu jarayonning asosiy sabablari keltiriladi:

O‘z-o‘zini davolash:

Ko‘pchilik bemorlar shamollash, gripp kabi virusli kasalliklarda

ham antibiotiklarni mustaqil ravishda qabul qiladilar. Aslida esa antibiotiklar viruslarga qarshi
samarali emas, faqat bakterial infeksiyalarda qo‘llaniladi. O‘z-o‘zini davolash oqibatida foydali
mikroflora buziladi va bakteriyalar rezistentlik xususiyatini hosil qiladi.

Shifokor ko‘rsatmasisiz qo‘llash:

Dorixonadan antibiotiklarni retseptsiz sotib olish va

ularni mutaxassis tavsiyasisiz iste’mol qilish keng tarqalgan holatdir. Bu esa kasallikning
noto‘g‘ri davolanishiga, dorining kerakli ta’sirini bermasligiga va natijada bakteriyalarning
chidamliligini oshishiga olib keladi.

Davolash kursini oxirigacha tugatmaslik:

Bemor o‘zini yaxshi his qilgach, dori

qabulini to‘xtatib qo‘yadi. Bu vaqtda infeksiyani keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning bir qismi
saqlanib qoladi. Omon qolgan bakteriyalar antibiotik ta’siriga moslashib, keyinchalik qaytadan
kuchliroq infeksiyani yuzaga keltiradi. Bu nafaqat davolashni qiyinlashtiradi, balki rezistent
shtammlarning tarqalishiga ham sharoit yaratadi.

Antibiotiklarni noto‘g‘ri dozada qabul qilish:

Dori vositasining me’yoridan past

dozasini qabul qilish bakteriyalarning to‘liq yo‘q qilinishiga to‘sqinlik qiladi va ularda
chidamlilik xususiyati rivojlanadi. Aksincha, haddan tashqari yuqori dozada antibiotik qabul
qilish organizm a’zolariga, xususan, jigar va buyraklarga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
antibiotik dozasini faqat shifokor tomonidan belgilangandek qabul qilish lozim.

Antibiotik rezistentligi tushunchasi:

Antibiotik rezistentligi

— bu bakteriyalarning antibiotiklar ta’siriga moslashib, ularga

qarshi chidamli bo‘lib qolishi jarayonidir. Oddiy qilib aytganda, ilgari ma’lum bir antibiotik
yordamida osongina davolash mumkin bo‘lgan kasalliklar vaqt o‘tishi bilan shu dori vositasiga
ta’sirchanligini yo‘qotadi. Natijada bemor kasallikdan qutulishi qiyinlashadi, davolash muddati


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

472

uzayadi va og‘ir asoratlar yuzaga keladi. Antibiotik rezistentligi bugungi kunda global sog‘liqni
saqlash tizimi oldidagi eng yirik muammolardan biri hisoblanadi.

Rezistent bakteriyalarning shakllanish mexanizmlari:

Bakteriyalar antibiotiklarga

chidamli bo‘lib qolishining bir necha mexanizmlari mavjud:

Antibiotikni parchalaydigan fermentlar ishlab chiqarish.

Masalan, β-laktamaza

fermenti penisillin va unga o‘xshash antibiotiklarni faolsizlantiradi.

Antibiotikni hujayra ichiga kiritmaslik.

Ba’zi bakteriyalar hujayra devorida

o‘zgarishlar hosil qilib, dori kirib kelishini cheklaydi.

Antibiotikni hujayradan chiqarib yuborish (efflyuks nasoslari).

Bakteriyalar

antibiotikni hujayra ichidan tashqariga chiqarib yuboradigan maxsus oqsillar hosil qiladi.

Ma’qsadli joyni o‘zgartirish.

Antibiotik hujum qiladigan oqsil yoki ribosoma tuzilishi

o‘zgaradi, natijada dori ta’sir qilmay qoladi.

Genetik mutatsiya va genlarning ko‘chishi (plazmidlar orqali)

Bakteriyalarda rezistentlik ikki asosiy yo‘l bilan shakllanadi:

1.

Genetik mutatsiyalar.

Tabiiy ravishda yuz beradigan kichik gen o‘zgarishlari

bakteriyaga antibiotikka moslashish imkonini beradi. Bunday bakteriyalar tez ko‘payib, yangi
avlodga chidamlilik xususiyatini o‘tkazadi.

2.

Gorizontal gen almashinuvi (plazmidlar orqali).

Bir bakteriyadagi rezistentlik geni

boshqa bakteriyaga plazmidlar yoki transpozonlar yordamida ko‘chishi mumkin. Bu jarayon
tufayli antibiotikka chidamli xususiyat bir necha turdagi bakteriyalar orasida tez tarqaladi. Shu
sababli rezistentlik nafaqat klinik muhitda, balki atrof-muhitda ham keng tarqalmoqda.

Rezistent bakteriyalar misollari;

MRSA (Methicillin-resistant Staphylococcus aureus)

MRSA — metitsillinga chidamli

Staphylococcus aureus

shtammi bo‘lib, ayniqsa

shifoxonalarda keng tarqaladi. U teri, nafas yo‘llari va qon infeksiyalarini keltirib chiqarishi
mumkin. MRSA infeksiyalarini davolash qiyin, chunki u ko‘plab penitsillin va unga o‘xshash
antibiotiklarga chidamli. Shu sababli MRSA bilan kasallangan bemorlar maxsus davolash
rejimiga muhtoj bo‘ladi.

MDR-TB (ko‘p antibiotiklarga chidamli sil)

MDR-TB — sil bakteriyasining bir necha asosiy antibiotiklarga chidamli shakli. Bu

kasallik odatdagi davolash usullariga javob bermaydi va davolash muddati sezilarli darajada
uzayadi. MDR-TB nafaqat bemor sog‘lig‘i, balki jamiyat uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi,
chunki u yuqish darajasi yuqori bo‘lgan infeksiyalardan biridir.

VRE (Vancomycin-resistant Enterococcus)

VRE — vankomitsinga chidamli

Enterococcus

shtammlari bo‘lib, ko‘pincha ichak va shifoxona infeksiyalarini keltirib chiqaradi.

U odatiy antibiotiklar bilan davolanmaydi, shuning uchun infektsiyani nazorat qilish va

davolash murakkablashadi. VRE ayniqsa immuniteti zaif bemorlar uchun xavfli hisoblanadi.

Antibiotik rezistentligining oqibatlari:

Antibiotik rezistentligi bugungi kunda global

sog‘liqni saqlash tizimining eng jiddiy muammolaridan biri hisoblanadi. U turli darajada inson
salomatligiga va tibbiyot tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Davolashning qiyinlashishi

: Rezistent bakteriyalar tufayli oddiy infeksiyalarni davolash

murakkablashadi. Standart antibiotiklar samarali bo‘lmaydi, shifokorlar ko‘pincha kuchliroq,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

473

noan’anaviy yoki kombinatsiyalangan davolash usullarini qo‘llashga majbur bo‘ladi. Bu esa
davolash muddatini uzaytiradi va bemor uchun qo‘shimcha og‘irliklar keltiradi.

Yuqori o‘lim darajasi

: Antibiotiklarga chidamli infeksiyalar o‘lim darajasini oshiradi.

Masalan, MRSA, MDR-TB va VRE kabi shtammlar bilan kasallangan bemorlarning

sog‘liq holati tez yomonlashishi mumkin. Infektsiyalarni o‘z vaqtida samarali davolay olmaslik
natijasida o‘lim xavfi oshadi, ayniqsa immuniteti zaif yoki surunkali kasallikka chalingan
bemorlar orasida.

Iqtisodiy zararlar

; Rezistent infeksiyalarni davolash ko‘pincha qimmat dorilar va

murakkab tibbiy muolajalarni talab qiladi. Shuningdek, bemorlarning uzoq muddat davolanishi,
shifoxona resurslarining ortiqcha ishlatilishi va ish qobiliyatini yo‘qotishi jamiyatga katta
iqtisodiy zarar yetkazadi. Global miqyosda esa antibiotik rezistentligi har yili milliardlab dollar
zarar keltirishi tahmin qilinadi.

Oldini olish choralari:

Antibiotik rezistentligini kamaytirish va uning tarqalishini oldini

olish uchun bir nechta samarali choralar mavjud. Bu choralar nafaqat tibbiyot xodimlari, balki
bemorlar va jamiyatning barcha a’zolari tomonidan rioya qilinishi lozim.

Antibiotiklardan oqilona foydalanish (antibiotic stewardship)

Antibiotiklarni faqat shifokor tavsiyasi va belgilangan doza, muddat bo‘yicha qabul qilish

zarur. “Antibiotic stewardship” dasturlari orqali tibbiyot muassasalarida dori vositalarini oqilona
ishlatish nazorat qilinadi, rezistent shtammlarning paydo bo‘lishi oldi olinadi va davolash
samaradorligi oshadi.

Vaksinatsiya

: Infeksion kasalliklarni oldini olishning eng samarali usullaridan biri

vaksinatsiya hisoblanadi. Masalan, gripp, pnevmoniya va boshqa kasalliklarga qarshi emlashlar
bakterial infeksiyalarning tarqalishini kamaytiradi va antibiotiklarga bo‘lgan talabni pasaytiradi.

Gigiena va sanitariya qoidalariga rioya qilish

: Shaxsiy gigiena va atrof-muhit

sanitariyasi bakterial infeksiyalarni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Qo‘l yuvish, toza suv va
oziq-ovqatdan foydalanish, shifoxonalarda sterilizatsiya qoidalariga amal qilish antibiotiklar
talabini kamaytiradi va rezistent shtammlarning tarqalish xavfini pasaytiradi.

Yangi antibiotik va alternativ terapiyalarni ishlab chiqish

: Rezistent bakteriyalarga

qarshi kurashda yangi antibiotiklar va alternativ davolash usullarini ishlab chiqish muhim
ahamiyatga ega. Bunga bakteriyofaglar, probiotiklar va innovatsion dorilar kiradi. Shu orqali
infeksiyalarni samarali davolash va antibiotik rezistentligini kamaytirish imkoniyati oshadi.

Xulosa:

Antibiotiklar zamonaviy tibbiyotning eng muhim dorilaridan biri bo‘lib,

bakterial infeksiyalarni davolash va hayotni saqlab qolishda beqiyos ahamiyatga ega. Biroq,
ularni noto‘g‘ri va nazoratsiz ishlatish oqibatida bakteriyalarda rezistentlik rivojlanadi. O‘z-
o‘zini davolash, shifokor ko‘rsatmasisiz qo‘llash, davolash kursini oxirigacha tugatmaslik va
noto‘g‘ri dozada qabul qilish kabi amaliyotlar antibiotik rezistentligini kuchaytiradi. Rezistent
bakteriyalar, jumladan MRSA, MDR-TB va VRE, davolashni murakkablashtiradi, bemorlar
o‘lim xavfini oshiradi va iqtisodiy zarar keltiradi. Shu sababli antibiotiklardan oqilona
foydalanish, vaksinalardan foydalanish, gigiena va sanitariya qoidalariga rioya qilish,
shuningdek yangi antibiotik va alternativ terapiyalarni ishlab chiqish eng samarali oldini olish
choralari hisoblanadi. Bularning barchasi orqali antibiotik rezistentligi global miqyosda
kamaytirilishi va sog‘liqni saqlash tizimi barqarorligini ta’minlash mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

474

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ventola, C. L. (2015).

The Antibiotic Resistance Crisis: Part 1: Causes and Threats

.

P&T, 40(4), 277–283.

2.

World Health Organization (WHO). (2020).

Antimicrobial resistance

.

3.

Laxminarayan, R., et al. (2013).

Antibiotic resistance—the need for global solutions

. The

Lancet Infectious Diseases, 13(12), 1057–1098.

4.

Davies, J., & Davies, D. (2010).

Origins and evolution of antibiotic resistance

.

Microbiology and Molecular Biology Reviews, 74(3), 417–433.

5.

Centers for Disease Control and Prevention (CDC). (2019).

Antibiotic Resistance Threats

in the United States

.

6.

Holmes, A. H., et al. (2016).

Understanding the mechanisms and drivers of antimicrobial

resistance

. The Lancet, 387(10014), 176–187.

7.

Ventola, C. L. (2015).

The antibiotic resistance crisis: part 2: management strategies

and new agents

. P&T, 40(5), 344–352.

References

Ventola, C. L. (2015). The Antibiotic Resistance Crisis: Part 1: Causes and Threats. P&T, 40(4), 277–283.

World Health Organization (WHO). (2020). Antimicrobial resistance.

Laxminarayan, R., et al. (2013). Antibiotic resistance—the need for global solutions. The Lancet Infectious Diseases, 13(12), 1057–1098.

Davies, J., & Davies, D. (2010). Origins and evolution of antibiotic resistance. Microbiology and Molecular Biology Reviews, 74(3), 417–433.

Centers for Disease Control and Prevention (CDC). (2019). Antibiotic Resistance Threats in the United States.

Holmes, A. H., et al. (2016). Understanding the mechanisms and drivers of antimicrobial resistance. The Lancet, 387(10014), 176–187.

Ventola, C. L. (2015). The antibiotic resistance crisis: part 2: management strategies and new agents. P&T, 40(5), 344–352.

Most read articles by the same author(s)

G.R Bazarova , D.E. Choʻliyeva, S.E Tillayeva, YUQUMLI KASALLIKLAR, INFEKSIYANING TARQALISHI VA OLDINI OLISH. IMMUNITET , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva , H.X To’lqinov , D.E Cho’liyeva, TIMUS BEZINING GISTOLOGIYASI VA IMMUNITETDAGI AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

D.A Sattorova, D.I Muhammadaliyeva, S.E Tillayeva, INTIM GIGIYENA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

B.B Qo’ylanov, S.E Tillayeva, D.I Muhammadaliyeva, STRESS BILAN BOG‘LIQ YURAK KASALLIKLARI: PSIXOSOMATIK YONDASHUV , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 8 (2025): Modern Science and Research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva, H.X To’lqinov , D.E Cho’liyeva, MIYA QOBIQ QATLAMLARI VA NEYRONLARNING MORFOLOGIYASI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

B.B Qo’ylanov, S.E Tillayeva , D.I Muhammadaliyeva , ALTSGEYMER KASALLIGI VA ERTA DIAGNOSTIKA USULLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

B.B Qo’ylanov, S.E Tillayeva, D.I Muhammadaliyeva, TELEMEDITSINA VA RAQAMLI SOG‘LIQNI SAQLASH: IMKONIYATLAR VA CHEKLOVLAR , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

G.R Bazarova , D.I Muhammadaliyeva, D.E Cho’liyeva, INSON ICHAK MIKROBIOTASI VA UNING SOG‘LIQDAGI AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research