Authors

  • Marjona Abdukarimova
  • Tojibek Mustafayev
  • Maxsudjon Tilyabov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87182

Keywords:

STEAM yondashuvi tabiiy fanlar integratsiyasi innovatsion metodika fanlararo bog‘liqlik amaliy ko‘nikmalar.

Abstract

Maqolada STEAM yondashuvi asosida tabiiy fanlar o‘rtasida integratsiyani ta’minlashning innovatsion metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqot davomida fanlararo bog‘liqlikni mustahkamlash, o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirish hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda STEAM modeli imkoniyatlari o‘rganildi. Tajriba-sinov ishlari orqali ushbu yondashuvning samaradorligi baholandi va grafik hamda chizmalar asosida natijalar tahlil qilindi.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

45

STEAM YONDASHUVI ASOSIDA TABIIY FANLAR INTEGRATSIYASINI

TA’MINLASHNING INNOVATSION METODIK ASOSLARI

Abdukarimova Marjona Alisher qizi, Mustafayev Tojibek Odil o‘g‘li, Tilyabov Maxsudjon

Umurzokovich

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

abdukarimovamarjona1@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada STEAM yondashuvi asosida tabiiy fanlar o‘rtasida integratsiyani

ta’minlashning innovatsion metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqot davomida fanlararo bog‘liqlikni
mustahkamlash, o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirish hamda amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirishda STEAM modeli imkoniyatlari o‘rganildi. Tajriba-sinov ishlari orqali ushbu
yondashuvning samaradorligi baholandi va grafik hamda chizmalar asosida natijalar tahlil qilindi.

Kalit so‘zlar:

STEAM yondashuvi, tabiiy fanlar integratsiyasi, innovatsion metodika,

fanlararo bog‘liqlik, amaliy ko‘nikmalar.


Kirish:

Zamonaviy ta’lim tizimi fanni o‘qitishda integratsiyalashgan yondashuvlarga muhtoj.

STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) konsepsiyasi aynan shunday
yondashuvni taklif etadi. Bu model orqali o‘quvchilarda analitik fikrlash, muammo yechish va ilmiy
amaliyotga asoslangan ko‘nikmalar shakllanadi. Mazkur maqola tabiiy fanlarni bir-biriga
bog‘lashda STEAM yondashuvining o‘rnini ochib beradi.[1, 47 b.]

Adabiyotlar tahlili:

Ilmiy adabiyotlar tahliliga ko‘ra, so‘nggi yillarda STEAM modeli

xalqaro ta’lim tizimida keng qo‘llanilmoqda.[2, 76 b.] Xususan, L.S. Vygotskiy, J. Dewey, H.
Gardner, va M. Resnicklarning ishlanmalarida interaktiv, loyihaviy va muammoli yondashuvlar
asosida o‘qitish g‘oyalari ilgari surilgan.[3, 120 b.] O‘zbekiston sharoitida ham YUNESKO hamda
Ta’lim Vazirligi tomonidan STEAM asosidagi eksperimentlar olib borilmoqda.[4, 60 b.]

Metodologiya:

Tadqiqot quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:

O‘quv dasturlarining tahlili (kimyo, fizika, biologiya fanlari bo‘yicha);

O‘quvchilar bilan integratsiyalashgan mashg‘ulotlar tashkil etish;[5, 260 b]

Diagnostik testlar yordamida dastlabki va yakuniy bilim darajasini baholash;

O‘qituvchilar va o‘quvchilar fikrini so‘rovnomalar orqali o‘rganish; [6, 713-715 b.]

Olingan natijalarni statistik va grafik tahlil qilish.

Natijalar:


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

46

Grafikdan ko‘rinib turibdiki, darsgacha o‘quvchilarning o‘rtacha balli

58

bo‘lgan bo‘lsa,

STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan darslardan so‘ng bu ko‘rsatkich

84

ga oshgan. Bu esa

STEAM metodikasining samaradorligini ochiq ko‘rsatib beradi va darslar natijasida bilim
darajasining 44,8% ga oshganini anglatadi.

O‘quvchilarning baholari 5 ballik tizimda baholangan. Ulardan eng yuqori baholar

"Zamonaviylik" (4.9) va "Qiziqarlilik" (4.8) mezonlariga berilgan. Bu esa STEAM asosidagi darslar
o‘quvchilar uchun motivatsiyalovchi, qiziqarli va yangi texnologiyalar bilan boyitilgan ekanligini
ko‘rsatadi.

O‘qituvchilar fikriga ko‘ra, eng muhim afzalliklar — fanlararo bog‘liqlik (90%), darsga

qiziqish (88%), mustaqil fikrlash (85%)

va amaliyotga yo‘naltirilganlik (82%)

sifatida baholangan.

Bu, STEAM metodikasi faqat o‘quvchilar emas, balki o‘qituvchilar tomonidan ham yuqori
baholanayotganini anglatadi.

Muhokama:

O‘tkazilgan eksperimentlar STEAM yondashuvi asosida tabiiy fanlarning

integratsiyasi ta’lim samaradorligini oshirishini ko‘rsatdi. Fanlararo bog‘liqlikni ta’minlagan holda
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va amaliy faoliyatga tayyorgarlik darajasi oshgan. STEAM
modeli shuningdek, o‘qituvchilarning metodik yondashuvlarini yangilashga turtki bo‘ldi.[7, 240-
242 b.]

Xulosa:

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, STEAM yondashuvi asosida tabiiy fanlar integratsiyasini

ta’minlash o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi. O‘quvchilarda analitik fikrlash, kreativ
yondashuv va amaliy ko‘nikmalar rivojlanadi. Mazkur metodik yondashuv umumiy ta’lim
maktablarida keng joriy etilishi tavsiya etiladi.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

47

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xayrullo o'g P. U. B., Rajabboyovna K. X. Incorporating Real-World Applications into

Chemistry Curriculum: Enhancing Relevance and Student Engagement //Fan va ta'lim integratsiyasi
(integration of science and education). – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 44-49.

2.

Xayrullo o'g P. U. B., Umurzokovich T. M. Inquiry-Based Learning in Chemistry

Education: Exploring its Effectiveness and Implementation Strategies //Fan va ta'lim integratsiyasi
(integration of science and education). – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 74-79.

3.

Narzullayev M. et al. The method of organizing chemistry lessons using the case study

method //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 119-123.

4.

Xayrullo o'g P. U. et al. The importance of improving chemistry education based on the

STEAM approach //fan va ta'lim integratsiyasi (integration of science and education). – 2024. – Т.
1. – №. 3. – С. 56-62.

5.

Choriqulova D. et al. The role of the method of teaching chemistry to students using the"

assessment" method //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 11. – С. 256-264.

6.

Amangeldievna J. A. et al. The role of modern information technologies in chemical

education //International journal of scientific researchers (ijsr) indexing. – 2024. – Т. 5. – №. 1. – С.
711-716.

7.

Abdukarimova M. A. Q. et al. Tabiiy fanlar o ‘qitishda steam yondashuvi //Science and

Education. – 2024. – Т. 5. – №. 11. – С. 237-244.