Authors

  • Zokir Nazarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87421

Keywords:

yasol chapovul chagʻdovul shakovul kitpovul yonkovul shigʻovul yasovu birqol navkar oʻlja dubulgʻa sadoq jiba- jeba mergan kamon qalqon tup tufang xanjar chakra tugʻbardor chavondozlar yigitlar beklar navkarlar askarlar tufangdozlar piyodalar.

Abstract

Mazkur maqolada hozirgi zamon o‘zbek tilshunosligidagi kam o‘rganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida qoʻllanilgan harbiy leksikaning qo‘llanilishi, uning ma’nosi, tarkibi kelib chiqishi kabi jihatlarini yoritishni maqsad qildik.

background image

467

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

PIRIMQUL QODIROVNING “YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA QO‘LLANILGAN

HARBIY LEKSIKA

Nazarov Zokir Muxammat o‘g‘li

Termiz davlat universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi.

Telefon: +998-93-761-65-66.

Email:

znazarov@tersu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.15398937

Annotatsiya. Mazkur maqolada hozirgi zamon o‘zbek tilshunosligidagi kam o‘rganilgan

muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida qoʻllanilgan harbiy
leksikaning qo‘llanilishi, uning ma’nosi, tarkibi kelib chiqishi kabi jihatlarini yoritishni maqsad
qildik.

Kalit so‘zlar: yasol, chapovul, chagʻdovul, shakovul, kitpovul, yonkovul, shigʻovul,

yasovu, birqol, navkar, oʻlja, dubulgʻa, sadoq, jiba- jeba, mergan, kamon, qalqon, tup, tufang,
xanjar, chakra, tugʻbardor, chavondozlar, yigitlar, beklar, navkarlar, askarlar, tufangdozlar,
piyodalar.


“Yulduzli tunlar” romani hozirgi zamon kitobxoniga moʻljallab yozilgani tufayli, uning

tili, tabiiy, hozirgi oʻzbek adabiy tilining normalarini oʻzida toʻliq aks ettirgan. Shuning bilan
birga, bu asar tarixiy mavzuda yozilganligi sababli unda tasvirlanayotgan davr adabiy tilining
uziga xos eng xarakterli turli belgilari uz inʼikosini topmasligi mumkin emas edi. Buni biz asar
tilining leksikasida, ayniqsa, yaqqol koʻramiz. Asar tili leksikasining eng xarakterli
qatlamlaridan biri harbiy atamalardir.

Maʼlumki, romanda Bobur faoliyatining eng salmoqli qismi – uning toʻxtovsiz harbiy

yurishlari goh g‘animni yengib, gʻalaba nashidasini surishi, goh yengilib magʻlubiyat alamini
chekishi bilan bogʻliq boʻlgan psixologik koʻplab voqea-hodi- salar aks ettirilgan.

Avvalo shuni aytish kerakki, romanda qoʻllanilgan harbiy atamalar, turli soʻz va iboralar

harbiy harakatlar bilan bogʻlik boʻlgan predmet va tushunchalarni ifodalovchi leksik
elementlardir. Bunday elementlar XIV-XVI asrlar eski oʻzbek adabiy tilida, jumladan,
“Boburnoma” tilida xam mavjud edi. Lekin «Boburnoma»da Bobur tomonidan ishlatilgan harbiy
atamalarning barchasi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida toʻligʻicha aks etgan
deb boʻlmaydi. Romanda biz ularning ayrimlarinigina uchratamiz.

Roman tilida ishlatilgan harbiy soʻz va atamalar harbiy faoliyatning turli sohalariga

daxldor boʻlib, ularning bir qismi kelib chiqishi jihatidan mugʻulcha yoki turk va mugʻul tillari
uchun mushtarak boʻlgan soʻzlar ekanligi bilan xarak- terlanadi. Qolaversa, XIV-XVI asrlarda
eski oʻzbek tilida isteʼmolda boʻlgan, Alisher Navoiy va Bobur asarlarida aks etgan harbiy
atamalarning koʻpchiligi Amir Temur faoliyati bilan bogʻliq Amir Temur oʻz qoʻshinida
yangicha qonun-qoida- larni, tartib-intizomni joriy etish bilan birga, qoʻshinga Chingizxon
armiyasida mavjud boʻlgan va oʻsha davr uchun namuna hisoblangan askariy tizimni olib kirdi.
Shuning natijasida koʻpgina harbiy tushunchalar mugʻulcha terminlar bilan atala boshladi. Bobur
xam oʻz “Boburnoma”sida ana shunday asli mugʻulcha harbiy terminlardan, anʼanaga koʻra,
foydalandi. U bu sohada yangilik ham qildi. Avvalo, Bobur lashkarga tartib berish, qismlarni
joylashtirish, urushga tayyorlash, hujum qilish usullari, ularni nihoyasiga yetkazish kabi ishlarni
bajarishda harbiy yurishlarda doimo oʻzi bilan birga boʻlgan Shayx Zaynning “Fathnoma” nomli
asaridan oʻqib oʻrgangan.


background image

468

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

U yozadi: “...chun bu “Fathnoma”dan islom cherikining kayfiyati va kuffor xaylining

kamiyyati, sufuf va yasolning turushlari va ahli islom va ahli kufrning urushlari mushaxxas va
maʼlum boʻlub, ul jihattin beziyoda nuqson ushul (BN, 366).

Ikkinchidan, Bobur harbiy qismlarning joylashish tartibi, tuzilishi bilan bogʻliq boʻlgan

tushunchalarni terminlar bilan atashda ilgaridan, Temur davridan davom etib kelgan anʼanaga
yangiliklar kiritdi. Bunday yangilik nimalardan , iborat ekanligi toʻgʻrisida Boburning oʻzi
shunday maʼlumot bergan: “Agarchi brongor va oʻng koʻl va oʻng yon bir maʼnosi bor, vale
alfoz tagʻyiri bila tashxis muxtalif maʼniyga men itlok qildim. Nechukkim, maymana va
maysarakim, brongor va jvongʻor derlar, yasolda qalbningkim, gul devlar, dohili emas. Munda
bu nav yasolni ushul sarofate bila brongʻor va jvongʻor deyildi. Yana zulkim, boshka yasoldur,
shuning yamin va yasorini imtiyoz uchun oʻng qoʻl, soʻl koʻl bitildi. Yana guldakim, xossa
tobindur, shuning yamin va yasorini oʻng yon va soʻl yon aytildi. Yana xossa tabindakim, boʻy
tengidur, turki lafzida mutarradni xam boʻy derlar, shunda ul boʻy murod emasdur, yaqin
murodtur, shuning yamin va yasorni ung va sud ataldi” (BN, 272 — 273).

Boburning bu maʼlumotidan shu narsa ayonki, Bobur qoʻshin tuzilmasi tarkibiga kiruvchi

qism (boʻlak)larni alohida-alohida terminlar bilan atagan. Jumladan, qoʻshin tarkibiga kiruvchi
qismlarning saf-saf qilib joylashtirish, tuzilish tartibi

yasol

deyilsa, shu yasolda uch xil

gul

(qalb,

markaz, yadro) buladi. Birinchi gulning oʻng va soʻl tarafida joylashgan qismlar brangor

(buron-

gʻor)

va

jvangʻor (juvongʻor)

deyiladi. Ikkinchi bir gulning oʻng va soʻl tarafida joylashgan

qismlar oʻng qoʻl va

soʻl qoʻl

deyiladi. Yana bir gulrezervning oʻng va soʻl tomoni

oʻng yon

va

soʻl yon

deyiladi. Yana bir gulniki

oʻng

va

soʻl

deb ataladi.

Harbiy tushunchalarni ifodalovchi turkcha-mugulcha terminlar orasida -vul va -l

qoʻshimchalari bilan yasalgan atamalar alohida bir guruhni tashkil qiladi. Turk va mugʻul tillari
uchun mushtarak boʻlgan -vul qoʻshimchali soʻzlar eski oʻzbek tilida asosan XI-XII asrlarda
paydo boʻldi. Nemis olimi Gerxard Dyorfer shu qoʻshimcha bilan yasalgan soʻzlar eski oʻzbek
tilida 100 tadan ortik ekanligini taʼkidlaydi. Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lugʻatayn»da -vul
qoʻshimchali soʻzlardan bir nechasini misol qilib keltirib, ular asosan saroy mansablarini va
harbiy tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar ekanligini koʻrsatgan. Jumladan:

Hirovul // irovul — ilgor otryad, qoʻshinning oldida boruvchi qism, avangard.

Chagʻdovul I changdovul I chindovul —

qoʻshinning oxirida boruvchi qism, aryergard.

“Boburnoma”da yana

“aryergard boshligi”

degan maʼnoda xam ishlatilgan.

Chapovul —

qoʻshinning ung qanoti (burong‘or).

Shakovul —

qoʻshinning soʻl qanoti (juvongʻor).

Kitpovul / kiptovul —

kalʼa boshligʻi, komendant, qurgʻon soqchisi.

Yonkovul —

qoʻshin qanotini himoya qiluvchi otryad.

Daqovul —

pistirma, pistirmada turuvchi.

Shigʻovul —

podsho saroyidagi qabul marosimlarini boshqaruvchi katta amaldor,

qabulga elchilarni olib kiruvchi.

Yasovul —

saroyga kirgan-chiqqanlarni nazorat qiluvchi, boshqaruvchi.

Shular qatoriga «Boburnoma»da uchraydigan

qorovul, jangdovul, tutkovul, bakovul

kabi soʻzlarni xam qoʻshish

mumkin.

«Yulduzli tunlar» romanida esa -vul qoʻshimchali yuqorida koʻrsatilgan soʻzlardan faqat

bakovul

(28, podshoh oshxonasining masʼul xodimi),

chigʻovul

(65),

yasovul

(106),

jangdovul

(211), shigʻovul (255), qorovul (283) soʻzlari ishlatilgan. Ayrim oʻrinlarda shu soʻzlarning
ekvivalentlaridan foydalanilgan.


background image

469

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Masalan,

oʻng qanot

(240),

chap qanot

(240),

markaz

(240),

ilgʻor

(242),

yurtchi

(261),

tilchi

(419),

ung

(454),

soʻl

(454).

Turk va mugʻul tillari uchun umumiy boʻlgan harbiy atamalar orasida -l qoʻshimchasi

bilan yasalgan soʻzlar xam borki, bularning baʼzilari «Boburnoma»da boʻlganidek, romanda uz
sinonimi bilan almashinib ishlatilgan. Masalan,

yasol

va

saf:

Ibrohimning harbiy fillar

himoyasiga tayanib urishadigan qoʻshinida piyodalar koʻpligi va

saflar

tigʻiz boʻlishi maʼlum

edi(453). Hech kim buyruqsiz qoʻzgʻalmasin,

yasol

buzilmasin!- deb hammani qattiq tutib

turardi ( 453).

Ammo oʻsha davr tilida faol isteʼmolda boʻlgan shu tipdagi, yaʼni

-l

bilan yasalgan

birqol

(pistirma),

tusqol

(soqchi, qorovul),

suyurgʻol

(inʼom, sovgʻa),

tunqol

(qoʻshinning

belgilangan joyga tuplanishi haqidagi xabar),

kunbul, kumbul

Qoʻshin qanotlarini dushman

hujumidan himoya qiluvchi harbiy qism, otryad), budol (qoʻshin dam oladigan joy) kabi soʻzlar
roman tilida uchramaydi. Ular oʻrnida shu tushunchani ifodalay oladigan va hammaga tushunarli
oʻzbekcha soʻzlardan foydalanilgan.

Romanda ishlatilgan

navkar, oʻlja, dubulgʻa, sadoq, jiba- jeba, mergan

kabi

mugʻulcha harbiy atamalarni hisobga olganimizda xam, muallif oʻsha davr adabiy tilida
isteʼmolda boʻlgan mugʻulcha-turkcha harbiy atamalardan ayrimlarinigina asar lugʻat tarkibiga
kiritib, voqea-hodisalar, ayniqsa, urush

harakatlari bayonida va personajlar nutqida oʻrinli bera olgan.
Aslida XIV-XVI asrlar eski oʻzbek tili leksikasiga xos boʻlgan va Pirimqul Qodirovning

“Yulduzli tunlar” romani tilida ham aks ettirilgan harbiy tushunchalarni ifodalovchi soʻz va
iboralardan yana qoʻyidagilarni koʻrsatish mumkin:

Qurol-yarog‘ nomlari:

oʻq

(yoy uki, nayza),

oybolta, tig‘, kamon, qalqon, tup, tufang,

xanjar, chakra

(hindlarning oltita keskir titi bor quroli),

chuqmor

(gurzi),

tura

(qalqonning bir

turi) va boshqalar.

Muhofaza kiyim-kechak nomlari:

dubulgʻa, jiba, zirhli kiyim

va boshqalar.

Harbiy faoliyatning yana boshqa sohalariga tegishli tushuncha va predmetlarni

ifodalovchi soʻzlar:

xufiya

(josus, razvedkachi),

chopar, masof

(ochik joyda yuzma-yuz

olishish),

tabl, naqora, karnay, gʻanim, yov, yogʻiy

(dushman),

tug‘

(bayroq),

toʻlgʻama

(kurshov), tugʻbardor, chavondozlar, yigitlar, beklar, navkarlar, askarlar, tufangdozlar,
piyodalar,

devor, xandak, arava (keyingi uch soʻz muhofaza inshootlarining nomi),

borut, xossa

tobin

(rezerv),

quvginchi, uron

(parol),

chopqinchi, nasas

(dushman kelsa, urush xotirxoz

qiluvchi) va boshkalar.

REFERENCES

1. Maxmaraimova Sh.T. Hozirgi oʻzbek tili. (leksikologiya). Oʻquv qoʻllanma / – T:.

“Firdavs-shoh nashriyoti”, 2021. –380 b.

2. P. Qodirov Yuluzli tunlar / romon / “Adabiy barhayot asarlar” turkumi ‒ T.: “Navruz”,

2019. ‒ 576-b.

3. Xolmanova Z. “Boburnoma” leksikasi, Toshkent – 2007-yil.
4. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”, Toshkent – 1989-yil.

References

Maxmaraimova Sh.T. Hozirgi oʻzbek tili. (leksikologiya). Oʻquv qoʻllanma / – T:. “Firdavs-shoh nashriyoti”, 2021. –380 b.

P. Qodirov Yuluzli tunlar / romon / “Adabiy barhayot asarlar” turkumi ‒ T.: “Navruz”, 2019. ‒ 576-b.

Xolmanova Z. “Boburnoma” leksikasi, Toshkent – 2007-yil.

Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”, Toshkent – 1989-yil.