PIRIMQUL QODIROVNING “AVLODLAR DAVONI” ROMANIDA ARAB TILIDAN OʻZLASHGAN QATLAM SOʻZLARNING QOʻLLANILISHI

Аннотация

Mazkur maqolada hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligidagi kam oʻrganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirov “Avlodlar davoni” romanida oʻzlashgan qatlam soʻzlarning qoʻllanilishi, uning maʼnosi, tarkibi kabi jihatlarini yoritishni maqsad qildik.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Nazarov, Z. (2024). PIRIMQUL QODIROVNING “AVLODLAR DAVONI” ROMANIDA ARAB TILIDAN OʻZLASHGAN QATLAM SOʻZLARNING QOʻLLANILISHI. Современная наука и исследования, 3(6). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34973
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligidagi kam oʻrganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirov “Avlodlar davoni” romanida oʻzlashgan qatlam soʻzlarning qoʻllanilishi, uning maʼnosi, tarkibi kabi jihatlarini yoritishni maqsad qildik.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

848

PIRIMQUL QODIROVNING “AVLODLAR DAVONI” ROMANIDA ARAB TILIDAN

OʻZLASHGAN QATLAM SOʻZLARNING QOʻLLANILISHI

Nazarov Zokir Muxammat oʻgʻli

Termiz davlat universiteti

Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi.

Telefon: +998937616566. Email:

znazarov@tersu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.12510632

Annotatsiya.

Mazkur maqolada hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligidagi kam oʻrganilgan

muammolardan biri – Pirimqul Qodirov “Avlodlar davoni” romanida oʻzlashgan qatlam
soʻzlarning qoʻllanilishi, uning maʼnosi, tarkibi kabi jihatlarini yoritishni maqsad qildik.

Kalit soʻzlar:

Leksika, oʻzbek tili, arab tili, rasmiy idoraviy uslub tili, arab yozma adabiy

tili, maʼjun, tarh.

THE USE OF WORDS BORROWED FROM THE ARABIC LANGUAGE IN

PIRIMKUL KADYROV'S NOVEL "AVLODLAR DAVANI"

Abstract.

In this article, we aim to shed light on one of the understudied problems in

modern Uzbek linguistics - the use of words, their meaning, composition, etc.

Key words:

Lexicon, Uzbek language, Arabic language, formal departmental style

language, Arabic written literary language, Ma'jun, translation.

УПОТРЕБЛЕНИЕ СЛОВ, ЗАИМСТВОВАННЫХ ИЗ АРАБСКОГО ЯЗЫКА, В

РОМАНЕ ПИРИМКУЛА КАДЫРОВА «АВЛОДЛАР ДАВАНИ»

Аннотация.

В данной статье мы стремимся пролить свет на одну из

малоизученных проблем современного узбекского языкознания - употребление слов, их
значение и структуру, которые используются в романе Пиримкула Кадырова «Авлодлар
Давани».

Ключевые слова:

Лексикон, узбекский язык, арабский язык, формально-

ведомственный стиль языка, арабская письменно-литературная речь, маджун, перевод.

Oʻzbek tili oʻtmishda bir qator qardosh boʻlmagan boshqa tizimdagi tillar bilan ham

aloqada boʻlgan. Bunday tillar fors-tojik va arab tillaridir. Oʻrta Osiyoda arablar hukmronligi
davrida oʻzbek-arab tillari aloqasi yuzaga keldi. Bu davrda arab tili davlat va din tili, fan
va rasmiy yozishmalar tili sifatida keng tarqaldi. Oʻzbek tili bu davrda, bir tomondan,
bosqinchilarning ogʻzaki soʻzlashuv tili bilan, ikkinchi tomondan, arab yozma adabiy tili
bilan toʻqnashdi. Arab tili mahalliy aholiga davlat va fan tili, ayniqsa din tili sifatida majburan
oʻqitildi va singdiriladi. Natijada mahalliy aholi vakillari oʻz ona tili bilan bir qatorda arab
tilida ham yoza va gapira oladigan boʻldi. Oʻrta osiyolik mashhur olimlar Xorazmiy, Beruniy,
shuningdek, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Fargʻoniy oʻz ilmiy asarlarini arab
tilida yozganlar. Natijada arab tili IX-X asrlarda mahalliy aholi tillariga din-islom tili, bosqinchi
harbiylar tili sifatida mahalliy adabiy tillarga fan, madaniyat, davlat tili sifatida kuchli taʼsir
oʻtkazdi. Natijada arab tilidan oʻzbek adabiy tiliga, qisman oʻzbek xalq shevalariga arabcha
soʻzlar kirib kela boshlagan. Arabcha soʻzlarning oʻzbek tiliga kirib kelishi ayniqsa VII-VIII
asrlarda koʻproq yuz bergan. XIV-XV asr eski oʻzbek tilida arab tili leksikasi sezilarli qatlamni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

849

tashkil qilgan. Shuning uchun Navoiy asarlari tilida forscha-tojikcha soʻzlar bilan bir qatorda
arabcha soʻzlar ham uchraydi.

Shunday qilib, arab tili bilan oʻzbek tili bevosita toʻqnashdi. Shunga koʻra, oʻzbek-

arab ikkitilliligi kontaktli hodisa hisoblanadi. Bu jihatdan oʻzbek-arab tillarining oʻzaro aloqasi
va taʼsiri boshqa turkiy tillardagi mana shunday taʼsirdan farqlanadi. Oʻzbek tiliga arab tili
faqat din-islom tili sifatida emas, balki fan tili, rasmiy idoraviy uslub tili, badiiy adabiyot tili
sifatida ham taʼsir etdi. Ammo arab tilining baʼzi tillarga taʼsiri, asosan, din tili sifatida yuz
berdi. Oʻzbek tiliga arab tilidan soʻz olish, asosan, oʻzbek-arab bilingvizmi davrida kuchli
boʻldi. Keyingi davrlarda oʻzbek tiliga yangi soʻzlar sezilarli darajada qabul qilinmagan,
keyinchalik esa oʻzbek tiliga kirgan arabcha elementlardan bir qismining eskirishi va oʻzbek
tilidan chiqish jarayoni yuz berdi. Alisher Navoiy tilida ishlatilgan koʻpgina arabcha soʻz va
soʻz shakllari XIX asr oʻzbek tilida, shuningdek, hozirgi oʻzbek adabiy tilida uchramaydi. Arab
tilining oʻzidan bevosita soʻz olish XI asrdayoq deyarli toʻxtagan edi. Ammo turli davrlarda
arabcha yozma manbalarda, shuningdek, eski oʻzbek tili yozma yodgorliklarida saqlangan
arabcha soʻz guruhlari u yoki bu davrlarda faollashib turdi. Masalan, XX asr boshlarida va 20-
yillar oʻzbek tilida ilmiy atamalar sifatida faollashgan arabcha soʻzlar ana shu keyingi
manbalardan olingan edi.

Chin maʼnoda oʻzlashgan soʻzlar boshqa tilning fonetik va grammatik qonuniyatlari

taʼsiriga beriladi, oʻzlashmagan chet soʻzlar bunday taʼsirga berilmaydi. Masalaga mazkur
nuqtayi nazar asosida yondashilganda, oʻzbek tili leksikasidagi arabcha soʻzlarning barchasini
oʻzlashgan desak, xato boʻlmaydi. Chunki arab oʻzlashmalarining deyarli barchasi oʻzbek
adabiy tilining fonetik va grammatik qonuniyatlari taʼsiriga beriladi, ayniqsa, ular turlanish
sistemasida oʻzbek tilining oʻz soʻzlari bilan teng maqomda ishtirok etadi, zero ular chin
maʼnoda oʻzlashgan lugʻaviy birliklardir.

Biz Pirimqul Qodirovning “Avlodlar davoni” romanida oʻzlashgan qatlam soʻzlarning

qoʻllanilishi tahlil qilamiz.

Dahriy (arabcha; asriy; materialist, xudosiz, ateist) – dunyo hodisalarini tabiat

qonunlaridan deb biluvchi, oxiratga ishonmaydigan kishi.

Sadr (arabcha-. yuqori oʻrin, oliy mansab; ibtido; birinchi misra) – vaqf va din ishlari bilan

shugʻullanuvchi amaldor.

Javzo (arabcha; katta) – oʻn ikki burjning biri, Saraton va Savr burjlari oʻrtasida joylashgan.
Shamsiya yil hisobida uchinchi oyning arabcha nomi (22-may-21-iyun kunlariga toʻgʻri

keladi).

Mirrix (arabcha) – Mars sayyorasi. Qadimgi munajjimlar uni urush va xunrezliklar

sababchisi deb hisoblaganlar.

Majusiy (arabcha) – otashparast. Otashparastlik diniga mansub kishi; otashparast.
Botin (arabcha) – ich, ichki; yashirin, maxfiy. Chuqur, qalb, koʻngil.
Tavof (arabcha) – (biror narsaning) atrofida yurish, aylanish. 1) haj va umra marosimlari

tarkibiga kiruvchi, Kaʼba atrofida aylanishdan iborat jarayon (umra qiluvchilar bir marta, hajga
kelganlar 3 marta tavof amalini ado etadilar); 2) muqaddas, tabarruk deb hisoblangan kimsa, narsa,
joy atrofmi ziyorat qilmoq.

Samur (arabcha) – suvsar. Samur poʻstin — suvsar terisidan tikilgan poʻstin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

850

Xafaqon (arabcha) – yurak urishi, dukullashi. Mungli, gʻamgin, xafahol Xafaqon boʻlmoq.

1) diqqat boʻlmoq, siqilmoq; xunob boʻlmoq.

Qabo (arabcha) – ustki kiyim, chakmon. Uzun va keng ustki kiyim.
Afyun (arabcha) – qora dori. 1) koʻknorning dumbul boshogʻidan olib quritilgan shira (qora

dori, taryak koʻrinishida, kayf qilish uchun, tibbiyotda esa narkotik modda sifatida ishlatiladi); 2)
(koʻchma) kishi ongini zaharlaydigan narsaga nisbat beriladi.

Mashvarat (arabcha) – Kengash, koʻrsatma; yoʻl-yoʻriq; maslahatlashish.
Rutubat (arabcha) – namlik, zaxlik. Biror narsadagi namlik, zaxlik.
Toqi (arabcha: gumbaz, qubba, arka) – oq tol gʻoʻlalaridan bir tomoni yassi, ikkinchi

tomoni doʻng qilib tayyorlanadigan, imoratning toʻsinlari ustiga zich qilib koʻndalang teriladigan
katta tayoqcha yoki hassa; 2) bekor yotmoq (koʻchma maʼnoda)ʼ, 3) qorovullarning shaqildogʻi;
4) koʻylakning yelka qismiga ichidan qoʻyilgan astar (bu yerda shu maʼnoda).

Xiroj (arabcha) – chiqarish; yer soligʻi. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, jumladan,

Oʻrta Osiyoda oʻrta asrlar va yangi davrda davlat tomonidan undirilgan yer soligʻi (7-asrda arablar
tomonidan joriy qilingan).

Jizya, juzya (arabcha) – jon soligʻi; yer soligʻi. Oʻrta Osiyo xonliklarida musulmon

boʻlmagan fuqarolaring, asosan yerli yahudiylaring mulkidan m maʼlum ulush miqdorida olingan
soliq.

Shafoat (arabcha) – tarafini olish, (birov uchun) vositachilik. Martabasi va hurmati yuqori

kishi tomonidan oʻzidan past kishilarni, beva-bechoralarni qoʻllab-quvvatlash, ularga nisbatan
homiylik, yaxshilik.

Aqrab (arabcha; katta) – oʻn ikki burjning biri. Mezon va Qavs burjlari oʻrtasida

joylashgan. Shamsiya yil hisobida sakkizinchi oyning arabcha nomi (22-oktyabr – 21-noyabr
kunlariga toʻgʻri keladi).

Dalv — (arabcha; chelak; mesh) – oʻn ikki burjning bin, Jadiy va Hut burjlari oʻrtasida

joylashgan. Shamsiya yil hisobida oʻn birinchi oyning arabcha nomi (22-yanvar – 22-fevral
davriga toʻgʻri keladi).

Maʼjun (arabcha) – dorivor aralashma; oʻsimliklardan olinadigan, tarkibida giyohvand

modda boʻlgan aralashma. Turli ziravorlarga afyun qoʻshib tayyorlangan va quvvat, darmon
beradigan dori.

Nuqs (arabcha) – yetishmovchilik; kamayish; nuqson, kamchilik.
Saraton (arabcha) – qisqichbaqa. Oʻn ikki burjning biri, Javzo va Asad burjlari oʻrtasida

joylashgan. Saraton oʻrta kengliklarda kuz, qish va erta bahorda koʻrinadi. Shamsiya yil hisobida
toʻrtinchi oyning arabcha nomi (22-iyun – 21-iyul davriga toʻgʻri keladi).

Istifoda (arabcha) – foydalanish; foyda olish; ishlatish. Istifoda qilmoq –foydalanmoq,

qolsam oq, ishlatmoq.

Savr (arabcha buqa, hoʻkiz) – oʻn ikki burjning biri. Hamal va javzo burjlari oʻrtasida

joylashgan. Shamsiya yil hisobida ikkinchi oyning arabcha nomi (22-aprel-21-may davriga toʻgʻri
keladi). Savrning oʻrtasi – 7-8-mayga toʻgʻri keladi.

Qavs (arabcha: oʻq-yoy burji) – oʻn ikki burjning biri, Aqrab va Jad(i)y burjlari oʻrtasida

joylashgan. Shamsiya yil hisobida toʻqqizinchi oyning arabcha nomi (22-noyabr- 21-dekabr
orasidagi davrga toʻgʻri keladi).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

851

Yo boʻlsa muyassar kishiga ilm ila ho1.
Yo topsa kishi saltanat avjida kamol.
Yo oshiftae boʻlsa kоʼrub husn-u jam ol
Yo boʻlsa tamom о‘zligidin forigʻbol.
Munshiy (arabcha) – asoschi, yaratuvchi; qumvchi; muallif, tuzuvchi, yozuvchi. Saroyda

yozuv ishlarini olib boradigan kotib.

Tavr (arabcha) – bosqich; holat; surat, hol, tarz, yoʻsin; odat, qiliq, yurish-turish.
Sharʼiy (arabcha: shariatga (diniy qoidaga) tegishli, mansub) — shariat aqidalan, qonun-

qoidalariga mos keladigan; shariatga koʻra qonuniy.

Iona (arabcha) – yordam, koʻmak. Moddiy yordam, nafaqa.
Murid (arabcha) – izdosh, ergashuvchi, shogird; soʻfiylar shogirdi din. Piryoki eshon

(murshid) ga qoʻl berib, soʻfiylik yoʻliga kirgan shaxs.

Tujjor (arabcha) – «toj in koʻp savdogarlar, tijoratchilar.
Fatvo (arabcha) – muftining hukmi, qarori; tushuntirish, izoh. Shariat, din qonun-qoidalari

asosida ruhoniylar (mufti, shayxulislom, qozi) tomonidan biror diniy, huquqiy, siyosiy hamda
ijtimoiy masala yuzasidan chiqariladigan hukm, qaror, izoh yoki biror ishning shariat nuqtai
nazaridan amalga oshirish mumkinligi haqidagi koʻrsatma, buyruq.

Dahriy (arabcha) – asriy; materialist, xudosiz, ateist. 1) Dunyo hodisalarini tabiat

qonunlaridan deb biluvchi, oxiratga ishonuvchi kishi; materialist.

Lohas (arabcha) – harsillovchi, halloslovchi, nafasi qaytuvchi; boʻshashgan, lanj.
Azroil (arabcha) – Islom dinida toʻrt bosh farishtadan bin, jon oluvchi farishta.
«Vaqoiʼ» (arabcha: voqealar, hodisalar) – «Boburnoma»ning muallif tomonidan

nomlanishi. «Boburnoma» – jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhimi va noyob yodgorlik;
oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida
yozilgan (taxminan 1518/19-1530). «Boburiya», «Voqeoti Bobuo), «Voqeanoma», «Tuzuki
Boburiy», «Tabaqoti Boburiy», «Tavorixi Boburiy» kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburing oʻzi
esa «Vaqoe» va «Tarix» degan nomlari ishlatgan.

Aqiq (arabcha) – qizil rangli qimmatbaho tosh. 1) Turli rangli qimmatbaho tosh; haqiq

(zeb-ziynat buyumlariga ishlatiladi).

Rido (arabcha) – xalat, kiyim. Shayxlar, umuman ruhoniylar yelkasiga yopinadigan

choyshabsimon yopinchiq, libos; darvishlarning ustki kiyimi.

Mutʼa (arabcha) – biror ayolni maʼlum muddatga va kelishilgan mablagʻ evaziga muvaqqat

nikohga olish. Keyinchalik buning makruhligiga fatvo berilgan.

Irsiyat (arabcha) – vorisiylik, merosiylik, irsiylik. Tirik organizmlaring jismoniy va ruhiy

xususiyatlari saqlash va nasldan naslga oʻtkazish, oʻziga oʻxshash nasllarni bunyod etish
qobiliyati, shunday xususiyat.

Tarh (arabcha) – olish, olib tashlash; ayirish. 1) oʻndan uchni tarh qilsa, yetti qoladi; 2)

qurilish, imorat, bogʻning bichimi, loyihasi; 3) chizma lavha; loyiha, reja.

Nauzanbilloh (arabcha) – Olloh asrasin.
Vodarigʻ (arabcha) – e afsus, attang. Afsus-pushaymonni, oh-vohni ifodalaydi.
Taftish (arabcha) – izlash, qidirish; tekshirish, nazorat qilish. Boʻlib oʻtgan ish, hodisa

yuzasidan yoki haqiqiy ahvolni aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tekshiruv, tergov, soʻroq.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

852

Gʻazot (arabcha) – din uchun urush. Din yoʻlida qilingan urush, jang; musulmonlarning

muqaddas urushi.

Jihod (arabcha) – harakat qilish; kurash, olishuv. Musulmonlarning Islom dinining

tarqalishi yoʻlidagi gʻovlarni bartaraf etish, uni har taraflama muhofaza qilish yoʻlida
gʻayridinlarga qarshi muqaddas urushi.

Bidʼat (arabcha) – yangilik, yangilik kiritish; dinga qarshi xatti-harakat) — 1) diniy

aqidalarga kiritilgan oʻrinsiz isloh, dinga xilof yangilik; dinda keyinchalik paydo boʻlgan narsa; 2)
eskidan qolgan urf-odat, rasm-rusm.

Xurofot (arabcha) – bidʼat, taassub, irim-chirimlar. Diniy eʼtiqod, urf-odatlar, irimlari

soxtalashtiruvchi ijtimoiy-psixologik hodisa.

Makruh (arabcha) – yoqimsiz; rad etilgan, isteʼmol etilishi lozim koʻrilmagan)

Musulmonlar nazarida, порок, harom (narsa).

Basir (arabcha) – 1) oʻtk.r koʻzli; oʻta; 2) koʻrish qobiliyati yoʻq; koʻr, soʻqir; 3) (koʻchma)

narsa, voqeaning mohiyatini tushuna olmaydigan; ongsiz; bilimsiz; johil.

Musohaba (arabcha) – birga kuzatib, hamsuhbat boʻlib borish; joʻr boʻlish, suhbatlashish.
Muroqaba (arabcha) – kuzatish; mushohada qilish; nazorat qilish, tekshirish. Oʻzi, oʻz ichki

dunyosi haqida fikr yuritish, mushohada qilish.

Mujtahid (arabcha) – intiluvchi, gʻayrat qiluvchi. Oʻrta asrlarda islomda ijtihod huquqiga

ega boʻlgan, yaʼni mustaqil ravishda diniy aqidaviy va huquqiy masalalar boʻyicha xulosa bera
oladigan va hukm chiqara oladigan shaxs. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschilari,
shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquq-shunoslar mujtahidlar deb ataladi.

Malik ush-shuaro (arabcha) – shoirlar podshohi. Oʻtmishda Sharqda eng mahoratli, oʻtkir

shoirlarga berilgan unvon va saroyda shunday shoirga berilgan amal.

Mushoira (arabcha) – sheʼriy ijoddagi tortishuv; sheʼr aytishish). 1 Sheʼriyatning bir janri;

ikki yoki undan ortiq shoirning bir mavzuda bir-birining fikr va tuygʻularini rivojlantiradigan sheʼr
aytishish musobaqasi.

Qamariy (arabcha) – oyga oid, oyga taalluqli. Oy kalendarining eski nomi; musulmon

olamining taqvimi. Musulmon olamida oyning ikkita bir xil fazasi: Oy tugʻilgan kundan kelgusi
Oy tugʻilgan kungacha boʻlgan vaqt asos qilib olingan yil hisobi. Qamariya hisobidagi yil,
shamsiya hisobidagidan deyarli 11 sutka qisqa. Qamariy yildaʼ12 oy boʻlib, Muharram, Safar,
Rabiulavval, Rabiulsoniy, Jumodulavval, Jumoduloxir, Rajab, Shabon, Ramazon, Shavvol,
Zulqaʼda va Zulhijja nomlari bilan ataladi.

Muarrix (arabcha) – tarix yozuvchi, tarixchi.
Sahbof (arabcha) – gazeta sotuvchi; muqovachi, muqova yasovchi. Kitoblarni
muqovalovchi usta; muqovasoz.
Demak, yuqorida keltirilgan misollardan maʼlumki, oʻzlashgan qatlam soʻzlar oʻzbek tili

leksikasining boyish manbasi hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Maxmaraimova Sh.T. Hozirgi oʻzbek tili. (leksikologiya). Oʻquv qoʻllanma / – T:.
“Firdavs-shoh nashriyoti”, 2021. –380 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

853

2.

P. Qodirov. Avlodlar dovoni / roman / «Abadiy barhayot asarlar» turkumi — Т.: “Ilm-
ziyo-zakovat”, 2020. — 640 b.

3.

Davidov Y. J. KO ʼP MAʼNOLILIK HODISASINING YUZAGA KELISH YOʻLLARI
//Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B2. – С. 500-503.

4.

Nazarov Z. PIRIMQUL QODIROVNING “YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA
O‘ZLASHGAN QATLAM SO ‘ZLARNING QO ‘LLANILISHI //Евразийский журнал
академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 840-844.

5.

Davidov Y. ASPECTS OF DISAMBIGUATION DIFFERENT FROM COGNATE
WORDS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 906-909.

Библиографические ссылки

Maxmaraimova Sh.T. Hozirgi oʻzbek tili. (leksikologiya). Oʻquv qoʻllanma / – T:. “Firdavs-shoh nashriyoti”, 2021. –380 b.

P. Qodirov. Avlodlar dovoni / roman / «Abadiy barhayot asarlar» turkumi — Т.: “Ilm-ziyo-zakovat”, 2020. — 640 b.

Davidov Y. J. KO ʼP MAʼNOLILIK HODISASINING YUZAGA KELISH YOʻLLARI //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B2. – С. 500-503.

Nazarov Z. PIRIMQUL QODIROVNING “YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA O‘ZLASHGAN QATLAM SO ‘ZLARNING QO ‘LLANILISHI //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 840-844.

Davidov Y. ASPECTS OF DISAMBIGUATION DIFFERENT FROM COGNATE WORDS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 906-909.