THE INTERPRETATION OF LAYERED WORDS BORROWED FROM THE PERSIAN LANGUAGE IN PIRIMKUL KADYROV'S NOVEL "STARRY NIGHTS"

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Nazarov, Z. (2023). THE INTERPRETATION OF LAYERED WORDS BORROWED FROM THE PERSIAN LANGUAGE IN PIRIMKUL KADYROV’S NOVEL "STARRY NIGHTS". Modern Science and Research, 2(6), 235–239. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21043
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, one of the understudied problems of contemporary Uzbek linguistics is to shed light on aspects such as the interpretation of words, the use of words, their meaning, composition, and the layer of words borrowed from Persian in the novel "Starry Nights" by Pirimkul Kadirov. we did.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

235

PIRIMQUL QODIROVNING “YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA FORS

TILIDAN O‘ZLASHGAN QATLAM SO‘ZLAR TALQINI

Nazarov Zokir Muxammat o‘g‘li

Termiz davlat universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Telefon: +998937616566

Email:

znazarov@tersu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.8020280

Annotatsiya.

Mazkur maqolada hozirgi zamon o‘zbek tilshunosligidagi kam o‘rganilgan

muammolardan biri – Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” romanida fors tilidan o‘zlashgan
qatlam so‘zlar talqini, so‘zlarning qo‘llanilishi, uning ma’nosi, tarkibi kabi jihatlarini yoritishni
maqsad qildik.

Kalit so‘zlar:

Tilshunoslik,

leksika,

leksik qatlam, o‘zlashgan qatlam element, leksik

elementlar, leksik fond.

THE INTERPRETATION OF LAYERED WORDS BORROWED FROM THE

PERSIAN LANGUAGE IN PIRIMKUL KADYROV'S NOVEL "STARRY NIGHTS"

Abstract.

In this article, one of the understudied problems of contemporary Uzbek

linguistics is to shed light on aspects such as the interpretation of words, the use of words, their
meaning, composition, and the layer of words borrowed from Persian in the novel "Starry Nights"
by Pirimkul Kadirov. we did

Key words:

Linguistics, lexicon, lexical layer, acquired layer element, lexical elements,

lexical fund.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ МНОГОСЛОЙНЫХ СЛОВ, ЗАИМСТВОВАННЫХ ИЗ

ПЕРСИДСКОГО ЯЗЫКА, В РОМАНЕ ПИРИМКУЛА КАДЫРОВА «ЗВЕЗДНЫЕ

НОЧИ»

Аннотация.

В данной статье одной из малоизученных проблем современного

узбекского языкознания является освещение таких аспектов, как толкование слов,
употребление слов, их значение, состав, а также словесный пласт, заимствованный из
персидского языка в романе «Звездные ночи». » Пиримкул Кадыров. мы сделали

Ключевые слова:

Языкознание, лексика, лексический пласт, элемент

приобретенного слоя, лексические элементы, лексический фонд.


Komillikka intilgan inson borki, avlod-ajdodi kimligi, nasl-nasabini oʻz tugʻilib voyaga

yetgan qishloq shahar, Vataninig tarixini undagi joylarining nomlanish tarixini bilishga qiziqadi.
Bu oʻzlikni anglashga boʻlgan intilishning bir koʻrinishidir. Shunga koʻra tilshunosligimiz oldida
turgan tarixiy-badiiy romanlar tili, uslubi yozuvchi mahoratini oʻrganish uning turli nozik
qirralarini ochish tilshunoslikning oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.

O‘zbek tili o‘tmishda bir qator qardosh bo‘lmagan boshqa tizimdagi tillar bilan ham aloqda

bo‘lgan. Bunday tillar fors-tojik va arab tillaridir. Bu so‘zla

Reza

(forscha: ushoq, parcha; yog‘och qirindisi) – 1) uncha katta bo‘lmagan; mayda

kichik; 2) mayda narsa (suv yoki ter tomchilari haqida). Asarda shu ma’noda kelgan: Uning mayin
sarg‘ish tukli peshonasida, yuqori labining ustida ter rezalari yiltirardi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

236

Avbosh

(forscha) – bezori, badkirdor, sayoq. Asarda ko‘chma ma’noda ovsar, anqov

ma’nosida kelgan. – Sen nega otni mahkam tutmading, avbosh! – deb Nuyon navkarni so‘kdi.

Kungura

(forscha: devor yoki to‘siqning dandanasi) – qal’a devorlari yoki imorat

aylanasiga tishga o‘xshatib ishlangan memoriy be’zak; dandana. Qo‘rg‘on ichidan
darvozaxonaning tomiga chiqib olgan yapasqi bir navkar devor kungurasi orasidan ularni kuzatib
turgan edi.

Kadi

(forscha) – 1) qovoq; 2) qovoqning po‘stloq qismidan tayorlangan idish: U kumush

bilan bezatilgan qimiz kadidan jiyda gulli piyolaga qimiz quyib, sipqordi.

Zarurast-marurarst

(forscha) – zarurat – uzrli: – Bugun sizga ravo, – dedi Yoqubbek. –

Zarurast – ma’rurast.

Kushoyish

(forscha: ochish, ochilish, hal qilish) – birin qiyin ishning oson hal bo‘lishi,

yengil bitishi; Agar kushoyishi koringizni berib, taxt Jahongir mirzoga o‘tsa, siz uning eng
ishongan rahnamosi bo‘lursiz.

Kimxob

(forscha) – tanda ipi zar, arqogʻi ipakdan gul (naqsh) hosil qilib toʻqilgan

qimmatbaho mato. Zar ipining rangiga qarab sariq kimxob, kumush rang (oq) kimhob deb
nomlangan; ipakning rangiga qarab koʻk kimhob, pushti kimhob, qizil kimhob farqlangan. Boy
xonadonlardagi ayol va erkaklarning ustki kiyimlari (toʻn, nimcha, kamzul, paranji va boshqalar),
asosan, kimhobdan tikilgan. kimhob toʻqish Buxoro, Shahrisabz, Gʻijduvon shaharlarida
qadimdan rivojlangan. 20-asr 20-yillarigacha Turkiston oʻlkasining chet ellarga chiqaradigan
asosiy matolaridan hisoblangan: Ilgari taxt qo‘yilgan shahnishinga turkman gilamlari va kimhob
ko‘rpachalar solinib, maxsus joy hozirlandi.

Mardak

(forscha; kichkina odam, pakana; ahmoq) – 1) jo‘xori so‘tasi. 2) yengiltabiat,

pastkash kishi (asarda shu ma’noda kelgan) – Amirzodam, agar bu mardak sadoqatli qulingiz
bo‘lganda yomon ovoza tarqatgan o‘sha navkarni qo‘lidan tutib dorug‘aga topshirmasmidi?

Sepoya

(forscha: uch poyali uch, oyoqli) – 1) to‘g‘on damba qurishda, daryo va

anhorlarning qirg‘oqlarini suv yuvib ketishdan saqlashda ishlatiladigan, uchta xodani uchburchak
shaklda bir-biriga ahkamlab, poyalar orasi xarsangtosh va boshqa materiallar bilan
to‘zg‘aziladigan moslama (asarda shu ma’noda kelgan); 2) biror narsa olish, ilish uchun
mo‘ljallangan oyoqli asbob; 3) novdadan uchburchak shaklida to‘qilgan chanbarak: Ko‘prik xiyla
uzun bo‘lganligi uchun uch-to‘rt joyida tagidan qo‘yilgan zo‘r sepoya tirgaklari bor edi

1

.

Obdasta

(forscha: qo‘l yuviladigan suv) – ro‘zg‘or buyumi; yuz qo‘l yuvish uchun

ishlatiladigan uzun va ingichka jo‘mrakli, qorni keng, bo‘g‘zi tor idish. Asarda idish ma’nosida
kelgan: Qashqarcha kumush obdasta ko‘tarib kelayotgan semiz oftabashi har o‘n qadamda bir
to‘xtalib qolardi.

Savdarboshi

(forscha) xos xizmatkor boshlig‘i: Savdarboshi ayvonning sangfarsh qilingan

zinalariga guldor poyandoz to‘shagan edi, mulla Fazliddin iltimos qilib, uni oldirib tashladi.

Sangfarsh

(forscha+forscha:

tosh+gilam, polos, bo‘yra) – hovli, yo‘lka va shu kabilarga

toshlardan gul yasash yoki tosh, g‘isht yotqizmoq.

Javzo

(arabcha: katta) – o‘n ikki burjning biri, Sarston va Savr burjlari o‘rtasida

joylashgan. Shamsiya yil hisobida uchinchi oyning arabcha nomi (22-may-21-iyun) kunlariga

1

P. Qodirov

Yuluzli tunlar / roman / “Adabiy barhayot asarlar” turkumi ‒ T.: “Navruz”, 2019. ‒

73-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

237

to‘g‘ri keladi. Asarda masjidning nomi: Oq otliq Bobur mirzo yuzdan ortiq beklari va xos
navkarlari bilan Javzo masjididan o‘tib, tog‘ etagiga yaqinlashib qolgan edi

Borgoh

(forscha: podshoh saroyi, qabulxonasi; podshoh chodiri) – maxsus ijozat bilan

kiriladigan joy, podshoh va xonalarning qabulxonasi: Ular hammasi jannatariq bo‘yiga o‘rnatilgan
borgoh va xirgoh oldida to‘xtadilar.

Xirgoh

(forscha) – 1) podshohning taxti qo‘yiladigan va qabul marosimlari o‘tkaziladigan

chodir; 2) O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida elchilarni qabul qiladigan maxsus joy.

Chavgon

(forscha: uchi egri tayoq) – uchi egri qilib tayorlangan maxsus tayoq; shu tayoq

va to‘p bilan ot ustida o‘ynaladigan jamoaviy sport o‘yini. Hozirgi vaqtda qisman golf va xookkey
o‘yinlariga o‘xshaydi: Aslzoda qizlar orasida eng ko‘hligi bo‘lgan Xonzoda begim bir marta
erkakcha kiyinib ot minib, inisining o‘smir mulozimlari bilan chavgon o‘ynagan.

Pargor paprar

(forscha: sirkul; doira, to‘garak) – 1) sirkul; 2) atrofida aylanuvchi, aylana

hosil qiluvchi (ko‘chma ma’noda): Mulla fazliddinning qo‘lidagi pargor hayajonidan yerga tushib
ketdi.

Sangkorlik

(forscha) – marmar toshlarga ishlov beruvchilik kasbi, mashg‘uloti: Marmar

yo‘nib sangkorlik qilishga sangtarosh yo‘q.

Sangtarosh

(forscha) – tosh yo‘nuvchi, haykaltarosh usta.

Toqi

(arabcha: gumbaz, quba, arka) – oq tol g‘o‘lalaridan bir tomoni yassi, ikkinchi tomoni

do‘ng qilib tayorlanadigan, imoratning to‘sinlari ustida zich qilib ko‘ndalang teriladigan katta
tayoqcha yoki hassa; 2) bekor yotmoq (ko‘chma ma’noda); 3) qorovullarning shaqildog‘i; 4)
ko‘ylakning yelka qismiga ichidan qo‘ilgan astar (asarda shu ma’noda kelgan): Begimning
marvarid qadalgan ipak toqisidan tortib uchi qayrilgan qizil etikchasiga butun borlig‘i shunday
nafis ko‘rinar, bu samoviy go‘zallik oldida tosh va g‘ishtdan gap ochish juda erish tuyulardi

2

.

Niliy

(forscha) – to‘q ko‘k, zangori: Niliy gumbazli jajji bino ko‘klam quyoshida shunday

nafis jilolanib ko‘rindiki, Boburning dili birdan ravshan tortib ketdi.

Islimi(y)

(forscha: ilang-bilang o‘simlikka o‘xshash naqsh) – ganch, yog‘och oltin.

Kumushga o‘yib, chizib yoki bo‘rttirib ishlanadigan, zardo‘zi kiyim va buyumlar zar bilan
tikiladigan, bir-biriga uzluksiz ulanib, o‘ralib ketadigan palksimon, chirmovuqsimon naqshlarning
takrorlanishidan iborat qadimgi naqsh turi: – Islimi gulhan shumi? – deb so‘radi.

Gilvata

(forscha: o‘ta chidamli loy) – yumshoq kulrang, tog‘ jinsi. Xalq tabobatida tamoq

og‘rig‘i, og‘iz yelkishi kabi kasalliklarga qarshi dori sifatida ham ishlatilgan: – Hazrati oliyga
azim shulki, Samarqandda Ulug‘bek madrasasining devorlar uchun qanday ganch-u gilmoya,
g‘isht-u koshin ishlatilgan bo‘lsa, bu hujraning devorlariga ham faqir shularni ishlatmishmen

3

.

Azimat

(arabcha) intilish, iroda, qat’iyat, qat’iy qaror; jazm, qasd: – Bultur Samarqand

azimati bilan ketib bizni ko‘p sog‘intirgan edingiz-ku?

Toji sar

(forscha) – boj toji: – Xonim hazratlarining iltimoslari menga tojisar bo‘lsin, –

dedi Qosimbek cho‘kkalab o‘tirgan ko‘yicha bosh egib.

Gustox

(forscha: beadab; dadil qo‘rqmas) – odobsiz, beadab, beandisha; surbet, betakalluf.

Gustoxlik

– odobsizlik, beadablik, andishasizlik; surbetlik: – Jonim bilan! Ammo beklarning ba’zi

andeshalaridan faqir xabardormen. Gustohlik sanalmasa aytay.

2

P. Qodirov

Yuluzli tunlar / roman / “Adabiy barhayot asarlar” turkumi ‒ T.: “Navruz”, 2019. ‒

90-b.

3

P. Qodirov

Yuluzli tunlar / roman / “Adabiy barhayot asarlar” turkumi ‒ T.: “Navruz”, 2019. ‒

95-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

238

Kayvon(i)

(forscha) – zuhal (Saturn) sayyorasining forscha nomi; 1) baland ayvon; 3)

yoshi ulug‘, ko‘pni ko‘rgan, ko‘p narsani biladigan; uddaburon: Sulton Ahmad mirzoning o‘g‘li
yo‘q edi, Boburga podshoh oilasi havas bilan qarar edi. Shuning uchun kayvonilar “yangi tushgan
kelin ham mana shu sherdik o‘g‘il ko‘rsinlar” deyishib, bet ochishga Boburni munosib topdilar

4

.

Nopormon, (naforman)

(forscha) – och binafsha, qizg‘ish binafsha rangli: O‘shning

janubidagi keng teksliklar, to‘lqinsimon qir va adirlar turli tuman dala gular bilan bezangan. Sap-
sariq qoqilar, ko‘k qizg‘ish no‘xataklar, nopormon er-baholar orasida uzoqdan qip-qizil gilamga
o‘xshab ko‘zga tashlanadigan – qiyg‘os ochilgan lolaqizg‘oldoqlar edi.

Haftkor

(forscha) – yetti xil rang: Xonzoda begimning nafis qaddi-qomati, haftkor ipak

matodan kiygan kamalakday tovlanuvchi kabosi Ahmad Tambalga bugun har qachongidan ham
jozibali ko‘rinardi.

Sarboz

(forcha: bosh o‘ynatuvchi; boshni, jonni fido qiluvchi) – amir, xon qo‘shinning

oddiy piyoda askari; askar.

Siporish

(forscha) – topshiriq, vazifa, buyurtma; farmoyish, amir; tavsiya kafolat; o‘git,

nasihat. Asarda nasihat manosida kelgan: Xonim tasdiq ma’nosida bosh irg‘agach, ali Do‘stbek
tamoq qirib, siporish bilan so‘z boshladi:

– Amirzodam, volidangiz ikkovimiz nozik bir muammoda sizning maslahatingizni olgani

keldik.

Sahhof

(arabcha) – 1) gazeta, kitob sotuvchi; 2) kitoblarni muqovalovchi usta; muqovasoz:

– Gap tamom, – dedi. So‘ng Javhariyga yuzlandi. – Qani endi sahhoblar rastasiga o‘taylik.

Kishvar

(forscha) – mamlakat, o‘lka; viloyat: Tangrim bizga shunday katta kishvarni

inoyat qilgani uchun, biz Samarqandday olamshumul dorussaltanaga muyassar bo‘lganimiz uchun
shukronalar aytmog‘imiz kerak.

Dorussaltana

(arabcha) – sulton poytaxti, oliy hukumdor qarorgohi.

Domod

(forscha) – kuyov: Domat raiyatga o‘zlarini yaxshi ko‘rsatmoqlari zarur.

Mardona

(forscha) – 1) botrlarcha; mardlarcha; 2) erkaklarga tegishli bo‘lgan kiyimni

ayollar kiyish holati. Asarda shu ma’noda kelgan: – Mash’alani yaqinroq tut! Ie, Xonzoda
begimlar? Nechun mardona kiyim kiyibsiz?

Tangi

(forscha: torlik, siqiqlik, kambarlik) – ikki tog‘ning ostki tutashgan yeri; tor dara.

Hozirgi G‘allaorol yaqinidagi qadimiy qishloq.

Miroxur

(arabcha+forscha: bosh otboqar; otxona boshlig‘i) – O‘rta Osiyo xonliklarida

saroy otxonalariga boshchilik qilgan mansabdor: Temur darvozasi deb atalgan ulug‘vor tangidan
o‘tganlaridan keyin Bobur mahofani ishigini ochib, miroxurni chaqirtirdi.

Shohnishin

(forscha: faxriy joy, o‘rin; bolaxona) – podsho, xon kabi oliy hukmdor

o‘tiradigan, uning taxti qo‘yilgan xona: – shahnishinning orqasidan topilgan maxfiy sandiqchi?

Jo‘sh-u xurush

(forscha) – biror ish yoki jarayonning yuzaga kelishi, tezlashuvi uchun

yordam beradigan vosita: ayniqsa marg‘ilonliklar hozir xush-u xurushga kelgan.

REFERENCES

1.

Maxmaraimova Sh.T. Hozirgi o‘zbek tili. (leksikalogiya). O‘quv qo‘llanma / – T:.
“Firdavs-shoh nashriyoti”, 2021. –380 b.

4

P. Qodirov

Yuluzli tunlar / roman / “Adabiy barhayot asarlar” turkumi ‒ T.: “Navruz”, 2019. ‒

105-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

239

2.

P. Qodirov Yuluzli tunlar / roman / “Adabiy barhayot asarlar” turkumi ‒ T.: “Navruz”,
2019. ‒ 576-b.

3.

Nazarov Z. PIRIMQUL QODIROVNING “YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA O
‘ZLASHGAN QATLAM SO ‘ZLARNING QO ‘LLANILISHI //Eurasian Journal of
Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 840-844.


References

Maxmaraimova Sh.T. Hozirgi o‘zbek tili. (leksikalogiya). O‘quv qo‘llanma / – T:. “Firdavs-shoh nashriyoti”, 2021. –380 b.

P. Qodirov Yuluzli tunlar / roman / “Adabiy barhayot asarlar” turkumi ‒ T.: “Navruz”, 2019. ‒ 576-b.

Nazarov Z. PIRIMQUL QODIROVNING “YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA O ‘ZLASHGAN QATLAM SO ‘ZLARNING QO ‘LLANILISHI //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 840-844.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов