2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
284
PIRIMQUL QODIROVNING TARIXIY ASARLARIDA QOʻLLANILGAN
ARABCHA KISHI NOMLARI
Nazarov Zokir Muxammat oʻgʻli
Termiz davlat universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi
Telefon: +998937616566
Email:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15392212
Annotatsiya.
Mazkur maqolada hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligidagi kam
oʻrganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning tarixiy asarlarida qoʻllanilgan
arabcha kishi nomlarining qoʻllanilishi, uning maʼnosi, tarkibi kelib chiqishi kabi jihatlarini
yoritishni maqsad qildik.
Kalit soʻzlar
: leksema, semantik, leksik maʼno, leksik tushuncha, sifat, ot, sifatlovchi
aniqlovchili, soʻz birikmasi, soʻz turkum.
Pirimqul Qodirovning Bobur hayotiga bagʻishlangan tarixiy asarlarida Allohning
sifatlari bilan va diniy tushunchalar bilan bogʻliq boʻlgan ismlardan tashqari koʻplab arabcha
otli tarixiy shaxslar nomlari va ularning qilgan ishlari xususida ham fikr yuritiladi va baho
beriladi. Shuning uchun biz ilmiy tadqiqotimizning ushbu boʻlimini “Boburnoma” asarida
keltirilgan arabcha ism shaxslarning nomlarini leksik-semantik va grammatik tahlilini amalga
oshirishga bagʻishladik. Ushbu asarda arabcha erkaklar ismlari bilan bir qatorda ayollarning
ham ismlari keltirilgan: “Yana bir qiz Ruqiya Sultonbegim derlar edi, ikkalasi mirzoning
vafotidan soʻng boʻldilar. “Boridin ulugʻ Robia Sultonbegim edi, Qorakoʻzbegim derlar edi.
“ikkinchi qizi Soliha Sultonbegim derlar edi, Oqbegim derlar edi”. “Mehir Nigorxonim bilan
Qoshgʻargʻa tushti. Uchinchi qiz Oysha Sultonbegim edi. Boridin kichik qizi Maʼsuma
Sultonbegim edi. Habiba Sultonbegim edi. Men Xurosongʻa borgʻanda koʻrub, xushlab, tilab,
Kobulgʻa kelturub oldim. Beshinchi qiz Zaynab Sultonbegim edi”. Asardan keltirilgan
iqtiboslarda arabcha ayollar ismlaridan “Ruqiya” keltirilgan. Bu soʻz sof arabcha boʻlib, ot
soʻz turkumiga mansub. Maʼno jihatidan oʻzbek tiliga “sehr, tutmoq” soʻzlari orqali tarjima
qilinadi. Shu bilan birgalikda, mazkur iqtiboslarda “Robiya”, “Soliha”, “Oysha”, “Maʼsuma”,
“Habiba”, “Zaynab”, “Mahduma” kabi arabcha boʻlgan ayol kishilar ismlari qayd etilgan.
Arab tilida jinslar mavjud. Ayollar jinsiga taaluqli boʻlgan barcha narsalar shuningdek, ismlar
ham ayollar jinsidagi predmetlar nomini hosil qiluvchi-a qoʻshimchasini qoʻshish orqali
yasaladi. Shu sababli, har bir ayollar jinsiga mansub boʻlgan predmet, narsa yoki ismlar oxiri
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
285
–a qoʻshimchasiga tugagan boʻladi. Hozirgi kunda ham ayollarning arabcha ismlari oxiri –a
qoʻshimchasi bilan yakunlanadi. Bularni eʼtiborga olib, arab tilidagi ayollar (muannas) jinsini
hosil qiluvchi qoʻshimchalar oʻzbek adabiy tiliga oʻzlashib, oʻzbek tilida jinslik kategoriyasi
boʻlmasa ham, jinslikni ifodalab kelmoqda, deb aytishimiz mumkin. Masalan: Zaif-Zaifa,
Feruz-Feruza, Kamol-Kamola, Zarif-Zarifa, Olim-Olima, Shoir-Shoira, Fozil-Fozila kabi.
Keyingi iqtibosda keltirilgan ”Soliha” soʻzining leksik maʼnosiga keladigan boʻlsak, “solih”
soʻzining ayollar jinsiga mansub leksemasi boʻlib, oʻzbek adabiy tiliga leksik jihatdan Pokiza,
Ozoda, diyonatli, taqvodor, xudojoʻy kabi maʼnolarda tarjima qilinadi. Keyingi gapda
“Oysha” soʻzi shaxs ismi sifatida qayd etib oʻtilgan. “Oysha” soʻzi ham arabcha boʻlib oʻzbek
tiliga yashovchi, barhayot, mustahkam kabi sifat soʻz turkumi ifodalagan leksik maʼnoni
anglatadi. Asardan keltirilgan parchada arabcha “Maʼsuma” ismli ayol kishi nomi taʼkidlab
oʻtilgan. Maʼsuma soʻzi soʻz turkum jihatidan sifat boʻlib, leksik jihatdan “kamtar, toza,
pokiza, tinch kabi maʼnolarni ifodalaydi. Keyingi ism “Habiba boʻlib, bu “habib” soʻziga –a
ayollar jinsiga mansub soʻzlarni hosil qiluvchi qoʻshimcha yordamida yasalgan ismdir. Bu
ism leksik jihatidan oʻzbek adabiy tilidagi “doʻst, oʻrtoq, sevimli, suyukli” kabi soʻzlar
maʼnosiga mos keladi. Navbatdagi ism “Zaynab” boʻlib, bu soʻz har ikkala jinsga taalluqli
yaʼni har ikki (ayollar va erkaklar) jinsida ham birdek ishlatiladigan soʻzlar sirasiga kiradi va
oʻzbek tilida “kelishgan, goʻzal, chiroyli, toʻla” kabi soʻzlar maʼnosini ifodalaydi. Soʻnggi ism
“Mahduma”dir. Bu soʻz arabcha “mahdum” soʻzining ayollar (muzakkar) jinsiga mansub
“mahduma” shaklidir. Mazkur shakl “hamd” (maqtov) soʻzidan yasalgan boʻlib, asosiy
maʼnosi “maqtalgan, hamd qilingan, madh qilingan” va semantik maʼnosi esa “janob,
asilzoda, din ilmining bilimdoni” kabidir. Bundan tashqari, arabcha har-xil soʻzlardan
yasalgan erkaklar ismlari ham uchraydi: Mirzoxonni Muborakshoh qalam Zafargʻa tilaganda
Abubakr Qoshgʻariyning chopqunigʻa yoʻliqdi(B.N.:28). Ushbu asardan keltirilgan gapda
“Abobakr” va “Muborak” kabi kishi ismlari taʼkidlab oʻtilgan. Mazkur ismlarning har ikkalasi
ham sof arabcha boʻlib, “muborak”, “baraka” soʻzidan yasalgandir. Bu ism arab tilida faqat
erkaklarga qoʻyiladi. Shuning uchun bu soʻz erkaklar ismi sanaladi va oʻzbek tiliga “barakali”
kabi maʼnoni anglatadi. Lekin hozirgi kunda ayollarga ham shunday ism qoʻyilmoqda.
Abubakr soʻziga keladigan boʻlsak, bu soʻz ham arabcha boʻlib, arab tilida “Abubakr” deb
talaffuz qilinadi. Mazkur soʻz asli arab tilida moslashmagan aniqlovchili soʻz birikmasi
hisoblanadi va ikki leksik maʼnoni ifodalovchi soʻzga boʻlinadi. Birinchisi “abu” boʻlib,
ikkinchisi “bakr”dir. ”Abu” soʻzi “ota” maʼnosini, “bakr” soʻzi esa leksik maʼnoda “boʻtaloq”
(tuyaning bolasi)ni ifodalaydi. Bu soʻz ismda semantik maʼnoda qoʻllanilgan. Mazkur
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
286
soʻzning semantik maʼnosi ayibsiz, gunohsiz, rostgoʻy, bokira, kabi oʻzbekcha soʻzlar
maʼnosiga mos keladi. Ikkala soʻz qoʻshilib, “Abubakr” soʻz birikmasi shaklida “bokiraning
otasi”, rostgoʻyning otasi”, “gunohsizning otasi” kabi maʼnolarni ifodalaydi. Shu bilan
birgalikda asarda yana arabcha quyidagicha kishi ismlari uchraydi: “Yana Mir Gʻiyos tagʻoyi
edi. Ali doʻstning inisi edi”(B.N.:21). “Xuroson va Samarqand Sultoni Abusaid mirzoning
taxti tasarrufigʻa kirganda bu ikki poytaxtning ishga yarar yigitlarni xossa tobin qilib,
Xuroson guhra tobini va samarqand guhra tobini der ekandur”(B.N.:27). “Hasan Yaqub va
Qosim qavchin va yana baʼzi beklarkim Margʻinon va ul taraflarda ilgʻor quyub edilar
(B.N.28) Asardan keltirilgan gaplarda ”Mir Gʻiyos, Abusaid, Hasan Yaqub va Qosim kabi
arabcha kishi ismlari keltirilgan. Ushbu jumlalardagi “Mir Gʻiyos” kishi ismi ham ikkita
soʻzning soʻz birikma shaklida bir shaxsning ismini ifodalagan. Mazkur ismdagi “mir” soʻzi
“amir” soʻzining qisqargan shakli “mir”dir. Mir soʻzi oʻzbek tilidagi “hukmron, yoʻlboshchi,
buyuruvchi, soʻzlari maʼnosiga mos keladi. Gʻiyos soʻzi esa yordam, koʻmak, suyanch,
yordamchi, koʻmakchi, suyanchiq, soʻzlari ifodalagan maʼnoda tarjima qilinadi. Har ikkala
mustaqil maʼnoni ifodalovchi soʻz birikib ”buyruq beruvchining yoki boshqaruvchining
yordamchisi” kabi qaratqich aniqlovchili soʻz birikmasi maʼnosini anglatadi. Keyin zikr
etilgan ism ”Abusaid” boʻlib, ”Abubakr” soʻzi kabi ikki maʼnoli komponentga ajraydi. Bular
”abu” va ”said” dir. Yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek ”abu” soʻzi ota soʻzi orqali tarjima
qilinadi. ”Said” soʻzi esa ”baxtli, saodatli, omadli, oʻsuvchi, yuksaluvchi” kabi sifat soʻz
turkumlari ifodalaydigan leksik maʼnoga mos keladi. Ikkala komponent birikib arabcha
moslashmagan aniqlovchili soʻz birikmasini hosil qilib shaxs nomi (ismi)ni ifodalaydi va
oʻzbek tilida ”baxtlining, oʻsuvchining yoki omadlining otasi kabi qaratqich aniqlovchili
sifat+ot shaklidagi soʻz birikmasi ifodalaydigan maʼnoni anglatadi. Navbatdagi gapda ikkita
kishi ismi keltirilib oʻtilgan. Birinchisi Hasan Yaqub boʻlib, ikkinchisi Qosimdir. Hasan
Yaqub ikki mustaqil maʼnoli soʻz, yaʼni ikkita ism soʻz birikma shaklida birikib, bir ismni
ifodalab kelmoqda. Aslida Hasan ham Yaqub ham oʻzbek va arab tillarida atoqli ot
hisoblanadi. Hasan soʻzi oʻzbek tilida yaxshi, tuzuk chiroyli kabi maʼnolarni ifodalasa,
Yaqub, soʻzi esa, izidan boruvchi, ergashuvchi kabi maʼnolarni anglatadi. Bu ikkala soʻz
birikib ”Hasan Yaqub” shaklida ”yaxshining izidan boruvchi” kabi leksik maʼnolarni
ifodalaydi. ”Qosim” soʻzi esa yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, ”taqsimlovchi yoki inson
qismatini belgilovchi” kabi maʼnolarga ega. Qosim soʻzi arab tilidagi qism yoki taqsim kabi
soʻzlardan feʼl boblarini hosil qiluvchi qoliplar asosida hosil qilingan feʼl shaklidir. Yana
”Boburnoma”da kishi nomlariga toʻxtalamiz: ”Avval Sahyx Jamol argʻuning inisi Neʼmat,
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
287
neʼmat argʻun bila, zomin navohisida oqar tuzida gʻolib boʻldi”(B.N:3). Toʻrtinchi qizi
Sultonbegim edi. Sulton Ali mirzo olib edi. Andin soʻng Temur Sulton olib edi. Andin
soʻngra Mahdum Sulton olib edi. “Mirzodan soʻng Hamza Sulton olib edi. Hamza Sultondin
uch oʻgʻli boʻlib edi”. “Yana bir Sulton Husayn argʻun edi. Necha mahal Qorakoʻl hukumatiki
anda uchun, Sulton Husayn Qoraquliyga mashhur edi”. “Yana bir oʻgʻul Sulton Vays mirzo
edi”(B.N.:6). Asardan keltirilgan iqtiboslarda arabcha, Neʼmat, Sulton Ali, Mahdi Sulton,
Hamza Sulton, Sulton Husayn, Sulton Vays, kabi kishi nomlari keltiriladi. Neʼmat soʻzini
oladigan boʻlsak, bu soʻz oʻzbek tiliga “rizquroʻz, nasiba, baxt-saodat” kabi soʻzlar maʼnosida
tarjima qilinadi. Bu soʻz ifodalaydigan leksik maʼno grammatik jihatidan ot soʻz turkumiga
mos keladi. Lekin ism sifatida kishilarga qoʻyilganda koʻproq semantik maʼno eʼtiborga
olinadi. Bu soʻzning semantik maʼnosi oʻzbek tilida soʻz turkum jihatidan nisbiy sifat
ifodalaydigan leksik maʼnolarga mos keladi va “nasibali, rizqu roʻzli, baxt-saodatli” kabi
maʼnolarni ifodalaydi. Azaldan Oʻrta Osiyo xalqlari har biri oʻz leksik maʼnosiga ega boʻlgan,
ikki soʻzdan iborat ismlarni oʻz farzandlariga qoʻyishgan. Bunday ismlar oʻrta asrlarda
koʻproq urf boʻlgan. Bundan tashqari yaxshi niyat bilan farzandim “shoh” boʻlsin, deb asosiy
kishi ismini ifodalovchi soʻz oldidan yoki ketidan arabcha “sulton” soʻzini qoʻshib
qoʻyishgan. Shunday ismlardan iqtibosda bir nechtasi uchraydi: Birinchi “Sulton Ali” boʻlib,
“Sulton” soʻzi oʻzbek tiliga shoh, podshoh kabi soʻzlar orqali tarjima qilinadi. “Ali” soʻzi esa
yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, oʻzbek tilida “ulugʻ, buyuk, oliy darajadagi shaxs”
maʼnolarini anglatadi. Har ikkala soʻz birikib ”Sulton Ali” shaklida soʻz birikmasi holatida
“oliy darajadagi podshoh” kabi maʼnolarini ifodalaydi. Shu gapda yana Mahdi Sulton kishi
ismi uchraydi. Bu ismda “sulton” soʻzi “mahdi” soʻzidan keyin kelgan. Oldingi ismda
“sulton” avval “ali” esa keyin kelgan edi. “Mahdi” soʻzi “toʻgʻri yoʻl, haq yoʻl, Alloh yoʻli”
kabi maʼnolarni ifodalaydi. Mahdi Sulton toʻliqligicha “toʻgʻri yoʻldan, haq yoʻldan, Alloh
yoʻlidan boruvchi podshoh” kabi maʼnolarda qoʻllaniladi. Keyingi iqtibosda qayd etilgan ism.
”Hamza Sulton”dir. “Sulton” soʻzi maʼnosi bizga maʼlum, “hamza” soʻzi esa arabcha boʻlib,
“oʻtkir, achchiq, kuydiruvchi, yondiruvchi, chiroq” kabi leksik maʼnoni ifodalab, grammatik
jihatdan yoki sifat boʻlib kelishi mumkin. “Hamza Sulton” ismi toʻliqligicha “oʻtkir yoki
(yoʻlni) yorituvchi podshoh kabi soʻz birikmasi maʼnosiga mos tushunchani ifodalaydi.
Navbatdagi ismlar Sulton Husayn va Sulton Vaysdir. “Sulton Husayn” soʻz birikmasidagi
“Husayn” soʻzi arabcha “hasan” soʻzining kichraytirish maʼnosini ifodalovchi bir koʻrinish
shakli boʻlib yaxshi (yaxshicha), mehribon (mehriboncha), saxiy(saxiycha); chiroyli
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
288
(chiroylicha), goʻzal (goʻzalcha) kabi leksik maʼnolarni ifodalaydi va “Sulton Husayn” soʻz
birikmasi shaklida “yaxshi, mehribon, chiroyli podshoh” kabi leksik tushunchani anglatadi.
Demak, mazkur soʻz birikmasi sifat+ot shaklidagi soʻz birikmasi hisoblanadi. Endi,
“Sulton Vays” soʻzi koʻpchilikning vakili, ishonchli, kuch-qudratli” kabi leksik maʼnoni
ifodalaydi. Bu soʻz ham gaplarda soʻz turkum jihatidan yoki yasama sifat vazifasida kelishi
mumkin. Mazkur ism “Sulton Vays” shaklida “ishonchi yoki kuch-qudratli podshoh” kabi
sifatlovchi aniqlovchili soʻz birikmasi ifodalaydigan leksik maʼnoni anglatib kelishi mumkin.
Asarda “sulton” leksikasi vositasida yasalgan ismlarda yana Rajab Sulton. Muhib Sulton
kabilar uchraydi. “Rajab Sulton” ismidagi “rajab” soʻzi maʼnosini tahlil etadigan boʻlsak,
xijriy yil hisobining yettinchi oyining nomi hisoblanadi. Asosan shu oyda tugʻulgan bola yoki
qizning ismi rajab yoki rajabiy deb qoʻyilgan. Oʻz-oʻzidan bizga maʼlum boʻladiki, “Rajab
sulton” soʻz birikmasi maʼno jihatidan “Rajab oyida tugʻilgan podshoh” kabi leksik
tushunchaga mos keladi. “Muhib Sulton” ismidagi “muhib” soʻzi oʻzbek tiliga “doʻst,
yoʻldosh, mehribon, suyukli” kabi soʻz turkum jihatidan ot va sifatlar ifodalab keladigan
leksik maʼnoni anglatadi va “Muhib Sulton” soʻz birikmasi shaklida “mehribon podshoh,
doʻst podshoh” kabi “Sahyx Zunnun” kabi ism ham asarda uchraydi. Yuqorida taʼkidlab
oʻtganimizdek, “Sahyx” soʻzi boshliq, homiy” kabi maʼnoda qoʻllaniladi. “Zunnun” soʻzi esa
“ulkan baliq egasi” kabi maʼnolarni ifodalaydi. Chunki aqidaga koʻra, Yunus paygʻambar uch
kun katta baliq (kit)ning ichida yashaydi. Shu sababli, unga “zunnun” laqabi berilgan,
keyinchalik “zunnun” soʻzi kishilar ismiga aylangan. Shunday ekan, “Sahyx Zunnun” ismini
maʼno jihatdan “baliq egasining boshligʻi tarzida oʻzbek tiliga tarjima qilish mumkin. Har biri
alohida-alohida mustaqil maʼnoni ifodalovchi ikki soʻzdan tashkil topgan ismlardan tashqari,
bir mustaqil maʼnoga ega boʻlgan bir arabcha soʻzdan iborat boʻlgan ismlar ham asar tilida
koʻplab uchraydi: “Xoʻjanddin oʻtub aro yoʻlgʻa yetganda Xalifani Shayx Zunnungʻa risolat
tariqi bila yiborildi. Ul bexush mardak javobi shofiy bermay, Xalifani tutturub oʻlumgʻa
buyurdi”(B.N.:32). “Muzaffar Mirzo va Muhammad Burunduq barlosni Hatlon ustiga yibordi.
“Hofizbek va Shoxirbek munosabati jihatidin Sulton Ali mirzodin qochib, Mirzoxon qoshigʻa
borib edilar (B.N.:69). “Abdulmannondin kichikroq Moʻmin otliq bir yaramas va parishon
oʻgʻli men Samarqandda ekanda mening qoshimgʻa kelib edi. Iqtibosda sof arabcha “Hofiz va
Toxir” kabi ismlar qayd etilgan. “Hofiz” soʻzi “saqlovchi, asrovchi” kabi maʼnolarni
ifodalaydi. “Toxir” soʻzi esa “toza, pokiza, nuqsonsiz, begunoh, dogʻsiz” kabi maʼnolarni
ifodalab, soʻz turkum jihatidan sifatdir. Ushbu gaplarda “xalifa” ismi kishi nomi tilga olinadi.
“Xalifa” soʻzi ham arabcha boʻlib, “oʻrinbosar, yordamchi va vakil” maʼnolarini ham
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
289
ifodalaydi. Navbatdagi gapda “Muzaffar” soʻzi kishi ismi sifatida qayd etilgan. Bunday ismlar
hozirgi kunda ham tez-tez uchraydi. Hozir ham kishi nomi sifatida qoʻyib kelinmoqda. Bu
soʻz arabcha “zafara” feʼlidan ot yasovchi qolipga solish orqali “Muzaffar” soʻzi yasalgan.
“Muzaffar” soʻzi oʻzbek tiliga “gʻolib, yenguvchi, zafarga erishuvchi, gʻalabaga erishuvchi”
kabi maʼnoda tarjima qilinadi. Ushbu asardan namuna sifatida keltirilgan gaplarda ”Moʻmin”
ham uchraydi. Bu ism ham arabcha boʻlib dinga ishonuvchi, xudojoʻy” kabi leksik
maʼnolarga ega. Moʻmin nomi xudoning sifatlaridan biri hisoblanib, bandalarni asrovchi,
saqlovchi kabi maʼnolarni ham anglatadi. Shuning uchun koʻpincha “Moʻmin” deb emas,
Abdumoʻmin deb ham ism qoʻyiladi. Mazkur iqtibos sifatida keltirilgan jumlalarda kishi ismi
sifatida “Xotam” va “maʼruf” soʻzlari ham uchraydi. “Xotam” soʻzi ism boʻlib, insonlarga
nom sifatida qoʻyilishiga sabab, arablarda Xotam ismli sahiy bir shoh toʻgʻrisida juda koʻplab
rivoyatlar mavjud. Jumladan kim sahiylik qilsa, yoki asar qahramonlari sahiy, xalqparvar
boʻlsa, rivoyatlarning qahramoni Xotamga nisbat beriladi. Shu sabablimi, “Xotam” soʻzining
maʼnosi “sahiy, qoʻli ochiq, oliy himmat” kabi maʼnolarni ham ifodalaydi. Bundan tashqari
asarda Abbos, Usmon, Said Umar, Nizomul mulk, Nasr kabi arabcha tarixiy shaxslarning
nomlari qayd etib oʻtilgan. Mazkur ismlardan “abbos” soʻzi “qovogʻi soliq, badjahl,
beshavqat, dovyurak, jangovar” kabi maʼnolarga ega. Keyingi ism “Usmon” esa, tarixda
yashab oʻtgan chahoriyorlardan birining ismi ham hisoblanadi. Shuning uchun bunday ism
musulmon diniga eʼtiqod qiladigan xalqlarda kishi nomi sifatida koʻp uchraydi. Maʼno
jihatidan oʻzbek tiliga “ogʻir, bosiq, mard, jasur” soʻzlari orqali tarjima qilinadi. “Said Umar”
ismi ikki mustaqil soʻzning soʻz birikmasi shaklida hosil qilingan kishi nomidir. Yuqorida
taʼkidlab oʻtganimizdek, “Said” soʻzi “baxtli, saodatli” kabi maʼnolarni ifodalansada, “Umar”
esa “barhayot, boqiy, yashaydigan, abadiy” kabi maʼnolarni anglatadi. Mazkur shakl arabcha
moslashgan aniqlovchili soʻz birikmasi hisoblanadi va oʻzbek tilidagi qaratqich aniqlovchili
soʻz birikmasiga mos keladi. “Nizom” soʻzi oʻzbek tiliga “tartib, intizom, tuzum kabi tarjima
qilinadi. Mulk soʻzi esa “davlat”, podshohlik, boylik kabi maʼnolarni anglatadi. Bu ism
“Nizomulmulk” shaklida “davlat tuzimi yoki podshohlikning tartib qoidasi” singari oʻzbek
tiliga tarjima qilinadi. Navbatdagi ism “Nasr”dir. Bu ism oʻzbek tilida “Nasr” deb atalishi
bilan birga, uning fonetik oʻzgarishga yuz tutgan shakli, “nosir”ham uchraydi.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
290
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Maxmaraimova Sh.T. Hozirgi oʻzbek tili. (leksikologiya). Oʻquv qoʻllanma / – T:.
“Firdavs-shoh nashriyoti”, 2021. –380 b.
2.
P. Qodirov Yuluzli tunlar / roman / “Adabiy barhayot asarlar” turkumi ‒ T.: “Navruz”,
2019. ‒ 576-b.
3.
Xolmanova Z. “Boburnoma” leksikasi, Toshkent – 2007-yil.
4.
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”, Toshkent – 1989-yil.