Authors

  • Halim Murodov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.91348

Keywords:

Sobir Kamolov Go‘sht sut chorvachilik jo‘xori beda Ministrlar Soveti.

Abstract

Maqolada O‘zbekiston tarixida yetuk siyosiy rahbar Sobir Kamolovich Kamolovning (1910-1990) alohida o‘rni, respublikadagi boshqa sohalar bilan bir qatorda chorvachilikni rivojlantirish ishlariga jiddiy e’tibor qaratganligi, go‘sht, sut va chorvachilikning boshqa mahsulotlari bilan aholi qoniqarsiz ta’minlanayotganligi kabi masalalar tahlil etilgan.

background image

999

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

SOBIR KAMOLOV DAVRIDA O’ZBEKISTON XO’JALIGI MUAMMOLARI

Murodov Halim Salimovich

Osiyo xalqaro universiteti

“Tarix va filologiya” kafedrasi dotsenti, PhD.

murodovhalim645@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478343

Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston tarixida yetuk siyosiy rahbar Sobir Kamolovich

Kamolovning (1910-1990) alohida o‘rni, respublikadagi boshqa sohalar bilan bir qatorda
chorvachilikni rivojlantirish ishlariga jiddiy e’tibor qaratganligi, go‘sht, sut va chorvachilikning
boshqa mahsulotlari bilan aholi qoniqarsiz ta’minlanayotganligi kabi masalalar tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar: Sobir Kamolov, Go‘sht, sut, chorvachilik, jo‘xori, beda , Ministrlar Soveti.
Аннотaция. В статье анализируется особая роль выдающегося политического

деятеля в истории Узбекистана, Сабира Камоловича Камолова (1910-1990), его серьезное
внимание к развитию животноводства наряду с другими отраслями республики, а также
такие вопросы, как неудовлетворительное обеспечение населения мясом, молоком и
другими продуктами животноводства.

Ключевые слова: Сабир Камолов, мясо, молоко, животноводство, кукуруза,

люцерна, Совет Министров.

Abstract. The article analyzes the special role of Sabir Kamalovich Kamalov (1910-

1990), an outstanding political figure in the history of Uzbekistan, his serious attention to the
development of animal husbandry along with other sectors of the republic, as well as issues such
as the unsatisfactory supply of the population with meat, milk and other livestock products.

Keywords: Sabir Kamalov, Meat, Milk, Animal Husbandry, Corn, Alfalfa, Council of

Ministers.

O‘zbekiston tarixida iz qoldirgan ko‘pgina siyosiy rahbarlar qatorida Sobir Kamolovich

Kamolovning (1910-1990) ham alohida o‘rni bor. S. Kamolov o‘z faoliyati davomida ko‘pgina
mas’ul lavozimlarni boshqardi. Masalan, S.Kamolov 1956 yil 25 yanvarda O‘zbekiston SSR
Oliy Sovetining qarori bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi qilib tayinlangan[1] bo‘lsa,
1957 yil 28 dekabrda esa u O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari
qilib saylandi[2].

S.Kamolov respublikadagi boshqa sohalar bilan bir qatorda chorvachilikni rivojlantirish

ishlariga jiddiy e’tibor qaratdi. U hali O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisligi davridayoq
sohadagi mavjud kamchiliklarni qattiq tanqid qilgan edi. Masalan, 1957 yil 14 yanvarda
O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilg‘orlarining qurultoyida S.Kamolov o‘z ma’ruzada:
“Respublikada chorvachilik qishloq xo‘jaligining eng qoloq va qarovsiz tarmog‘i bo‘lib
kelmoqda. Go‘sht, sut va chorvachilikning boshqa mahsulotlari bilan aholi qoniqarsiz ta’min
qilinmoqda”[3], degan edi.

1956 yil respublikada yetishtirilgan go‘sht jon boshiga 14 kilogramm, sut 41

kilogrammdan to‘g‘ri kelgan. Vaholanki, umuman Sovet Ittifoqi bo‘yicha yetishtirilgan go‘sht
jon boshiga 30 kilogramm, sut 230 kilogrammdan to‘g‘ri kelgan. Ushbu dalillar respublikaning
chorvachilik sohasida jiddiy muammolar mavjudligidan dalolat beradi. 1957 yilda esa
O‘zbekiston SSR zimmasiga 129 ming tonna go‘sht va 17 ming tonna jun yetishtirish vazifasi
yuklandi.


background image

1000

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Lekin respublika bunday ulkan vazifalarni bajarish uchun sohadagi mavjud

kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi lozim edi. Bu paytda chorvachilik sohasida qanday
muammolar edi?

Chorvachilik mahsuldorligini oshirishning asosiy sharti yem-xashak bazasini oshirishdan

iboratdir. Chorvalar uchun asosiy mahsulot jo‘xori va beda bo‘lib, bu ekinlarga munosabat
yomon ahvolda bo‘lgan.

Masalan, jo‘xori har bir paxtachilik brigadasida unumsiz, ko‘pincha tashlandiq va

qarovsiz yerlarda ekilgan. Kolxozlarning ko‘pchiligida jo‘xori parvarish qilish uchun esa maxsus
kishilar ajratilmagan. Bu ekinlarni odatda paxtachilik brigadalaridan vaqtincha olingan kishilar
parvarish qilgan. Makkajo‘xori qator oralari asosan qo‘l kuchi bilan ishlangan.

Bunga texnika jalb qilinmagan. Natijada ekinlarning hosildorlik darajasi har mavsumda

pasayib ketib, chorvachilikning rivojiga jiddiy zarur yetkazgan.

Chorvachilik uchun beda ham juda muhim o‘rin tutadi. Shunga qaramay, mazkur davrda

bedachilik o‘z holiga tashlab qo‘yilgan va respublikada bedapoyalar sistematik kamayib ketgan.
Masalan, O‘zbekiston SSRda 1953 yilda 343 ming gektar bedazor bo‘lgan bo‘lsa, 1956 yilda
kamayib 259 ming gektarga tushib qoldi. 1956 yilda bedazorlar plandagiga nisbatan Farg‘ona
oblastida 18 ming gektar, Andijon oblastida 16 ming gektar, Qoraqalpog‘istonda 15 ming gektar
kamayib ketgan.

Paxtachilikni rivojlantirish maqsadida ayrim kolxozlar bedazorlarni butunlay yo‘qotib

yuborgan. Shuningdek, bedazorlar agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarish qilinmagan.

Natijada beda yetilganidan keyin juda kechikib o‘rib olingan. Buning oqibatida bedani bir

mavsumda 4-5 marta o‘rib olish va har gektaridan 100-120 sentner beda olish o‘rniga, 2-3 marta
o‘rib olingan va ko‘pi bilan 40-45 sentner beda olingan[4]. Bu omillar chorvachilik sohasiga
jiddiy zarar yetkazgan.

Masalan, 1956 yil dekabr oyida mollarning xarom o‘lish hollari ko‘proq kuzatilgan.

Jumladan, 3500 bosh qoramol, 26 ming bosh qo‘y va echki harom o‘lgan. Ayniqsa, Samarqand
va Qashqadaryo oblastlarida chorva mollarining nobud bo‘lishi ko‘proq kuzatilgan.

Shuning uchun S. Kamolov chorvachilik uchun muhim bo‘lgan jo‘xori va beda kabi ekin

turlariga bunday mas’uliyatsizlikka xotima berish lozimligini ta’kidlagan.

O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining birinchi sekretari S.Kamolov O‘zbekiston KP

Markaziy Komitetining 1958 yil 11 martda bo‘lib o‘tgan plenumida ham chorvachilik sohasiga
e’tibor qaratdi. U sohadagi ko‘pgina yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolarni ham
ko‘rsatib o‘tdi.

Bu paytdagi chorvachilikning ahvoli juda achinarli holatda bo‘lgan. Respublikaning ko‘p

chorva mollari nobud bo‘lgan. S.Kamolov keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, 1958 yil yanvar
oyining o‘zidagina respublikada 2750 bosh qoramol, 15,3 ming bosh qo‘y va echki nobud
bo‘lgan. Chorva mollarining nobud bo‘lishi eng ko‘p Samarqand oblastida yuzaga kelgan. Bu
yerda yanvar oyida 762 bosh qora mol, 3650 bosh qo‘y va echki nobud bo‘lgan[5].

Xullas, respublikada asosiy e’tibor paxtachilikka qaratilib, jo‘xori va beda ekinlarining

maydoni kamayib ketganligi, chorva mollarining sovuqdan asrash uchun issiq binolarni yetarli
emasligi, oziqani o‘z vaqtida va yetarli holatda ta’minlanmaganligi, qish faslida kadrlar
yetishmasligi, shuningdek, bu muammolarni hal etish uchun sohaga biriktirilgan rahbar kadrlarni
noto‘g‘ri qo‘yilganligi natijasida chorvachilikning holati yomon ahvolga tushib qolgan edi.


background image

1001

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

REFERENCES

1.

Qizil O‘zbekiston. 1956 yil 26 yanvar.

2.

O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komitetining plenumi to‘g‘risida informatsion
bildirish // Qizil O‘zbekiston. 1957 yil 29 dekabr.

3.

O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilg‘orlarining qurultoyi. O‘zbekiston SSR Ministrlar
Sovetining raisi o‘rtoq S.K. Kamolov dokladi // Qizil O‘zbekiston. 1957 yil 15 yanvar.

4.

O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilg‘orlarining qurultoyi. O‘zbekiston SSR Ministrlar
Sovetining raisi o‘rtoq S.K. Kamolov dokladi // Qizil O‘zbekiston. 1957 yil 15 yanvar.

5.

O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining birinchi sekretari o‘rtoq S.Kamolov dokladi //
Qizil O‘zbekiston. 1958 yil 13 mart.

6.

Murodov, H. (2024). BUXORO TURIZMI XIZMAT KORSATISH SOHASIDAGI
IJOBIY O’ZGARISHLAR (2000-2016 yillar misolida). Medicine, pedagogy and
technology: theory and practice, 2(12), 132-138.

7.

Salimovich, M. H. (2024). TARAQQIYOT VA MARIFAT UCHUN KURASHGANLAR
TAQDIRI.

8.

Salimovich, M. H. (2024). HARAKATLAR STRATEGIYASI DAVRIDA VIZA
SIYOSATI.

9.

Salimovich, M. H. BUXORO TURIZMI XIZMAT KORSATISH SOHASIDAGI IJOBIY
O’ZGARISHLAR (2000-2016 yillar misolida).

10.

Murodov, H. (2024). BUXORO TURIZMI XIZMAT KORSATISH SOHASIDAGI
IJOBIY O’ZGARISHLAR (2000-2016 yillar misolida). Medicine, pedagogy and
technology: theory and practice, 2(12), 132-138.

11.

Murodov, H., & Rabiyeva,

Z. (2024). THE FATE OF THOSE WHO FOUGHT FOR

DEVELOPMENT AND ENLIGHTENMENT

. Modern Science and Research, 3(5), 840-843.

12.

Murodov, H., & Sadriyev, M. (2024). KOREYA TARIXIGA BIR NAZAR. Modern
Science and Research, 3(12), 817-822.

References

Qizil O‘zbekiston. 1956 yil 26 yanvar.

O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komitetining plenumi to‘g‘risida informatsion bildirish // Qizil O‘zbekiston. 1957 yil 29 dekabr.

O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilg‘orlarining qurultoyi. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi o‘rtoq S.K. Kamolov dokladi // Qizil O‘zbekiston. 1957 yil 15 yanvar.

O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilg‘orlarining qurultoyi. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi o‘rtoq S.K. Kamolov dokladi // Qizil O‘zbekiston. 1957 yil 15 yanvar.

O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining birinchi sekretari o‘rtoq S.Kamolov dokladi // Qizil O‘zbekiston. 1958 yil 13 mart.

Murodov, H. (2024). BUXORO TURIZMI XIZMAT KORSATISH SOHASIDAGI IJOBIY O’ZGARISHLAR (2000-2016 yillar misolida). Medicine, pedagogy and technology: theory and practice, 2(12), 132-138.

Salimovich, M. H. (2024). TARAQQIYOT VA MARIFAT UCHUN KURASHGANLAR TAQDIRI.

Salimovich, M. H. (2024). HARAKATLAR STRATEGIYASI DAVRIDA VIZA SIYOSATI.

Salimovich, M. H. BUXORO TURIZMI XIZMAT KORSATISH SOHASIDAGI IJOBIY O’ZGARISHLAR (2000-2016 yillar misolida).

Murodov, H. (2024). BUXORO TURIZMI XIZMAT KORSATISH SOHASIDAGI IJOBIY O’ZGARISHLAR (2000-2016 yillar misolida). Medicine, pedagogy and technology: theory and practice, 2(12), 132-138.

Murodov, H., & Rabiyeva, Z. (2024). THE FATE OF THOSE WHO FOUGHT FOR DEVELOPMENT AND ENLIGHTENMENT. Modern Science and Research, 3(5), 840-843.

Murodov, H., & Sadriyev, M. (2024). KOREYA TARIXIGA BIR NAZAR. Modern Science and Research, 3(12), 817-822.