2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
818
SIYOSIY E’TIQODNING SHAXS KAMOLOTIDAGI O’RNI
Olimova Sharifa Oybek qizi
Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 11-sinf o’quvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15513153
Annotatsiya. Ushbu maqolada siyosiy e’tiqod tushunchasi hamda uning shaxs siyosiy
qarashlari, fikrlari va qarorlaridagi o’rnini ifodalovchi konkret tuzilma ekanligi konseptual
jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu tushuncha siyosiy jarayonlarning shakl va
tizimlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi, davlat va jamiyat taraqqiyotida
muhim o‘rin tutishi, inson tajribasi, ijtimoiy masalalar va qarashlarni tahlil qilishda yordam
berishi turli faktlarga tayangan holda asoslab berilgan.
Kalit so’zlar: siyosat, axloq, din, e’tiqod, demokratiya, jamiyat, ijtimoiy adolat, erkinlik,
tafakkur.
Siyosiy e’tiqod shaxslarning siyosat sohasida rivojlantirgan asosiy g’oyalar va qarashlar
tizimini anglatadi. Ushbu e’tiqodlar jamiyatga chuqur ta’sir ko’rsatib, shaxsning siyosiy
qarashlari va qadriyatlarini shakllantirish uchun falsafiy asos taqdim etadi. Ular siyosiy
faoliyatning yo’nalishini belgilaydi va ijtimoiy etikaning shakllanishida muhim o’rin tutadi.
Siyosiy e’tiqodlar shaxslarning siyosiy masalalarda qanchalik faol ishtirok etishini
belgilab, ularning huquqlarini va manfaatlarini qat’iy himoya qilishga undaydi va
mamlakatlarining siyosiy hayotida, jumladan, saylovlar va referendumlarda ishtirok etishga
undaydi hamda jamoat fikrini shakllantiradi. Xususan, shaxsiy ong va xulq-atvorga ta’sir
ko’rsatib, insonlarni jamiyat farovonligiga, ijtimoiy o’zgarish va taraqqiyotga hissa
qo’shishadi.
Inson e’tiqodi kompleks va turli usullarda ifodalangan yaxlit fenomendir. U
o‘zlashtirgan axborotlar, bilimlar, tasavvurlar va qarashlar asosida turli sohalarda, masalan,
siyosat, huquq, axloq, nafosat, din, fanlar va boshqalar bilan bog‘liq qadriyatlar va g‘oyalarni
yuzaga keltiradi. Shuningdek, tadqiqotchilar inson e’tiqodining siyosiy, huquqiy, axloqiy,
estetik, diniy, ilmiy rakurslarini ta’riflashda foydalanadilar. Bu tushunchalar inson yaxlit
e’tiqodning turli aspektlarini ifodalashda xizmat qiladi, ammo, bu insoniy dunyoqarashi uchun
yaxlit e’tiqodlarning barcha shakllarini o‘z ichiga oladi degan ma’noni anglatmaydi. Ushbu
tushunchalar inson e’tiqodini turli rakurslarda tavsiflab o‘tishda yordam beradi.
Siyosiy tuyg‘ular va kechinmalar shaxs siyosiy e’tiqodini shakllantiruvchi hissiy asos
bo‘lsa, uning aqliy asosi siyosiy axborotlar va ma’lumotlar bilan bog‘liq.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
819
Siyosiy axborot – siyosiy voqelik, unda yuz bergan siyosiy jarayon, voqeaga doir
ma’lumotlar yig‘indisidir. U mazmunan boyligi va tarkiban murakkabligi bilan tavsiflanadi.
Masalan, u davlat ichki va tashqi siyosati mazmuniga, saylov jarayonlariga, siyosiy
institutlar faoliyatiga, xalqaro siyosiy munosabatlarga, inson huquqlari va demokratiya
asoslariga va hokazolarga dahldor bo‘lishi mumkin. Siyosiy axborotlarning ijtimoiy ahamiyati
beqiyos. U jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi va jamiyat siyosiy hayotini muvofiqlashtirish
imkonini beruvchi qadriyat hisoblanadi.
Biroq biz uning shaxs ma’naviy olamidagi o‘rni va roli bilan bog‘liq jihatiga e’tiborni
qaratamiz. Siyosiy axborotlarning o‘zlashtirilishi nafaqat shaxs siyosiy xabardorligi darajasini
oshiradi, balki unga jamiyatda jamlangan siyosiy tajribalarni o‘zlashtirish, siyosiy hayotga
moslashish, siyosiy ijtimoiylashish imkonini ham beradi.
Shaxs siyosiy tuyg‘ulari va kechinmalari, siyosiy axborotlari va ma’lumotlari shaxs
siyosiy bilimlarining shakllanishiga turtki beradi. Siyosiy bilimlar mazmunini “bilim”
tushunchasiga asoslangan holda ochib bersak. Ma’lumki, “bilim – borliqning ideal obrazi, inson
ongi va tafakkurining ijtimoiy-tarixiy amaliyotda tekshirilgan va mantiqan tasdiqlangan,
voqelikning bilish jarayonida erishilgan natijasi, shu voqelikni inson ongida tushunchalar,
muhokama va nazariyalar orqali ifodalangan in’ikosi, kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari
haqida hosil qilgan ma’lumotlari, voqelikning inson tafakkurida aks etishi” [1].
Mazkur ta’rif asosida fikrlaydigan bo‘lsak, siyosiy bilimlar – hissiy in’ikos hamda
siyosiy tafakkur natijasida yuzaga kelgan, haqqoniyligi nazariy jihatdan isbotlangan va siyosiy
amaliyotda aprobatsiyadan o‘tgan siyosiy tushunchalar, siyosiy mulohazalar va siyosiy
xulosalardir.
Siyosiy e’tiqod moddiy ne’mat, narsa, predmet emas. Uni moddiy obyektlar kabi
o‘lchab, tortib ko‘rib, sanab, hisoblab bo‘lmaydi. Uning mazmuni va shakllanganligi darajasini
laboratoriya sharoitlarida aniqlash, tajribalar o‘tkazish orqali tavsiflash ham imkonsiz.
Biroq bundan shaxsda siyosiy e’tiqodning mavjudligini, uning shakllanganligi
me’yorini aniqlab bo‘lmaydi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Siyosiy e’tiqod mohiyati ham
qator hodisalarda o‘z ifodasini topadi. Ana shu hodisalarga qarab shaxs siyosiy e’tiqodining
qaror topganligi darajasiga, uning xarakteriga baho berish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, siyosiy e’tiqod turli ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi, jumladan,
shaxsning siyosiy fikrlashi, qarashlar tizimi, ijtimoiy hayotda ishtirok etishga tayyorligi, siyosiy
maqsadlari va siyosiy tizimda ishtirok darajasi. Ushbu ko’rsatkichlar shaxsning siyosiy ongini,
bilimlarini, faoliyatini va mas’uliyat tuyg’usini aks ettiradi.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
820
Kuchli siyosiy e’tiqodlarga ega bo’lganlar jamiyat rivojiga sezilarli hissa qo’shishi va
ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilishda faol rol o’ynashi mumkin. Shuning uchun kuchli
siyosiy e’tiqodlarga ega fuqarolarni tarbiyalash jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat” 2008.
2.
Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”. – T.: “O‘zbekiston”,
2022.
3.
Biju P.R. Political theory. -University of Jammu: Directorate of Distance Education,
2021. -p.106.
4.
Вакулова Т.В., Матросов М.А. К вопросу о демократии: определения и основные
принципы // Гуманитарная парадигма, 2017, №3.- 50-62-с.
5.
http:// www.strategy.uz
6.
https://president.uz
7.
http:// www.edu.uz
