Authors

  • Sharifa Olimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98486

Keywords:

tasavvuf tariqat shayx murshid murid ilm ustoz-shogird munosabatlari.

Abstract

Ushbu maqolada Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning ustoz-shogird sifatlari haqidagi ibratli o‘gitlari keltirilib, ustoz-shogird munosabatlari qay tartibda bo‘lishi, ustozning sifatlari, shogirdning hayotda munosib o‘rinni egallashida birinchi navbatda ustozning o‘rni beqiyos ekanligi tahlil etiladi.

background image


May, 2025-Yil

827

XOJA ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIY ASARLARIDA USTOZ-SHOGIRD SIFATLARI

Olimova Sharifa Oybek qizi

Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 11-sinf o’quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15521533

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning ustoz-shogird sifatlari

haqidagi ibratli o‘gitlari keltirilib, ustoz-shogird munosabatlari qay tartibda bo‘lishi, ustozning
sifatlari, shogirdning hayotda munosib o‘rinni egallashida birinchi navbatda ustozning o‘rni
beqiyos ekanligi tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

tasavvuf, tariqat, shayx, murshid, murid, ilm, ustoz-shogird munosabatlari.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevni: “Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan, doimo

ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o‘qituvchi, muallim deganda o‘zim
uchun eng aziz va hurmatli bo‘lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni
tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta’lim berib, mehribon ota-
onalarimiz qatori tarbiyalagan...” - deya e’tirof etishi bejizga emas.[1] Darhaqiqat, ilmida mohir
bulgan ustozlarni ardoqlangan yurtda yuksalish bo‘ladi, munosib ilmli shogirdlar yetishib chiqadi.

Aksincha, ustozlar behurmat qilingan yurtda kelajak inqirozga yuz tutadi, johillik avj oladi.
Zero, rivojlanish va tinchlikning asosiy posbonlari ustozlardir. Ular tarbiyalagan

shogirdlarning ma’naviy qurollari har qanday zamonaviy texnika va yot mafkuradan ta’siri kuchli
bo‘lib, yurt ravnaqini munosib mustahkamlab himoya qiladi. Shuning uchun ustoz-shogird
munosabatlari har bir zamon va makonda e’tibor markazida bo‘lgan.

Ustoz-shogird munosabatlarisiz biror sohaning taraqqiyoti hanuzgacha uchramaganligi, bu

munosabatni qadrlashimiz, e’zozlashimiz shart ekanligini Xojagon tariqati asoschisi Xoja
Abdulxoliq G‘ijduvoniy o‘z asarlarida juda chiroyli o‘xshatishlar bilan tushuntirib berganlar.

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy ustoz va shogirdning sifatlari qanday bo‘lishi kerakligini

nazariy jihatdan tahlil etib tushuntirib berish bilan bir qatorda, o‘zlari ham uztozlari Xoja Yusuf
Hamadoniyga ehtirom ko‘rsatib, u kishi haqida asarlar yozganlar.

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning Xojagon tariqati maktabidagi ta’lim-tarbiya usuli va

yozgan qitoblaridagi g‘oyalarning barchasi payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi
vasallamning sunnatlariga muvofiq bo‘lib, ustoz-shogird munosabatlarini yoritib berishlarida ham
ushbu uslubga amal qilganlar.

Jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar

xazinasida saqlanayotgan, muallifi noma’lum, o‘n uchta bobni o‘z ichiga olgan “Az guftori Xoja
Abdulxoliq G‘ijduvoniy”

ya’ni “Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning aytganlaridan“ risolasining bir

qancha boblarida ustoz-shogird munosabatlari qanday bo‘lishi lozimligi yoritib berilgan.

Maqolada birgina ana shu risoladagi mavzuimizga doir keltirilgan boblar g‘oyalari falsafiy

tahlil etildi.

Ushbu risolaning beshinchi bobi “

Ustozning martabalari va sifatlari haqida”

nomlanib,

ustoz qaysi tartibda o‘rgatsa, shu tartibda o‘rganish, shogird barcha holatda ham ustozga
muhtojligi, ustozning xizmati uchun riyozat chekish va xizmatda nuqsonga yo‘l qo‘ymaslik
borasida shogirdning farzlari haqida so‘z boradi:

“Bilginki, bu yo‘lning har bir yo‘lovchisiga –


background image


May, 2025-Yil

828

Alloh ularga muvaffaqiyatlar ato qilsin – haqiqiy yo‘lboshchiga ergashmay chora yo‘q, chunki bu
yo‘lning manzili maqomlarida dovoni qiyinchiliklar ko‘pdir”.

Ushbu bobda Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy shogirdni yo‘lovchiga, ustozni esa

yo‘lboshchiga qiyos etadi. Bilamizki, yo‘l mashaqqati juda qiyindir, ayniqsa bu yo‘ldan oldin
yurmagan bo‘lsangiz, manzilni aniq bilmasangiz, adashish oson. Hattoki manzilga yeta olmaslik
ham mumkin. Ayniqsa, bu yo‘l Haqqa yetish, ilm yo‘li bo‘lsa insondan anchagina zahmat
chekishni talab etadi. Agar biz uchun yangi, noma’lum bo‘lgan manzil yo‘lini yo‘lboshchi-ustoz
bilan bosib o‘tsaq, anchagina oson va tezroq bosib o‘tamiz.

Chunki birinchidan, “adashmadimmikan” degan shubhalardan holi bo‘lib, ixtiyorizni

yo‘lboshchiga topshirasiz, uning aytganlarini bajarasiz, yo‘lda zerikib qolmaysiz, sababi
hamsuhbatingiz, yangi narsalarga duch kelganingizda so‘rab bilguvchingiz doimo yoningizda
bo‘ladi. Mohir yo‘lboshchining aytganlariga amal qilsangiz, manzilga sog‘-salomat, tezroq yetib
borib, maqsadingizga erishasiz.

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning ustoz-shogird munosabatlari haqidagi aytganlaridan

shunday umumiy xulosaga kelamizki, sabr-toqat bilan ilmu hunar egallashni komillik sari yo‘l
deb, komillikni daryoga qiyos etamiz. Ilm ahli irmoqlar orqali daryoga kelib qo‘shiladi, komillikka
erishadi. Irmoqni yo‘lini ochuvchi - ustoz bo‘lsa, unda mavjlanib oqayotgan suv – shogirddir.

Agar suv irmoq orqali daryoga bormasa, yer yuziga singib, manziliga yeta olmaydi.
Shuning uchun ya’na bir bor ta’kidlaymizki, dunyoda mavjudligimizni sababchisi - aziz

ota-onamiz bo‘lsa, qadrimizni, kimligimizni anglatgan - mo‘tabar ustozlarimiz ekanligini chuqur
anglashimiz shart.

Zotan, ustozlardan ilm o‘rganishimiz va ularni shogirdidan roziligi komillik manziliga

eltuvchi yagona yo‘ldir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Shavkat Mirziyoev. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan
sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi buyicha videoselektor yig‘ilishi. 2
noyabr 2020 yil.

2.

Gulchehra Navro‘zova. Abdulxoliq G‘ijduvoniy. “Imom Buxoriy xalqaro markazi”
nashriyoti Samarqand 2020. –B. 72;

3.

Oygul Sharipova. Abdulxoliq G‘ijduvoniy. Monografiya. Buxoro 2020. –B. 28;

4.

Mahmud Hasaniy. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy. –T.: “O‘zbekiston”, 2003. – B 113-115;


References

Shavkat Mirziyoev. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi buyicha videoselektor yig‘ilishi. 2 noyabr 2020 yil.

Gulchehra Navro‘zova. Abdulxoliq G‘ijduvoniy. “Imom Buxoriy xalqaro markazi” nashriyoti Samarqand 2020. –B. 72;

Oygul Sharipova. Abdulxoliq G‘ijduvoniy. Monografiya. Buxoro 2020. –B. 28;

Mahmud Hasaniy. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy. –T.: “O‘zbekiston”, 2003. – B 113-115;