Authors

  • Sharifa Olimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98484

Keywords:

jadidlar jadidchilik harakati Mahmudxo’ja Behbudiy

Abstract

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda har yili oktyabr oyining birinchi haftasini Qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bunga ko‘plab vazirliklar, agentliklar va davlat idoralari mas’ul qilib belgilab qo‘yildi. Ushbu maqolada targ’ibotlar natijasida o’rganilgan ma’lumotlar tahlil etilgan.

background image


May, 2025-Yil

822

JADIDLAR MATBUOTI: MILLIY UYG‘ONISH VA ERKIN FIKRNING NURLANISHI

Olimova Sharifa Oybek qizi

Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 11-sinf o’quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15521514

Annotatsiya.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyuldagi “Siyosiy

qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda
ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul
qilindi. Qarorda har yili oktyabr oyining birinchi haftasini Qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi
sifatida o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bunga ko‘plab vazirliklar, agentliklar va davlat idoralari mas’ul
qilib belgilab qo‘yildi. Ushbu maqolada targ’ibotlar natijasida o’rganilgan ma’lumotlar tahlil
etilgan.


Kalit so’z.

jadidlar, jadidchilik harakati, Mahmudxo’ja Behbudiy, "Taraqqiy" "Shuhrat",

"Sadoyi Turkiston", "Hurriyat", "Ishtirokiyun".


KIRISH

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalar qatori

matbuotga nisbatan ham yangicha munosabat yuzaga keldi. Chunki jadidlar matbuoti to‘g‘risidagi
haqiqatning tiklanishi ham bevosita milliy istiqlolning ro‘yobga chiqishi bilan uzviy bog‘liq. Zero,
sobiq mafkura tazyiqi ostida matbuotimiz, xususan XIX asr oxiri hamda XX asrdagi milliy
matbuotning shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari o‘rganilmagan edi. Ta’kidlash joizki,
matbuotning milliy uyg‘onishga da’vat minbariga aylanishning ham o‘z tarixiy taraqqiyot yo‘li
bor. Turkiston matbuoti tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mustamlakachilik davrida mustabid
sho‘ro tuzumi mafkurachilari tomonidan jadidlar faoliyati millatchilik g‘oyasini ilgari surgan deb
qoralab kelingan. Jadidchilik oqimining mohiyatini tubdan oydinlashtirish, sho‘ro mafkurachilari
tomonidan qo‘yilgan “ayb”lardan xalos qilish, ularning to‘g‘ri va ilmiy bahosini berish uchun
o‘zbek matbuoti XX asrning 80-90 yillarida maqolalar, davra suhbatlarini berib bordi. Ayniqsa,
mustaqillik davridagi matbuot sahifalarida jadidlar faoliyatini yoritishda jiddiy muammolarni
ko‘tarib chiqqan maqolalar katta o‘rin egallaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida tarixiylik va xolislik tamoyillariga suyangan holda, qiyosiy – tarixiy,

mantiqiy tahlil va davrlashtirish usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirish bilan o‘zining ma’naviy

qadriyatlarini va aqliy salohiyatini qayta tiklash davriga qadam qo‘ydi. Davlatimiz qo‘lga kiritgan
milliy mustaqillik matbuot sohasida ham o‘z aksini topmog‘i kerak. Chunki maktabda amalga
oshiriladigan tarbiyaviy jarayon maqsadi davlat, ijtimoiy tarbiya maqsadlariga mos kelgan
holdagina madaniy, ma’naviy, iqtisodiy taraqqiyot ravnaq qaror topishi mumkin. O‘tmish va
kelajak bovasta qadamdir, deydi dono xalqimiz. Matbuot tarixining o‘z so‘nmas yulduzlari, porlab
turgan quyoshlari – buyuk siymolari mavjud. Zero, tundan so‘ng tong otgani kabi ular asrlar osha
hur tafakkur kuchlari bilan avlodlar dardiga hamdard, yo‘llariga madad bo‘ladilar. Yangi usuldagi
maktab va maorif, ta’lim – tarbiya muammolarini ilgari surgan jadidlar ana shunday ulug‘ insonlar
bo‘lib, tarix maydonida ularning alohida o‘rni bor.


background image


May, 2025-Yil

823

Jadidlar targ‘ib etgan g‘oyalar hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Suvning tubiga

cho‘kib ketgan marvariddek shaffof hur fikrlar, ilg‘or falsafiy, pedagogik qarashlar bugungi kunda
barkamol avlodni tarbiyalashda juda zarur va keraklidir. Ayniqsa, yoshlarni go‘zal ong, go‘zal til,
go‘zal qalb sohibi – komil inson sifatida tarbiyalashda jadidlar faoliyatining ahamiyati buyuk va
beqiyosdir.

Jadidchilik harakati XX asr boshlarida Turkiston zaminida boshlangan milliy uyg‘onish

davrining muhim qismidir. Bu harakat vakillari – jadidlar, xalqni jaholatdan chiqarish, zamonaviy
bilimlar bilan qurollantirish, va eng asosiysi, matbuot orqali jamiyatni uyg‘otish g‘oyasini ilgari
surdilar.

Jadidlar matbuotga katta e’tibor qaratganlar. Ular gazeta va jurnallar orqali o‘z g‘oyalarini

targ‘ib qilib, xalq ongini o‘zgartirishga intildilar. Eng mashhur jadid gazetalaridan biri "Taraqqiy"
bo‘lib, Mahmudxo‘ja Behbudiy tahririda nashr etilgan. Shuningdek, "Shuhrat", "Sadoyi
Turkiston", "Hurriyat", "Ishtirokiyun" kabi nashrlar ham xalqni milliy uyg‘onishga chorlovchi
asosiy axborot vositalari bo‘lgan.

Jadidlar matbuoti o‘zbek xalqining ma’naviy hayotida katta o‘rin tutdi. Bu nashrlar orqali

xalq o‘z ona tilida yangiliklardan boxabar bo‘lib, diniy, ma’rifiy, siyosiy va iqtisodiy mavzularda
bilim oldi. Shuningdek, matbuot orqali ayollar ta’limi, bolalar tarbiyasi, zamonaviy maktablar
ochilishi kabi dolzarb masalalar ham yoritildi.

Jadid matbuoti erkin fikr, milliy o‘zlik, taraqqiyot va islohotlarni ilgari surgan. Bu nashrlar

tufayli jamiyatda yangicha dunyoqarash shakllanib, ko‘plab ziyolilar yetishib chiqdi. Garchi bu
matbuot sovet davrida ko‘p hollarda taqiqlangan bo‘lsa-da, uning ruhiy ta’siri keyingi avlodlarga
ham yetib borgan.

Xulosa

filib aytganda, jadidchilik milliy ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o‘zbek

halqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi bilan ajralib turgan.

Ularning

dunyoqarashida

vatanparvarlik,

millatparvarlik,

ma’rifatparvarlik,

taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar yetakchilik qilgan. Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun
milliy ongni o‘stirish zarurligini payqadilar. Shu ma’noda ularning g‘oyalaridan va hayotiy
pozitsiyalaridan foydalanish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Jadid matbuotida ozodlikka, mustaqillikka qon to‘kishlarga olib keluvchi turli to‘polon,

qirg‘in-barot urushlar bilan emas, balki aholining savodini chiqarish, ularning ma’rifatini ko‘tarish
orqali qaramlikdan qutulish g‘oyalari ilgari surilgan. Mazkur g‘oyalarni hozirgi zamon ruhiyatiga
moslashtirgan holda rivojlantirish zarur. XX asr boshlarida ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy
muammolar jadid matbuotida keng o‘rin oladi. Jumladan, “Taraqqiy”, “Sadoi Turkiston”, “Ulug‘
Turkiston”, “Turon”, “Xurshid” singari gazetalarda e’lon qilingan hajviy va publitsistik asarlarda
o‘sha davr boyonlarining qoloqligi, chor ma’muriyatining to‘rachiligi, paranjining yangi zamonga
mos kelmayotgani, talabalarga 5 so‘m iona (ehson) qilish o‘rniga, besh yuzlab so‘mni
restoranlarda foxishalarga sochayotgan ahloqsiz sarmoyadorlar qattiq tanqid ostiga olinadi.

Maxmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Hamza, Ubaydullaxo‘ja

Asadullaxo‘jaev, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulxamid Cho‘lpon kabilar chiqishlarida
mazkur muammolarni dadil ko‘tarib chiqdilar va yuqoridagi nashrlarda o‘z publitsistikasi bilan
ham faol ishtirok etganlar. Shuning uchun mamlakatimiz va xorij arxivlarida saqlanayotgan
bunday milliy matbuot durdonalarini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega.


background image


May, 2025-Yil

824

Jadid matbuotida qanday odamlar millatga foyda keltirishlari mumkinligi haqida ko‘p fikr

yuritganlar. Ular kasblar va hunarlarning o‘ziga xosliklarini chuqur tahlil qilib, kishilarning
tabiatlarini ham o‘rganganlar.

Jadidlar matbuoti o‘zbek matbuot tarixining oltin sahifalaridan biridir. U faqatgina axborot

tarqatuvchi vosita bo‘lib qolmay, balki xalqni uyg‘otuvchi, ongini yorituvchi mash’ala bo‘lib
xizmat qilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. –

T.:O‘zbekiston, 2017.
2.

Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”. – T.: “O‘zbekiston”,

2022. – 413 b.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni

bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning
xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori
http://www.gov.uz
4.

http:// www.strategy.uz

5.

https://president.uz

6.

http:// www.edu.uz



References

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. – T.:O‘zbekiston, 2017.

Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”. – T.: “O‘zbekiston”, 2022. – 413 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori http://www.gov.uz

http:// www.strategy.uz

http:// www.edu.uz