Authors

  • Sharifa Olimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.95708

Keywords:

e’toqod axloq din poligon jamiyat ijtimoiylashuv mafkura tafakkur.

Abstract

Ushbu maqolada e’tiqod har bir shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan dunyoqarashning bir ko‘rinishi bo‘lib, shaxs, jamiyat tomonidan muayyan g‘oya, inson va dinlarga chin dildan ishonish, ergashish, sodiq va vafodor bo‘lishi kerakligi tahlil qilingan.

background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

815

E’TIQODNING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI

Olimova Sharifa Oybek qizi

Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 11-sinf o’quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15513124

Annotatsiya. Ushbu maqolada e’tiqod har bir shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan

dunyoqarashning bir ko‘rinishi bo‘lib, shaxs, jamiyat tomonidan muayyan g‘oya, inson va

dinlarga chin dildan ishonish, ergashish, sodiq va vafodor bo‘lishi kerakligi tahlil qilingan.

Kalit so’zlar: e’toqod, axloq, din, poligon, jamiyat, ijtimoiylashuv, mafkura, tafakkur.

“Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga

ega” [1], ekanligi zamonaviy hayotning isbot talab qilmas hodisasidir. Avj olib borayotgan

mafkuraviy hurujlar maydoninining eng faol ijrochilari yoshlar qatlamini tashkil etmoqda.

Shijoatli yoshlar ongi va xulq-atvorida hayotda munosib o‘rnini topish uchun ma’qul narsa-

hodisaga e’tiqod qiladi. Yoshlarning tanlagan e’tiqodi yashash faoliyatidagi mezonlarni

belgilab beradi.

“O‘z navbatida yoshlar barcha narsa-hodisaga o‘z e’tiqodidan kelib chiqib baho beradi”

[2]. Masalan, biror kasbga e’tiqod qiladi, ardoqlaydi, taqdirini shu kasbga bog‘laydi. Inson

tabiati serqirra ba’zilar moddiy narsa, bezak urf-odatlarga me’yoridan ortiq ixlos qo‘yishi

ma’naviy qashshoqlikka olib keladi. Bunday odamlarning e’tiqodi g‘ayri insoniy yo‘nalishga

tushib, xalq nazaridan qoladi.

Ya’ni, “e’tiqod - ob’ektiv umuminsoniy qadriyatlarga haqiqatga

mos kelishi, egrilik, mutaassiblikka qo‘shilib salbiy shaklga ham kirishi mumkin”

[3].

Chunki,

e’tiqodlilik darajasining o‘zi ham jamiyatda ijobiylik va salbiylik holatida namoyon bo‘ladi:

Ijobiy e’tiqod

- jur’atni, qat’iyatni, tashabbuskorlikni, tanlangan idealiga nisbatan

sadoqatni rivojlanishi kabi holatlarni ifodalaydi.

Insonda ijobiy e’tiqodni shakllantirish uchun

xojagon tariqati ta’biri bilan aytganda “dil ba yoru dast ba kor” ya’ni qo‘l mehnat bilan, ko‘ngil

Olloh yodi bilan sayqallashib borishi kerak. Agar bu holat bo‘lmasa insonni nafsoniy tuyg‘ular

qamrab oladi va e’tiqodida nuqsonlar paydo bo‘ladi. Ko‘nglida Ollohni yod etib doimo ezgu

fikr, ezgu so‘z, ezgu amallar sari harakat qilayotgan e’tiqodli inson o‘zi tanlagan yo‘ldagi har

qanday qiyinchilikka bardosh bera oladi. Natijada ruhan kuchli shaxs bo‘lib, komil inson

xususiyatlari yuzaga chiqadi. Eng asosiysi bunday e’tiqodli inson o‘zligidan voz kechmaydi.

O‘zligini anglagan har qanday inson esa avvalo o‘zini, oilasini, mahallasini, millatini, jamiyatni

turli xil tajovvuzlardan himoya qiladi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

816

Har qanday tashqi ta’sir e’tiqodli insonga bosim o‘tkaza olmaydi. Zamonaviy

modernizm jarayonidagi yangiliklarga xolisona baho beradi va bunday holatlarni

vaqtinchaligini anglaydi.

Salbiy e’tiqod

– ijtimoiy muhitda nafsoniy tuyg‘ularga xirs qo‘yish natijasida shaxsiy

ehtiyojlarini e’tiqod darajasiga ko‘taradi va jamiyatdagi parokandalikka sababchi bo‘ladi.

Bunday “tarbiyalangan” yoshlarning nafsoniy e’tiqodi shaxsiy g‘ayriaxloqiy xulq-

atvorini oqlash uchun asos vazifasini o‘taydi. Salbiy e’tiqodning kelib chiqishiga yana bir

sabab, “hayotiy tajriba natijasida avvalgi e’tiqod еmirilishi, yangisi o‘zlashtirilishi, bu

insonning chuqur ma’naviy tanazzuliga sabab bo‘lishi mumlin”

[4].

Bu holat keyinchalik

vafosizlik, hayosizlik natijasida e’tiqodsizlik ko‘rinishlarini namoyon etadi.

Bugungi kunda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga tahdid soluvchi “ommaviy madaniyat” niqobi

ostidagi tahdidlar jarayoni ham salbiy e’tiqodning bir ko‘rinishidir. Bundan bir necha yil

muqaddam birinchi prezidentimiz I.A.Karimov bugungi kunni oldindan ko‘ra bilib,

yoshlarimizni mana shunday xavf borligidan ogohlantirib, ularni mustahkam e’tiqodli bo‘lishga

da’vat etgan edi: “...kishini doimo ogoh bo‘lishga undovchi mafkuraviy tazyiq, uning ta’siri va

oqibatlarini tezda ilg‘ab еtish nihoyatda qiyin. Mana shunday bir vaziyatda odam o‘z mustaqil

fikriga, sobit e’tiqodiga, o‘zi tayanib yashaydigan hayotiy-milliy qadriyatlarga, shakllangan

dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli mafkuralarning bosimiga, ularning

goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishi amrimahol.” [5]. Agar

e’tibor bersangiz jamiyatda ko‘proq yoshlar qatlami ongida har qanday mafkuraviy yangilikka

intilish kuchli bo‘ladi. Shuning uchun yoshlar miyasidagi informatsion manbalarni ezgu e’tiqod

g‘oyalari bilan boyitib borsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yoshlikda o‘rganilgan bilimni

toshga uyilgin naqshga o‘xshatilishi bejizga emas. Aynan shu davrdagi olingan bilim

mustahkam bo‘ladi. Shuning uchun ham yoshlar ongi va xulq-atvorida e’tiqod tushunchasini

shakllantirish muhim masaladir.

Tasavvur qiling ma’lum bir auditoriyada kasb-hunar egasi bo‘lish uchun

qayg‘urayotgan intelektual yoshlar o‘zaro fikr almashmoqda. Shunda emo va got, diniy

aqidaparast yoxud boshqa “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdidlar ta’siriga tushib

qolgan yigit-qiz o‘zaro suhbatga kelib qo‘shildi. Yigit-qizning tashqi ko‘rinishga alohida

e’tibor qaratgani, fikrlashdagi “o‘ziga xoslik” atayin tengdoshlarini e’tiborini o‘zlariga jalb

qilishdir. Yoshlarda ma’naviy meros, hamda umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan chuqur

hurmat, qadrlash tuyg‘usini shakllantirish yuqorida qayd etilgan salbiy holatlari bartaraf etishda

muhim vosita bo‘la oladi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

817

Boy va mazmunli ma’naviy merosimiz xazinasida mavjud insoniyat sivilizatsiyasining

durdonasi hissoblangan fundamental ilm-fan, yuksak madaniyatning mohiyati va mazmunini

yoshlar ongi va qalbiga singdirish, ushbu me’rosga nisbatan еtishib kelayotgan avlodda

qadrlash e’tiqodini shakllantirish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.

Xulosa qilib aytganda, e’tiqod har bir shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan

dunyoqarashning bir ko‘rinishi bo‘lib, shaxs, jamoa, guruh, jamiyat tomonidan muayyan

g‘oyalarga, kishilarga, dinga chin dilidan ishonish, ergashish, sodiq va vafodor bo‘lishdir.

Ayniqsa, e’tiqod o‘z burchini anglagan, qattiq ishonch va mustahkam irodaga ega

bo‘lgan, har qanday vaziyatlarda ham sadoqatli bo‘la olgan, vijdonini unutmagan insonlarda

mustahkam bo‘ladi. E’tiqodsiz kishi ju’ratsiz, o‘z so‘zida qattiq turmaydigan, har xil kuch va

ta’sirga beriluvchan, bugun bir narsaga, ertasiga ikkinchi bir narsaga intiluvchan bo‘ladi. Bu

esa kishida mustahkam e’tiqodning yo‘qligidan dalolat beradi. Agar biz jamiyatda chin

ma’nodagi e’tiqodni shakllantirmoqchi bo‘lsak, yoshlar ongi va xulq-atvorida ta’lim-tarbiya

jarayonida tushuntirib borishimiz kerak. Buning uchun ma’lum bir ilmiy-ijtimoiy metodni

ishlab chiqish ustuvor vazifamiz ekanligini unutmasligimiz shart.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat” 2008. 113-b.

2.

Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. -T.: “O‘zbekiston”,

1999. 86-b.

3.

Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug‘ati. –T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston

milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. 384-b

References

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat” 2008. 113-b.

Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. -T.: “O‘zbekiston”, 1999. 86-b.

Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug‘ati. –T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. 384-b