1344
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
KIBOKSCHILARNI MUSOBAQAOLDI TAYORGARLIGIDA UMUMIY VA MAXSUS
JISMONIY TAYYORGARLIGINI REJALASHTIRISH
Umarov Qaxxorjon Abbosovich
Oriental universiteti Jismoniy tarbiya kafedrasi professori v.b.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15514239
Annotatsiya: Mazkur maqolada kikboksing sport turi bilan shug‘ullanuvchi
sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rejalashtirish yo‘llari ko‘rib
chiqilgan. Sportchining yuksak sport natijalariga erishishida jismoniy tayyorgarlikning
ahamiyati, ayniqsa, maxsus jismoniy mashqlar kompleksini to‘g‘ri tanlash va qo‘llashning o‘rni
tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: Kikboksing, jismoniy tayyorgarlik, umumiy tayyorgarlik, maxsus
tayyorgarlik, sportchi, reja.
ПЛАНИРОВАНИЕ ОБЩЕЙ И СПЕЦИАЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ
БОКСЁРОВ В ПРЕДСОРЕВНОВАТЕЛЬНЫЙ ПЕРИОД
Аннотация: В данной статье рассматриваются пути планирование общей и
специальной физической подготовки спортсменов, занимающихся кикбоксингом.
Анализируется значение физической подготовки для достижения высоких спортивных
результатов, особенно роль правильного подбора и применения комплекса специальных
физических упражнений.
Ключевые слова: Кикбоксинг, физическая подготовка, общая подготовка,
специальная подготовка, спортсмен, план.
PLANNING GENERAL AND SPECIFIC PHYSICAL TRAINING OF BOXERS IN THE
PRE-COMPETITION PERIOD
Abstract: This article examines the ways to improve the general and specific physical
training of athletes engaged in kickboxing. The importance of physical preparation in achieving
high athletic performance is analyzed, with particular emphasis on the correct selection and
application of a complex of specific physical exercises.
Keywords: Kickboxing, physical training, general training, special training, athlete, plan.
Kirish.
Hozirgi kunda sport sohasi jadal rivojlanib, dunyo miqyosida turli
yo‘nalishlardagi musobaqalar, turnirlar va chempionatlar orqali sportchilar o‘z mahoratlarini
namoyon etishmoqda. Xususan, jangovar san’atlar — boks, karate, taekvondo, MMA va
kikboksing sport turlari keng ommalashmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida kikboksing sport turiga
bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini kuzatish mumkin. Bu esa ushbu sport turi bo‘yicha samarali
mashg‘ulot tizimini ishlab chiqish, sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini
takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadi.
Kikboksing — bu yuqori intensivlikdagi, qisqa vaqt ichida ko‘p energiya sarflanadigan,
sportchidan katta kuch, chaqqonlik, chidamlilik, koordinatsiya va ruhiy barqarorlikni talab
qiladigan murakkab sport turi hisoblanadi. Unda sportchining jismoniy tayyorgarlik darajasi
uning texnik mahoratini, taktik yondashuvini va musobaqadagi natijalarini bevosita belgilab
beradi. Shu sababli, kikboksingchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini har
tomonlama rivojlantirish ularning sport karerasida muhim bosqich sanaladi.
Kikboksingda umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) sportchining sog‘lomlashtiruvchi va
funksional imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) esa
to‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqaga tayyorlanishda texnik va kuch kuchaytirilgan elementlarni
1345
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
takomillashtirishga qaratilgan. Bu ikki yo‘nalish o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, biri
ikkinchisini to‘ldiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab yosh sportchilarda kuchli texnika
bo‘lishiga qaramasdan, etarli darajadagi jismoniy tayyorgarlik bo‘lmagani sababli, jang
davomida kuchni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik, sustlik va chidamsizlik kabi holatlar yuzaga keladi.
Bugungi kunda ko‘plab trenerlar tomonidan tayyorgarlik jarayonida maxsus jismoniy
tayyorgarlik mashqlariga yetarli e’tibor berilmayotgani kuzatilmoqda. Bu esa sportchilarning
musobaqalarda yaxshi natijalarga erishmasligiga olib kelmoqda. Chunki faqatgina umumiy
tayyorgarlikka asoslangan mashg‘ulotlar sportchining texnika va taktikasiga mos kelmaydi. Shu
nuqtai nazardan, kikboksingchilarni har tomonlama tayyorlashda umumiy va maxsus
tayyorgarlikni kompleks tarzda olib borish juda muhim.
Ilmiy adabiyotlar va metodik qo‘llanmalar tahliliga ko‘ra, kuch, tezlik, chaqqonlik,
reaksiya tezligi va chidamlilikni o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlar tizimi sportchining funksional
tayyorgarligini oshiradi. Shu bilan birga, kuch bilan bir vaqtda to‘g‘ri texnik harakatlarni bajara
olish qobiliyati, sportchining nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarligini ham
mustahkamlaydi. Bu holat musobaqa jarayonida sportchining bosim ostida o‘z harakatlarini
nazorat qila olishiga imkon yaratadi.
Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, kikboksingchilarning umumiy va maxsus
jismoniy tayyorgarliklarini takomillashtirish, mashg‘ulotlar tizimini zamonaviy yondashuvlar
asosida qayta ko‘rib chiqish, sportchilarga individual yondashuv asosida mashg‘ulotlar rejalarini
tuzish, sportda yuqori natijalarga erishish uchun muhim omil sanaladi.
Ushbu ilmiy maqola kikboksingchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini
takomillashtirishning asosiy tamoyillarini aniqlash, samarali mashg‘ulotlar tizimini ishlab
chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini yoritishga qaratilgan.
1. Umumiy jismoniy tayyorgarlik
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) – bu sportchining har tomonlama rivojlanishini
ta’minlaydigan mashqlar tizimidir. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•
Yurak-qon tomir tizimini mustahkamlovchi mashqlar (yugurish, suzish,
velosiped);
•
Kuch va chidamlilikni oshiruvchi mashqlar (og‘irlik bilan mashqlar, plyometrik
mashqlar);
•
Harakatchanlik va muvozanatni rivojlantirish mashqlari (streching, koordinatsion
to‘siqlar bilan ishlash).
UJT kikboksingchilar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, chunki umumiy tayyorgarlik
yuqori darajada bo‘lmagan sportchi texnik jihatdan kuchli bo‘lsa ham, uzoq jangda kuchini
to‘g‘ri taqsimlay olmaydi.
2. Maxsus jismoniy tayyorgarlik
Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) esa kikboksingga xos bo‘lgan harakatlarni
mukammallashtirishga qaratilgan. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
•
Zarba kuchi va tezligini oshirish mashqlari (qop bilan ishlash, soyada jang,
partnyor bilan sparring);
•
Reaksiya tezligini oshirish mashqlari (ko‘zni va mushaklarni muvofiqlashtirish);
•
Nafas olish tizimini mashq qilish (intervallar asosida yuqori intensivlikdagi
mashqlar).
MJT sportchining texnik harakatlarni tez, kuchli va samarali bajarishiga yordam beradi.
1346
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
3. Mashg‘ulotlar tizimi
Kikboksingchilar uchun mashg‘ulotlar rejalashtirilganda quyidagi tamoyillar inobatga
olinadi:
•
Bosqichma-bosqichlik: jismoniy yuklamalar asta-sekin oshiriladi.
•
Individuallik: har bir sportchining yoshi, jismoniy holati va sport darajasi
Kikboksingchilar uchun haftalik mashg‘ulotlar rejasi
Ku
n
Mashg‘ulot turi
Asosiy yo‘nalish
Davo
miyligi
Dus
hanba
Umumiy
jismoniy
tayyorgarlik
Yugurish (5–8 km), kuchli
mashqlar
90
daqiqa
Ses
hanba
Texnika
va
maxsus
tayyorgarlik
Zarba texnikasi, qop bilan
mashqlar
90
daqiqa
Cho
rshanba
Koordinatsiya
va
chidamlilik
Plyometrika, reaksiya tezligi
60–75
daqiqa
Pay
shanba
Sparring
va
taktika
ishlari
Juftlikda
ishlash,
jang
simulyatsiyasi
90–
100 daqiqa
Jum
a
Maxsus
jismoniy
tayyorgarlik
Qop bilan intensiv ishlash,
HIIT
75–90
daqiqa
Sha
nba
Ko‘p
qirrali
mashg‘ulotlar
Kombinatsiyalangan
yuklamalar
60–75
daqiqa
Yak
shanba
Tiklanish
va
passiv
faoliyat
Yengil
yugurish,
yoga,
massaj
30–45
daqiqa
Izoh: Har bir mashg‘ulot oldidan 10–15 daqiqa isinish va mashg‘ulotdan so‘ng 5–10
daqiqa sovuqlash mashqlari bajarilishi tavsiya etiladi.
Xulosa
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish – bu kikboksing
sportchilarining musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishida asosiy omillardan biridir. Har
ikki tayyorgarlik turi bir-birini to‘ldiradi va sportchining texnik, taktika hamda psixologik
tayyorgarligini kuchaytiradi. Shu sababli, mashg‘ulotlar rejasi puxta o‘ylangan bo‘lishi,
muntazam nazorat qilinib, individual yondashuv asosida olib borilishi lozim. Yuqorida
keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilish mumkinki, kikboksing sport turida sportchilarning yuqori
sport natijalariga erishishida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik alohida o‘rin egallaydi.
Har ikki tayyorgarlik turi sportchining texnik, taktik, ruhiy va funksional imkoniyatlarini
kompleks shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarining
individual yondashuv asosida tuzilishi sportchining musobaqalarda yuqori natija ko‘rsatishiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari orqali sportchilarda chidamlilik, kuch,
tezlik va moslashuvchanlik rivojlanadi, bu esa ularning umumiy sport bazasini shakllantiradi.
Maxsus tayyorgarlik esa bevosita kikboksingga xos bo‘lgan harakatlarni takomillashtirish, zarba
kuchi, reaksiya tezligi va jangovar texnikalarni mukammal bajarishga yo‘naltiriladi. Ushbu ikki
yo‘nalish o‘zaro uyg‘unlikda olib borilgandagina maksimal natijaga erishish mumkin.
Shu sababli mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishda bosqichma-bosqichlik, uzluksizlik va
individual yondashuv tamoyillariga rioya qilish muhimdir. Sportchilarning yoshi, jismoniy
1347
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
holati, tajribasi va sport darajasi hisobga olingan holda mashqlar kompleksini tanlash zarur.
Trenerlar tomonidan muntazam nazorat, test sinovlari va monitoring asosida mashg‘ulotlarga
tuzatishlar kiritib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Amaliy tavsiyalar sifatida, kikboksingchilarning tayyorgarligida quyidagilarni yo‘lga
qo‘yish muhim:
•
umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun haftalik yuklamalarni bosqichma-bosqich
oshirish;
•
maxsus mashqlarni musobaqa oldi tayyorgarligiga muvofiqlashtirish;
•
individual reabilitatsiya va tiklanish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
•
sportchilarning psixologik tayyorgarligini jismoniy tayyorgarlik bilan birgalikda
olib borish.
Xulosa qilib aytganda, kikboksingchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi
ustida doimiy, ilmiy asoslangan va tizimli ish olib borilsa, ularning sportdagi muvaffaqiyat
darajasi sezilarli darajada oshadi. Bu esa nafaqat individual sportchilar, balki jamoaviy natijalar
va mamlakat sport salohiyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Қ.А. Умаров. Кикбоксинг атамаларининг изоҳли луғати. Услубий қўлланма.
Тошкент.- 2016. -146 б.
2.
Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). O‘quv qo‘llanma.
Toshkent-2024 y.-150 bet.
3.
Mo‘ydinov Maxsudbek Rustambek o‘g‘li, “BELBOG‘LI KURASHCHILARNING
KOORDINATSION
MASHQLAR
YORDAMIDA
TEXNIK
–
TAKTIK
TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH”. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
jurnali, volum-3, 272-282.Balsevich V.K. Fizicheskaya kultura dlya vsex i dlya
kajdogo.-Moskva: FiS, 1988.-208 s.il.
4.
Soliyev
Sanjarbek
Shuhratjon
o‘g‘li
FUTBOLCHILARNING
IRODAVIY
SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI
KAMAYTIRISH ResearchBib IF-2023: 11.01/ ISSN: 3030-3753 / Volume 2 Issue 4
5.
Mo‘ydinov Maxsudbek Rustambek o‘g‘li. Belbog‘li kurashchilarning texnik va taktik
tayyorgarligini takomillashtirish. Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar jurnali. 2024, 4-son. 371-
379.
6.
mavzu: Improving the effectiveness of physical education lessons for hearing-impaired
students
using
“Motion
control
XR”
equipment
Khursanova Rukhsora Olimjon kizi jurnal: Eurasian Journal of Sport Science
bet: 33-37
7.
Mavzu: ESHITISHIDA MUOMMOSI BO ‘LGAN O‘QUVCHILARNING JISMONIY
TAYYORGARLIGINI ANIQLASH VA TAHLIL QILISH Xursanova Ruxsora Olimjon
qizi ACTA NUUz jurnali 242-244 betlar
8.
Mavzu: The role and importance of the principle of continuity in improving the speed
ability
of
12-14-year-old
hearing
and
speech
impaired
children
Khursanova Rukhsora Olimjon kizi MENTAL
ENLIGHTENMENT
SCIENTIFIC
–
METHODOLOGICAL
JOURNAL
229-235
1348
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
9.
крамович, Болтаев Аъзам; ,Ёш волейболчиларнинг жисмоний сифатларини
ривожлантиришда ҳаракатли ўйинларни аҳамияти,Муғаллим ҳем узликсиз
билимлендириў,,6-son,132-135,2019,
10.
BOLTAEYV, A.A.; ,KO‘P YILLIK TAYYORGARLIK BOSQICHIDA SPORTGA
SARALASH
VA
YO’NALTIRISH,МУҒАЛЛИМ
ҲӘМ
ҮЗЛИКСИЗ
БИЛИМЛЕНДИРИЎ № 6/3 2024 МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ
БИЛИМЛЕНДИРИЎ,1,898-904,8,2024,Qoraqolpoq
11.
Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL
TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY
TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 835-839.
12.
Abduraxmonovich M. S., Yusupovich Y. Z. O‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL
TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY
TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //International scientific
journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH. – 2024. – Т. 3.
13.
Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O ‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI AXOLI
QATLAMLARIDA
SPORT-SOG
‘LOMLASHTIRISH
TURIZMI
MASHG
‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI O ‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1253-1262.
14.
PULATOV, LAZIZ A; ,SYSTEM OF PERSONALITY DEVELOPMENT IN HIGHER
EDUCATION
INSTITUTIONS,Mental
Enlightenment
Scientific-Methodological
Journal,5,03,316-323,2024
15.
Ilhom X. Abdullayev. IMPROVEMENT OF THE SPECIAL PHYSICAL TRAINING
MODEL
OF
GRECO-ROMAN
JUNIOR
WRESTLERS
/
MENTAL
ENLIGHTENMENT SCIENTIFIC – METHODOLOGICAL JOURNAL. ISSN: 2181-
1547 (E) / 2181-6131 (P) Vol. 5 No. 08 (2024): Vol.05, Issue08, 2024
16.
BOLTAEYV.
A.A.SCIENTIFIC
AND
THEORETICAL
ANALYSIS
OF
AGGRESSION IN STUDENTS OF MIDDLE SCHOOL AGE,"Spectrum Journal of
Innovation,
Reforms
and
Development",1,111-116,7,2023,SCIENTIFIC
AND
THEORETICAL ANALYSIS OF AGGRESSION IN STUDENTS OF MIDDLE.
17.
DEVELOPMENT
OF
AGILITY
IN
FEMALE
STUDENTS
THROUGH
BASKETBALL GAME ELEMENTS Umida Abdulla qizi Eshmanova THE
MULTIDISCIPLINARY JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY- VOLUME-
4, ISSUE-12.
18.
Muidinov M.R, Technical Training In Belbogli Kurash Wrestling Through Coordination
Exercises Development. Mental Enlightenment Scientific – Methodological Journal,
2024 vol (05), 106-115.
19.
Muydinov M.R. The importance of mobile technologies in enhancing technical and
tactical preparation in belt wrestling. Multidisciplinary Journal of Science and
Technology VOLUME-4, ISSUE-12 INDIA. 17-23.
20.
Mamadaliyev, S., & Yallaqayev, Z. (2024). O ‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI
AXOLI QATLAMLARIDA SPORT-SOG ‘LOMLASHTIRISH TURIZMI MASHG
‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI O ‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 1253-1262.
1349
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
21.
Mamadaliyev, S., & Yallaqayev, Z. (2024). O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL
TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY
TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI.
Modern Science and
Research
,
3
(12), 835-839.
22.
Abdullayev
Ilhom
Xushnudovich.
ANALYZING
THE
COMPETITIVE
PERFORMANCE
OF
GRECO-ROMAN
WRESTLING
ATHLETES
(http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/2387) / International Conference
on Developments in Education Hosted from Saint Petersburg, Russia https:
econferencezone.org Aug 23rd 2023.
23.
Abdullaev Ilkhom Khushnudovich. DEVELOPMENT OF SPECIAL PHYSICAL
TRAINING OF GRECO-ROMAN WRESTLERS WITH THE HELP OF SPECIAL
SIMULATORS / 17th-TECH-FEST-2023 International Multidisciplinary Conference
Hosted from Manchester, England https://conferencea.org 25th August 2023.
24.
Soliyev
Sanjarbek
Shuhratjon
o‘g‘li
FUTBOLCHILARNING
IRODAVIY
SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI MUSOBAQA OLDI HAVOTIRINI
KAMAYTIRISH ResearchBib IF-2023: 11.01/ ISSN: 3030-3753 / Volume 2 Issue 4
25.
Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar 2024 4-son Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha
kasbiy ijodiy imtihonlarni o'tkazishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash metodikasi
341- 345 Sanjarbek Soliyev
26.
International Journal of Advance Scientific Research “Mass participation in sports is an
effective way to Improve women's health” 249-255 MASS PARTICIPATION IN
SPORTS IS AN EFFECTIVE WAY TO IMPROVE WOMEN'S
HEALTHKhaidarova
27.
Rahmanova, D. A. (2023). 3-7 YOShLI BOLALARNING SOG ‘LOMLAShTIRUVChI
GIMNASTIKA
VA
XOREOGRAFIYA
BILAN
ShUG
‘ULLANIShINING
SAMARADORLIGI.
Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi
, (8), 606-614.
28.
RAHMANOVA, D. (2024). JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA OLIY TA’LIM
MUASSASALARI
TALABALARINI
JISMONIY
SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISH.
News of the NUUz
,
1
(1.8), 150-152.
29.
Ma’murbekova, G. (2024). YUQORI MALAKALI SAMBOCHI QIZLARNI
FUNKSIYANAL XOLATIGA TEZKOR KUCHNING TA’SRI. Modern Science and
Research, 3(12), 1387-1390.
30.
Ma’murbekova, G. (2024). IMPROVING THE SPEED AND AGILITY OF NATIONAL
WRESTLERS. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(12), 34-37.
31.
Anvarov S., Xudayberdiyev N., Mamadaliyev S. 12–14 YOSHLI YOSH
BOKSCHILARNING
FIZIOLOGIK
XUSUSIYATLARI
ASOSIDA
MAXSUS
JISMONIY VA TEXNIK TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH YO ‘LLARI
//Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4.
32.
Tuychiyev K., Xudayberdiyev N., Mamadaliyev S. O ‘SMIR YOSHIDAGI
KIKBOKSINGCHILARDA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIKNI OSHIRISH
//Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4. – С. 1848-1852.
33.
Erkinhodjayeva G., Mamadaliyev S. KO ‘ZI OJIZLAR VA ZAIF KO ‘RUVCHILAR
UCHUN OCHIQ HAVODAGI HARAKATLI O ‘YINLARNING AHAMIYATI
//Modern Science and Research. – 2025. – Т. 4. – №. 4. – С. 1843-1847.
1350
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
34.
Mamadaliyev, S. (2024). THE CURRENT STATE OF SPORTS AND WELLNESS
MOUNTAIN TOURISM IN UZBEKISTAN AND MEASURES FOR ITS MASS
DEVELOPMENT.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology
,
4
(12), 44-48.
35.
Toshpolatova, D., & Mamadaliyev, S. (2025). 12–14 YOSHLI FUTBOLCHILARNING
FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI ASOSIDA MAXSUS JISMONIY VA TEXNIK
TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH YO ‘LLARI.
Modern Science and
Research
,
4
(5), 508-513.
