102
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
UO‘K: 796.856.2
TAEKVONDOCHI QIZLARNING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY
TAYYОRGARLIKLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Umarov Qaxxorjon Abbosovich
P.f.b.f.d (PhD), v.b. Professor.
Oriental universitet. Toshkent sh.
E-mail:
uzkoha@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.14813461
Annotatsiya.
Maqolada yosh taekvondochilarni umumiy va maxsus jismoniy jismoniy
tayorgarliklarini takomillashtirish bo‘yicha xar-xil mashg'ulot yuklamalarini, vosita va
uslublarini ishlab chiqishga yonaltirilgan tadqiqot yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Taekvondichilar, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, chaqonlik,
chidamlilik, kuch, egiluvchanlik.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОБЩЕЙ И СПЕЦИАЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ
ПОДГОТОВКИ ДЕВУШЕК ТАЭКВОНДИСТОВ
Аннотация.
В статье освещается исследование, направленное на разработку
различных тренировочных нагрузок, средств и стилей для улучшения общей и
специальной физической подготовки молодых девушек таэквондистов.
Ключевые слова:
девушки таэквондисты, общая и специальная физическая
подготовка, ловкость, выносливость, сила, гибкость.
IMPROVING THE OVERALL AND SPECIAL PHYSICAL TRAINING OF GIRLS
TAEKWONDERS
Abstract.
The article covers a study aimed at developing various training loads, tools
and techniques to improve the overall and special physical fitness of young taekwondo players.
Key words:
girls taekwondists, general and special physical preparation, agility,
endurance, strength, flexibility.
Dolzarbligi:
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport soxasiga e’tibor qaratilayotganligi yosh
umidli sportchilar tayyorlash masalalarini xal etishda dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Jumladan «O‘zbekistonda sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
prezidentining 24.01.2020 yildagi PF-5924-son Farmoni, va qarorlari bolalarga bo‘lgan
e’tiborning nihoyatda muhimligini ko‘rsatadi.
Ushbu farmon va qarorlarning bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha hukumat
tomonidan berilayotgan e’tibor barcha murabbiylar va mutaxasislar zimmasiga masuliyatli
103
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
vazifalar yuklaydi va mutaxasislarni yosh sportchilarni malakasini oshirishga mo‘ljallangan yangi
tabaqalashtirilgan tizimni izlab topishga undaydi.
Taekvondochi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy, texnik-taktik va psixologik
tayyorgarligini tadqiq qilish yuzasidan mamlakatimiz va chet el olimlari tomonidan ko‘plab ilmiy
izlanishlar olib borilgan (V.V.Ageev 1994; I.P.Degtyarov 2000; B.Sh.Raxmatov 2022; va
boshqalar). O‘tkazilgan ilmiy uslubiy adabiyotlar tahlili natijalariga ko‘ra taekvondochilarning
umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini tadqiq qilish yuzasidan yetarli daradaja ilmiy
tadqiqot ishlari olib borilmaganligi aniqlandi. Mazkur xolat tadqiqot ishimizning dolzarbligini
belgilab beradi.
Tadqiqot maqsadi:
Taekvondochi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi
dinamikasini aniqlash.
Tadqiqot vazifasi:
Taekvondochi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini
takomillashtirish.
Tadqiqot usullari:
Ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili, pedagogik kuzatuv, pedagogik
testlash, taekvondochi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini kompyuter dasturi
bo‘yicha (SPURDERG-4) apparatida aniqlash, matematik-statistik usullar.
Tadqiqotni tashkil qilish:
Tadqiqot Toshkent shaxar Yunusobod tumani 19-daxa taekvondoga ixtisoslashtirilgan 2-
BO‘SM shgug‘ullanuvchilari va O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi zalida
shug‘ullanuvchi taekvondochi qizlarni har xil turdagi mashg‘ulotlarida tadqiqot tashkil etildi,
tadqiqotda o‘quv mashg‘ulot guruxi III-yil tarbiyalanuvchi taekvondochilaridan 20 nafari jalb
etildi.
Ulardan 10 nafari I-razryadli va 7 nafari SUN-lar, 3 nafari SU bo‘lgan taekvondochi qizlar
tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtrok etishdilar.
Bugungi kunda
jaxon va olimpiada arenalarida yangi-yangi nomdagi iqtidorli
taekvondochilar yetishib chiqmoqda. Albata bunday natijalarga tinimsiz mexnat orqali erishishi
xech kimga sir emas.
Taekvondochi qizlarni tayyorlash jarayonlari murabbiylardan yuksak darajada iqtidorni
talab etadi. Chunki mashg‘ulot jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va rejalashtirish xamda yuklamalarni
taqsimlashda murabbiyning o‘ta izlanuvchanligi va talabchanligini ham ko‘rsatadi. Shu sababli
biz terma jamoa sportchilari bilan shug‘ullanuvchi malakali O‘zbekstonda xizmat ko‘rsatgan
murabbiylar va professor-o‘qituvchilar xamkorligida tadqiqotlarimizni olib bordik. O‘zbekstonda
xizmat ko‘rsatgan murabbiylar Xan Pavel Afanasevich, Kim Aleksandr Anatolevich. Oliy
toifadagi murabbiylarimiz Rafalovich Maksim Igorevich, Nazaraliev Sobir Kamolitdinovich,
104
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Bayqo‘ziev Jasur Tavboevichlar va mutaxasis o‘qituvchilar professor: Raxmatov Bektosh
Shomurodovich, dotsent: Mamurova Laylo Komil qizi xamkorligida o‘tkazildi.
Biz tadqiqotga jalb etgan 20 nafar taekvondochi qizlarni umumiy jismoniy tayyorgarlik
darajasini quyidagi pedagogik testlar orqali aniqlashga e’tibor qaratdik.
Tadqiqot davomida olingan natijalar quyidagicha: taekvondochi qizlarning umumiy
jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalariga
asosan quyidagi fikrlarni ko‘rsatib o‘tish lozim.
-
1 daqiqa davomida arqonda sakrash bo‘yicha o‘tkazilgan testda taekvondochilarning
kordinitsion qobiliyati va chaqonligi bo‘yicha o‘rtacha 115±0.4 natijani qayd etganligini kuzatildi
-
4x10m moksimon yugurishda tezkor kuch chidamliligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda
o‘rtacha 11±15 soniya natijani qayd etishdi;
-
Tezkorlikni aniqlash 100 m masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda o‘rtacha
ko‘rsatkich 14±65 soniyani qayt etkanliklarini kuzatdik;
-
Taekvondochilarni umumiy chidamliligini 3000 m masofaga yugurish bo‘yicha
o‘tkazilgan tadqiqotda o‘rtacha sport natijasi 13:17±0.9 daq.soniyani tashkil etdi;
-
Navbatdagi joyida turib uzunlikka sakrash bo‘yicha olingan testda sinaluvchi
taekvondochilarimiz 179±6 sm natijani qayd etishdi.
-
Tadqiqotimizni navbatdagi, 1 daqiqa davomida qo‘llarni bukib yozish bo‘yicha o‘tkazilgan
tadqiqotda sportchilarimiz 46±0.3 ta natijani qayd etishdilar.
1-jadval
Taekvondochi qizlarni umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi dinamikasi
№
Test turlari
Olingan natija
Sportchilar soni
1.
1 daqiqa davomida arqonda sakrash
115 ± 0.4
20 nafar
2.
4x10m moksimon yugurish
11 ±15
20 nafar
3.
100 m masofaga yugurish
14 ± 65
20 nafar
4.
3000 m masofaga yugurish
13:17± 0.9
20 nafar
5.
joyida turib uzunlikka sakrash
179 ± 0.6
20 nafar
6.
1 daqiqa davomida qo‘llarni bukib
yozish
46 ± 0.3
20 nafar
Izox: Taekvondochi qizlarni umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi dinamikasi
ko‘rsatkichlari qayd etilgan.
Navbatdagi vazifalardan biri maxsus jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha taekvondochilarni
tayyorgarligini aniqlashga e’tibor qaratdik. Biz ushbu testni olish uchun p.f.d., professor
R.D.Xalmuxamedov va S.S.Tajibaevlar tomonidan modifikatsiya qilingan SPURDER-4
kompyuter dasturidan foydalandik. (3 raund 2 daqiqali 1 daqiqa dam olish).
105
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki 15-16 yoshli taekvondochilarni birinchi raunda
momtom chirigi, tubon chirigi, olgul chirigi zarbalar soni o‘rtacha ko‘rsatkichi 2 daqiqada 101,26
marta zarbalar takrorlangan bo‘lsa, zarbalarni umumiy og‘irligi 4954,48kg ni tashkil etdi, shundan
xar bir zarbaning o‘rtacha og‘irligi 49,81kg tashkil qildi. Yuqori urilgan zarbaning og‘irligi esa
96,89kg og‘irlik bilan ifodalandi. Ikkkinchi raundida natijalar quyidagicha ifodalandi. Umumiy
momtom chirigi, sonkit chirigi zarbalar soni 2 daqiqada 91,37 martaga yetgan bo‘lsa, zarbalarning
umumiy og‘irligi 4348,00kg tashkil qildi, o‘rtacha zarbalarning og‘irligi 47,87kg ko‘rsatdi, shu
zarbalardan eng yuqori zarba 96,93kg teng bo‘ldi. Uchinchi raunda esa momtom chirigi, tubon
chirigi, olgul chirigi, sonkit chirigi zarbalarining umumiy soni o‘rtacha 89.79 marta bilan
ifodalandi, zarbalarni og‘irligi 4181.37kg teng bo‘lgan bo‘lsa, o‘rtacha zarbalarning og‘irligi
47.53kg bilan ifodalandi, eng yuqori zarbaning og‘irligi 95.81kg tashkil etdi.
O‘quv mashg‘ulot guruxi III-yil tarbiyalanuvchilarini maxsus jismoniy tayyorgarligi
bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajribaning I-raundida ko‘rsatilgan natijalar bilan II-III-raund
o‘rtasida sezilarli farq bilan natijalar ifodalanganligini ko‘rishimiz mumkin.
O‘MGning III-yil tarbiyalanuvchi taekvondochilarini umumiy va maxsus jismoniy
tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatkich % da
Olingan natijalarning pedagogik taxlili shuni ko‘rsatadiki maxsus tayyorgarligini aniqlash
bo‘yicha o‘tkazilgan 3 raundlik pedagogik tadqiqotda 2 daqiqa davomida urilgan zarbalar soni va
og‘irligi bo‘yicha o‘ziga xos natijalarga erishildi. Ammo ushbu natijalarni taxlilini boshqa tadqiqot
natijalari bilan taqqoslaganimizda 16-17 yoshli taekvondichilarning maxsus chidamliligi, tezkor
0
10-12%
10%
0
6-8%
Cidamkorlik
tezkor kuchn
Portlovchan z
106
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
kuch, va tezkor kuch chidamliligi jismoniy sifatlarini rivojlanishida yetarlicha kamchiliklar borligi
aniqlandi.
Xulosa.
Biz tomonimizdan olib borilgan pedagogik tadqiqotda O‘MGning III-yil
tarbiyalanuvchi taekvondochilarini umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkazilgan
tadqiqotda o‘ziga xos kamchiliklar borligi aniqlandi unga ko‘ra momtom chirigi zarbalarini
berishda maxsus jismoniy tayyorgarligida tezkor kuchni 10% ga oshrish, sonkit chirigi zarbasida
portlovchan zarbani 6-8% ga, tubon chirigi zarbasini qo‘llash uchun chidamlilik sifatlarini
tayyorgarlik jarayonlarida 10-12%ga rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim.
Agar ushbu tayyorgarlik jarayonlarida birinchidan taekvondochilar yuqorida keltirilgan
jismoniy sifatlarni o‘zlarida o‘zlashtira olsalar musobaqa jarayonlarida yaxshi natijalarga
erishishlariga imkon yaratishadilar. Ikkinchidan tayyorgarlik mashg‘ulotlarida “Espander-5”
trenajyor moslamasida har xil vositalar orqali bajarishda foydalanishsalar o‘zlarini individual
xususiyatidan va jismoniy tayyorgarligidan kelib chiqib mashg‘ulotlarda qo‘llab borilsa kelajakda
yuqori malakali sportchi bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi hamda erishilgan yutuqlarni o‘zlarida
ushlab turish imkoniyati kengayadi.
REFERENCES
1.
«O‘zbekistonda sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
24.01.2020 yildagi PF-5924-son Farmon.
2.
Ageev V.V. Dinamika psixiologicheskix funksiy u sportsmenok vo vremya trenirovki po
taekvondo // Vosstanovitelnыe i gigienicheskie sredstva v podgotovke sportsmenov. – M.:
RGAFK, 1994. – S.29.
3.
Viktor Xegay «Vsemirnaya federatsiya taekvondo pravila sorevnovaniy». (Koreya) Seul -
1973 g. Tashkent-2010 - 32 s.
4.
G.B.Abdurasulova, Sh.N.Nuriddinova, T.S.Tajibaev. “Takvondo nazariyasi va uslubiyati”.
Darslik. Toshkent-2015.-563 bet.
5.
lee K.S.“TAEKVONDODA bellashadigan sportchilar uchun o‘qitish usullarini tadbiq qilish”
Uslubiy qo‘llanma. Toshkent - 2018y 3 bet.
6.
Ni.A.A., Shin. Yu.A., Soy.Yu.K. Taekondo (JTF) bo `yicha uslubiy qo`llanma. Njirtyn-
2000y. -14 b.
7.
Umarov.Q.A. «Kikboksing atamalarining izohli lug‘ati». Uslubiy qo‘llanma. Toshkent-2016
y. -148 b.
8.
Xalmuxamedov R.D., S.S.Tajibaevlar modifikatsiya qilgan “Yuqori malakali bokschilarning
maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash” (SPUDERG -4) kompyuter dasturi O‘zbekiston
107
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Respublikasi elektron mashinalari uchun dasturlar davlat reestirida 14.03.2013 yilda Toshkent
shahrida ro‘yihatdan o‘tkazilgan, talabnoma raqami DGU 2013 0032.
9.
Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). O‘quv qo‘llanma. Toshkent-
2024 y.-150 bet.
10.
Q.A.Umarov. Malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida
mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish monografiya Toshkent-2025.:134 b. “Renesans
nashiriyoti”
11.
Q.A.Umarov.
Yuqori malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichi
mashg‘ulotlarida tiklanishda qo‘llaniladigan tavsiyalar
“Sportda ilmiy tadqiqotlar” ilmiy-
nazariy jurnali 2024 yil 11-15 bet. Chirchiq.
12.
Q.A.Umarov. Yuqori malakali kikbokschi qizlar terma jamoasining jismoniy va funksional
tayyorgarlik dinamikasi ko‘rsatkichlari ILMIY XABARLAR Ilmiy-nazariy jurnal 4/2024
QOQON. DPI
293-299 bet
