СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОБЩЕЙ И СПЕЦИАЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ДЕВУШЕК КИКБОКСЕРОВ.

Аннотация

В статье освещается исследование, направленное на разработку различных тренировочных нагрузок, средств и стилей для улучшения общей и специальной физической подготовки молодых девушек кикбоксеров.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Умаров Q. (2025). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОБЩЕЙ И СПЕЦИАЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ДЕВУШЕК КИКБОКСЕРОВ. Современная наука и исследования, 4(10), 701–705. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/138783
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье освещается исследование, направленное на разработку различных тренировочных нагрузок, средств и стилей для улучшения общей и специальной физической подготовки молодых девушек кикбоксеров.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

701

UO‘K:

KIKBOKSCHI QIZLARNING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY

TAYYОRGARLIKLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Umarov Qaxxorjon Abbosovich

P.f.b.f.d (PhD), Professor v.b.

Oriental universitet. Toshkent sh.

E-mail:

uzkoha@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.17491814

Annotatsiya.

Maqolada yosh kikbokschilarni umumiy va maxsus jismoniy jismoniy

tayorgarliklarini takomillashtirish bo‘yicha xar-xil mashg'ulot yuklamalarini, vosita va
uslublarini ishlab chiqishga yonaltirilgan tadqiqot yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Kikbokschilar, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, chaqonlik,

chidamlilik, kuch, egiluvchanlik.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОБЩЕЙ И СПЕЦИАЛЬНОЙ ФИЗИЧЕСКОЙ

ПОДГОТОВКИ ДЕВУШЕК КИКБОКСЕРОВ.

Аннотация.

В статье освещается исследование, направленное на разработку

различных тренировочных нагрузок, средств и стилей для улучшения общей и специальной
физической подготовки молодых девушек кикбоксеров.

Ключевые слова:

девушки кикбоксеры, общая и специальная физическая

подготовка, ловкость, выносливость, сила, гибкость.

IMPROVING THE OVERALL AND SPECIAL PHYSICAL TRAINING OF GIRLS

KICKBOXERS

Annotation.

The article covers a study aimed at developing various training loads, tools

and techniques to improve the overall and special physical fitness of young kickboxers players.

Key words:

girls kickboxers, general and special physical preparation, agility,

endurance, strength, flexibility.

Dolzarbligi:

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport soxasiga e’tibor qaratilayotganligi

yosh

umidli sportchilar tayyorlash masalalarini xal etishda dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Jumladan «O‘zbekistonda sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi

prezidentining 24.01.2020 yildagi PF-5924-son Farmoni, va qarorlari bolalarga bo‘lgan
e’tiborning nihoyatda muhimligini ko‘rsatadi.

Ushbu farmon va qarorlarning bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha hukumat

tomonidan berilayotgan e’tibor barcha murabbiylar va mutaxasislar zimmasiga masuliyatli
vazifalar yuklaydi va mutaxasislarni yosh sportchilarni malakasini oshirishga mo‘ljallangan
yangi tabaqalashtirilgan tizimni izlab topishga undaydi.

Kikbokschi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy, texnik-taktik va psixologik

tayyorgarligini tadqiq qilish yuzasidan mamlakatimiz va chet el olimlari tomonidan ko‘plab
ilmiy izlanishlar olib borilgan (Shitov V.K 2004; Shiryayev A.G., Filimonov V.I 2007:
N.Yusupov 2021; V.Klichko; Q.A.Umarov 2022; va boshqalar). O‘tkazilgan ilmiy uslubiy
adabiyotlar tahlili natijalariga ko‘ra kikbokschilarning umumiy va maxsus jismoniy
tayyorgarliklarini tadqiq qilish yuzasidan yetarli daradaja ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilmaganligi aniqlandi. Mazkur xolat tadqiqot ishimizning dolzarbligini belgilab beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

702

Tadqiqot maqsadi:

Kikbokschi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi

dinamikasini aniqlash.

Tadqiqot vazifasi:

Kikbokschi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini

rejalashtirish.

Tadqiqot usullari:

Ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili, pedagogik kuzatuv, pedagogik

testlash, kikbokschi qizlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini kompyuter dasturi
bo‘yicha (SPURDERG-4) apparatida aniqlash, ESPANDER-5 trenajoridan foydalanish va
matematik-statistik usullar.

Tadqiqotni tashkil qilish:

Tadqiqot Toshkent shaxar Olmozor tumani yakkakurash sport turiga ixtisoslashtirilgan

1-BO‘SM shgug‘ullanuvchilari va O‘zbekiston kikboks assotsiatsiyasi terma jamoa zalida
shug‘ullanuvchi kikbokschi qizlarni har xil turdagi mashg‘ulotlarida tadqiqot tashkil etildi,
tadqiqotda o‘quv mashg‘ulot guruxi III-yil tarbiyalanuvchi kikbokschilaridan 50 nafari jalb
etildi.

Ulardan 35 nafari I-razryadli va 10 nafari SUN-lar, 5 nafari SU bo‘lgan kikbokschi qizlar

tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtrok etishdilar.

Bugungi kunda

osiyo va jaxon arenalarida yangi-yangi nomdagi iqtidorli kikbokschilar

yetishib chiqmoqda. Albata bunday natijalarga tinimsiz mexnat orqali erishishi xech kimga sir
emas.

Kikbokschi qizlarni tayyorlash jarayonlari murabbiylardan yuksak darajada iqtidorni

talab etadi. Chunki mashg‘ulot jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va rejalashtirish xamda
yuklamalarni taqsimlashda murabbiyning o‘ta izlanuvchanligi va talabchanligini ham ko‘rsatadi.

Shu sababli biz terma jamoa sportchilari bilan shug‘ullanuvchi malakali O‘zbekstonda

xizmat ko‘rsatgan murabbiylar va professor-o‘qituvchilar xamkorligida tadqiqotlarimizni olib
bordik. O‘zbekstonda xizmat ko‘rsatgan murabbiylar A.Qilichev. Oliy toifadagi murabbiylarimiz
O.Narmetov, I.Nasriddinov, Yo.Umarov, Sh.Temirovlar va mutaxasis o‘qituvchilar dotsent:
N.Xudayberdiyev, dotsent: G‘.Rajabovlar xamkorligida o‘tkazildi.

Biz tadqiqotga jalb etgan 50 nafar kbokschi qizlarni umumiy jismoniy tayyorgarlik

darajasini quyidagi pedagogik testlar orqali aniqlashga e’tibor qaratdik. Tadqiqot davomida
olingan natijalar quyidagicha: kikbokschi qizlarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini
aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajriba natijalariga asosan quyidagi fikrlarni ko‘rsatib
o‘tish lozim.

-

1 daqiqa davomida arqonda sakrash bo‘yicha o‘tkazilgan testda kikbokschilarning

kordinatsion qobiliyati va chaqonligi bo‘yicha o‘rtacha 120±0.5 natijani qayd etganligini
kuzatildi

-

4 x10 m moksimon yugurishda tezkor kuch chidamliligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda

o‘rtacha 10±22 soniya natijani qayd etishdi;

-

Tezkorlikni aniqlash 100 m masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda o‘rtacha

ko‘rsatkich 13±45 soniyani qayt etkanliklarini kuzatdik;

-

Kikbokschilarni umumiy chidamliligini 3000m, m, masofaga yugurish bo‘yicha

o‘tkazilgan tadqiqotda o‘rtacha sport natijasi 12:56±45 daq.soniyani tashkil etdi;


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

703

-

Navbatdagi joyida turib uzunlikka sakrash bo‘yicha olingan testda sinaluvchi

Kikbokschilarimiz 174 ± 0.8 sm natijani qayd etishdi.

-

Kikbokschilarimizni navbatdagi, 1 daqiqa davomida qo‘llarni bukib yozish bo‘yicha

o‘tkazilgan tadqiqotda sportchilarimiz 35±0.8 ta natijani qayd etishdilar.
1-jadval

Kikbokschi qizlarni umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi dinamikasi

Izox: Kikbokschi qizlarni umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi dinamikasi

ko‘rsatkichlari qayd etilgan.

Navbatdagi vazifalardan biri maxsus jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha kikbokschilarni

tayyorgarligini aniqlashga e’tibor qaratdik. Biz ushbu testni

olish uchun SPURDER-4 kompyuter

dasturidan foydalandik. (3 raund 2 daqiqali 1 daqiqa dam olish) testi qo‘llanildi.

Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki 15-16 yoshli kikbokschilarni birinchi raunda Lou kik,

Xil kik, Sayt kik zarbalar soni o‘rtacha ko‘rsatkichi 2 daqiqada 101,26 marta zarbalar
takrorlangan bo‘lsa, zarbalarni umumiy og‘irligi 4954,48kg ni tashkil etdi, shundan xar bir
zarbaning o‘rtacha og‘irligi 49,81kg tashkil qildi.

Yuqori urilgan zarbaning og‘irligi esa 96,89kg og‘irlik bilan ifodalandi. Ikkkinchi

raundida natijalar quyidagicha ifodalandi.

Umumiy Lou kik, Xil kik zarbalar soni 2 daqiqada 91,37 martaga yetgan bo‘lsa,

zarbalarning umumiy og‘irligi 4348,00kg tashkil qildi, o‘rtacha zarbalarning og‘irligi 47,87kg
ko‘rsatdi, shu zarbalardan eng yuqori zarba 96,93kg teng bo‘ldi.

Uchinchi raunda esa lou kik, xil kik Sayt kik zarbalarining umumiy soni o‘rtacha 89.79

marta bilan ifodalandi, zarbalarni og‘irligi 4181.37kg teng bo‘lgan bo‘lsa, o‘rtacha zarbalarning
og‘irligi 47.53kg bilan ifodalandi, eng yuqori zarbaning og‘irligi 95.81kg tashkil etdi.

O‘quv mashg‘ulot guruxi III-yil tarbiyalanuvchi kikbokschilarni maxsus jismoniy

tayyorgarligi bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajribaning I-raundida ko‘rsatilgan natijalar bilan
II-III-raund o‘rtasida sezilarli farq bilan natijalar ifodalanganligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘MGning III-yil tarbiyalanuvchi kikbokschilarni umumiy va maxsus jismoniy

tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatkich % da

Test turlari

Olingan natija

Sportchilar soni

1.

1 daqiqa davomida arqonda sakrash

120 ± 0.5

50 nafar

2.

4x10m moksimon yugurish

10 ±22

50 nafar

3.

100 m masofaga yugurish

13 ± 45

50 nafar

4.

3000 m masofaga yugurish

12:56±45

50 nafar

5.

joyida turib uzunlikka sakrash

174 ± 0.8

50 nafar

6.

1 daqiqa davomida qo‘llarni bukib
yozish

35 ± 0.8

50 nafar


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

704

Olingan natijalarning pedagogik taxlili shuni ko‘rsatadiki maxsus tayyorgarligini aniqlash

bo‘yicha o‘tkazilgan 3 raundlik pedagogik tadqiqotda 2 daqiqa davomida urilgan zarbalar soni va
og‘irligi bo‘yicha o‘ziga xos natijalarga erishildi. Ammo ushbu natijalarni taxlilini boshqa
tadqiqot natijalari bilan taqqoslaganimizda 16 - 17 yoshli kikbokschilarning maxsus chidamliligi,
tezkor kuch, va tezkor kuch chidamliligi jismoniy sifatlarini rivojlanishida yetarlicha
kamchiliklar borligi aniqlandi.

Xulosa.

Biz tomonimizdan olib borilgan pedagogik tadqiqotda O‘MGning III-yil

tarbiyalanuvchi kikbokschilarni umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkazilgan
tadqiqotda o‘ziga xos kamchiliklar borligi aniqlandi unga ko‘ra momtom chirigi zarbalarini
berishda maxsus jismoniy tayyorgarligida tezkor kuchni 10% ga oshrish, sonkit chirigi zarbasida
portlovchan zarbani 6-8% ga, tubon chirigi zarbasini qo‘llash uchun chidamlilik sifatlarini
tayyorgarlik jarayonlarida 10-12%ga rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim.

Agar ushbu tayyorgarlik jarayonlarida birinchidan kikbokschilar yuqorida keltirilgan

jismoniy sifatlarni o‘zlarida o‘zlashtira olsalar musobaqa jarayonlarida yaxshi natijalarga
erishishlariga imkon yaratishadilar. Ikkinchidan tayyorgarlik mashg‘ulotlarida “Espander-5”
trenajyor moslamasida har xil vositalar orqali bajarishda foydalanishsalar o‘zlarini individual
xususiyatidan va jismoniy tayyorgarligidan kelib chiqib mashg‘ulotlarda qo‘llab borilsa
kelajakda yuqori malakali sportchi bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi hamda erishilgan
yutuqlarni o‘zlarida ushlab turish imkoniyati kengayadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yixati

1.

«O‘zbekistonda

sportni

rivojlantirish

to‘g‘risida»gi

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining 24.01.2020 yildagi PF-5924-son Farmon.

2.

Шитов В.К КИКБОКСИНГ тренировки для начинающих 1 по 36. Учебное пособие.
ФКиС, М. 2004.- 244 с.

3.

Цинис А. В. Тайский бокс: программа для высших учебных заведений по тайскому
боксу/ А. В. Цинис - МОО "Межрегиональная общественная организация "Академия
безопасности и выживания"", 2014 180с.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

705

4.

Қосимбеков З.Т. ЁШ СПОРТЧИЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ (бокс, кикбоксинг, муайтай).
Ўқув қўлланма. Тошкент.-2008. – 245 б.

5.

Ширяев А.Г., Филимонов В.И. Бокс и кикбокс:. Учебное пособие. Издателский
сентр. -М, 2007, - 128c.

6.

Головкин Е.В. Программа по кикибоксингу (Семи-контакт, лайт кик, фулл-контакт,
лоу-кик, К-1) Ўқув қўлланма. Уляновск-2009. 89с

7.

Umarov.Q.A. «Kikboksing atamalarining izohli lug‘ati». Uslubiy qo‘llanma. Toshkent-

2016 y. -148 b.

8.

Xalmuxamedov R.D., S.S.Tajibaevlar modifikatsiya qilgan “Yuqori malakali
bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash” (SPUDERG-4) kompyuter
dasturi O‘zbekiston Respublikasi elektron mashinalari uchun dasturlar davlat reestirida
14.03.2013 yilda Toshkent shahrida ro‘yihatdan o‘tkazilgan, talabnoma raqami DGU 2013
0032.

9.

Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). O‘quv qo‘llanma.
Toshkent-2024 y.-150 bet.

10.

Q.A.Umarov. Malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida
mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish monografiya Toshkent-2025.:134 b. “Renesans
nashiriyoti”

11.

Q.A.Umarov. Yuqori malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichi
mashg‘ulotlarida tiklanishda qo‘llaniladigan tavsiyalar “Sportda ilmiy tadqiqotlar” ilmiy-
nazariy jurnali 2024 yil 11-15 bet. Chirchiq.

12.

Q.A.Umarov. Yuqori malakali kikbokschi qizlar terma jamoasining jismoniy va funksional
tayyorgarlik dinamikasi ko‘rsatkichlari ILMIY XABARLAR Ilmiy-nazariy jurnal 4/2024
QOQON. DPI

293-299 bet



Библиографические ссылки

«O‘zbekistonda sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2020 yildagi PF-5924-son Farmon.

Шитов В.К КИКБОКСИНГ тренировки для начинающих 1 по 36. Учебное пособие. ФКиС, М. 2004.- 244 с.

Цинис А. В. Тайский бокс: программа для высших учебных заведений по тайскому боксу/ А. В. Цинис - МОО "Межрегиональная общественная организация "Академия безопасности и выживания"", 2014 180с.

Қосимбеков З.Т. ЁШ СПОРТЧИЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ (бокс, кикбоксинг, муайтай). Ўқув қўлланма. Тошкент.-2008. – 245 б.

Ширяев А.Г., Филимонов В.И. Бокс и кикбокс:. Учебное пособие. Издателский сентр. -М, 2007, - 128c.

Головкин Е.В. Программа по кикибоксингу (Семи-контакт, лайт кик, фулл-контакт, лоу-кик, К-1) Ўқув қўлланма. Уляновск-2009. 89с

Umarov.Q.A. «Kikboksing atamalarining izohli lug‘ati». Uslubiy qo‘llanma. Toshkent-2016 y. -148 b.

Xalmuxamedov R.D., S.S.Tajibaevlar modifikatsiya qilgan “Yuqori malakali bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash” (SPUDERG-4) kompyuter dasturi O‘zbekiston Respublikasi elektron mashinalari uchun dasturlar davlat reestirida 14.03.2013 yilda Toshkent shahrida ro‘yihatdan o‘tkazilgan, talabnoma raqami DGU 2013 0032.

Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2024 y.-150 bet.

Q.A.Umarov. Malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish monografiya Toshkent-2025.:134 b. “Renesans nashiriyoti”

Q.A.Umarov. Yuqori malakali yakkakurashchi qizlarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichi mashg‘ulotlarida tiklanishda qo‘llaniladigan tavsiyalar “Sportda ilmiy tadqiqotlar” ilmiy-nazariy jurnali 2024 yil 11-15 bet. Chirchiq.

Q.A.Umarov. Yuqori malakali kikbokschi qizlar terma jamoasining jismoniy va funksional tayyorgarlik dinamikasi ko‘rsatkichlari ILMIY XABARLAR Ilmiy-nazariy jurnal 4/2024 QOQON. DPI 293-299 bet