2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
862
BADIIY MATN TAHLILIDA FONOLOGIK, GRAMMATIK VA SEMANTIK
DARAJALAR
Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna
Buxoro davlat pedagogika instituti professori
https://doi.org/10.5281/zenodo.15530156
Annotatsiya. Badiiy matnni shakllantirishda grammatik (morfologik va sintaktik)
shakl va vositalarning ham o‘ziga xos o‘rni bo’lib, muayyan bir matndagi gap
qurilmalarining yuzaga kelishi faqat muallifning ixtiyori, uning uslubidagi xoslikkkina bo‘lib
qolmay, matn talabi, ehtiyoji, badiiy-g‘oyaviy konseptsiyasiga bog‘liq.
Kalit so‘zlar: struktura, grammatika, gap qurilmalari, matn darajalari, fonemalar,
fonema, fonologik tahlil, sintaktik butunlik.
Аннотация. Грамматические (морфологические и синтаксические) формы и
средства также играют определенную роль в формировании художественного
текста, а возникновение речевых приемов в конкретном тексте зависит не только от
усмотрения автора и особенностей его стиля, но и от запросов, потребностей,
художественно-идеологического замысла текста
Abstract. Grammatical (morphological and syntactic) forms and means also play a
specific role in the formation of a literary text, and the emergence of speech devices in a
particular text depends not only on the author's discretion and the peculiarities of his style,
but also on the demands, needs, and artistic and ideological concept of the text.
Adabiyotshunos, strukturalist olim Yu. M. Lotman o‘zining “Структура
художеннестого текста” kitobida matn qatlamlarida paradigmatik, sintagmatik
munosabatlardan tashqari fonologik, grammatik va semantik darajalar mavjudligini
ko‘rsatgan.
Biz bu o‘rinda mazkur tadqiqotchi va boshqa mualiflarning ishlariga tayangan holda
Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi matniy parchalaridagi belgi qurilmasida namoyon
bo‘lgan ayrim darajalarni ko‘rib chiqamiz. Eng avvalo, tanlangan birliklarga fonologik nuqtai
nazardan razm solaylik:
1.
Bemor.
2.
Osmon yiroq, yer qattiq.
3.
Sotiboldining xotini og‘rib qoldi.
4.
Bemorning ko‘zi tinib boshi aylanadigan bo‘lib qoldi.
5.
Bir kechasi bemor juda azob tortdi.
6.
Kampir bemorning to‘zigan sochlarini tuzatdi, u yoq-buyog‘ini siladi... so‘ngra
o‘tirib yig‘ladi.
7.
Bemor kundan kun battar, oxiri o‘sal bo‘ldi.
8.
Bemor “...yana ko‘zini yumdi, shu yumganicha qaytib ochmadi – saharga borib
uzildi.
Muammoga shunday nigoh bilan qaraganimizda, har bir birlik tarkibida bir yoki bir
necha so‘zda o fonemasi mavjudligini ko‘ramiz:
bemor, osmon, Sotiboldi, xotini, og‘rib qoldi, bemorning boshi, bemor azob tortdi,
bemorning sochlari, oxiri, bemor, qaytib ochmadi. Ko‘rinyaptiki, keltirilgan 14 ta so‘zda 18
marta o fonemasi istifoda etilgan.O unlisi “hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra – til orqa, tilning tik
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
863
harakatiga ko‘ra quyi ko‘tarilish unlisi, labning holati (ishtiroki)ga ko‘ra lablanmagan”
fonema hisoblanadi.
Fikrimizcha, matndagi belgilar qurilmasidagi mazkur nutq tovushi konnotativ
mazmunga ega bo‘lib, oila, inson fojiasini yanada bo‘rttirish, syujet dramatizmini
kuchaytirish maqsadida qo‘llanilgan. Bu fonema badiiy matnlar tarkibida kirish so‘z
tarkibida ishlatilganda, qahramon hissiyotlarining me’yordan ortiq daraja kuchli ekanligini
anglatadi. Shunday jihat tadqiq etilayotgan hikoyada ham kuzatiladi.
Biz keltirgan fonologik qatorda faollik jihatdan o tovushidan keyingi o‘rinda s undosh
fonemasi turganini ko‘rish mumkin:
osmon, Sotiboldi, kechasi, sochlari, siladi, so‘ngra, o‘sal, sahar. Bu qatordagi 8 ta so‘z
tarkibida sakkiz marta s nutq tovushi istifoda etilgan. Biz keltirgan misollarning barchasi
ma’lum bir belgilar tarkibidagi so‘z yoki so‘z birikmalaridir. Matnda alohida belgi tarzida
ishtirok etgan Sotiboldi nomi to‘qqiz marotaba takrorlangan. Bu esa ushbu ism tarkibidagi
konnotatsiya (yakka-yolg‘iz farzand) va so‘z qurilmasi tarkibidagi birinchi fonema s
undoshiga maxsus e’tibor qaratish kerakliginini ko‘rsatadi.
Til oldi, jarangsiz, sirg‘aluvchi bo‘lgan bu fonema o unlisi kabi baland ohangda
aytilmaydi. Bu nutq tovushi jarangining yo‘qligi, sirg‘alib chiqishi va til oldida paydo bo‘lishi
kabi kabi xususiyatlariga asoslanib, uning matn badiiy ifoda etilgan g‘arib oila taqdirining
mahzunligi, mavjud tuzum va jamiyat tomonidan yetarli e’tibor topmaganligini ifodalash
maqsadida ishlatilganidan dalolat beradi.
Matnni fonologik jihatdan tahlil qilish jarayonida matn fojiaviyligini yuzaga
keltirishda q va g‘ undosh fonemalarining ham o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati borligini ko‘rsa
bo‘ladi. Badiiy matn tarkibida bu undoshlar o va s tovushlari kabi ancha faol qo‘llanilgan,
aynan mana shunday fonemalar ishtiroq etgan muayyan lisoniy va sintaktik birliklar (og‘rib
qoldi, tovuq so‘yib qonladi, yo‘g‘on, og‘irlashdi, Abdug‘aniboy, oyoqqa bostirib berish,
otasining g‘azabi, G‘avsula'zam, uyqu g‘ashligi, qizcha uyg‘ondi) mazkur yaratma badiiy
konseptsiyasini yuzaga chiqarishda muhim o‘rin tutgan.
Mazkur undosh fonemalar yuqorida keltirilgan ayrim lug‘aviy birliklar tarkibida kelib,
favqulodda hodisa (og‘rib qoldi, og‘irlashdi, otasining g‘azabi, oyoqqa bostirib berish),
xurofiy urf-odat (tovuq so‘yib qonladi), ruhiy yoxud jismoniy holat tasviri ( uyqu g‘ashligi,
qizcha uyg‘ondi) kabilarni ifodalashga hizmat qilgan. Lekin bu o‘rinda aytish lozimki, unli va
undosh fonemalarning matn doirasida qaysidir bir ma’noni yuzaga chiqarish, kuchaytirish,
ta’kidlash kabi vazifalari, o‘rni cheklangan, ularga yordamchi vositalar tarzida yondashish
lozim bo‘ladi.
Badiiy matnni shakllantirishda grammatik (morfologik va sintaktik) shakl va
vositalarning o‘ziga xos o‘rni bor. Bu fikr tasdig‘ini “Bemor” hikoyasida ham ko‘ramiz:
Sotiboldining xotini og‘rib qoldi.
Abdug‘aniboy omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib o‘ladigan bo‘lganda – ushbu
sintaklik butunliklarda ishtirok etgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari badiiy syujetdagi
hodisa (ayolning kasallanishi, boyning jarohatlanishi)ning kutilmaganda bo‘lganini
ko‘rsatmoqda.
Betobning ko‘zi tinib boshi aylanadigan bo‘lib qoldi. - Bu o‘rinda misol sifatida
olingan gapdagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi yuqorida keltirilganidan jiddiy farq qiladi.
Mazkur o‘rinda u favquloddalikni emas, natijani ko‘rsatyapti.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
864
Muayyan bir matndagi gap qurilmalarining yuzaga kelishi faqat muallifning ixtiyori,
uning uslubidagi xoslikkina bo‘lib qolmay, matn talabi, ehtiyoji, badiiy-g‘oyaviy
konseptsiyasiga bog‘liq ekanligi tahlil etilayotgan hikoya misolida ayonlashadi. Jumladan,
matndagi sodda gaplar ishtirokiga e’tibor beraylik:
Sotiboldining xotini og‘rib qoldi.
Tabib qon oldi.
Baxshi o‘qidi.
Bemor og‘irlashdi.
Sotiboldi ketdi.
Hamma yoq jim.
Bemor kundan kun battar, oxiri o‘sal bo‘ldi
Yuqorida keltirilgan sintaktik birliklarning aksariyati sodda yig‘iq gap shakldida
bo‘lib, ularning matn bosh badiiy g‘oyasini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mana shunday paradigmatik ketma-ketlikda bemorning butun taqdiri jo bo‘lgan.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar, amalga oshirilgan tahlillardan ma’lum bo‘ladiki, matn
strukturasining yuzaga kelishida quyidagilar alohida ahamiyat kasb etadi:
1.
Belgi munosabatlari.
2.
Matn darajalari.
Har bir matn o‘z doirasida mavjudlik bilangina kifoyalanib qolmaydi. U doimiy
ravishda cheksizlikka – boshqa matnlar hududiga qarab harakatlanadi. Badiiy matn ko‘plab
xususiyatlarga ega ochiq adabiy-poetik tizim bo‘lib, uning bunday alomatlari orasida
belgiviylik, ya’ni belgi orqali o‘zini namoyish qilishi va strukturaviyligi alohida o‘rin tutadi.
Aynan mana shu ikki jihat matnning o‘zligi – mohiyatini ifoda etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
ABDUGANIEVNA, S. R. The Role of Semiotics in Literature. JournalNX, 6(09),
190-193.
2.
Rayhonoy, S., & Murodov, G. (2020). Structural semiotic analysis of a literary text.
International Journal of Scientific and Technology Research, 9(2), 3319-3323.
3.
Муродов, Г., & Саидова, Р. (2017). Интерпретация терминов и их анализ.
Молодой ученый, (13), 703-705.
4.
Saidova, R. A. (2020). SEMIOTIC SQUARE AND BINARY OPPOSITION.
Theoretical & Applied Science, (2), 201-205.
5.
Abduganievna, S. R. Semiotic Analysis of a Literary Text. International Journal on
Integrated Education, 3(3), 51-56.
6.
Истамова, Ш. М. (2021). ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ ВА ЁЗМА АДАБИЁТ
НАМУНАЛАРИДА ТУШ МОТИВЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА
ХОСЛИГИ: Истамова Шоҳида Махсудовна, филология фанлари буйича фалсафа
доктори. Образование и инновационные исследования международный научно-
методический журнал, (6), 16-19.4.
7.
Makhsudovna, I. S. (2023). Dreams as a Means of Psychological Analysis.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
865
8.
Истамова, Ш. М.
Поэтико-композиционные функции сна в художественном
произведении
(Doctoral dissertation, (PhD) по филологии: 10.00. 02/Истамова
Шохида Махсудовна).
9.
Истамова, Ш. М. СНОВИДЕНИЯ И СИМВОЛ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ
ПРОИЗВЕДЕНИЯХ.
Сборник
научных
статей
по
итогам
работы
Международного научного форума
, 72.
10.
Анъанавий туш рамзларининг поэтик матнда берилиши ШМ Истамова - Новое
слово в науке и практике: гипотезы и …, 2017
11.
Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2024, February). BOSHLANG’ICH
SINFLARDA
DIDAKTIK
VOSITALARDAN
FOYDALANISHNING
AHAMIYATI. In International conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 2,
pp. 59-64).
12.
Истамова, Ш. М., & Шарипова, М. Б. (2024). ЛИТЕРОНОМИК ТАЖНИС
САНЪАТИ АЛИШЕР НАВОИЙ ИЖОДИДА. Экономика и социум, (5-2 (120)),
1072-1075.
a.
Maxsudovna, I. S., & Qizi, S. M. S. (2022). The role and importance of puzzles in the
development of intellectual abilities of primary school students. ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal, 12(2), 209-213.
13.
Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2025). ONA TILI VA O’QISH
SAVODXONLIGI DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
(KAHOOT,
EDUCAPLAY
KABI
PLOTFORMALAR
MISOLIDA). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 177-180.
14.
Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). O ‘QISH SAVODXONLIGI
DARSLARIDA LUG ‘AT USTIDA ISHLASH USULLARI. Methods of applying
innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 184-186.
15.
Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). LUG’AT USTIDA ISHLASHNING
LINGVISTIK ASOSLARI VA VAZIFALARI. PEDAGOG, 7(6), 186-189.
16.
Sulaymonovich, S. F., & Maqsudovna, I. S. (2020). Types of lexical meanings.
Journal of Critical Reviews, 7(6), 481-484.
