Authors

  • Rayhonoy Saidova
  • Iroda Xo‘jamurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.100978

Keywords:

sarlavha epigraf konsept shakl mazmun leksiya struktura enonsiativ deyktik intensional.

Abstract

Har qanday badiiy matn belgilarning majmui va ularning o‘zaro munosabatidan iborat. Chunki matn tahlili davomida aniqlangan asosiy belgilar bir-biriga yaqin va o‘xshash bo‘lib, ular bir-biri bilan zanjirsimon bog‘lanadi va badiiy matn markazida turgan asosiy fikrni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi sarlavhasi va epigrafida mavjud belgilar tizimi va ularning bog‘liqligi o‘rganildi.

background image


May, 2025-Yil

942

BADIIY MATN STRUKTURASIDA MATN SARLAVHASI VA EPIGRAFNING O‘RNI

Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna

Buxoro davlat pedagogika instituti professori

Xo‘jamurodova Iroda Anvar qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15567939

Annotatsiya. Har qanday badiiy matn belgilarning majmui va ularning o‘zaro

munosabatidan iborat. Chunki matn tahlili davomida aniqlangan asosiy belgilar bir-biriga yaqin
va o‘xshash bo‘lib, ular bir-biri bilan zanjirsimon bog‘lanadi va badiiy matn markazida turgan
asosiy fikrni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Bemor”
hikoyasi sarlavhasi va epigrafida mavjud belgilar tizimi va ularning bog‘liqligi o‘rganildi.

Kalit so‘zlar: sarlavha, epigraf, konsept, shakl, mazmun, leksiya, struktura, enonsiativ,

deyktik, intensional.

Abstract. Any literary text consists of a set of signs and their interrelationships. Because

the main signs identified during the text analysis are close and similar to each other, they are
connected to each other like a chain and serve to reveal the main idea at the center of the literary
text. This article studies the system of signs and their relationships in the title and epigraph of
Abdulla Qahhor's story "Patient".

Аннотация. Любой литературный текст состоит из набора символов и их

взаимосвязей. Поскольку основные признаки, выявленные в ходе анализа текста, близки и
схожи между собой, они связаны между собой в цепочку и служат для раскрытия главной
идеи, находящейся в центре художественного текста. В статье изучается система
знаков и их соотношение в названии и эпиграфе рассказа Абдуллы Каххора «Больной».


Ma'lumki, badiiy matn muvaqqat hodisa bo‘lmay, u abadiyatga taalluqlidir. Insoniyat

ma’naviy-estetik taraqqiyotidagi har bir bosqichda muayyan bir matn tarkibidagi ilgari nazarga
tushmagan belgilar kashf etilishi bilan bir qatorda ularning talqinlari ham o‘zgarib boradi.

Badiiy matn strukturasida har bir belgining o‘z o‘rni va vazifasi bor. Bular orasida

birlamchi ahamiyatga ega belgilar ham mavjudki, semiotika bo‘yicha ish olib borayotgan har bir
tadqiqotchi ularga asosiy e’tiborni qaratishi lozim bo‘ladi Biz o‘z qarashlarimizni dalillab borish
uchun Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasiga murojaat qilmoqdamiz:

1)matn sarlavhasi. Bu haqda Rolan Bart shunday yozgan edi: “Har qanday sarlavha bir

vaqtning o‘zida bir nechta ma’noni ifodalaydi; ulardan eng kamida ikkitasini ajratib ko‘rsatish
lozim:

1) sarlavhadagi tekshirilayotgan matnning aniq mazmuni bilan bog‘langan ifoda;
2) sarlavhaning ostida muayyan adabiy “mahsulot” mavjudligiga ishora. Boshqacha

aytganda, sarlavha hamisha ikki xil - enonsiativ va deyktik vazifani bajaradi.

1

Ushbu fikrning haqqoniyligini aniqlash uchun hikoya sarlavhasiga nazar solamiz:

“Bemor”. Lug‘aviy nuqtai nazardan qaraganimizda, u hikoya syujetida ishtirok etayotgan
personajning xasta ekanligini ko‘rsatmoqda. Chindan ham matnni o‘qib chiqqanimizda, Sotiboldi
degan faqir bir odamning xotini kasal bo‘lgani ayonlashadi. Bu sarlavhaning kommunikativ
(denotativ) ma’nosidir. Biroq sarlavha murakkab va ko‘p qatlamli jarayon hisoblangan badiiy
matn qurilmasida faqat xabar berish bilangina kifoyalanib qolmaydi. U o‘z tabiati va
imkoniyatiga ko‘ra konnotativ mazmun va mohiyat kasb etish xususiyatiga ega. Matn mutolaasi

1

Ролан Барт. Избранные работы: Семиотика: Поэтика: Пер. с фр. / Сост., общ. ред. и вступ. ст. Г. К.

Косикова.— М.: Прогресс, 1989. – С. 430.
* энонсиатив – бадиий нутқ жараёнига ишора қилувчи; дейктик – сўзловчи шахсга қандайдир муносабатда
бўлган шахс ва нарсаларни таққослаш йўли билан ажратиб кўрсатувчи (диссертант изоҳи).


background image


May, 2025-Yil

943

va uning nafaqat struktur-semiotik tadqiqi faqat ayolning o‘zigina kasal emasligini ko‘rsatadi. O‘z
hududidagi

aholining

salomatligini

saqlashni

xayoliga

keltirmagan

hukumat

chor

mustamlakachilik ma’muriyati), shuningdek, adolatsizlik, huquqsizlik va tengsizlikka ko‘nikkan
jamiyatning ham ko‘chma-ramziy ifodada bemor, bemor bo‘lganda ham halokatga mahkum
ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shunday qilib, sarlavha enonsiativ jihatdan ayolning bemorligi bilan bir
qatorda adolatsizlikka asoslangan davlat tuzumi va inert (turg‘un) jamiyatning xastalanganiga
ishora qilyapti. Bunday ishoraning haqqoniyligi badiiy matnni mutolaa etish davomida ma’lum
bo‘ladi. Deyktik nuqtai nazardan esa so‘zlovchi shaxs (roviy)ning chor mustamlakachilik
tuzumiga nisbatan inkor etuvchi munosabatini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Rolan Bart to‘g‘ri
ko‘rsatganidek, sarlavha hamisha narrativ (qiziqtiruvchi) xususiyatga ega bo‘lib, adabiy
“mahsulot” sifatida yaratilgan matnni reklama qilish, ya’ni unga nisbatan kitobxonlarning rag‘bat
va maylini yuzaga keltirish vazifasini ham bajarmoqda.

2)epigraf. Nafaqat badiiy matn sarlavhasi, shu bilan birga, uning epigrafi ham yuqorida

ko‘rsatilgan vazifalarni bajaradi – u sarlavhada ifodalangan narrativlikni yanada kuchaytiradi,
shuningdek, adabiyot ixlosmandlarini taqdim etilayotgan matn mohiyatidan bir qadar ogoh etish
ishiga ko‘maklashadi.

“Bemor” hikoyasi epigrafini yuqorida ko‘rsatilgan fikr jihatidan ko‘rib chiqaylik: “Osmon

yiroq, yer qattiq”. Denotativ jihatdan bu maqol oddiy bir haqiqatni, ya’ni osmonning yiroqligi,
yerning esa qattiqligini ifodalamoqda. Agar shunday qarashga asoslanadigan bo‘lsak, uning matn
syujeti, undagi personajlar hayoti, taqdiriga aloqasi yo‘qligi ayon bo‘ladi. Shunday ekan, biz
sarlavhadagi bemor lug‘aviy birligi qanday ramziy-ko‘chma vazifani bajargan bo‘lsa, epigrafning
ham shunday yumushni ado etganligiga ishonch hosil qilamiz.

Epigraf tarzida tanlab olingan maqolda ikkita bildiruvchi mavjud bo‘lib, ular birlashgan

holda bitta konseptni yuzaga keltirishga xizmat qilgan:









Shu tarzda hikoya larlavhasi va epigrafi konseptlari o‘zaro birlashib bitta paradigmatik

qatorni yuzaga keltiradi:






“Konsept hamisha nimanidir aniq ifodasi, u bir vaqtning o‘zida ham tarixiy, ham

intensionaldir. U hayotga chorlovchi mif (yoki badiiy matn – R.S.)ni rag‘batlantiruvchi omil
sanaladi”

2

.

2

Ролан Барт. Избранные работы: Семиотика: Поэтика: Пер. с фр. / Сост., общ. ред. и вступ. ст. Г. К. Косикова.

– М.: Прогресс, 1989. – С. 83.

Osmon yiroq

Yer qattiq

Hikoya qahramonining ilojsizligi,

mavjud davlat tizimining xalq

hoyotiga loqaydligi

Epigraf konsepti

Sarlavha konsepti


background image


May, 2025-Yil

944

Rolan Bartning ana shu fikriga asoslanib yuqorida bir paradigmatik qator tizimida

ko‘rsatilgan konseptlarga nazar solaylik. Chindan-da, matn va epigraf konseptlari tarixiylikni
(chor mustamlakachilik zamonidagi xalqning ayanchli va abgor ahvolini, shuningdek, yaqin
o‘tmishdagi hayotga bo‘lgan roviy (muallif obrazi)ning alohida e'tiborini, ya'ni intentsionallikni
ifodalayapti. Mazkur konseptlar bosqinchilik va istibdodga asoslangan qattol hukmronlikni o‘z
badiiy strukturalarida yaqqol ifodalab ko‘rsatmoqdalar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Абдулла Қаҳҳор. Асарлар.Олти томлик.1-том. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1967. – Б. 56.

2.

ABDUGANIEVNA, S. R. The Role of Semiotics in Literature. JournalNX, 6(09), 190-193.

3.

Лотман Ю. М.Структура художественного текста / Ю. М. Лотман «Эксмо», 2023 —
(Библиотека Всемирной Литературы).

4.

Ролан Барт. Избранные работы: Семиотика: Поэтика: Пер. с фр. / Сост., общ. ред. и
вступ. ст. Г. К. Косикова. – М.: Прогресс, 1989. – С. 83-430.

5.

5.Саидова Р., Муродов Ғ. Бадиий матнда белги муносабатлари. – Тошкент: Наврўз,
2019. – 64 б.

6.

ABDUGANIEVNA, S. R. The Role of Semiotics in Literature. JournalNX, 6(09), 190-193.

7.

Rayhonoy, S., & Murodov, G. (2020). Structural semiotic analysis of a literary text.
International Journal of Scientific and Technology Research, 9(2), 3319-3323.

8.

Муродов, Г., & Саидова, Р. (2017). Интерпретация терминов и их анализ. Молодой
ученый, (13), 703-705.

9.

Saidova, R. A. (2020). SEMIOTIC SQUARE AND BINARY OPPOSITION. Theoretical &
Applied Science, (2), 201-205.

10.

Abduganievna, S. R. Semiotic Analysis of a Literary Text. International Journal on
Integrated Education, 3(3), 51-56.

11.

Истамова, Ш. М. (2021). ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ ВА ЁЗМА АДАБИЁТ
НАМУНАЛАРИДА ТУШ МОТИВЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА
ХОСЛИГИ: Истамова Шоҳида Махсудовна, филология фанлари буйича фалсафа
доктори. Образование и инновационные исследования международный научно-
методический журнал, (6), 16-19.4.

12.

Makhsudovna, I. S. (2023). Dreams as a Means of Psychological Analysis.

13.

Истамова, Ш. М.

Поэтико-композиционные функции сна в художественном

произведении

(Doctoral dissertation, (PhD) по филологии: 10.00. 02/Истамова Шохида

Махсудовна).

14.

Истамова, Ш. М. СНОВИДЕНИЯ И СИМВОЛ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ
ПРОИЗВЕДЕНИЯХ.

Сборник научных статей по итогам работы Международного

научного форума

, 72.

15.

Анъанавий туш рамзларининг поэтик матнда берилиши ШМ Истамова - Новое слово
в науке и практике: гипотезы и …, 2017

16.

Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2024, February). BOSHLANG’ICH
SINFLARDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. In
International conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 2, pp. 59-64).

17.

Истамова, Ш. М., & Шарипова, М. Б. (2024). ЛИТЕРОНОМИК ТАЖНИС САНЪАТИ
АЛИШЕР НАВОИЙ ИЖОДИДА. Экономика и социум, (5-2 (120)), 1072-1075.

*Интенционал – лотинча intentio сўзидан олинган, фалсафий истилоҳ сифатида инсон тафаккурининг асосий
аломати – маълум бир предметга эътибор қаратилишини англатади.

References

Абдулла Қаҳҳор. Асарлар.Олти томлик.1-том. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1967. – Б. 56.

ABDUGANIEVNA, S. R. The Role of Semiotics in Literature. JournalNX, 6(09), 190-193.

Лотман Ю. М.Структура художественного текста / Ю. М. Лотман «Эксмо», 2023 — (Библиотека Всемирной Литературы).

Ролан Барт. Избранные работы: Семиотика: Поэтика: Пер. с фр. / Сост., общ. ред. и вступ. ст. Г. К. Косикова. – М.: Прогресс, 1989. – С. 83-430.

5.Саидова Р., Муродов Ғ. Бадиий матнда белги муносабатлари. – Тошкент: Наврўз, 2019. – 64 б.

ABDUGANIEVNA, S. R. The Role of Semiotics in Literature. JournalNX, 6(09), 190-193.

Rayhonoy, S., & Murodov, G. (2020). Structural semiotic analysis of a literary text. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(2), 3319-3323.

Муродов, Г., & Саидова, Р. (2017). Интерпретация терминов и их анализ. Молодой ученый, (13), 703-705.

Saidova, R. A. (2020). SEMIOTIC SQUARE AND BINARY OPPOSITION. Theoretical & Applied Science, (2), 201-205.

Abduganievna, S. R. Semiotic Analysis of a Literary Text. International Journal on Integrated Education, 3(3), 51-56.

Истамова, Ш. М. (2021). ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ ВА ЁЗМА АДАБИЁТ НАМУНАЛАРИДА ТУШ МОТИВЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА ХОСЛИГИ: Истамова Шоҳида Махсудовна, филология фанлари буйича фалсафа доктори. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (6), 16-19.4.

Makhsudovna, I. S. (2023). Dreams as a Means of Psychological Analysis.

Истамова, Ш. М. Поэтико-композиционные функции сна в художественном произведении (Doctoral dissertation, (PhD) по филологии: 10.00. 02/Истамова Шохида Махсудовна).

Истамова, Ш. М. СНОВИДЕНИЯ И СИМВОЛ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ. Сборник научных статей по итогам работы Международного научного форума, 72.

Анъанавий туш рамзларининг поэтик матнда берилиши ШМ Истамова - Новое слово в науке и практике: гипотезы и …, 2017

Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2024, February). BOSHLANG’ICH SINFLARDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. In International conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 2, pp. 59-64).

Истамова, Ш. М., & Шарипова, М. Б. (2024). ЛИТЕРОНОМИК ТАЖНИС САНЪАТИ АЛИШЕР НАВОИЙ ИЖОДИДА. Экономика и социум, (5-2 (120)), 1072-1075.