Authors

  • Rayhonoy Saidova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.102099

Abstract

O‘ziga xos badiiy-estetik strukturaga ega yirik epik janr – roman strukturasida insonning shaxsiy hayotiga bog‘liq muammolargina emas, jamiyat hayoti, davlat boshqaruvi, siyosiy-mafkuraviy muammolar ham tasvirlanadi. Bular badiiy ijod namunasi matnidagi diskurs vositasida kitobxonga yetkaziladi. Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Sarob” romani matnidagi qahramonlararo muloqot va ularning ichki monologi orqali ifodalangan diskurs tahlil qilindi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1696

BADIIY MATNDA QAHRAMONLARARO MULOQOT VA ULARNING ICHKI

MONOLOGI ORQALI IFODALANGAN DISKURS

Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna

Buxoro davlat pedagogika instituti professori.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15555497

Annotatsiya. O‘ziga xos badiiy-estetik strukturaga ega yirik epik janr – roman

strukturasida insonning shaxsiy hayotiga bog‘liq muammolargina emas, jamiyat hayoti, davlat
boshqaruvi, siyosiy-mafkuraviy muammolar ham tasvirlanadi. Bular badiiy ijod namunasi
matnidagi diskurs vositasida kitobxonga yetkaziladi. Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning
“Sarob” romani matnidagi qahramonlararo muloqot va ularning ichki monologi orqali
ifodalangan diskurs tahlil qilindi.

Аннотация. Роман — крупный эпический жанр с уникальной художественно-

эстетической структурой — описывает не только проблемы, связанные с личной
жизнью человека, но и общественной жизнью, государственным управлением,
политическими и идеологическими проблемами. Они передаются читателю посредством
дискурса в тексте произведения художественного творчества. В статье анализируется
диалог между персонажами в тексте романа Абдуллы Каххора «Мираж» и дискурс,
выраженный посредством их внутреннего монолога.

Abstract. The structure of the novel, a large epic genre with a unique artistic and

aesthetic structure, describes not only the problems related to a person's personal life, but also
the life of society, state administration, and political and ideological problems. These are
conveyed to the reader through the discourse in the text of a sample of artistic creation. This
article analyzes the dialogue between the characters in the text of Abdulla Qahhor's novel
"Sarob" and the discourse expressed through their internal monologue.

Ma’lumki, badiiy matn mohiyati, uning yetakchi falsafiy-estetik konseptsiyasi yozuvchi-

kitobxon diskursi jarayonida yuzaga chiqadi va oydinlashadi. Bir davr (masalan, sovet davri)
kitobxonlari tomonidan matndan olingan taassurotlar, fikr-mulohaza, xulosalar boshqa zamon
(milliy Mustaqillik yillari) adabiyot muxlislari tomonidan yangicha, oldingi nuqtai nazarlardan
jiddiy, hatto keskin farqlanishi mumkin. Chinakam badiiyat namunasini, strukturalizm va
semiotika atamasi bilan aytganda, matnni ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy taraqqiyotning har
bir mavsumi ana shunday yangicha qabul qiladi, uni o‘z davrining intellektual, estetik
tamoyillari, talab va ehtiyojlari doirasida tahlil qiladi va undagi yangidan yangi xususiyatlarni
kashf etadi.

Akrativ diskurs badiiy matnda quyidagi tarzda yuzaga chiqadi:

1) roviy va adresat muloqoti;
2) matn syujetida ishtirok etgan personajlarning o‘zaro kommunikativ munosabati orqali.

Matnning yuqorida ko‘rsatilgan xususiyati unga taalluqli bo‘lgan har bir badiiyat

namunasiga tegishlidir. Biz Abdulla Qahhorning “Sarob” romaniga ham matn sifatida
yondashamiz va tadqiq jarayonida shunday badiiy-poetik tizim talablariga nechog‘lik javob bera
olishini ko‘rsatishga harakat qilamiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1697

“Sarob” matni qurilmasida enkratik diskurs miqyosining kengligi, ko‘lamdorligi bilan

ajralib turadi. Bu hodisaning boisi shundaki, roman katta epik janr sifatida faqat
qahramon(lar)ning shaxsiy hayoti, uning ichki olami, ruhiy kechinmalari, boshdan kechirgan
sarguzashtlari tasviri bilangina kifoyalanib qolmaydi. U katta bir davrni imkon darajasida
kengroq, teranroq qamrab olishga intiladi, o‘z badiiy hududida xalq, millat, insoniyatning
yuksak intilishlari, urf-odatlari, milliy mentaliteti, tabaqa, guruhlararo aloqa-bog‘lanishlarni
murosa va ziddiyatlarni, davlat boshqaruvi, siyosat, mafkura, turli-tuman dunyoqarashlarni
badiiy tajassum ettiradi.

“Sarob”ning dastlabki fasllaridayoq akrativ diskursga aloqador muloqot o‘z ifodasini

topgan:

“Qiz kibr bilan boshini ko‘tardi:
-Men...men eng oldingi kursida o‘tirib dars o‘qiyman” (11-bet).
“Men senga tegmayman-da” (Saidiyga qarab aytilmoqda, 39-bet).
Shunday qilib, dorilfunun eshigi oldida uchrashib qolgan ikki yoshning ruhiy olamidagi

kitobxon uchun muhim bo‘lgan xususiyatlar – bir-biriga nisbatan moyillik, shu bilan birga,
xudbinlik namoyon etilgan. O‘zbek adabiyotida bir-biriga zid bo‘lgan bunday psixologik
alomatlarning uyg‘un kelishi hazrat Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidagi Bahrom va
Dilorom orqali orqali yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan edi. Shahanshohning o‘ziga
nisbatan ishtiyoqidan g‘uluga ketgan sohibjamol kanizak unga bajarilishi nihoyatda mushkul
bo‘lgan shart qo‘yadi. Holbuki, hukmdor bu shartni bajara olmasa, xalqaro miqyosda obro‘siga
putur ketishi mumkin. Bunday talab ayolning chinakam ma’shuqa (Shirin, Layli kabi) darajasida
emasligidan dalolat beradi. Bahrom ham Farhod va Qays darajasidagi oshiq emas. Dilorom bilan
may va ishrat bazmlariga berilgan shoh mamlakat ishlariga e’tibor bermay qo‘yadi. Buning
oqibati o‘laroq mamlakatda zulm kuchayadi, xalq noroziligi yuzaga keladi. Tahlikali vaziyatdan
tashvishga tushgan saroy ayonlari saltanat sohibi oldiga qat’iy talab qo‘yadilar: yo toju taxtdan
yo Diloromdan voz kechish. Bahrom ularga aniq bir javob aytmasa-da, imkon topganda,
ma’shuqasidan qutilishni diliga tugib qo‘yadi. Holbuki, ulkan saltanat (imperiya) hoqonining
valiahdi bo‘lgan Farhod ishq yo‘lida hokimiyatdan uzuil-kesil voz kecha olgan edi. Albatta,
romantizm adabiyoti mahsuli bo‘lgan oshiqlarning yangi davr eposi sanalgan realistik roman
qahramonlaridan jiddiy tafovut-o‘zgachaliklar bor. Ularni nafaqat ijodiy metodlar, shu bilan
birga ulkan davr, tafakkur va hayot tarzi, nasl-nasab singarilar ajratib, farqlab turadi. Shunga
qaramay, tahlillar davomida ko‘rib chiqqanimizga ko‘ra, mazkur badiiy obrazlar orasidagi
muayyan yaqinlik-o‘xshashliklar bor. Bunday mushtaraklik avvalambor, ular tabiatidagi o‘ziga
bino qo‘yish, xudparastlikda namoyon bo‘ladi.

Roman voqea tizimi davomida Rahimjon va Munisxon ruhiy qurilmasidagi ikki jihat (bir-

biriga moyillik va xudsevarlik) yuz ko‘rsatib, oxir-oqibat ulardagi xudbinlik ustuvor o‘ringa
chiqib olganini ko‘rish mumkin. Matn diskursida bunday binar oppozitsiya roviy tomonidan
struktur izchillikda bosqichma-bosqich ko‘rsatilib, oydinlashtirilib boriladi. Matn ifodachisi
ayniqsa, asosiy personajlar (Saidiy, Munisxon) ruhiy olamidagi o‘zgarish-evrilishlar
dialektikasiga asosiy e’tiborini qaratadi. Bu hodisani birinchi galda Rahimjon Saidiy
psixologiyasi tasviri davomida ko‘ramiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1698

Saidiy taqdiridagi navbatdagi fojia uning Munisxonga erisha olmagani bilan bog‘liq. Shu

boisdan muallif bayoniga oid diskursda ushbu holatning sabab va oqibatlari aniq psixologik va
mantiqiy tahlillar davomida yoritib borilgan.

Universitetda o‘qish davomida Saidiy va Munisxon orasida o‘zaro bog‘liqlik, yaqinlik

paydo bo‘ladi. Ammo bunday munosabatga yigit va qizning qarash va tuyg‘ulari bir-biridan farq
qiladi. Matn diskursida roviy ko‘rsatganidek, Munisxon bilan birga dars tayyorlab o‘tkaziladigan
vaqt Saidiy uchun umrining eng shirin soatlari edi (22-bet). Bu izoh qahramonda qizga nisbatan
sevgi tuyg‘ulari yuzaga kelayotganini anglatadi. Munisxonning nazarida esa Saidiy nimasi
bilandir boshqa studentlar, hatto barcha yigitlardan ajraladi. U yuvosh, og‘ir, yana qobilgina
yigit, gapga tez tushunadi va kishi qanday kayfiyatda bo‘lsa, shunga munosib muomala qiladi.

Shuning uchun Munisxon unga bo‘lgan munosabatini xolis, beg‘araz, garchi o‘zi uchun

bir qadar erishroq tuyulsa ham, o‘rtoqlik munosabati deb bilar...edi (22-23-betlar). Bu o‘rinda
Zigmund Freyd ta’limotidagi “ong” va “ongosti” qatlamlari haqidagi qarashlarni eslash zarur.

Qizga ongosti psixologik qatlami talab va ehtiyojlariga ko‘ra mana shu yuvosh, og‘ir va

qobil yigit yoqadi, u bilan hamsuhbat bo‘lishga ehtiyoj, mayl sezadi, ammo “ong” (aql) qatlami
bu moyillikni inkor etib, uni shunchaki o‘zaro o‘rtoqlik munosabati sifatida talqin etadi. Ana
shunday ruhiyat qatlamlari orasidagi binar oppozitsiya matnda bir necha badiiy lavhalarda badiiy
ifoda topgan. Mana shunday zidlikni quyidagi belgilar konseptida aniq ko‘rish mumkin:

“Saidiy o‘rniga o‘tirayotib, kitobning ustida qizil gul g‘unchasini ko‘rdi.
-Bu menga-mi?
-So‘liganda, ko‘kragingdan olib tashlamasang senga, - dedi Munisxon” (38-bet). Milliy

mentalitet tasavvuriga ko‘ra qizning yigitga qizil gul yoxud uning g‘unchasini taqdim etishi unga
ko‘ngli borligini anglatadi. Ong qatlami talqinicha, bunday harakat shunchaki hazil, do‘stona
o‘yindir. Ammo aslida ongosti zaxirasi shunday harakatga jiddiy qaraydi, bu rozilik, sevgi
alomatidir. Ammo qizning ong sathida shakllangan aqli bu izhori rozni inkor qiladi:

Saidiy Munisxonga: “Qancha shohona shiypon soldirganingda ham, o‘sha shiyponda

o‘zing poygakda o‘tirib, to‘rda yonboshlab yotgan amiringga choy quyib berasan-da!..

-Arzisa, mayli-da...
Saidiy “ne, yana gapirmoqchi” deb o‘yladi.
-Bordi-yu, arzimasa, to‘rga seni o‘tqazsa-chi?
-Uning gashti yo‘q!
-Basharti?
-Sen shunday qilarmiding?
Saidiy bir og‘iz ham so‘z aytolmadi, ammo butun vujudi “ha”deb turar edi.
-Men senga tegmayman-da” (39-bet).
Aslida asrlar davomida shakllangan sharqona taomilga ko‘ra xotin erini to‘rga o‘tqazib,

o‘zi pastda unga choy quyib berishi kerak.Bu oila rahbariga bo‘lgan ehtiromni bildiradi. Roman
qahramoni tamoyilni buzib, o‘zi poygakda qolib, rafiqasini to‘rga o‘tqazib, xizmat qilishga ham
tayyor, biroq Munisxon yigitga dabdurustdan “men senga tegmayman” deydi. Qizning bunday
javobi atroflicha fikrlash va mantiqiy tahlilni talab etadi.

1.Qizning bunday kutilmagan javobi uning tomonidan uyushtirilgan “do‘stona o‘yin”ning

davomi deb tushunsa ham bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1699

U hamsuhbatining o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniqlashtirish yoki romanda roviy qayd

etganidek, “Saidiyning yigitlik qonini ko‘pirtirib tur” (38-bet )ish niyatida aytilgan bo‘lishi
mumkin. Ammo Munisxonga erishish Rahimjon uchun hayot-mamot masalasi edi. Shu boisdan
rad javobi unga chaqmoq urgandek ta’sir qiladi: “Saidiy baland yerdan boshi bilan tushganday
ko‘ziga yulduzlar ko‘rindi, ammo sirni boy bermasdan, Munisxonning yuziga qarab iljaydi (39-
bet). Qahramonning bunday holati uning juda o‘tkir psixologik zarbaga uchraganini
ko‘rsatmoqda, shunday ayanchli vaziyatda ham iljayishi shaxsiyatidagi kibr bilan bog‘liq bo‘lib,
o‘zini pisand etmagan qizga sir boy bermaslik uchun urinishi natijasidir. Shundan keyingi
o‘rinda kelgan o‘rindagi tasvir konnotativ xususiyatga ega bo‘lib, kelgusida yigit va qizning bir-
biridan ayrilib ketishlariga ishora qiladi: “G‘irillab turgan Shabada ochiq qolgan kitobni
varaqlab, ustidagi gulni yerga tushirdi, qog‘oz parchalarini uchirib ketdi” (29-bet). Muxtasar bu
tasvirda ikkita bildiruvchi bitta belgini yuzaga keltiryapti:




1)

shakl

konsept


2)

shakl

2. Ma'lum bir psixologik strukturaga mansub qizlar qalbidada “ideal” umr yo‘ldoshiga

erishish niyati mavjud bo‘ladi. Bunday qizlar biror-bir yigitni yoqtirishi va uni muayyan muddat
o‘z yonida tutishi mumkin, biroq bunday yigit uning ideali darajasida bo‘lmagani uchun
orzudagi ”shahzoda”ni kutishda davom etadi. Matnda ifoda etilganidek, Munisxonga Saidiyning
bosiq va qobilligi, bilimdonligi, yaxshi suhbatdosh ekanligi yoqadi, ammo uni chin dildan, bor
vujudi bilan sevishi uchun uning nazarida bu xislatlar kamlik qiladi, deb o‘ylaydi.

3. Munisxon o‘tmishda (ijtimoiy to‘ntarish-inqilobgacha) juda boy-badavlat bo‘lgan,

jamiyatda katta mavqega ega xonadonga mansub. Bu roman diskursida retrospektiv usul
yordamida qizning xotiralari orqali adresatga yetkaziladi:

“U kichkina qizcha edi...U o‘sgan bog‘ tinch, xoli... Bog‘ning o‘rtasi – hovuz bo‘yiga

solingan shiyponning oldiga borgani Munisxondan boshqa hech kimning haddi yo‘q, otasi
shiyponda yotgan yoki o‘z prikazchiklari bilan hisoblashib, cho‘t urib o‘tirgan bo‘lardi.

Munisxon har zamon otasi bilan izvoshga tushib,o‘zlarining magazinlariga borardi.
Uzundan uzoq ketgan magazinning ichida otasi bilan aylanib yurib charchardi” (36-bet).
Bunday badastirlik-to‘kinlik muvaqqat bo‘lib, ularga tegishli ulkan do‘kon yonib ketadi,

otasi vafot etadi. Ammo keyinroq qizning akasi Salimxonning uddaburonligi, inqilobdan keyingi
hayotga moslashishi natijasida xonadon o‘z mavqeini saqlab qoladi.

shabada ochiq

qolgan kitobni

varaqlab,

ustidagi gulni
yerga tushirdi

sevgi orzusiga

darz ketishi

Shabada qog

oz

parchalarini
uchirib ketdi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1700

Bu o‘rinda Saidiy va Munisxon oilalari taqdirida uyg‘unlik borligini ko‘ramiz: ikki oila

sohibi ham bankrotlik tufayli dunyodan ko‘z yumgan. Shunga qaramay, mulkdorlikni havas qilib
niyatiga erisha olmagan oddiy temirchi xonadonida o‘sgan Rahimjon va hashamat, boylikka
o‘rgangan Munisxon orasida ijtimoiy tabaqa nuqtai nazaridan sezilarli tafovut bor. Bunday farq
ma’lum bir darajada Munisxon qalbida g‘urur, kibrning yuzaga kelishiga sabab bo‘lganini
taxmin qilish mumkin.

REFERENCES

1.

ABDUGANIEVNA, S. R. The Role of Semiotics in Literature. JournalNX, 6(09), 190-
193.

2.

Rayhonoy, S., & Murodov, G. (2020). Structural semiotic analysis of a literary text.
International Journal of Scientific and Technology Research, 9(2), 3319-3323.

3.

Муродов, Г., & Саидова, Р. (2017). Интерпретация терминов и их анализ. Молодой
ученый, (13), 703-705.

4.

Saidova, R. A. (2020). SEMIOTIC SQUARE AND BINARY OPPOSITION. Theoretical
& Applied Science, (2), 201-205.

5.

Abduganievna, S. R. Semiotic Analysis of a Literary Text. International Journal on
Integrated Education, 3(3), 51-56.

6.

Истамова, Ш. М. (2021). ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ ВА ЁЗМА АДАБИЁТ
НАМУНАЛАРИДА ТУШ МОТИВЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА
ХОСЛИГИ: Истамова Шоҳида Махсудовна, филология фанлари буйича фалсафа
доктори. Образование и инновационные исследования международный научно-
методический журнал, (6), 16-19.4.

7.

Makhsudovna, I. S. (2023). Dreams as a Means of Psychological Analysis.

8.

Истамова, Ш. М.

Поэтико-композиционные функции сна в художественном

произведении

(Doctoral dissertation, (PhD) по филологии: 10.00. 02/Истамова Шохида

Махсудовна).

9.

Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili
darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning
ilmiy-metodik asoslari.

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

,

1

(1А), 72-75.

10.

Axmedova, D. (2023, May). O ‘ZBEK TILI KORPUSLARI SEMANTIK
KENGAYTMASIDA “BOSH” LEKSEMASINING SEMANTIK IZOHLARIDAN
FOYDALANISH

XUSUSIDA.

In

«УЗБЕКСКИЕ

НАЦИОНАЛЬНЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ

ЗДАНИЯ

ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ

И

ПРАКТИЧЕСКОЕ

СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция

(Vol.

2, No. 2).

11.

Axmedova, D., & Eshqulova, G. (2022, June). TIL BIRLIKLARINI SEMANTIK
TEGLASHDA

SEMEMA

MASALASI.

In

«УЗБЕКСКИЕ

НАЦИОНАЛЬНЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ

ЗДАНИЯ

ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ

И

ПРАКТИЧЕСКОЕ

СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция

(Vol.

1, No. 1).


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1701

12.

Qizi, Y. B. A., Qizi, Y. H. A., & Axmedova, D. B. (2022). 2-SINF “ONA TILI VA
OʻQISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING LINGVISTIK
KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH.

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy

jurnali

,

1

(15), 51-56.

13.

Qizi, S. M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING

BILIM

EGALLASHGA

DOIR

QARASHLARINI

SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O ‘RNI.

Talqin va tadqiqotlar

ilmiy-uslubiy jurnali

,

1

(1А), 43-46.

14.

Axmedova,

D.

(2021).

СЕМАНТИЧЕСКАЯ

СИСТЕМА

СИСТЕМА

И

МОДЕЛЬ.

COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS

,

1

(1).

15.

Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари.

Oriental Art and

Culture

, (III), 440-444.


References

ABDUGANIEVNA, S. R. The Role of Semiotics in Literature. JournalNX, 6(09), 190-193.

Rayhonoy, S., & Murodov, G. (2020). Structural semiotic analysis of a literary text. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(2), 3319-3323.

Муродов, Г., & Саидова, Р. (2017). Интерпретация терминов и их анализ. Молодой ученый, (13), 703-705.

Saidova, R. A. (2020). SEMIOTIC SQUARE AND BINARY OPPOSITION. Theoretical & Applied Science, (2), 201-205.

Abduganievna, S. R. Semiotic Analysis of a Literary Text. International Journal on Integrated Education, 3(3), 51-56.

Истамова, Ш. М. (2021). ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ ВА ЁЗМА АДАБИЁТ НАМУНАЛАРИДА ТУШ МОТИВЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА ХОСЛИГИ: Истамова Шоҳида Махсудовна, филология фанлари буйича фалсафа доктори. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (6), 16-19.4.

Makhsudovna, I. S. (2023). Dreams as a Means of Psychological Analysis.

Истамова, Ш. М. Поэтико-композиционные функции сна в художественном произведении (Doctoral dissertation, (PhD) по филологии: 10.00. 02/Истамова Шохида Махсудовна).

Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodik asoslari. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(1А), 72-75.

Axmedova, D. (2023, May). O ‘ZBEK TILI KORPUSLARI SEMANTIK KENGAYTMASIDA “BOSH” LEKSEMASINING SEMANTIK IZOHLARIDAN FOYDALANISH XUSUSIDA. In «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция (Vol. 2, No. 2).

Axmedova, D., & Eshqulova, G. (2022, June). TIL BIRLIKLARINI SEMANTIK TEGLASHDA SEMEMA MASALASI. In «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция (Vol. 1, No. 1).

Qizi, Y. B. A., Qizi, Y. H. A., & Axmedova, D. B. (2022). 2-SINF “ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(15), 51-56.

Qizi, S. M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILIM EGALLASHGA DOIR QARASHLARINI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O ‘RNI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(1А), 43-46.

Axmedova, D. (2021). СЕМАНТИЧЕСКАЯ СИСТЕМА СИСТЕМА И МОДЕЛЬ. COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS, 1(1).

Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари. Oriental Art and Culture, (III), 440-444.