1590
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
ABDULLA QAHHORNING “DAHSHAT” HIKOYASIDA GO‘RISTON KONSEPTI
Saidova Rayhonoy Abdug‘aniyevna
Buxoro davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Rasulova Shahlo Shavkat qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15531804
Annotatsiya. Badiiy matnning asosiy xususiyatlaridan biri uning cheksizligida ko‘rinadi.
Mana shu cheksizlik alomatiga ko‘ra matnni koinotga muqoyasa etish mumkin. Bunday
bepoyonlik matnning gorizontal (yon) va vertikal (tik) ravishda har tarafga qarab muttasil
kengayib borishi tufayli yuzaga keladi. Natijada matn o‘zining hajmi, chegaralarini uzluksiz
uzaytiradi. Ushbu kattalashish matnning harakati, ya’ni o‘zidagi belgilarning bir-biri bilan
doimiy aloqa-munosabatlarga kirishishidan yuzaga keladi.
Kalit so‘zlar: Dahshat, matn cheksizligi, go‘riston, o‘liklar qabristoni, tiriklar qabristoni,
bo‘yra, xufton ibodati, halqa.
Аннотация. Одной из главных характеристик художественного текста является
его бесконечность. По этому признаку бесконечности текст можно сравнить со
вселенной. Эта бесконечность обусловлена тем, что текст непрерывно расширяется во
всех направлениях, как по горизонтали (вбок), так и по вертикали (в вертикальном
направлении). В результате текст постоянно расширяет свои размеры и границы. Это
увеличение происходит за счет движения текста, то есть постоянного взаимодействия
персонажей внутри него друг с другом.
Abstract. One of the main features of a literary text is its infinity. According to this sign
of infinity, the text can be compared to the universe. Such infinity occurs due to the continuous
expansion of the text in all directions, both horizontally (laterally) and vertically (vertically). As
a result, the text continuously extends its size and boundaries. This enlargement occurs due to
the movement of the text, that is, the constant interaction of the signs in it with each other.
Atoqli semiotik, postmodernizm namoyandasi Rolan Bart badiiy asardan farqli ravishda
badiiy matnga ko‘plik xususiyati xosligini ko‘rsatgan edi: “Matnning ko‘pligi uning
mundarijasidagi unsurlarning ikki ma’no (denotativ va konnotativ)ga ega bo‘lishi bilan emas,
bildiruvchilarning ko‘p tarmoqliligi sababli paydo bo‘ladi”. Olim aynan mana shunaqa
bildiruvchilar matn “mato”sini hosil qilishini ko‘rsatgan.
Biz ushbu maqolada yozuvchi Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasidagi Go‘riston
konseptining semiotik tahlili orqali matn cheksizligi hodisasini oydinlashtirishga harakat
qilamiz.
“Dahshat” hikoyasidagi matn harakati jarayonida shamol bilan bir qatorda go‘riston
belgisi ham muhim badiiy-funksional ahamiyat kasb etadi. Bu hodisaning asosiy sababi
shundaki, aslida shamol konseptining g‘oyaviy-poetik vazifasi go‘riston lisoniy birligi tarkibida
mujassamlashgan belgining mohiyatini ochish va aniqlashtirishda ko‘rinadi. Shamol
dahshatning o‘zi emas, balki undan xabar beruvchi, u tomon olib boruvchi asosiy alomatdir.
Shunday ekan, biz matn badiiy maydonida tajassum etilgan chinakam dahshat mohiyatini yanada
chuqurroq anglash uchun asosiy e’tiborni go‘riston belgisi, aniqrog‘i, uning strukturasidagi
konseptga qaratmog‘imiz lozim bo‘ladi.
Go‘riston konseptining matn badiiy konseptsiyadagi alohida o‘rnini statistik tahlil orqali
yanada yaqqolroq bilish mumkin: hikoya matnida shamol lug‘aviy birligi 11 marta qo‘llanilgan
1591
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
bo‘lsa, go‘riston so‘zi 18 marta istifoda etilgan. Shu bilan birga, matnda qabriston bevosita yoki
bilvosita aloqador go‘r, sag‘ana, bo‘yra kafan singari lisoniy birliklar ishlatilgan. Bu o‘rinda
dodho fe’l-tabiatini inkishof etishda muhim o‘rin tutgan bo‘yra bilan bog‘liq belgi haqida ayrim
mulohazalarni bayon qilamiz.
“Bo‘yra odatda, tobutga solinadigan bo‘lganidan, dodhoning ko‘z oldiga odamlarning
yelkasida lapanglab ketayotgan tobutni keltirdi. Tobut esa yana go‘ristonni eslatdi...” (42-bet).
Ko‘rinyaptiki, aslida go‘ristonga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi bo‘lmagan mazkur birlik dodxo
xayolot olamida assotsiativ tarzda qabristonga borib bog‘lanadi. Ushbu xayolot silsilasining
chizmadagi ifodasi:
Bo‘yra tobut go‘riston
Hikoya qahramoni tafakkuridagi bunday assotsiativ jarayon asosida esa dodho ong
ostidagi o‘limdan qo‘rqish tuyg‘usi turibdi. Aynan ushbu obraz qalbidagi ana shunday hissiyot
uning diniy-islomiy e’tiqodi darajasini aniqlash imkonini beradi. Imom G‘azzoliy “O‘limni
eslash kitobi”, “O‘limdan so‘ng” risolalarida insonning har lahzada o‘limni eslashi va shu orqali
o‘z amallari va faoliyatini taftish qilib borishi lozimligini ta’kidlagan edi. Bu haqda alloma
shunday yozadi: “Biling! Dunyoga mukkasidan ketgan, uning aldovlariga ishonib, shahvatlar
og‘ushida qolgan kishining qalbi, shubhasiz, o‘limni eslash amalidan g‘ofil, bu ne’matdan
bebahradir. Bunday odam o‘limni eslashni yoqtirmaydi, bundan qochadi
1
”.
Olim bu muammo borasidagi tekshirishlari asosida odamlarni uch guruhga ajratgan:
1)
dunyoga mukkasidan ketganlar;
2)
tavba yo‘liga kirganlar;
3)
kamolga yetgan oriflar
2
.
Olimning yozishicha, tavba yo‘liga kirgan odam o‘limni eslagani sayin qalbi qo‘rqinchu
istig‘forga, vujudi xushu' va xuzu'ga limmo lim to‘ladi. Uning dilida qo‘rquv o‘limdan emas,
balki ezgu ishlarim yetarli emas, degan tashvish tufaylidir. Orif esa o‘limni muttasil yodda
tutadi. O‘lim uning uchun parvardigor huzuriga dastlabki qadam, diydorlashish manzilidir.
Dunyoga mukkasidan ketgan kishi esa o‘limni eslamaydi. Eslagan taqdirda ham dunyosi
qolib ketayotganiga afsus qilib, bunga o‘lim sababchi bo‘lyapti, degan bema’ni xayolga boradi.
Hikoya syujeti davomida dodhoning muayyan voqea tasviri davomidagi xatti-harakatlari,
ichki dunyosi ifodasi uning tavba yo‘liga kirganlar yoxud kamolga yetgan oriflar guruhiga
aloqasi yo‘qligini ko‘rsatadi. U dunyoga hirs qo‘ygan kimsalar toifasiga mansub. Chunki u
go‘ristonni eslaganda, hikoyada qayd etilganidek “tiligacha sovuq ter chiqaradi”. Dodho imkon
darajasida o‘limni yodga olishni xohlamaydi, beixtiyor eslaganda esa qalbini adadsiz vahima
qoplab oladi. Uning bunday depressiv alomatga ega ruhiy olami islomiy e’tiqodining zaif va
yuzakiligini ko‘rsatadi.
Matnning yuza qatlamida axborot tarzida aytilgan shunday ifoda bor: “Dodho har kecha
taroveh namozidan keyin halqaga qolar edi, bu kecha erta qaytdi” (41-bet). Taroveh namozi
ramazon oyida xufton namozidan keyin o‘qiladigan yigirma rakatli ibodat. Bu islomiy e’tiqodga
ko‘ra sunnat hisoblanadi. Ahli sunna val jamoa ushbu sunnatni to‘liq ado etishni zarur deb
hisoblaydilar. Xufton ibodati davomida to‘rt rakat farz, ikki rakat sunnat va uch rakat vitri vojib
1
Абу Ҳомид Ғаззолий. Ўлимни эслаш китоби. – Тошкент: Мовароуннағр, 2004. – Б. 9.
2
Абу Ҳомид Ғаззолий. Шу китоб. – Б. 9.
1592
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
namozi ado etiladi. Shunday qilib, ramazon ayyomida har tunda yigirma to‘qqiz rakat namoz
o‘qish lozim bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan matniy parchadan ma'lum bo‘lyapti, dodho jamoa
bilan ramazonning har kechasida yuqorida aytilgan ibodatlarni bajarib kelgan. Ushbu ishlar
bilangina kifoyalanib qolmay, “halqa”da ham qatnashgan. Halqa – so‘fiylar mashg‘uloti. Unda
zikr va boshqa amallar orqali so‘fiylarning Haqqa muhabbati izhor etilgan. Binobarin, tashqi –
zohir nuqtai nazaridan dodho nafaqat komil musulmon, shuningdek, so‘fiylikka ma’lum bir
darajada aloqasi bo‘lgan inson sifatida ham baholanishi mumkin. Ammo matnning struktur-
semiotik tahlili bunday xulosa asossiz ekanligini ko‘rsatadi.
Hikoya muqaddimasida dodxoning taroveh namozidan keyin halqaga qolmasdan uyiga
erta qaytgani kommunakativ axborot tarzida adresat (kitobxon) ga ma’lum etilgan. Badiiy
matnning xususiyatlaridan biri shundaki, uning matni doirasiga kirgan har qanday so‘z, birikma
yoki gap yo‘l-yo‘lakay, shunchaki ifoda etilmaydi, u matnning yaxlit “mato”siga birikishi
hamda badiiy konseptsiya talablariga bo‘ysundirilishi lozim bo‘ladi. Aks holda matn hech
qachon o‘zi uchun keraksiz – ortiqcha “yuk”ni qabul qilmaydi, muallifdan uni bartaraf qilishni
talab qiladi. Aks holda matn o‘zining yaxlitligini yo‘qotadi va yagona adabiy-badiiy tizim
sifatida zaiflashib qoladi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad o‘z xotiralaridan birida
Abdulla Qahhorning ayrim hikoyalaridagi ba’zi so‘zlarni ularning ma’nodoshlariga
almashtirishga urinib ko‘rganligini yozgan edi. Ammo shogird ijodkorning bunday urinishi
samara bermagan, hikoya matnlari hatto ayrim lisoniy birliklarning almashtirilishiga yo‘l
qo‘ymasligi ma’lum bo‘lgan. Yuqorida bayon qilingan mulohazalar bizga shuni ko‘rsatadiki,
“Dahshat”dagi yetakchi obrazning o‘z xonadoniga odatdagidan barvaqt qaytishi xususidagi
xabar tasodifiy emas, u dodxoning ichki olamini badiiy inkishof etishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Hikoya syujet maydonidagi ushbu epizod markaziy personajning islomiy e’tiqodi
mustahkam emasligini ko‘rsatmoqda. To‘g‘ri, inson ba’zi bir vaqtlarda bemorligi yoxud zarurat
tufayli muayyan bir ibodatni o‘z vaqtida bajara olmasligi mumkin. Bunday hollarda u ma’zur
hisoblanadi. Biroq semiotik kuzatishlarimiz shundan dalolat bermoqdaki, dodho mazkur holatda
ma’zur emas, chunki u halqani jiddiy bir sabab yoxud ehtiyoj tufayli tark etmagan. Voqea
bayonidan ma'lum bo‘ladiki, “yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayoigan kuzak shamoli”ning
shiddatidan vahimaga tushib uyiga qaytgan. Holbuki, uning psixologik jihatdan antipodi (ziddi)
bo‘lgan Unsin ana shunday vahimali kechada qabristonga yolg‘iz borib eri tomonidan amr
qilingan vazifani bajarishga o‘zida kuch va iroda topa oladi. Ozodlikka erishish tuyg‘usi yosh
juvonning ana shunday favqulodda jasoratni talab qiladigan ishni amalga oshirishga undaydi.
Dodho esa e’tiqodidagi nochorlik tufayli odatdagi ibodatni tashlab keladi. Nafaqat mana shu
tasvir, hikoyadagi keyingi lavhalar (uning to‘ng‘ich xotini Nodirmohbegimning Unsinni himoya
qilishga uringani uchun shafqatsiz kaltaklashi, go‘ristonga kelgan bechora juvon ortidan o‘z
odamini yuborib, maymun orqali uni qo‘rqitib o‘limiga sabab bo‘lishi) dodxoda nafaqat so‘fiylik
yoki musulmonlik, shuningdek, insoniylik alomatlari mavjud emasligini namoyon etadi.
Shunday qilib, go‘riston konseptiga bilvosita aloqador bo‘lgan bo‘yra lug‘aviy birligi tarkibida
mujassamlashgan belgi dodhoning komil musulmon emasligi, o‘limdan qo‘rqishi kabilarni o‘z
strukturasida ifoda etayotgani ma’lum bo‘ladi.
Matn voqea tizimida go‘riston bilan bog‘liq o‘y-fikr, xotira va tasvirlar quyidagi ketma
ketlikda yuzaga keltirilgan:
-
shiddatli shamoldan qo‘rqqan dodho masjiddan uyga qaytgach, qabristonni
eslashi: “Dodho darchani zichlab yopti, joyiga o‘tirib tasbeh o‘girishga kirishdi. Uning
barmoqlari tasbeh donalarini tez-tez o‘tkazayotgan bo‘lsa ham qulog‘i guvillayotgan shamolda,
1593
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
xayoli go‘ristonda edi: “Hozir go‘riston qanaqa vahimali bo‘lsa ekan...” (42-bet);
-
dodhoning xotinlari davrasida o‘z “dovyurak”ligini ko‘rsatish uchun go‘riston
vahimalaridan so‘z ochishi;
-
Nodirmohbegimning Asqadponsod go‘riga pichoq sanchishga garov o‘ynagan
yigit haqidagi hikoyasi;
-
Unsinning ozodlikka erishish maqsadida dodho shartiga ko‘ra Onhazratim
sag‘anasi oldida choy qaynatib kelishga ahd qilishi;
-
Unsining go‘ristonda boshdan kechirganlari, qabrlar orasida qumg‘on qaynatish
uchun o‘tin yig‘ishi, unga maymunning hujumi.
Yuqorida keltirilgan qabriston bilan bog‘liq voqea lavhalari ketma-ketligi chindan ham
badiiy matn hududida go‘riston motivining alohida ahamiyat kasb ekanligini ko‘rsatyapti.
Bu o‘rinda aytish lozimki, matnda bitta emas, ikkita qabriston nazarda tutilgan:
“Go‘riston to‘g‘risida dodxo nimalar eshitgan bo‘lsa, Unsin ham shuni eshitgan, shamol kechasi
go‘riston dodxo xayolida qandoq dahshatli bo‘lsa, uning xayolida ham shunday dahshatli, lekin
shunday bo‘lsa ham, tiriklar go‘ristoni bo‘lgan bu dargohning dahshati oldida o‘liklar go‘ristoni
dahshati unga dahshat ko‘rinmas, bundan tashqari, ertagayoq Ganjiravonga jo‘nash, ota-onasini,
dugonalarini ko‘rish umidi uning boshiga boshqa hech qanday fikr-xayolni yo‘latmas edi” (46-
bet).
Yuqorida keltirilgan matniy bo‘lakda inson hayotida ikkita qabriston bo‘lishi mumkinligi
aytilgan:
1)
o‘liklar qabristoni – matn strukturasida bu xabar vazifasini bajaradigan belgi
bo‘lib, musulmon, nasroniy, yahudiy kabi dinlarga mansub odamlar vafot etganda ko‘miladigan
joyni anglatadi. Aslida diskursda “o‘liklar qabristoni” deyilmaydi, qabriston yoki go‘riston
deyishning o‘zi kifoya qiladi, chunki qabristonga hamisha murdalar ko‘miladi. Badiiy matn o‘z
poetik-estetik tarkibiga mazkur jumlani qabul qilganinining asosiy boisi shundaki, bu sintaktik
birikmani unga yondosh bo‘lib, bitta paradigmatik guruhni tashkil etayotgan “tiriklar” qabristoni
konnatativ birligi talab va taqozo etmoqda.
2)
tiriklar qabristoni - o‘lgan kishi o‘zining yer yuzidagi so‘nggi manzili bo‘lgan
qabrdan to qiyomatgacha o‘z ixtiyoriga ko‘ra chiqa olmaydi. U bu joyda uzoq muddat qolishga
majbur. Kelgusida xoki ko‘chirilganda ham, bu ish uning irodasiga bog‘liq emas. “Tiriklar
qabristoni” esa tirik inson yoxud insonlar bir umr qolishga majbur etilgan makon. Bunda
yashayotgan odam garchi tirik bo‘lsa-da, haq-huquqqa, baxtga, erkinlikka ega emas. Shu
ma’noda uning mavjudligi o‘likning go‘rdagi holatiga monanddir.
Tiriklar qabristoni, ya'ni yomonliklar manzili garchi sirtdan qaraganda barqaror va
haybatli ko‘rinsa-da, aslida u g‘ayriaxloqiy, g‘ayriinsoniy mohiyatga ega bo‘lgani uchun inqiroz
va halokatga mahkum. Matn muqaddimasida adresant zulm ustuvor bo‘lgan dargohga xos
zug‘um va zo‘ravonlik tantanasini ko‘radi. Bu badiiy-estetik hududda dodhoning ko‘chadan
uyiga kirib kelganidayoq yaqqol namoyon bo‘ladi ( qari va mustabid erning xotinlari o‘tirgan
xonaga qadam qo‘yishi bilanoq sakkiz kundoshning “to‘zg‘ishi” qamchidan yurak oldirib
qo‘ygan bechora ayollarning muteligi ifoda etgan belgidir). Biroq birgina dahshat kechasining
o‘zi adolatsizlik asosida bunyod etilgan dodho saltanatining darz ketishi va zaiflikka yuz tutishi
uchun kifoya qiladi.
Unsinga taalluqli dahshat konnotatsiyasi qabriston haqidagi xurofiy aqidalardan kelib
chiqqan bo‘lsa, dodxo ko‘nglidagi nihoyasiz dag‘shat o‘limdan qo‘rqish hissidan kelib chiqadi.
Unsin qalbidagi qo‘rquv tuyg‘usini ma'lum darajada yengib qabristonga borib kelish uchun kuch,
1594
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
iroda topa olgan esa dodho yuragida o‘lim qo‘rquvi saqlanib, hatto kuchayib boradi.Bu esa
sodda va havyotiy tajribasi kam yosh juvonni mardonavor xarak ter tarzida, hukmfarmo va
mukstabid dodxoni irodasiz va qo‘rqoq bir kimsa tasavvur etishga olib keladi. Bu esa “Dahshat”
hikoyasi matnining mukammaal badiiy-estetik tizim sifatida shakllanishi natijasidir.
REFERENCES
1.
ABDUGANIEVNA, S. R. The Role of Semiotics in Literature. JournalNX, 6(09), 190-
193.
2.
Rayhonoy, S., & Murodov, G. (2020). Structural semiotic analysis of a literary text.
International Journal of Scientific and Technology Research, 9(2), 3319-3323.
3.
Муродов, Г., & Саидова, Р. (2017). Интерпретация терминов и их анализ. Молодой
ученый, (13), 703-705.
4.
Saidova, R. A. (2020). SEMIOTIC SQUARE AND BINARY OPPOSITION. Theoretical
& Applied Science, (2), 201-205.
5.
Abduganievna, S. R. Semiotic Analysis of a Literary Text. International Journal on
Integrated Education, 3(3), 51-56.
6.
Истамова, Ш. М. (2021). ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ ВА ЁЗМА АДАБИЁТ
НАМУНАЛАРИДА ТУШ МОТИВЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА
ХОСЛИГИ: Истамова Шоҳида Махсудовна, филология фанлари буйича фалсафа
доктори. Образование и инновационные исследования международный научно-
методический журнал, (6), 16-19.4.
7.
Makhsudovna, I. S. (2023). Dreams as a Means of Psychological Analysis.
8.
Истамова, Ш. М.
Поэтико-композиционные функции сна в художественном
произведении
(Doctoral dissertation, (PhD) по филологии: 10.00. 02/Истамова
Шохида Махсудовна).
9.
Истамова, Ш. М. СНОВИДЕНИЯ И СИМВОЛ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ
ПРОИЗВЕДЕНИЯХ.
Сборник
научных
статей
по
итогам
работы
Международного научного форума
, 72.
10.
Анъанавий туш рамзларининг поэтик матнда берилиши ШМ Истамова - Новое
слово в науке и практике: гипотезы и …, 2017
11.
Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2024, February). BOSHLANG’ICH
SINFLARDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI.
In International conference on multidisciplinary science (Vol. 2, No. 2, pp. 59-64).
12.
Истамова, Ш. М., & Шарипова, М. Б. (2024). ЛИТЕРОНОМИК ТАЖНИС
САНЪАТИ АЛИШЕР НАВОИЙ ИЖОДИДА. Экономика и социум, (5-2 (120)),
1072-1075.
13.
Maxsudovna, I. S., & Qizi, S. M. S. (2022). The role and importance of puzzles in the
development of intellectual abilities of primary school students. ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal, 12(2), 209-213.
14.
Maxsudovna, I. S., & To’ymurodovna, Q. G. (2025). ONA TILI VA O’QISH
SAVODXONLIGI
DARSLARIDA
ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH (KAHOOT, EDUCAPLAY KABI PLOTFORMALAR MISOLIDA).
PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 177-180.
1595
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
15.
Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). O ‘QISH SAVODXONLIGI
DARSLARIDA LUG ‘AT USTIDA ISHLASH USULLARI. Methods of applying
innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 184-186.
16.
Jalilovna, Q. Z., & Maqsudovna, S. I. (2024). LUG’AT USTIDA ISHLASHNING
LINGVISTIK ASOSLARI VA VAZIFALARI. PEDAGOG, 7(6), 186-189.
17.
Sulaymonovich, S. F., & Maqsudovna, I. S. (2020). Types of lexical meanings. Journal of
Critical Reviews, 7(6), 481-484.
