ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1407
TEMURIYLAR DAVRIDA TIBBIYOT
Umarova Musharraf Yunusaliyevna
Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi assistenti.
Abdullajonov Ikromjon
Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi yonalishi 1-bosqich talabasi.
Mamatibrohimova Rayxona
Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi yonalishi 1-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15522200
Annotatsiya. Mazkur ishda Temuriylar davrida tibbiyot sohasining taraqqiyoti, ilmiy
an’analari va mashhur tabiblar faoliyati yoritilgan. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining
davomchilari, Husayn Boyqaro davridagi ilmiy muhit, shuningdek, Alisher Navoiy va boshqa
mutafakkirlarning tibbiyotga bo‘lgan e’tibori tahlil qilingan. Temuriylar davrida dorixonalar,
shifoxonalar va ilmiy markazlar faoliyati, o‘sha davrdagi kasalliklarni davolash usullari hamda
tibbiy adabiyotlarning yaratilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ish tarixiy manbalar va
ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tibbiyot fanining
rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga qaratilgan.
Kalit soʻz: Tibbiyot, tabiblar, davolash usullari, dorilar.
MEDICINE IN THE TEMURIID PERIOD
Abstract. This work covers the development of medicine, scientific traditions and the
activities of famous doctors during the Timurid era. In particular, the successors of the scientific
heritage of Abu Ali ibn Sino, the scientific environment during the time of Hussein Boykara, as
well as the attention paid to medicine by Alisher Navoi and other thinkers are analyzed.
Information is provided about the activities of pharmacies, hospitals and scientific
centers during the Timurid era, methods of treating diseases of that time, and the creation of
medical literature. This work is prepared on the basis of historical sources and scientific
research and is aimed at studying the stages of development of medical science in Central Asia
in the Middle Ages.
Keywords: Medicine, doctors, treatment methods, drugs.
МЕДИЦИНА В ПЕРИОД ТЕМУРИДОВ
Аннотация. В работе рассматривается развитие медицины, научных традиций и
деятельность известных врачей в эпоху Тимуридов. В частности, были
проанализированы продолжатели научного наследия Абу Али ибн Сины, научная среда во
времена Хусейна Бойкара, а также внимание, уделяемое медицине Алишером Навои и
другими мыслителями. Приведены сведения о деятельности аптек, больниц и научных
центров в эпоху Тимуридов, методах лечения болезней того времени, создании
медицинской литературы. Данная работа основана на исторических источниках и
научных исследованиях и направлена на изучение этапов развития медицинской науки в
Средней Азии в средние века.
Ключевые слова: Медицина, врачи, методы лечения, лекарства.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1408
Kirish:
Temuriylar davri Markaziy Osiyo tarixida yuksak madaniyat va ilm-fan taraqqiy etgan
davrlardan biri sifatida alohida oʻrin egallaydi. Bu davr, ya’ni XIV asrning oxiri va XV asr
mobaynida, nafaqat harbiy-siyosiy jihatdan kuchli davlat shakllangan, balki ilmiy va madaniy
hayot ham yuksak choʻqqilarga koʻtarilgan. Ayniqsa, tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar,
yaratilgan asarlar, tashkil etilgan ilmiy maktablar va davolash muassasalari bu davrning ilmiy
salohiyatini yaqqol namoyon etadi.
Sohibqiron Amir Temur hamda uning munosib avlodlari - Mirzo Ulugʻbek, Shohruh
Mirzo, Husayn Boyqaro kabi hukmdorlar ilm-fanga, xususan, tibbiyotga katta e’tibor bilan
qaraganlar. Ular tomonidan barpo etilgan kutubxonalar, madrasalar va shifoxonalar ayni paytda
ilmiy va amaliy markazlar vazifasini bajargan.Bu davrda Abu Ali ibn Sino merosiga yangicha
yondashuv shakllanib, uning “Tib qonunlari” asari asosida ko‘plab tibbiy tadqiqotlar olib
borilgan. Shuningdek, tibbiyotning turli yoʻnalishlarida ichki kasalliklar, jarrohlik, farmatsiya,
gigiyena va xalq tabobati sohalarida muhim ishlanmalar amalga oshirilgan. Temuriylar davrida
shifobaxsh oʻsimliklar, tabiiy dori-darmonlar, parhez va to‘g‘ri ovqatlanish masalalariga alohida
e’tibor qaratilgan.
Adabiyotlar tahlili va Metodologiya
Temuriylar davridagi tibbiyot masalalarini yoritishda ko‘plab tarixiy, ilmiy va tibbiy
manbalarga murojaat qilingan. Bu sohada, avvalo, Abu Ali ibn Sino merosi asosiy nazariy asos
bo‘lib xizmat qiladi. Uning “Al-Qonun fi-t-tibb” (“Tib qonunlari”) asari Temuriylar davrida
keng tarqalib, shifokorlar va tabiblar tomonidan amaliy qo‘llanma sifatida ishlatilgan. Ibn Sino
ilmiy maktabi Temuriylar davrida davom ettirilgan va rivojlantirilgan bo‘lib, bu haqda
O‘zbekistonlik va xorijlik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan ko‘plab maqola va
monografiyalarda fikr yuritilgan.
Ushbu ilmiy ishda tarixiy-tahliliy va qiyosiy metodlar asosiy tadqiqot uslubi sifatida
qo‘llanilgan. Temuriylar davrida yaratilgan yozma manbalar, tibbiy risolalar, tarixiy hujjatlar va
zamonaviy ilmiy adabiyotlar qiyosiy tahlil qilingan. Bu uslub orqali davrning ilmiy yutuqlari va
amaliy tajribalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berildi.
Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi:
Tarixiy yondashuv – Temuriylar davridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitni hisobga
olgan holda tibbiyotning rivojlanish bosqichlari tahlil qilindi.
Manbashunoslik usuli – Asosiy manbalar sifatida qadimiy tibbiyot asarlari, tarixiy
hujjatlar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar tahlil qilindi.
Tahlil va sintez – Tarixiy faktlar, shifokorlar asarlari va ularning davolash usullari
bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilinib, umumlashtirildi.
Qiyosiy tahlil – Temuriylar davridagi tibbiyot boshqa tarixiy davrlar bilan solishtirilib,
uning o‘ziga xos jihatlari aniqlab berildi.
Temuriylar sulolasi davrida O‘rta Osiyo ilm-fan, madaniyat va adabiyotning markaziga
aylangan. Amir Temur va uning avlodlari ilm ahliga hurmat ko‘rsatib, ularning faoliyati uchun
barcha shart-sharoitlarni yaratgan. Ayniqsa, tibbiyot ilmi boshqa sohalar qatori rivojlantirilgan.
Temuriylar o‘z davlatlarida sog‘liqni saqlash tizimini yo‘lga qo‘yish va uni ilmiy
asoslashga alohida e’tibor berishgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1409
Shu sababli bu davr tibbiyot tarixi uchun muhim bosqich sanaladi. Ilm-fanga oid kitoblar
tarjima qilinib, keng tarqatilgan. Sharq va G‘arb bilimlari birlashgan ilmiy maktablar vujudga
kelgan. Tibbiyot sohasida o‘quv muassasalari ochilgan, zamonaviy bilimlar o‘rgatilgan. Bu ilmiy
muhit tibbiyotning asosli rivojlanishiga olib kelgan. Shuningdek, tabobatga doir amaliy
ishlanmalar yuzaga kelgan. Temuriylar saroyida ham malakali tabiblar ishlagan. Ilm-fanga
bo‘lgan hurmat tufayli bu davr ilmiy yutuqlari hozirgacha o‘rganilmoqda. Xususan, Ibn Sino
asarlari keng qo‘llanilgan. Tibbiy bilimlar nafaqat saroy, balki xalq orasida ham tarqalgan. Shu
tariqa, bu davrda tibbiyot fani mustahkam poydevorga ega bo‘lgan.
Temuriylar davrida yaratilgan siyosiy barqarorlik ilm-fan, xususan tibbiyot taraqqiyoti
uchun zamin yaratdi. Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab bilimlar almashinuvi kuchaydi, bu esa yangi
tibbiy bilimlarning kelib tushishiga olib keldi. Temuriy hukmdorlar ilmga tashna bo‘lgan,
ularning o‘zlari ham olimlarni qo‘llab-quvvatlashgan. Tibbiyot sohasida faoliyat yuritgan olimlar
o‘z ilmiy izlanishlarini erkin olib borishgan. Samarqand, Hirot, Buxoro, Termiz kabi shaharlarda
tibbiy markazlar tashkil etilgan. Ilm-fan markazlari sifatida xizmat qilgan bu shaharlarda o‘quv
dargohlari ochilgan. Ko‘p yillik tajribaga ega tabiblar yosh avlodga bilim bergan. Bu sharoitda
amaliy tabobat ham rivojlanib, dorishunoslikda katta yutuqlarga erishilgan. Shuningdek, arab,
fors, hind tabobati ta’sirida tibbiyot boyitilgan. O‘sha davrdagi dorilar, giyohlar haqidagi
bilimlar sistemalashtirilgan. Shifo maskanlari – dorixonalar va davolash joylari tashkil etilgan.
Tibbiy kitoblar ko‘chirilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Temuriy hukmdorlarning
ilmgacha bo‘lgan hurmati tufayli bu fan yuksalgan. Aholi orasida ham tibbiy madaniyat
shakllana boshlagan. Bularning barchasi tibbiyot tarixining rivojlanishida muhim omil bo‘lgan.
Amir Temur va uning vorislari salomatlikni davlat barqarorligining asosiy omillaridan
biri deb hisoblashgan. Shuning uchun saroyda doimiy faoliyat yurituvchi tabiblar bo‘lgan.
Harbiy yurishlar chog‘ida ham maxsus tibbiy jamoalar bo‘lishi ta’minlangan. Bu davrda
tabiblar nafaqat davolash bilan shug‘ullangan, balki salomatlikni saqlash bo‘yicha tavsiyalar ham
bergan. Ularga yuqori maosh, obro‘-e’tibor berilgan. Saroydagi har bir a’zo sog‘ligi uchun
alohida mas’uliyat hissi mavjud bo‘lgan. Shuningdek, tibbiyotga oid kitoblar saroy
kutubxonalarida saqlangan. Amir Temur o‘z yurishlarida boshqa xalqlarning tabobat tajribasini
ham o‘rgangan. Ulug‘bek davrida esa bu an’ana yanada chuqurlashgan, ilmiy asoslangan tibbiy
maktablar tashkil topgan. Saroyda mavjud tibbiy muhit umumxalq salomatligiga ham ijobiy
ta’sir ko‘rsatgan. Malakali tabiblar saroydan tashqarida ham davolash ishlarini olib borgan.
Tibbiyotga bo‘lgan bu munosabat ilm-fanning yuksalishiga xizmat qilgan. Shuningdek,
saroy tabiblari ko‘plab asarlar yozib qoldirishgan. Bu esa Temuriylar davrida tibbiyot fani
rivojlanganini isbotlaydi.
Temuriylar davrida mashhur tabiblar faoliyat yuritgan va ularning ko‘plab ilmiy merosi
hozirgacha saqlanib qolgan. Eng mashhurlaridan biri - Abu Ali ibn Sino bo‘lib, u o‘zining “Tib
qonunlari” asari bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Bu asar Temuriylar davrida tibbiy
bilimlarning asosiy manbaiga aylangan. Ibn Sino tibbiyotning turli yo‘nalishlarini chuqur
o‘rgangan - kasalliklar sabablari, simptomlari, tashxis va davolash usullarini mukammal tahlil
qilgan. Shuningdek, Ali ibn al-Abbas al-Majusiy, Zahraviy kabi tabiblarning asarlari ham
Temuriylar davrida tarjima qilinib o‘rganilgan. Ularning asarlarida jarrohlik, farmakologiya,
anatomiya va gigiyena bo‘yicha chuqur ilmiy bilimlar mavjud edi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1410
O‘rta Osiyolik tabiblar ham bu merosga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ko‘plab tabobatga
oid risolalar arab va fors tillarida yozilgan. Ayrim asarlar dorivor giyohlar, mineral vositalar va
ularning ta’siri haqida bo‘lgan. Bu asarlar dorixonalar faoliyatida keng qo‘llanilgan. Shuningdek,
tibbiy axloqiy qoidalar ham yozma manbalarda o‘z aksini topgan. Bunday ilmiy meros bugungi
tibbiyot uchun ham bebaho hisoblanadi.
Xulosa
Temuriylar davrida tabiblar zamonaviy tibbiyotdagi barcha bilim va usullarni bilmagan
bo‘lsalar ham, ular o‘z davrida mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar va tajribalarga asoslanib
bemorlarni davolaganlar. O‘simliklar, jismoniy usullar, parhez va muhitning o‘rni – bu davrda
tibbiyotning asosiy yo‘nalishlaridan edi. Bu usullar nafaqat sog‘liqni tiklashda, balki
kasalliklarning oldini olishda ham samarali bo‘lgan.
Temuriylar davri – ilm-fan, madaniyat va
tibbiyotning yuksak taraqqiyot bosqichiga yetgan davrlardan biri hisoblanadi. Bu davrda tibbiyot
sohasi faqatgina amaliy jihatdan emas, balki nazariy jihatdan ham chuqur rivojlandi. Ibn Sino
ilmiy merosi asosida ishlangan tibbiy bilimlar yangi shakl va mazmunda davom ettirildi, ko‘plab
yangi tibbiy asarlar yaratildi. Temur va uning vorislari ilm-fanga homiylik qilgan holda
shifoxona, kutubxona va madrasalarni tashkil etish orqali tibbiyotning taraqqiyotiga katta hissa
qo‘shdilar. Bu davrda dorivor o‘simliklar, xalq tabobati tajribalari va sog‘lom turmush tarzi
borasida muhim ilmiy qarashlar ilgari surilgan. Temuriylar davridagi tibbiyot nafaqat o‘z davri
uchun muhim ahamiyat kasb etgan, balki butun Sharq tibbiyotining shakllanishiga va keyingi
avlodlar uchun boy ilmiy meros qoldirishga xizmat qilgan. Shu sababli, bu davr tibbiyotini
o‘rganish tarixiy, ilmiy va amaliy nuqtai nazardan dolzarb ahamiyatga egadir.
REFERENCES
1.
Axmedov, B. A. (1990). Temuriylar davrida fan va madaniyat. Toshkent: Fan nashriyoti.
2.
Jo‘rayev, N. (2005). O‘zbek tibbiyot tarixi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
nashriyoti.
3.
Karimov, I. A. (1996). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat
nashriyoti.
4.
Zohidov, P. (1983). Abu Ali ibn Sino va uning tibbiy merosi. Toshkent: Fan.
5.
Al-Biruniy, A. R. (1973). Tibbiyot ilmi haqida. (A. Sodiqov tarjimasi). Toshkent: Fan
nashriyoti.
6.
Ibn Sino. (1980). Tib qonunlari (al-Qonun fi-t-tibb). 5 jildlik. Toshkent: Fan nashriyoti.
7.
Umarova, M. (2023). TEMURIY MALIKA GAVHARSHODBEGIM TUGʻILGAN
OILA VA UNING AMIR TEMUR DAVRIDAGI HAYOTI. Farg'ona davlat
universiteti,(6), 70-70.
8.
Yunusaliyevna, U. M. (2024). AYOLLAR GINEKOLOGIYASI, HAYZ SIKLI
UNDAGI
KASALLIKLARNI
DAVOLASH
USULLARI
VA
ULARNI
DAVOLASHDAGI HOZIRGI ZAMON INNOVATSIYALARI. ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 44(7), 142-147.
9.
Ҳасанов, М. Н., Бошмонов, С. У., & Жонибеков, Т. О. (2022). АБУ НАСР
ФОРОБИЙНИНГ ИЛМ-ФАНЛАР ТАСНИФИДА АҲЛОҚИЙ ВА ДИНИЙ
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1411
ҚАРАШЛАРИНИНГ ТАҲЛИЛИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU
Conference 1), 608-613.
10.
Umarova, M. Y. (2024). Onalar salomatligi-kelajak poydevori. Yangi O'zbekiston
taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari, 7(5), 124-127.
11.
Umarova, M. (2024). TEMURIYLAR DAVLATIDA GAVHARSHODBEGIMNING
BUNYODKOR SHAXS SIFATIDA TUTGAN O ‘RNI. Educational Research in
Universal Sciences, 3(1), 21-24.
