May, 2025-Yil
791
CHET TILLARNI O’QITISH METODIKASIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASH MASALALARI
To’raqulova Pokiza
Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti
Filologiya va tillarni o’qitish ingliz tili
Yo’nalishi 4-23-guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15521392
Annotatsiya.
Ushbu maqolada chet tilini o’qitish metodikasida qo’llanilayotgan
zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so’z boradi. Ushbu qo’llanma chet
tillarini o’qitishda axborot texnologiyalarning qulayliuklari va unga bo’lgan ehtiyojlarni til
o’rganishda texnologiyalarning o’rni va ahamiyati.
Kalit so’zlar:
innovatsion yondashuv, zamonaviy axborot, tafakkur.
Til o’rganish kishilik jamiyatida bag’oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi. Muloqot
vositasi bo’lmish tilni tabiiy muhitda ya’ni oilada, jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda
amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o’rgatiladi. Xalqaro
munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni bilish, ayniqsa ko’p tillilik ulkan ahamiyat kasb
etadi.
Mamlakatimizda tahsil olayotgan o’quvchi va talabalar odatda uch tilni o’rganadilar.
Ushbu tillar maxsus nomlar bilan yurutiladi. Bular quyidagilar: ona tili, ikkinchi til vac het
tili. Ona tili tafakkur rivojlanishida alohida xizmat qiladigan til hisoblanadi. Ikkinchi til haqida
so’z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo’shnilar tili sifatida
qaraladi.
Ijtimoiy tarmoqlar, axborot texnologiyalari ta’lim sohasi bilan chambarchas bog‘landi.
O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich raisligida chet
tillarni o‘qitish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan selektorda chet tili o‘qituvchilarga
milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi ta’kidlandi. Hozirgi kunda kelib esa nafaqat chet
tili balki, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini olib borish
ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Til o‘rganish va o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning
roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tilning o‘rganishning har bir aspect yani
tinglab tushunish, yozish, o‘qish va gapirishda qo‘l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun,
albatta kompyuter, pleyer, CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirib bo‘lmaydi. Tinglab
tushunish til o‘rganishning eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o’quvchi
zamonaviy texnologiyalar ni yaxshi o’zlashtirgan va ulardan foydalana olishi va bilishi zarur.
Bugungi kunda dunyo har kuni har bir soniyada rivojlanib bormoqda. Axborot
texnologiyalar inson hayotiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Shuningdek,chet tilni o’rganish ijtimoiy
tarmoqlar, axborot tarmoqlari, texnologiyalarida bir muncha yengillik kasb etmoqda.
Hozirgi kunda respublikamizning bir qator chet el davlatlari bilan aloqalari rivojlanishi
samarasi o‘laroq tarjimonlik sohasi ayniqsa taraqqiy etib, ommalashib bormoqda. XX asning oxiri
va XXI asrning birinchi o‘n yilligida ommaviy kompyuter dasturlari va veb-saytlar- avtomatik,
mashina tarjima tizimlari paydo bo‘ldi va kundalik hayotda tarjimon dasturlari deb atala boshlandi
va bu nom ko‘pincha “tarjimon” ko‘rinishigacha qisqartiriladi.
May, 2025-Yil
792
Ushbu maqolada inson-tarjimonlar faoliyatining jihatlari muhokama qilinmoqda.
Zamonaviy davrda bunday mutaxassis, odatda, maxsus oliy ma’lumotga ega bo‘lish kerak;
bu tarjima yoki keng filologik yo‘nalishdagi oliy ma’lumot bo‘lishi mumkin va sohaga oid,
iqtisodiy, yuridik, texnik, tibbiy va boshqalar tarjimalarni amalga oshirish uchun shaxs
faoliyatining tegishli sohasida oliy ma’lumotga ega iqtisodchilar, huhuqshunoslar, muhandislar,
shifokorlar, mashinistlar, ular o‘zining oliy ma’lumoti va kasbiy aloqa sferasida tarjimonlarni
tayyorlash kurslari doirasida olinishi mumkin bo‘lgan yetarlicha lingvistik va tarjimonlik
tayyorligiga ega bo‘lgan holatda jalb qilinadi. Turli xil ilovalardan foydalanib ko‘plab, jumladan,
ingliz, arab, ispan, fransuz, italyan, nemis, irland, golland, rus, xittoy va boshqa tillarni
o‘rganishingiz mumkin. Chet til – bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G’arbiy Yevropa
(ingliz, ispan, nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari o’qitilib
kelinmoqda. Bu tillar ta’lim muassalarining o’quv rejalaridan o’rin olgan. Uchala tilni o’qitish
jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda
o’rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida
chet tilni o’rganish va o’rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o’z navbatida,
tegishli chet til o’qitish texnologiyasini qo’llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani
yutuqlarini puxta o’zlashtirish orqali o’quvchi-talabaning to’plagan til tajribasi me’yorini aniq
bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o’rgatish uning
metodikasini bilishni taqozo etadi. Chet tillarni o’rganish va o’rgatish ko’p jihatdan chet til o’qitsih
metodikasi masalalarini nazariy tomondan ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy
qo’llanilishiga bog’liqdir. Metodikaning asosiy tushunchalari – metod, usul, prinsip. Didaktika-
nimani o’rgatamiz? o’qitish mazmuni hisoblanadi. Metodika – qanday o’rgatamiz? ta’lim usullari
va metodlari demakdir. Metod – metodika tushunchasi grek-lotincha “metodos-“metodus”
so’zidan olingan bo’lib, ma’lum maqsadga eltuvchi yo’llar, usul ma’nosini anglatadi. Turli
adabiyotlarda atamaning tor va keng ma’nosini uchratish mumkin. “Metodika” atamasi tor
ma’noda ta’limning konkret dars jarayoni bilan bog’liq tushunchani anglatadi.
Mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’quv materiallarini tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan
ko’rsatmalarni qamrab oluvchi boshqariladigan dars jarayoni sifatida talqin etiladi.“Metod”
atamasi keng ma’noda o’quv materialini tanlash, tabaqalash va taqsimlanishni nazarda tutadi.
Germaniya Federativ Respublikasida 60-yillardan boshlab “didaktika” va “metodika” tor
ma’noda qo’llanilib kelinmoqda. Shunga ko’ra didaktika ta’lim mazmuni nima o’rgatiladi?
Metodika esa ta’lim usullari qanday o’rgatiladi? Masalalari bilan shug’ullanadi. Chet
tillarini o’rganish faqat aqliy tarbiya vositasi emas, balki o’zga madaniyat ta’limiy boyliklari va
qadriyatlari bilan tanishish va ularni o’z madaniy hayotiga tadbiq qilish orqali kishi shaxsining
shakllanish jarayoni hisoblanadi. Yevropada chet tillarni o’rganish uzoq vaqt yuqori darajadagi
ta’lim olishda imtiyoz sanaladi va jamoat maktablarida imtiyozga ega bo’lgan kishilarni
tarbiyalash deb qaraladi. Chet til o’qitish metodikasi fan sifatida 200 yildan ortiq tarixga ega. Bu
davr ichida chet til o’qitish metodikasiga turlicha munosabatlar bildirilganini kuzatish mumkin.
Bunday qarashlardan biri akademik L.V.Shcherbaga mansub hisoblanadi. Uning fikricha,
har qanday fanni o’qitish metodikasi fan bo’lishiga qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U
amaliy masalalarni hal qiladi. Jumladan, chet til o’qitish metodikasi ham faqat psixologiya
dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi.
May, 2025-Yil
793
Bizga ma’lumki, dunyoda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatish turli soha vakillarini jalb
etib kelmoqda. Va bu albatta ulardan hamkorlikda ishlashni taqozo etmoqda. Jahon amaliyotida
o’quvchilarning xorijiy tillar bo’yicha kasbiy kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo’llashga doir innovatsion faoliyatini modernizatsiyalash alohida
ahamiyatga molikdir. Ta’lim jarayonini rivojlantirish va o’zgartirish o’qituvchi va o’quvchilarning
dars jarayonida o’zaro ochiq muloqotga kirisha olishiga bog’liqdir. Ta’lim jarayonida
qo’llaniladigan metod va texnologiyalar butun bir dars jarayonini va o’quvchilarning faolligini
oshiradi, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Pedagogik texnologiyalar o’quvchilarga yangi
bilim berish, konikma hosil qilish, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rag’batlantirishda katta
ahamiyat kasb etadi. Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimini yosh avlodni
barkamol, ma’naviy yetuk inson sifatida shakllantirishga qarata olgandir. Chet til – bu xorijiy
mamlakat tilidir. Respublikamizda G’arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, faransuz) tillari va
Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari o’qitilib kelinmoqda. Bu tillar ta’lim muassalarining
o’quv rejalaridan o’rin olgan. Uchala tilni o’qitish jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi
til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o’rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda
muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o’rganish va o’rgatish muayyan jihatlari
bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o’z navbatida, tegishli chet til o’qitish texnologiyasini qo’llashni
taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o’zlashtirish orqali o’quvchi-
talabaning to’plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi.
Chet tillarni samarali o’rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Chet tillarni
o’rganish va o’rgatish ko’p jihatdan chet til o’qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan
ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo’llanilishiga bog’liqdir. Xulosa qilib aytganda,
xorijiy til o’rganish ko’p qirrali ta’limot bo’lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik
o’zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan, ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga
keladi. Bu jarayonda o’rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy
pedagogik texnologiyalar yordamida xorijiy til bilan ona tilini taqqoslab o’rgatish samarali natija
beradi. Xorijiy tilni o’rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo’lishni taqozo etadi.
Metodika va texnologiyalar xorijiy til o’rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Darsni tashkil qilishda metodika fanining turli usullari mavjud. Xorijiy til o’qitish
metodikasida keng qo’llaniladigan metodlar: kommunikativ didaktika metodi, madaniyatlararo
muloqotni tashkil qilish metodi va mashqni tashkil qilish metodi hisoblanadi. Uchala metod bir-
biri bilan chambarchas bog’liq va bir-birini to’ldiradi. Metodika fani didaktika fani bilan bog’liq
bo’lganligi sababli, xorijiy tilni o’rganish mobaynida kommunikativlikka asoslanadi va
kommunikativ didaktika metodi yuzaga keladi. Kommunikativ didaktika metodini qo’llash
jarayonida pedagogning madaniyatlararo muloqotlarni shakllantirish.
Ko‘pgina tillarni o‘rgatuvchi ilovalar foydalanuvchiga mashqlar bajarish orqali tilni
o‘rgatadi. Google Tarjimon esa yozish va kiritilgan matnni aynan o‘sha tilde ravon va to‘g‘ri
o‘qilishiga yordam beradi. Audio tugma orqali speaker matni 2 xil formatda tez yoki sekin o‘qishni
boshlaydi. Google Tarjimonda, shuningdek, so‘z va jumlalarni terib kiritish, qo‘lda yozish va
gapirish orqali tarjima qilish mumkin. Ilovadan internetga ulanmagan holda ham foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Faqat til paketini oldindan yuklab olishni unutmang. Bundan tashqari,
Google Tarjimonda har qanday matinni kamera orqali rasimga olib tarjima qilish mumkin.
May, 2025-Yil
794
Bunda dastur faqat bir necha tillardan tarjima qila oladi. Google Tarjimon juda ko‘plab
tillarda ishlay oladi, shu jumladan o‘zbek tilida ham. Ilovadan Android va iOS tizimlari orqali
foydalanish mumkin. Chet tili o‘ziga xosligi (tabiiy til yo‘qligi sababli o‘quvchilar uchun sun’iy
til muhitiniyaratish) tufayli turli xil texnik o‘qitish vositalaridan eng moslashuvchan va keng
foydalanishninazarda tutadigan akademik fandir. Shu sababli, chet tilini o‘rgatishda multimedia
tomonidanochilgan yangi imkoniyatlar keng ko‘lamli ilovalarni topgan bo‘lsa ajab emas. Bu
yerdaasosiyrol, albatta, multimedia tomonidan o‘ynaydi.
Lekin birinchi navbatda o‘qituvchiningo‘zitomonidan Microsoft Word dasturida
tayyorlanishi mumkin bo‘lgan oddiy multimediahujjatlari va taqdimotlar (PowerPoint) dan darsda
foydalanish. Ularni bajarish va ishlatishoson, lekin darsni faollashtirish va o‘quvchilarga
emotsional ta’sirini oshirishda ularningrolikata hisoblanadi. Word hujjatlarining afzalligi ularning
nisbatan kichik hajm va yaratish qulayligidadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
S.R. Samarova (2019). Methods and technologics for the development of creative of pupils.
European Journal of Researching and Reflection in Educational Sciences.
2.
M.K. Rahmonova (2019). Talabalrda ijtimoiy faollikni rivijlantirishning nazariy
metidologik asoslari.
3.
U.B. Bekmuratova “Ingkiz tilini o’qishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
“(2012)
4.
O’. Hoshimov, I.Yoqubov. “Ingliz tilini o’qitish metodiksi”.Toshkent sharq nashriyoti.
2003-yil.
