ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
126
BADIIY ASARLARDA KO‘P MA’NOLI SOʻZLARNING QOʻLLANILISHI
Davidov Yunus Jummayevich
Termiz davlat universiteti
Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11520738
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ayrim soʻzlar misolida badiiy asarlardagi koʻpma’nolik
hodisasi tahlil qilingan. Polisemantik soʻzlarning badiiy asarlarda obrazlilikni ta’minlovchi
vosita ekanligi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
polisemiya, obrazlilik, monosemiya, badiiy asar.
THE USE OF AMBIGUOUS WORDS IN WORKS OF ART
Abstract.
This article analyzes the phenomenon of polysemy in works of art on the example
of some words. It is highlighted that polysemantic words are a means of providing imagery in
artistic works.
Key words:
polysemy, imagery, monosemy, artistic work.
УПОТРЕБЛЕНИЕ МНОГОЗНАЧНЫХ СЛОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ
ИСКУССТВА.
Аннотация.
В данной статье анализируется явление многозначности в
художественных произведениях на примере некоторых слов. Подчеркивается, что
многозначные слова являются средством образного обеспечения художественных
произведений.
Ключевые слова:
многозначность, образность, моносемия, художественное
произведение.
Polisemiya har qanday tilda ham salmoqli oʻrin tutadi. Til boyligi faqat soʻzlar, iboralar
bilangina emas, soʻzlarning leksik maʼnolari bilan ham oʻlchanadi. Demak, soʻzlarning koʻp
maʼnoliligi – polisemiya til boyligida oʻz oʻrniga ega
1
.
Polisemantik soʻzning alohida olingan semalari qanchalik rang-barang boʻlmasin, ular har
doim yagona maʼnoviy asos tevaragida guruhlashadi. Ikkilamchi maʼnolar dastlabki maʼnoning
keyingi taraqqiyoti tarzida eʼtirof etiladi
2
. Darhaqiqat, Polisemiya bir til doirasida soʻzlarning turli
maʼnolari oʻrtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Borliqdagi predmet, hodisalarning oʻzaro
mustahkam bogʻliqligini va uning tilda oʻz ifodasini topganini koʻrsatadi. Polisemiyada maʼno
aniqligini belgilashda matnni hisobga olish lozim. Negaki polisemantik so‘zning anglatayotgan
ma’nosi gap tarkibidagi boshqa so‘zlar orqali ochiqlanadi. Soʻzlarning koʻp maʼnoliligi natijasida
yuzaga keladigan ko‘chma ma’no va ulardagi nozik attenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy
vosita sifatida keng qoʻllanadi
3
. Har qanday monosemantik so‘zda polisemantik soʻzga aylanish
imkoniyati mavjud boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan oʻsha monosemantik soʻzga yangi ma’nolar
yuklatilishi mumkin. Lugʻatlarda polisemantik soʻzlarning barcha ma’nosi keltirilmagan,
1
Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. Тошкент, “Фан”, 1975, 3-бет.
2
Будагов Р.А. Введение в науку о языке. М., Учпедгиз, 1958, с. 39 –50.
3
Y.Davidov. “Maxtumqulining_polisemantik_so‘zlardan_foydalanish_mahorati”. “Maxtumquli-doʻstlik kuychisi”
konferensiya to‘plami. Termiz, “Surxon ilm nashri” , 2024, 448-453.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
127
polisemantik soʻzlar lugʻatlarda keltirilgan ma’nosidan tashqari yana bir qancha ma’nolarni
ifodalashi mumkin. Masalan, OʻTILda
oʻynamoq
feʼlining d
am olish, koʻngil ochish maqsadidagi
biror mashgʻulot, oʻyin bilan shugʻullanmoq;
dam olish, sayr etish; sport oʻyini bilan
shugʻullanmoq, oʻyinda qatnashmoq;
qaqs tushmoq;
sahna asarida biror rolni ijro etmoq;
h
arakatlantirmoq, aylantirmoq;.hazillashmoq, gap bilan tegishmoq;
turli xil shoʻx, yoqimli harakat
qilmoq; koʻrk, goʻzallik aks ettirib harakatlanmoq, pirpiramoq, dirkillamoq; irgʻishlash, shox
tashlash tarzidagi oʻynoqi harakat qilmoq; qabarib, boʻrtib chiqmoq kabi
oʻn ikki
4
maʼnosi
keltirilgan. Yuqoridagi ma’nolaridan tashqari
oʻynamoq
fe’lining badiiy asarlarda qoʻllangan
yana quyidagi maʼnolarini keltirishimiz mumkin.
Zarrin kokardali furajkasi tagidan kalta
qirqilgan qora sochlari daryo shamolida
oʻynaydi.
(A.Muxtor. “Chinor”)
Keltirilgan gapda
oʻynamoq fe’li
harakatga kelmoq, tebranmoq
ma’nosida qoʻllanilgan.
Qiyin ahvolda qolsa hamki,
choʻziq, qotma yuzida hayajonli quvonch shuʼlasi
oʻynardi.
(A.Muxtor. “Chinor”)
Bu gapda esa
aks etmoq, namoyon boʻlmoq
ma’nosida qoʻllanilgan
. Uch odamning joni bilan
oʻynashyapsiz.
(A.Muxtor. “Chinor”)
Bu gapda esa
eʼtiborga olmaslik, mensimay harakat qilmoq, qaltis harakat
kabi ma’nolar ifodasi uchun ishlatilgan.
Zebi necha yillik gʻam-tashvishlardan toʻrt-besh kun
ichida ortigʻi bilan yozilib kelarkan, oʻz orqasida
oʻynayotgan
oʻyinlardan xabarsiz edi.
(Choʻlpon. “Kecha va kunduz”)
Yuqoridagi gapda
kutilmagan voqea-hodisa yuz bermoq, (unga
nisbatan) amalga oshayotgan
kabi ma’nolarni qisqa tarzda ifodalashga xizmat qilgan.
…
Bir
gorodovoy qamchi
oʻynatib
, olomonning orasini yorib, qalandarlarga yoʻl boʻshattirib kelar edi.
( Gʻ. Gʻulom. “Shum bola”)
Bu gapda esa
harakatlantirmoq, silkitmoq
kabi ma’nolar ifodasi
uchun ishlatilgan.
Uning barmoqlari dutor qillarida mohir
oʻynadi.
(Oybek. “Qutlugʻ qon”)
Keltirilgan gapda
yoqimli harakat qilmoq;
chalmoq, chertmoq
ma’nosida qoʻllanilgan.
Shaloladek
shagʻillab, Shovqin-suron qaynaydi; Mashinalar
oʻynaydi
, Yonib, porlab, gurullab. (H. Olimjon.
Tanlangan asarlar)
Bu gapda oʻynamoq
fe’li
tez harakat qilmoq, oʻtib- qaytmoq
ma’nosini
anglatgan
.
Badiiy asarlarda oʻynamoq fe’li turli ma’nolarda qoʻllangan boʻlib, yozuvchining soʻz
qoʻllash mahorati bilan bogʻliq ravishda turli obraz yaratishga xizmat qilgan. M.Mirtojiyev
ta’kidlaganidek, polisemiya sivilizatsiya belgisidir. Qaysi xalqda fan, texnika, madaniyat, san’at
taraqqiy etgan bo‘lsa, o‘sha xalq obyektiv borliqning o‘zaro aloqasini shuncha ko‘proq ko‘radi,
ularni bir-biriga ko‘proq qiyos etadi va bular tilda ko‘proq o‘z aksini topadi. So‘z ma’nolarini
o‘zgartirib turuvchi taraqqiyotlar ketma-ket sodir bo‘lib turadi. Bu esa polisemantik so‘zlar
taraqqiyoti uchun sabab bo‘ladi
5
. OʻTILda
yurmoq
feʼlining qadam tashlamoq; ma’lum
yoʻnalishda harakat qilmoq
;
bir joydan siljimoq, suzmoq, sayr qilmoq, kezmoq, aylanmoq;
yashamoq, hayot kechirmoq, istiqomat qilmoq; ish-faoliyatda birga boʻlmoq; qatnamoq;
davom
etmoq; shaxmat, qarta kabi oʻyinlarda harakat qilmoq, oʻynamoq; harakatga kelmoq, ishlamoq; yaqin
munosabatda boʻlmoq; rozi boʻlmoq, koʻnmoq; t
arqalmoq, yoyilmoq;
biror tomonga joʻnash,
ketishga undash kabi oʻn toʻrt
6
maʼnosi izohlangan. Biz kuzatgan badiiy asarlarda bu feʼlining
yana bir qancha ma’nolari aniqlandi.
Koʻnglimda bir nima
yuribdi
. (Togʻay Murod “Oydinda
yurgan odamlar”)
Bu gapda
yurmoq fe’li
metafora asosida koʻchim hosil qilib,
mavjud boʻlmoq,
bor boʻlmoq
ma’nosini anglatishga xizmat qilgan.
Qismda bemalol, yasan-tusan qilib
yurgan
4
ЎТИЛ. –Тошкент: “Oʻzbekiston nashryoti” 2020.5-жилд. – Б 144.
5
Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Тошкент: Фан, 1984. – 135.
6
OʻTIL . 6-jild. –Toshkent: Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. – Б 290.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
128
ayollarni koʻrib, koʻnglimda taskin uygʻongandek boʻldi. (Oʻ. Hoshimov. “Tushda kechgan
umrlar”)
Keltirilgan gapda yurmoq fe’li
faoliyat qilmoq
,
ishlamoq
ma’nosida qoʻllanilgan.
Bu
yurishingda
xarob boʻlasan! Hoziroq shaharga joʻna. (Oʻ. Hoshimov. “Tushda kechgan umrlar”)
Yurmoq fe’li bu gapda
harakat qilmoq, faoliyat yuritmoq
kabi ma’nolarni bir soʻz bilan
ifodalagan.
Teskari tashviqot
yurgizgan
ekan. (X.Toʻxtaboyev. “Jannati odamlar”)
Yuqorida
keltirilgan gapda yurgizmoq fe’li
olib bormoq, oʻtkazmoq
kabi metaforik ma’no ifodalab kelgan.
Undan keyin qavmning namozga kam
yurganiga,
boylarning zakot va sadaqa xususida shariat
amridan chetlashganlariga, qishloq odamlari orasida “xamr”, yaʼni aroq ichadiganlarning
koʻpayganiga oʻtdi...(Choʻlpon. “Kecha va kunduz”)
Bu misolda esa
qatnashmoq, ishtirok etmoq
kabi ma’nolar ifodasi uchun xizmat qilgan.
Oyni kutgan oqshomgi koʻkda Beshik-beshik bulut
yurardi.
(Zulfiya. Saylanma )
Bu gapda yurmoq fe’li
harakat qilmoq, suzmoq, jilmoq
kabi ma’no
ifodlagan.
Oʻzbak deyin desam – bari kofirlar yoʻlidan
yuribdi.
Musulmon boʻp – musulmon emas,
kofir boʻp – kofir emas. (Togʻay Murod. “Otamdan qolgan dalalar”)
Keltirilgan gapda yurmoq
fe’li
e
rgashmoq, (ularga) oʻxshamoq
kabi ma’no anglatgan. Asarlarda yurmoq fe’li
harakatlanmoq, yozmoq
kabi ma’nolarni ham anglatgan:
Qalamimning
yurishi
xitroq Boʻlsa, sizga
intiqlik sezgum.
(Zulfiya. Saylanma )
Bu fe’l
b
oʻlmoq, mavjud (bor) boʻlmoq
kabi ma’nolar ifodasi
uchun ham ishlatilgan:
Hayotimda boʻlmasangiz ham, Xayolimda
yurdilaringiz.
(M. Yusuf.
Saylanma)
Yurmoq fe’lining
aylantirmoq, harakatga keltirmoq
kabi ma’nolari ham kuzatildi:
Suv
odamning mardikori: hosil beradi, tegirmon
yurgizadi.
(M. Yusuf. Saylanma)
Yurmoq fe’li badiiy
asarlarda, asosan, metaforik ma’no ifodalab, bir qancha tushunchalar ifodasiga xizmat qilgan.
Umuman olganda, badiiy asarlarda koʻp ma’noli soʻzlar ta’sirchanlikni obrazlilikni taʼminlashga
xizmat qiladi. Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtayi nazaridan polisemiya natijasida
yuzaga keladigan koʻchimlar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vositalardan biridir.
REFERENCES
1.
Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. Тошкент, “Фан”, 1975, 3-бет.
2.
Будагов Р.А. Введение в науку о языке. М., Учпедгиз, 1958, с. 39 –50.
3.
Y.Davidov“Maxtumqulining_polisemantik_so‘zlardan_foydalanish_mahorati”.
“Maxtumquli-doʻstlik kuychisi” konferensiya to‘plami. Termiz, “Surxon ilm nashri”,
2024, 448-453.
4.
Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Тошкент: Фан, 1984. – 135.
5.
Davidov Y. J. The Phenomenon of Polysemy and Different Aspects of Conversion
//European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). – 2021. – Т. 12. – С. 245-
247.
6.
Davidov Y. J. Badiiy nutqning o’ziga xos xususiyatlari //Science and Education. – 2023. –
Т. 4. – №. 6. – С. 947-952.
7.
Davidov Y. J. KO ‘P MA’NOLILIK HODISASINING YUZAGA KELISH YO’LLARI
//Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B2. – С. 500-503.
8.
Davidov Y. ASPECTS OF DISAMBIGUATION DIFFERENT FROM COGNATE
WORDS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 12. – С. 906-909.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
129
9.
Davidov Y. OʻZBEK TILINING KIRILL VA LOTIN YOZUVI IMLO
QOIDALARINING QIYOSI //Евразийский журнал академических исследований. –
2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 836-839.
10.
Davidov Y. J. WORD FORMATION PATTERNS IN UZBEK LANGUAGE
//International Conference on Agriculture Sciences, Environment, Urban and Rural
Development. – 2021. – С. 16-21.
11.
Davidov Y. The uniqueness of speech styles in terms of the use of speech tools //Academic
International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. – 2023. – Т. 1. –
№. 4. – С. 46-49.
12.
Давыдов Ю. Д., Базаров Ш. А. ФЕНОМЕН НЕОДНОЗНАЧНОСТИ В
ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ИСКУССТВА //ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И
ПСИХОЛОГИИ. – 2021. – Т. 4. – №. 7.
13.
Jamshid, Bo‘riyev. "YOZUVCHI ERKIN AZAMNING OGZAKI NUTQQA XOS
LEKSIK VA GRAMMATIK VOSITALARDAN USLUBIY FOYDALANISH
MAHORATI." Евразийский журнал академических исследований 2, no. 1 (2022): 169-
174.
14.
Jamshid, Buriyev. "EXPRESSION OF DESCRIPTIVE ORAL UNITS IN THE WORKS
OF ERKIN AZAM." In Archive of Conferences, pp. 80-83. 2021.
