THE PROCEDURE OF ACCOUNTING AND PREPARATION OF FINANCIAL STATEMENTS IN COMPANIES WITH STATE PARTICIPATION ON THE BASIS OF IFRS (INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS)

Abstract

This article describes in detail the structure of financial statements and their information supply, financial status determination and analysis of unused reserves, income and expenses from the main activities in our country's state-owned companies.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Fayziyev, M. (2024). THE PROCEDURE OF ACCOUNTING AND PREPARATION OF FINANCIAL STATEMENTS IN COMPANIES WITH STATE PARTICIPATION ON THE BASIS OF IFRS (INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS). Modern Science and Research, 3(9), 164–167. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/41615
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes in detail the structure of financial statements and their information supply, financial status determination and analysis of unused reserves, income and expenses from the main activities in our country's state-owned companies.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

164

DAVLAT ULUSHI ISHTIROKIDAGI JAMIYATLARDA MHXS (MOLIYAVIY

HISOBOTLARNI XALKARO STANDARTLAR) ASOSIDA BUXGALTERIYA

HISOBINI YURITISH VA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH TARTIBI

Fayziyev Mehriddin Rajabovich

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13774546

Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatimizdagi Davlat ulushi ishtirokidagi

jamiyatlarda moliyaviy hisobotlarning tuzilishi va ularning axborot ta’minoti, moliyaviy holatini
aniqlash va foydalanilmagan rezervlar tahlili, asosiy faoliyatdan olingan daromad va xarajatlar
tahlili masalalari batafsil yoritilgan.

Kalit so‘zlar: moliyaviy hisobot, balans, hisob tizimi, xarajat, daromad, moliyaviy hisobot

tahlili, daromad va xarajatlar tahlili, hisoblash usuli.

THE PROCEDURE OF ACCOUNTING AND PREPARATION OF FINANCIAL

STATEMENTS IN COMPANIES WITH STATE PARTICIPATION ON THE BASIS OF

IFRS (INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS)

Abstract. This article describes in detail the structure of financial statements and their

information supply, financial status determination and analysis of unused reserves, income and
expenses from the main activities in our country's state-owned companies.

Key words: financial statement, balance sheet, accounting system, cost, income, financial

statement analysis, income and expense analysis, calculation method.

ПОРЯДОК УЧЕТА И ПОДГОТОВКИ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ В

КОМПАНИЯХ С ГОСУДАРСТВЕННЫМ УЧАСТИЕМ НА ОСНОВЕ МСФО

(МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ)

Аннотация. В данной статье подробно описывается структура финансовой

отчетности и ее информационное обеспечение, определение финансового состояния и
анализ неиспользованных резервов, доходов и расходов от основной деятельности в
государственных компаниях нашей страны.

Ключевые слова: финансовый отчет, баланс, система бухгалтерского учета,

себестоимость, доходы, анализ финансовой отчетности, анализ доходов и расходов,
метод расчета.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi taraqqiy yettirilishida

buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) muhim o‘rin tutadi. BHXSlar mamlakatlar
o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mamlakatlarda
investision muhitni yaxshilashda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham kun
sayin xalqaro standartlarni ye’tirof yetuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. O‘zbekiston
Respublikasi ham BHXSga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy
korporativ boshqaruv uslublarini joriy yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan,
2015-2018 yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr yetishi va
Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni
o‘tkazishi va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

165

boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1 iyuliga qadar aksiyadorlik
jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr yetish jadvalini
tasdiqlanishi lozimligi belgilangan.

Hozirgi vaqtda aksionerlar va bashqa foydalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan moliyaviy

hisobotlarda mamlakatdan mamlakatga o‘tib borayotgan, ayrim hollarda bir mamlakatdagina
foydalaniladigan buxgalterlik prinsiplari va qoidalari ishlatilmoqda. Shunday qilib buxgalterlik
hisobotlarida taqqoslanuvchanlik yetishmasligi mumkin. Bu holatning noqulayligi shundaki,
moliyaviy hisobotdan foydalanadigan investision tahlilichilar va boshqa foydalanuvchilar
hisobotni tahlil qilish jarayonida uning tarli standartlarga binoan tuzilganligi tufayli qo‘shimcha
xarajatlar qilishiga to‘g‘ri keladi. Ular hisobotlar interpretatsiyasida chalkashliklarga duch
kelishlari ham mumkin. Ushbu jarayon bilan bog‘liq holda kapitalning jahon bozorida samarali
raqobat yomonlashishi, kompaniyalar yesa kapitalni saqlash bo‘yicha yuqori sarfxarajatlarni o‘z
zimmalariga olishlariga to‘g‘ri keladi. Yeng asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda
miqdori ko‘rsatilishi oqibatida buxgalterlik hisobotlariga ishonch yo‘qoladi. Hisobotlarning
xalqaro miqyosdagi turli tumanligi quyidagilarga olib keladi:

• moliyaviy hisobotlarni tuzishga ketadigan xarajatlarning mo‘ljaldan yuqori darajada

bo‘lishi – chunki transnasional kompaniyalar o‘z faoliyatlari haqida turli mamlakatlar uchun
turlicha hisobotlar tuzishga majbur bo‘ladilar;

• tijorat kompaniyalari turli mamlakatlardagi faoliyatlari moliyaviy natijalarini baholash

uchun yagona tizimga yega bo‘lish yehtiyoji tug‘iladi. Kompaniyalar, bundan tashqari, ularning
tashqi hisobotlari faoliyatni baholashning ichki baholashlariga mos tushishlarini ham xohlaydilar.

Bu ikki maqsadga yerishish yesa turli mamlakatlardagi hisobotlar turlicha bo‘lgani holda

juda mushkul hisoblanadi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari shuningdek, buxgalterlik standartlarini ishlab

chiquvchi organlari hali tuzilmagan yoki standartlarni ishlab chiqishga resurslari yetarli bo‘lmagan
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham juda foydalidir. Moliyaviy Hisobot Standartlarini ishlab
chiqish o‘ziga yarasha xarajatlarni talab qiladi, ayniqsa alohida mamlakat uchun standartlar ishlab
chiqish chiqim nuqtai nazaridan samarasizdir.

Tashqi iqtisodiy moliyaviy qarorlarni qo‘llab quvvatlash uchun yesa, albatta, butun jahon

uchun moliyaviy hisob va hisobot bo‘yicha tarkiban bir xil, umumqabul qilingan va majburiy
standartlar to‘plami zarurdir. Aynan ana shu vazifa MHXSK zimmasiga yuklatilgandir.

Quyida MHXSKning 2000 yil 1 yanvar holatiga strukturasini keltiramiz. 2001 yilda uning

tarkibi qisman o‘zgartirilganligini aytib o‘tamiz3 . MHXSKning asosiy tuzilmasi uning Ustavi
bilan belgilangan.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek MHXSKning a’zolari asosan Buxgalterlar Xalqaro

Federatsiyasiga a’zo bo‘lgan barcha buxgalter va auditorlar professional tashkilotlari a’zodirlar.

Uning a’zolari barcha faoliyat uchun javobgarlikni uning Ustaviga binoan MHXSK

Boshqaruviga topshirganlar. Boshqaruv qator huquqlarga yega bo‘lib, shu jumladan:

• jamoatchilik hukmiga xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotiga tegishli munozarali va

muammoli masalalarni, agar ularni chop yetishga Boshqaruv a’zolarining ko‘pchiligi ovoz bergan
bo‘lsa, havola yetish;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

166

• MHXSK nomidan jamoatchilik hukmiga “Standartlarning dastlabki (taxminiy)

varinatlari” ko‘rinishidagi hujjatlarni havola yetish;

• Boshqaruv a’zolarining to‘rtdan uch qismi ovoz bergan hollarda Moliyaviy hisobotning

xalqaro standartlari ni nashr qilish va boshqalar.

MHXSK o‘z Standartlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari deb nomlangan

seriya sifatida nashr yetadi. Standartlar tartib bilan raqamlangan bo‘lib, agar biror bir standart
qayta ko‘rib chiqilsa, uning yeski raqami saqlanib qoladi, lekin qayta ko‘rib chiqish sanasi qavs
ichida ko‘rsatiladi. Odatda Standartlar MHXSK tomonidan u ishlab chiqilgan sanadan boshlab 30
kun ichida nashr qilinadi. Taklif qilinayotgan standartlar yesa alohida raqamlanib, TQS kabi
belgilanadi va ular alohida nashr yetiladi. 1998 yilda “Deloitte & Touche” auditorlik firmasidan
Stig Yenevolden MHXSK Boshqaruv Raisi yetib tayinlangan edi. MHXSK Boshqaruviga
Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Yaponiya, Meksika, AQSH kabi
mamlakatlar

vakillari

a’zodirlar.

Ular

“Deloitte

and

Touche”,

“KPMG”,

“PricewaterhouseCoopers” kabi yirik firma va kompaniyalar vakillaridirlar. Boshqaruv tomonidan
ma’muriy masalalar bo‘yicha Ijroiya Komitet tayinlanadi. Ijroiya Komitet tomonidan quyidagi
vazifalar bajariladi:

- MHXSKning strukturasi, rejasi va tashkil ‘tilishi;
- Standartlarni tavsiya etish bo‘yicha faoliyat;
- Byudjet va moliya;
- Tayyorlov Komitetlariga a’zolikning shartlari va tayinlanishi;
- Boshqaruv yig‘ilishlarini o‘tkazish joyi va vaqtini belgilash;
- Bosh Kotibni tayinlash;
- MHXSKning majburiy rasmiy jarayoni;
- Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va a’zolari bilan o‘zaro aloqalar
Standartlarni ishlab chiqishda maxsus Tayyorlov Komiteti faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu

Komitet dastlabki tadqiqotlarni o‘tkazib, masalalar rejasini hamda ularning sharhini beradi.

Jamoatchilik fikr mulohazalarini o‘rganish asosida prinsiplarning yakuniy

formulirovkasini Boshqaruvga taqdim etadi. Komitet Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari
loyihasining dastlabki variantini ishlab chiqadi va taqdim yetadi.

Yuqoridagi vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshishini ta’minlash maqsadida Interpretatsiya

bo‘yicha Doimiy Komitet tuzilgan. Hozirgi iqtisodiy rivojlanish davrida moliyaviy hisobotning
ikki global tili yanada ko‘proq tan olinmoqda: AQSH buxgalteriya hisobi umumqabul qilingan
prinsiplari (US GAAP) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Moliyaviy xisobot aniqligi
va yakunlanganligi, uning global kompaniyalar tomonidan foydalanish yextiyojlari tufayli ko‘proq
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga murojaat yetishmoqda. MHXS asosida tayyorlangan
hisobotni juda ko‘p mamlakatlar qimmatbaho qog‘ozlar bozorlari tomonidan ye’tirof yetilmoqda.

Gap shundaki, BMT davlatlararo ekspert guruhi bir qancha korporatsiyalar buyicha hisobni

tashkil yetish amaliyoti va 46 milliy hisob tizimi buyicha hisobot berilishini o‘rganib chiqib, ko‘p
ko‘rsatkichlar bo‘yicha milliy hisob tizimlarini taqqoslab bo‘lmasligi haqidagi xulosaga keldi.

Markaz hisobotida shunday xulosaga kelindi: ayrim rivojlangan mamlakatlarda ko‘p sonli

kompaniyalar hisob davrining oxirigacha ye’lon kilingan foydaga tenglash maqsadida turli rezerv
tizimlarini ishlatadilar. Milliy hisob tizimlarida amaldagi barcha belgilari bo‘yicha rivojlangan va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

167

rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy tizimlarni ajratib turgan bir qancha farqlar o‘rin yegallar
yekan. Mutaxassislar tomonidan 13 ta milliy hisob tizimining o‘rganilishi shuni kursatdiki, ulardan
fakat 4 tasidagina(Germaniya, AKSH, Angliya, Yaponiya) resurslarni baholash uslubiyati davlat
tomonidan qonuniy ravishda belgilab qo‘yilar yekan. Natijada resurslar yeng kam baholash usulida
hisoblanib, davlat foydasini ko‘zlaydi, chunki, kompaniya bu holda foyda summasini maksimal
darajada ko‘rsatishga majbur bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida banklarda buxgalteriya hisobi. O‘quv
qo‘llanma. Hammuallif – T.: “MOLIYa”, 2010 – 272 b.

2.

M.Bonham.Generally accepted accounting practice under IFRS. Ernst & Young. USA,
2010.

3.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. Tarjima. A. Rizaqulov, B.Xasanov, A.Usanov,
Z.Mamatov. T.: - 2004.

4.

Jalolova D. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari - T.: Moliya instituti, 2004. - 25 b.

5.

Mejdunarodnыe standartы buxgalterskogo ucheta. I tom. - Tashkent, 2000.

6.

Mejdunarodnыe standartы buxgalterskogo ucheta. II tom. - Tashkent, 2000.

References

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida banklarda buxgalteriya hisobi. O‘quv qo‘llanma. Hammuallif – T.: “MOLIYa”, 2010 – 272 b.

M.Bonham.Generally accepted accounting practice under IFRS. Ernst & Young. USA, 2010.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. Tarjima. A. Rizaqulov, B.Xasanov, A.Usanov, Z.Mamatov. T.: - 2004.

Jalolova D. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari - T.: Moliya instituti, 2004. - 25 b.

Mejdunarodnыe standartы buxgalterskogo ucheta. I tom. - Tashkent, 2000.

Mejdunarodnыe standartы buxgalterskogo ucheta. II tom. - Tashkent, 2000.