BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA KLASTER YONDASHUV TIZIMINING INTEGRATSION O‘QITISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta‘limda klaster yondashuv tizimining birlashtirilgan o‘qitish mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligini oshirish to‘g‘risida ma‘lumot beriladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdushukurova, M., & To‘xtayeva , A. (2025). BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA KLASTER YONDASHUV TIZIMINING INTEGRATSION O‘QITISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(3), 103–109. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/72363
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta‘limda klaster yondashuv tizimining birlashtirilgan o‘qitish mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligini oshirish to‘g‘risida ma‘lumot beriladi.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

103

BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA KLASTER YONDASHUV TIZIMINING

INTEGRATSION O‘QITISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI

Abdushukurova Muxlisa Foziljon-qizi

Guliston davlat pedagogika Instituti talabasi

To‘xtayeva Aziza Davron qizi

Guliston davlat pedagogika Instituti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15021787

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta‘limda klaster yondashuv tizimining

birlashtirilgan o‘qitish mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligini oshirish to‘g‘risida

ma‘lumot beriladi.

Kalit so‘zlar:

taʼlim, boshlangʻich, klaster, fan, integratsiya, oʻqitish, mexanizm,

takomillashtirish.

Aннотация

. В данной статье представлена информация о повышении

эффективности совершенствования интегрированных механизмов обучения системы

кластерного подхода в начальном образовании.

Ключевые слова:

образование, началное, кластер, предмет, интеграция, обучение,

механизм, оптимизация.

Abstract.

This article provides information on increasing the effectiveness of improving the

integrated teaching mechanisms of the cluster approach system in primary education.

Key words:

education, primary, cluster, science, integration, teaching, mechanism,

improvement.

Yangi O‘zbekiston rivojiga katta hissa qo‘shayotgan va uning tub o‘zagi hisoblangan

ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ayni damda boshlang‘ich ta‘limga alohida

e’tibor qaratib kelinmoqda. Yurtimizda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida

boshlangʻich taʼlimda sifat samaradorligiga erishish va bunda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari

faoliyatiga tayanish dolzarb vazifalar sirasiga qo‘shildi.

O‘zbekistonda boshlang‘ch ta‘limni yanada takomillashtirish davri kechmoqda. Ushbu

jarayonda faqatgina boshlang‘ich sinfda dars berib kelayotgan o‘qituvchilargina emas,balki

bo‘lajak pedagog-o‘qituvchilar ham juda katta,muhim rol o‘ynaydi.Ularda ham kasbiy qiyofani

to‘la shakllantirish shart.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

104

Shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak,xorijlik pedagog olima N.V.Kuzmina boshlang‘ich sinf

o‘qituvchilarinng kasbiy qiyofasi qay darajada bo‘lishi kerakligini o‘zning quyidagi yondashuvlari

asosida ko‘rsatib o‘tgan:

1) kasbiy bilimga ega boʻlish;

2) loyihachi boʻlish;

3) konstruktiv boʻlish;

4) maslahatchi boʻlish;

5) tashkilotchi boʻlish.

Mazkur komponentlarning ma‘nosi quyidagicha: boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

kasbiy-nazariy bilimni egallashi, mustaqil fikrga ega boʻlishi va mudom oʻzi ustida ishlab borishi

kerak; uning loyihachiligi har bir darsni oʻziga xos tarzda oʻtkazishi bilan belgilanadi;

konstruktivligi oʻquvchilar bilan til topisha olishi va bolaparvarligi bilan namoyon boʻladi;

maslahatchiligi ta‘lim oluvchilar va ularning manfaatdor shaxslari bilan kirishimligidir;

tashkilotchiligi esa ongi pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qoʻllay olishi bilan belgilanadi.

Umumiy olb qaraydigan bo‘lsak,har bir pedagog-o‘qituvchining kasbiga xos vazifa va

burchlari mavjud,biroq aynan boshlang‘ich sinf o‘qiyuvchilar qiyofasida bular namoyon bo‘lib

turishi kerak:

– bolaparvarlik;

– oʻz kasbiga bo‘lgan muhabbat;

– pedagogik faollik;

– oʻzi ustida doimiy ishlashi.

Yuqoridagi pedagogik yondashuvlar asosida oliy ta‘lim muassasalarida ta’lim-tarbiya

olayotgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘qitilsa,yanada samarali

bo‘ladi. Shu jihatdan xalqaro pedagogik tajribalarda qabul qilingan quyidagi konseptual

yoʻnalishlarga eʼtibor berish lozim:

a) boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga kasbiy, psixologik va pedagogik bilim berish;

b) boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini pedagogik koʻnikma bilan qurollantirish;

v) boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining zamonaviy texnologik imkoniyatlaridan

foydalanishga oʻrgatish;

g) bola bilan ishlash psixologiyasini shakllantirish.

Ushbu yondashuv asosida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlash kutilgan

samarani berishi shubhasizdir. Ayni paytda, har bir oʻqituvchi o‘z faoliyati davomida kasbiy

qiyofasini yanada takomillashtirib borishini hisobga olib qo‘yishimiz zarur.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

105

Yondashuvlarga binoan bugungi kunda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari zamonaviy

yondashuvlardan xabardor boʻlishi kerak. Shu jihatdan boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari

qiyofasida pedagogik, psixologik va estetik malakalik boʻrtib turishi kerak. Bu borada quyidagi

pedagogik malakalarni egallash maqsadga muvofiq boʻladi:

– boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari o‘z oldiga asosiy pedagogik vazifani qoʻya

olishi, oʻquv-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil eta olishi kerak;

– imkon qadar har bir oʻquvchi bilan individual ishlash uslubini tashkil qilishi shart; –

oʻquv materiallari bilan ishlash koʻnikmasini egallash boʻlajak oʻqituvchilar uchun muhim

ahamiyatga ega.

Oʻzbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans jarayonida boʻlajak boshlangʻich

sinf oʻqituvchilarini kasbiy tayyorlash muhimhisoblanadi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyat

berish maqsadga muvofiq boʻladi:

– boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini pedagogik qonuniyatlar va texnologiyalar

bilan chuqur tanishtirish;

– boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini intellektual va maʼnaviy salohiyati yuksak

yangi avlod kadrlarini tayyorlash, taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari

boʻlishlari uchun ularda zarur koʻnikma va bilimlarni shakllantirish;

– dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta‘lim

tizimini yoʻlga qoʻyish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish,

ularning yangi avlodini yaratish, oʻquv dasturlari va standartlarini optimallashtirish;

– ta‘lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-

oʻqituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi oʻrni va maqomini oshirish,

ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy

ragʻbatlantirish;

– pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib

borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida oʻqish”

tamoyili asosida takomillashtirib borish;

– ilmiy-tadqiqot va taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha xususiy sektorning salmogʻini

kengaytirish, hududlarda nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini

shakllantirish, taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;

– zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan xolda ta‘limni

boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

106

resurslar va masofaviy ta‘limni yanada rivojlantirish, ta‘lim oluvchilar oʻrtasida IT-sohasidagi

kasblarni ommalashtirish;

– ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar

koʻlamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish, mavjud

ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli

Farmonida berilgan mazkur topshiriqlar asosida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini kasbiy

tayyorlash maqsadga muvofiq boʻladi.

Pedagogik olimlarning fikricha, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari quyidagi

funksional komponentlarni bilishi kerak:

1) oʻquv materiallarini tayyorlash va taqdim etish;

2) oʻquvchilarni bilim va tarbiya olishga qiziqtira olishi;

3) oʻquvchilar shaxsida uchraydigan kamchiliklarni bartaraf eta olishi;

4) muntazam ravishda oʻquvchilarni kuzatib borishi.

Mazkur yondashuv asosida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini kasbiy tayyorlashda

muhim ahamiyatga ega. Tajribali pedagog olimalardan A.K.Markovo yondashuviga koʻra boʻlajak

boshlangʻich sinf oʻqituvchilari faoliyati toʻrt yoʻnalishdan iborat:

1) Kasbiy psixologik va pedagogik bilimlarni egallash;

2) Kasbiy pedagogik malakani egallash;

3) Kasbiy psixologik koʻnikmalarni egallash;

4) Shaxsiy fazilatlar egasi boʻlish.

Bizning yondashuvimizga koʻra, ushbu tavsiyalar nazariy va amaliy jihatdan asoslarga ega.

Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonini tashkil etishda boʻlajak oʻqituvchilarni kasbiy,

psixologik va estetik jihatdan tayyorlashga e‘tibor berish maqsadga muvofiq boʻladi. Hozirgi

zamon rivojlanish jarayonida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini kasbiy tayyorlashda

modellashtirish masalasiga ahamiyat berish dolzarb boʻlib turibdi. Unga koʻra, oliy pedagogik

jarayoni oʻziga xos model koʻrinishiga ega boʻlishi kerak. Chunki modellashtirish toʻrt jihatga ega

boʻladi:

– model bu oʻquv materiallarini tizimli taqdim etish;

– model muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etib borish;

– model taʼlim oluvchini hamisha obyekt sifatida bilish;

– model yangi ma‘lumotlarni oʻz vaqtida oʻquv jarayoniga kiritib borish.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

107

Shu jihatdan boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini kasbiy tayyorlash ishlarini

modellashtirib olish maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi

“Ta‘lim toʻgʻrisida”gi Qonuni (2020-yil 23-sentyabr) 5-bobida oʻqituvchilarning huquqiy maqomi

belgilangan. Mazkur huquqiy maqomga koʻra, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari faoliyatga

quyidagi asoslarga binoan yoʻnaltirilishi kerak:

– chuqur kasbiy tayyorgarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlish;

– ta‘lim oluvchilar huquqlariga rioya qilish; – kafolatlangan ish sharoitidan foydalanish;

– oʻquv dasturlarini tuzishda mualliflik dasturlarini ishlab chiqishni bilish;

– zamonaviy pedagogik shakllarni, oʻqitish va tarbiya vositalarini erkin tanlash;

– innovatsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;

– sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy koʻrikdan oʻtish;

– ta‘lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.

Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ana shu

huquqlar asosida faoliyatga yoʻnaltirilishi kerak. Ayni paytda, mazkur Qonunda oʻqituvchilarning

quyidagi majburiyatlari ham belgilab qoʻyilgan:

– ta‘lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha‘ni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini

hurmat qilish;

– oʻquv mashgʻulotlarini sifatli oʻtkazishi;

– axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oʻqitish va tarbiyaning ilgʻor hamda

innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;

– voyaga yetmagan taʼlim oluvchilar bilan ta‘lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi bilan

birgalikda olib borishi;

– oʻz malakasini muntazam ravishda oshirib borishi; – tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi.

Mazkur majburiyatlar boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini kasbiy faoliyatga

yoʻnaltirishning asoslari boʻlib xizmat qiladi. Bizning yondashuvimizga koʻra boʻlajak

boshlangʻich sinf oʻqituvchilari kasbiy faoliyatga quyidagi mexanizmlar asosida yoʻnaltirilishi

kerak:

a) mutaxassislik fanlarini oʻqitish jarayonida;

b) maxsus kurslar vositasida;

v) mustaqil ta‘lim vositasida;

g) ustoz-shogird an‘anasi vositasida.

Bu mexanizmlarga amal qilish boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini kasbiy faoliyatga

yoʻnaltirish jarayonini aniq tashkil etish imkonini beradi.


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

108

Misol uchun, mustaqil ta‘lim vositasini olaylik. Pandemiya kabi murakkab sharoitlar shuni

koʻrsatdiki, oliy pedagogik taʼlim jarayoni hamisha va har qanday vaziyatda mustaqil taʼlimga

tayyor turishi kerak. Shunday qilib boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga qoʻyiladigan talablar

pedagogik, psixologik va sotsiologik xarakterga egaligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Mazkur

umumiy talablardan kelib chiqib, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining malaka talablarini

belgilash mumkin. Oʻzbekistonning yangi taraqqiyotini barpo etish jarayonida boshlangʻich

taʼlimni rivojlantirish va uning vositasida oʻquvchilarni har tomonlama barkamol voyaga

yetkazish vazifalari dolzarb boʻlib turibdi. Bunda asosiy vazifa boshlangʻich sinf oʻqituvchilari

zimmasiga tushadi. Shu sababli keyingi vaqtlarda boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining malaka

talablari va ularni shakllantirishning metodik asoslari toʻgʻrisida yangicha vazifalar qoʻyilmoqda.

Bugungi kunga qadar amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan Davlat talablari”da boshlangʻich sinf

oʻqituvchilarining malaka talablari belgilangan. Unga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi avvalo

oliy maʼlumotli boʻlishi kerak. Bu oʻrinda “oliy maʼlumotli boʻlish” tushunchasini boshlangʻich

asoslari va boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha kasbiy-nazariy bilim, koʻnikma,

malaka hamda kompetensiyaga ega boʻlishlikni tushunish lozim. Mazkur Davlat talablarida

boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun malaka talablari quyidagicha belgilangan:

1) oʻqitish (dars berish) mahorati;

2) tarbiyalash mahorati;

3) oʻquv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni belgilaydigan shaxsiy sifatlar;

4) boshlangʻich sinf oʻquvchilarining bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash

mahorati.

Bu oʻrinda oʻqitish (dars berish) mahorati boʻyicha quyidagi talablar belgilanganligini

eslatib oʻtish joiz:

– kasbiy layoqat va eruditsiya (his-tuygʻuga) ega boʻlish; – psixologik-pedagogik

tayyorgarlikka ega boʻlish;

– boshlangʻich sinf oʻquvchilarini mustaqil fikrlashga va yangi ilmlar olishga oʻrgatish

mahoratiga ega boʻlish;

– oʻquv adabiyotlari shakllari va turlarini bilish;

– yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallash, Internet global tarmogʻi bilan

ishlash koʻnikmasiga ega boʻlish;

– malaka oshirish shakllarini bilish;


background image

2025

MARCH

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 3

109

– ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish;

– pedagogik fanlarning asosiy yoʻnalishlarini bilish;

– predmetlar aro aloqalardan foydalanish mahoratiga ega boʻlish;

– notiqlik san‘ati asoslarini bilish;

– bola huquqlari va taʼlimga oid hujjatlarni bilish. Mazkur talablar boshlangʻich sinf

oʻqituvchisining amaliy faoliyati davomida shakllanib boradi va ular davomli malaka oshirish

vositasida takomillashtiriladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-sonli

Farmoni/

https://lex.uz/docs/5841063

2.

Sh. Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 24-aprelda PF-5712-son

Farmoni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y.

3.

Qosimova K., Matchonov S. , G‘ulomova X., Yo‘ldasheva SH., Sariyev Sh. Ona tili

o‘qitish metodikasi. -Toshkent, “Nosir”, 2009

4.

G'ulomova, X., &Bakiyeva, H. (2020). O'QISH DARSLARIDA SHE’RIY ASARLAR

MATNI USTIDA ISHLASH. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 582-589.


Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-sonli Farmoni/ https://lex.uz/docs/5841063

Sh. Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 24-aprelda PF-5712-son Farmoni (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y.

Qosimova K., Matchonov S. , G‘ulomova X., Yo‘ldasheva SH., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. -Toshkent, “Nosir”, 2009

G'ulomova, X., &Bakiyeva, H. (2020). O'QISH DARSLARIDA SHE’RIY ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASH. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 582-589.