OZOD SHARAFIDDINOV IJODIDA ADABIY-TANQIDIY QARASHLAR

Аннотация

Ushbu maqolada Ozod Sharafiddinov ijodi, adabiy-tanqidiy maqolalari va tarjima asarlari yoritilgan, munaqqid faoliyati haqida fikrlar berilgan. Tanqidchiligimiz rivojida turgan o’rni va tadqiqotlari haqida mulohazalar yuritilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Hamroyeva, M. (2024). OZOD SHARAFIDDINOV IJODIDA ADABIY-TANQIDIY QARASHLAR. Современная наука и исследования, 3(6). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34739
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Ozod Sharafiddinov ijodi, adabiy-tanqidiy maqolalari va tarjima asarlari yoritilgan, munaqqid faoliyati haqida fikrlar berilgan. Tanqidchiligimiz rivojida turgan o’rni va tadqiqotlari haqida mulohazalar yuritilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

388

OZOD SHARAFIDDINOV IJODIDA ADABIY-TANQIDIY QARASHLAR

Hamroyeva Maftuna

Termiz davlat universiteti, O’zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11624565

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Ozod Sharafiddinov ijodi, adabiy-tanqidiy maqolalari va

tarjima asarlari yoritilgan, munaqqid faoliyati haqida fikrlar berilgan. Tanqidchiligimiz rivojida
turgan o’rni va tadqiqotlari haqida mulohazalar yuritilgan.

Kalit so’zlar

: Munaqqid, ijodkor, uslub, maqola, she’riyat, tanqid, tanqidiy fikr, tarjima,

tarjimon, adabiyot, asarlar tahlili.

LITERARY AND CRITICAL VIEWS ON THE WORK OF OZOD

SHARAFIDDINOV

Abstract.

In this article, Ozad Sharafiddinov's work, literary-critical articles and

translated works are covered, and opinions are given about the work of the critic. Reflections were
made on the role and researches in the development of our criticism.

Keywords:

critic, creator, style, article, poetry, criticism, critical opinion, translation,

translator, literature, analysis of works.

ЛИТЕРАТУРНО-КРИТИЧЕСКИЕ ВЗГЛЯДЫ НА ТВОРЧЕСТВО ОЗОДА

ШАРАФИДДИНОВА

Аннотация.

В данной статье освещено творчество Озада Шарафиддинова, его

литературно-критические статьи и переводные произведения, даны мнения о творчестве
критика. Были размышления о роли и исследованиях в развитии нашей критики.

Ключевые слова:

критик, творец, стиль, статья, поэзия, критика, критическое

мнение, перевод, переводчик, литература, анализ произведений.

Ozod Sharafiddinov o’zbek adabiyotida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga munosib

hissa qo’shgan ijodkordir. O’zbek adabiy muhitida adabiy tanqidchi, tarjimon, jamoat arbobi,
notiq sifatida faoliyat yuritdi. O’zining dastlabki taqriz va maqolalari bilan yuksak bilimga ega
zukko shaxs ekanligini ko’rsatdi. Ozod Sharafiddinov hayotini ilm va adabiyotga baxshida etgan
insondir. Vatan tuyg’usini o’zining yorqin satrlarida aks ettirgan. Ijodiy ishlari, maqolalari va
asarlari munaqqidning naqadar sermahsul va barakali ijod qilganidan dalolat beradi.

Abdulla Qahhor, Ozod Sharafidddinov faoliyati haqida fikr bildirib, jumladan shunday

deydi: “Ozod Sharafiddinov adabiyot ilmiga, aniqroq qilib aytganda, adabiy tanqidchilikka yonib
kirdi va hozirgacha mana shu fazilatni saqlab qoldi”. Umrining oxiriga qadar adabiyotga, ijodga
chin dildan yondashib, sadoqat ila xizmat qiladi. Ozod Sharafiddinov adabiy tanqid nazariyasini
mukammal biladi, adabiy tanqidning janr va shakllarini farqlay oladigan ijodkordir. U qanday
mavzuda yozish, qanday mavzuda yozmaslikni yaxshi bilardi.

O’zbek poemalari mavzusida ijodiy ish olib borib, “Hozirgi o’zbek sovet poemalari” degan

mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini (1955) himoya qildi. Ijodiy ishda bu mavzuni atroflicha
yoritib berdi. “Lirika haqida mulohazalar” maqolasi Ozod Sharafiddinovni adabiy jamoatchilikka
tanitgan ijodiy ish hisoblanadi. Maqolada lirika haqida 50-yillarning ikkinchi yarmidagi
munozalarni yoritib bergan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

389

“Zamon, qalb, poeziya” (1962), asarida she’riyatning kechagi kuni va bugungi kundagi

yutuq va kamchiliklarini aks ettirgan. “Adabiy etyudlar” (1968), nomli kitobidan o’rin olgan
maqolalarida A.Qahhor, Zulfiya, M.Boboyev, P.Qodirov asarlarini tahlil qildi. Bundan tashqari
“Bayroqdorlar” (1974), “Mahorat saboqlari” (1975), “Birinchi mo’jiza” (1979), “Hayot bilan
hamnafas” (1983), “Dovondagi o’ylar”, “Ijodni anglash baxti” (2004), “Domlalar” (2009) asarlari
muallifi hisoblanadi. Poeziya muammolari bilan shug’ullangan, o’zbek she’riyati va uning holati,
xususiyatlarini yoritib bergan adabiy-tanqidiy maqolalar yozgan. O’zbek she’riyati, nasri va
tanqidchiligining muhim muammolarini yoritgan asarlari qatoriga “Talant-xalq mulki” (1979),
“Adabiyot-hayot darsligi” (1980), “Hayot bilan hamnafas” (1983), “Go’zallik izlab” kabi
asarlarni keltirish mumkin.

Ozod Sharafiddinov o’zbek adabiyotining yetuk ijodkorlari Oybek, G’afur G’ulom,

Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya, Odil Yoqubov, O’tkir Hoshimov singari
namoyondalar haqida adabiy portretlar yaratgan. Abdulla Qahhorga nisbatan nohaq ayblovlar
qo’yilganda uni himoya qilishga kirishdi. “Iste’dod jilolari” kitobidagi “So’z san’atiga fidoyi
sadoqat” deb nomlangan bo’lim, Oybek adabiy-tanqidiy qarashlarini o’rganishga bag’ishlangan.

Oybek lirikasi haqida to’xtalib, “Oybek lirikasi haqida o’ylaganimda, uning inson ruhining

eng chuqur qatlamlarigacha kirib borganini, inson qalbining eng nozik tebranishlarigacha payqay
olganini xayolimga keltiraman. Ayni choqda, Oybek sosialistik zamonning shoiri, yangi hayotning
kuychisi edi” – deb bayon etadi. “Cho’qqi” deb nomlangan bo’limda G’afur G’ulom faoliyati,
she’rlari, asarlari va maqolalari yoritilgan. G’afur G’ulomning iste’dodi ko’p qirrali edi. U o’z
qalbining boyliklarini saxiylik bilan hamma janrlarda kitobxonlarga ulashardi. G’afur G’ulom
hikoyalari ham, qissalari ham g’oyat xalqchil. Bu xalqchillik faqat ularning syujetidagina emas,
balki qahramonlarning xarakterida ham, asarning har bir to’qimasida ham mujassam. G’afur
G’ulom xalqimizning ruhini chuqur biladigan, g’oyat nozik his etadigan va katta mahorat bilan
uni asarlariga singdira oladigan yozuvchi ekanligini, Ozod Sharafiddinov maqolasida yoritib
bergan. Boshqa tadqiqotchilar qatori, Cho’lpon adabiy merosi haqida tadqiqotlar yaratdi. Abdulla
Qahhorni iste’dodli san’atkor sifatida bildi. Cho’lpon ijodiga bag’ishlangan “Cho’lpon” nomli
asari ijodkor haqidagi birinchi, xayrixohlik bilan yozilgan ilmiy-tahliliy, tadqiqot asari edi.

Cho’lponni ijodkorligi borasida o’zinining fikr va mulohazalarini bildirib jumladan

Cho’lpon haqida shunday deydi: “Cho’lponni anglash – so’z san’atining botiniy qonuniyatlarini
teran anglash, ularning shoir ijodida qanday zohir topishini anglashdir. Cho’lponni anglash – uning
umumbashariy g’oyalarini, uning yuksak insoniy tuyg’ularini yurakka singdirib olishdir.

Cho’lponni anglash – Vatanni, ko’hna insoniy tuyg’ularini yurakka singdirib olishdir.
Cho’lponni anglash – Vatanni, ko’hna Turkistonimizni Cho’lpon ko’zi bilan ko’rib,

Cho’lpon yuragi bilan seva bilmoqdir”.

Ozod Sharafiddinov maqolalarida fikrlarini ochiq-oydin ayta olgan va aniq dalillar

keltirgan. “Tanqidchilik kasbi haqida” maqolasida ham tanqidchilik faoliyati, tanqidchining
zimmasidagi vazifalariga to’xtalib, ular faoliyati haqida o’zining fikrlarini bildirgan. Tanqidchi
zimmasidagi mas’uliyatni his etib yondashishi, biror bir narsa yozganda unga shunchaki, yuzaki
yondashib xayoliga nima kelsa shuni dabdurustdan bayon etmasdan, nima yozayotganiga e’tibor
qaratib chin dildan yoritishishi zarur. Kichkina bir narsa yozsa ham shunga ham e’tiborli bo’lish
kerak. Hattoki bir taqriz yozsa ham uni yaxshilab bayon etishi zarur, chunki uni qanchadan qancha


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

390

odamlar o’qiydi, undagi fikrlardan bahramand bo’ladi. Shuning uchun ijodkor nimadir yozayotgan
paytda kitobxon qalbiga kirib bora oladimi, degan fikrlarni o’ylab ijod qilishi kerak. “Iste’dodsiz,
talantsiz yozilgan tanqidiy maqoladan foydadan ko’ra ko’proq zarar keladi” – deydi munaqqid.

Haqiqatan ham shunchaki nimadir yozsam bo’ldi deb qilingan ishdan ko’proq zarar keladi.
Bularni ham ijodkor o’z maqolalari mag’ziga singdirgan. Yozuvchi maqolada, “Mening

nazarimda, tanqidchi asarning nuqsonini topishdan ko’ra ko’proq undagi mavjud – yashiringan
go’zallikni topib ko’rsata bilishi lozim. Agar ta’rif kerak bo’lsa, tanqid – bu badiiy adabiyotdagi,
she’riyatdagi, nasrdagi yashirin go’zallikni kashf qilish san’ati, derdim” – degan fikrlarni bildiradi.

Shu jumlalardan ham tanqidchi yelkasida, qanchalar og’ir yuk turishini, shunga yarasha

harakat qilishi kerakligini anglaymiz.

Ozod Sharafiddinov talantli ijodkor edi , “She’r ko’p, ammo shoirchi?” maqolasi tahliliga

yuzlanamiz. Maqolada yozadi: “ Xo’sh, nega endi bugungi she’riyatimizda o’rtamiyonachilik
kuchayib ketayapdi?... Nega she’rlarda olam tor, hayot nafasi zaif, kitobiylik kuchli”. Bu maqolada
endi munaqqid “shoir” ga yuzlanadi. Ko’p kishilar bir ikkita she’r yozib, o’zini darrov shoir deb
hisoblayapdi. She’rlarida hayot nafasini, juda zaif ifodalaydi. Ular shunchaki ijod qiladi, “shoir”
degan tushunchaning mazmunini to’la anglab yetmagan. Inson ko’plab she’r yozsa ham, ularda
ma’no va mazmunni to’la ochib bera olmasa shoirlik maqomiga yetisha olmaydi. Haqiqiy shoir
nimani yozayotgan bo’lsa o’sha narsani qalban his qiladi, qahramoni o’rniga o’zini qo’yadi, o’z
ichki fikrlarini qahramoni tiliga ko’chiradi, shundagina she’rlari mazmunli va salmoqli chiqadi.

Munaqqid “Shoirlik – hamisha e’tiqodlilikdir. Shoirlik – hamisha vijdonning uyg’oqligidir.
Shoirlik – hamisha bezovtalikdir. Shoirlik – hamisha ulug’ mas’uliyatdir” – degan xulosaga

keladi. Bu maqolada ham shoirlik faoliyatini munaqqid to’gri baholay olgan. Eng muhimi
keltirilgan fikrlardan ham munaqqidning o’z fikrlarini dadillik bilan ayta olganini ko’rishimiz
mumkin.

Munaqqidning “E’tiqodimni nega o’zgartirdim” maqolasi ham ahamiyatga molikdir.
Maqolada partiyadagi faoliyati yoritilgan. Partiyaga chaqiriq qog’ozi bilan kirgan emas,

o’zi xohlab partiyaga kirgan, lekin partiyada kechayotgan voqealarni ko’rib ko’ngli sovugan.

Partiyaning ichki hayotida yolg’on, aldov va g’irromlikning avj olishi jamiyat hayotida

ko’pdan ko’p illatlarning tomir otishiga sabab bo’ldi. Avvallari partiya u uchun yetib bo’lmas
yuksaklikdagi narsa edi, endi esa shunday odamlar bilan hamsaf bo’lib ishlaydi. Partiyaning
hamma topshirig’ini yelib-yugurib, ortig’i bilan ado etishga harakat qildi. Hammaslaklarining
ishonchini oqlash uchun ham g’ayratiga g’ayrat qo’shib ishladi. Hamma joyda hamma narsada
haqiqat bo’ladi deb o’ylagandi, lekin nohaqliklarga duch keldi. Maqolada, munaqqid onasining
ham partiyadagi faoliyatini yoritgan. Onasi nutqida shunday jumlalar uchraydi: “Men ellik yillik
umrimni partiyaga bag’ishladim, sochimni supurgi, qo’limni kosov etib, uning xizmatini qildim,
endi esa partiya shiramni so’rib olib, po’stimni tuflab tashladi. Shuncha xizmatlarim qumga singib
ketdimi?” Onasi ham partiya uchun jon jahdi bilan mehnat qilgandi. Lekin bunga yarasha javob
ololmadi.

Ozod Sharafiddinov qalamiga mansub, “Muqaddas burch”, “Buyuklarimiz bag’rimizga

qaytdi”, “Modernizm jo’n hodisa.. emas”, “G’aroyib haqiqatni kashf etdim”, “Istiqlol adabiyoti
eng ilg’or adabiyotdir”, “Adabiy tanqid va yangi tafakkur”, “Iste’dod bilan uchrashish bayrami”
kabi maqolalari yangi davr tanqidchiligining yaxshi namunalaridan hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

391

A.Rasulov, Ozod Sharafiddinov uslubini yoritib, “Munaqqid Ozod Sharafiddinov o’zbek

tanqidchiligi qozonida qaynadi, o’zbek adabiy-tanqidiy muhitida shakllandi” – degan fikrlarni
bildiradi. O’zbekiston Respublikasi fan arbobi Matyoqub Qo’shjonov ham Ozod Sharafiddinov
haqida, “Ozod Sharafiddinov anchagina qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Bunga aksariyat
hollarda uning cho’rtkesarligi, o’z fikrlarini xolisona aytishga moyilligi sabab bo’lardi” – deb
bayon etadi. Bu gaplarda ham Ozod Sharafiddinovning haqiqatparvarlik, vatanparvarlik xislatlari
ochib berilgan.

Ozod Sharafiddinov tarjima san’atiga tanqidchilik konsepsiyasini olib kirgan. L.Tolstoy

“Iqrornoma”, P.Koelo “Kimyogar”, A.Sevela “To’xtating samolyotni, tushib qolaman” asarlarini
o’zbek tiliga tarjima qilgan. O’zbek xalqini jahon madaniyati bilan tanishtirish, undan, bahramand
qilish, dunyoqarashini kengaytirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Tarjima munaqqid ijodida
hech qachon tirikchilik manbaiga aylanmagan.

Xulosa

o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, Ozod Sharafiddinov serqirra ijodkor,

insonlarni adabiyotni tushunishga o’rgatgan buyuk ustozdir. Adabiy va tanqidiy maqolalarida ijod
va ijodkorning adabiyot va hamda jamiyat oldidagi burchini keng aks ettirgan. Bular ma’lum
ma’noda yoshlar uchun tarbiya maktabidir. Asarlari faqatgina adabiyot haqida tushuncha paydo
qilmasdan, u haqidagi ilmlarni ham o’rgatadi. Biz yosh avlodga tengsiz ma’naviy meros qoldirgan.

Maqolalarida misollarni faktlar bilan keltirgan, shunchaki quruq asoslash bilan

cheklanmagan. Bu asar mohiyatini, qadr-qimmatini oshirgan, maqolalarining o’qishliligini
ta’minlagan. Ozod Sharafiddinov mushohadasi keng, fikrlovchi munaqqidlardan hisoblanadi.
Ozod Sharafiddinov o’z fikri, uslubi, talqini va tanqidiy qarashlari bor betakror shaxsdir.


REFERENCES

1.

B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov, Sh.Axmedova. O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi,
Cho’lpon nomidagi nashriyot-matba ijodiy uyi, Toshkent-2012.

2.

B.Karimov, O’zbek adabiy tanqidi (antologiya) Toshkent “Turon-Iqbol” 2011.

3.

Ozod Sharafiddinov “Iste’dod jilolari” G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at
nashriyoti, Toshkent-1976.

4.

Ozod Sharafiddinov “Dovondagi o’ylar” Toshkent “Ma’naviyat” 2004.

5.

Ozod Sharafiddinov “Ijodni anglash baxti” “Sharq” nashriyoti, Toshkent -2004.

6.

Ozod Sharafiddinov “E’tiqodimni nega o’zgartirdim?” maqolasi “Tafakkur” jurnali 1997-
yil, 10-son.


Библиографические ссылки

B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov, Sh.Axmedova. O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi, Cho’lpon nomidagi nashriyot-matba ijodiy uyi, Toshkent-2012.

B.Karimov, O’zbek adabiy tanqidi (antologiya) Toshkent “Turon-Iqbol” 2011.

Ozod Sharafiddinov “Iste’dod jilolari” G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent-1976.

Ozod Sharafiddinov “Dovondagi o’ylar” Toshkent “Ma’naviyat” 2004.

Ozod Sharafiddinov “Ijodni anglash baxti” “Sharq” nashriyoti, Toshkent -2004.

Ozod Sharafiddinov “E’tiqodimni nega o’zgartirdim?” maqolasi “Tafakkur” jurnali 1997-yil, 10-son.