AKSIYADORLIK JAMIYATLARI LOYIHALARINI STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINI SHAKLLANTIRISH (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)

Аннотация

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlari loyihalarini strategic boshqaruv tizimini shakllantirish xususida mulohazalar berilgan. Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqaruv tizimidagi o‘rni va roli alohida tilga olingan. Aksiyadorlik jamiyatlarining yagona tizim yaratishdagi o‘rni aniqlandi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Berdiyev, M. (2024). AKSIYADORLIK JAMIYATLARI LOYIHALARINI STRATEGIK BOSHQARUV TIZIMINI SHAKLLANTIRISH (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida). Современная наука и исследования, 3(6). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34791
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlari loyihalarini strategic boshqaruv tizimini shakllantirish xususida mulohazalar berilgan. Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqaruv tizimidagi o‘rni va roli alohida tilga olingan. Aksiyadorlik jamiyatlarining yagona tizim yaratishdagi o‘rni aniqlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

443

AKSIYADORLIK JAMIYATLARI LOYIHALARINI STRATEGIK BOSHQARUV

TIZIMINI SHAKLLANTIRISH

(“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ misolida)

Berdiyev Mansur Alisherovich

Bank Moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11659948

Annotatsiya.

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlari loyihalarini strategic boshqaruv

tizimini shakllantirish xususida mulohazalar berilgan. Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqaruv
tizimidagi o‘rni va roli alohida tilga olingan. Aksiyadorlik jamiyatlarining yagona tizim
yaratishdagi o‘rni aniqlandi.

Kalit so‘zlar:

aksiyadorlik, firma, kompaniya, liberallashtirish, aksiyadorlik jamiyatlari,

buyruqbozlik.

FORMATION OF STRATEGIC MANAGEMENT SYSTEM OF PROJECTS OF JOINT

STOCK SOCIETIES

(In the case of JSC "Uzbekistan Railways")

Abstract.

This article provides comments on the formation of a strategic management

system for projects of joint-stock companies. The place and role of joint-stock companies in the
management system is mentioned separately. The role of joint-stock companies in the creation of
a unified system was determined.

Key words:

joint stock, firm, company, liberalization, joint stock companies, command.

ФОРМИРОВАНИЕ СИСТЕМЫ СТРАТЕГИЧЕСКОГО УПРАВЛЕНИЯ

ПРОЕКТАМИ АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВ

(В случае АО «Узбекские железные дороги»)

Аннотация.

В данной статье приведены комментарии по вопросам формирования

системы стратегического управления проектами акционерных обществ. Отдельно
упомянуто место и роль акционерных обществ в системе управления. Определена роль
акционерных обществ в создании единой системы.

Ключевые слова:

акционерное общество, фирма, компания, либерализация,

акционерные общества, команда.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar milliy

davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, iqtisodiyot, jumladan temir yoʻl transport tizimini
rivojlanishini ta'minlash uchun muhim poydevor boʻldi, xoʻjalik boshqaruv organlari, firma va
kompaniyalarning munosib faoliyat olib borishlari, tadbirkorlarimizning bunyodkorlik
salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Iqtisodiyotda ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari
bosqichma-bosqich amalga oshirilgani, iqtisodiyotning yuqori sur'atlar bilan oʻsishini va
rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻlining chuqur tahlili, bugungi kunda

jahon bozori kon'yunkturasi keskin oʻzgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib
borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo
yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishni taqozo etmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

444

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har

tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizasiya
qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni amalga
oshirish maqsadida 2017 - 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yoʻnaltirilgan, milliy iqtisodiyot,

jumladan temir yoʻl transporti sohasining raqobatbardoshligini oshirish, transport infratuzilmasini
modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish boʻyicha
institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash orqali
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari, xususan temir yoʻl transporti sohasiga xorijiy sarmoyalarni
faol jalb etish boʻyicha kompleks loyihalarni amalga oshirish strategiyadan oʻrin egallagan.

Strategik boshqaruv nazariyasining rivojlanishining ikkinchi bosqichi sifatida, odatda

1970-yillarning oʻrtalaridan 1980-yillargacha boʻlgan davr nazarda tutiladi. Bu davrda strategiya
nazariyasining akademik infratuzilmasi jadal sur'atlar bilan shakllandi. Shuningdek bu davrda
oldingi bosqichda farqli oʻlaroq kompaniyalar faoliyatini rejalashtirish emas, balki ularni tegishli
bozorlarda oʻz oʻrnini egallashi muxim masala sifatida ilgari surildi va keng tadqiq etildi.

Mamlakatimizda temir yoʻl tizimini isloh etishga qaratilgan bir nechta loyihalar ilgari

surilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 2-martdagi “Temir yoʻl
transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-2815-
son Farmoni muhim axamiyatga ega boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Temir
yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2001
yil 2 martdagi PF-2815-son Farmonini bajarish yuzasidan va «Oʻzbekiston temir yoʻllari» davlat-
aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv tizimini takomillashtirish, temir yoʻl transporti
korxonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, tarmoq
korxonalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun
investisiyalar, shu jumladan xorijiy investisiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
3 martdagi 108-son Qarori qabul qilindi va sohada bir qancha ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirildi.
Jumladan, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida yoʻlovchilarni
tashish boʻyicha «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi», yuklarni konteynerlarda tashish boʻyicha
«Oʻztemiryoʻlkonteyner» va refrijerator vagonlarida tashish boʻyicha «Yoʻlreftrans», yoʻlovchi
tashish vagonlari va yuk vagonlarini ta'mirlash korxonalari aksiyalashtirildi. Yuk va yoʻlovchilar
tashish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi
davlat ulushlari toʻliq sotildi.

Temir yoʻl transportini boshqarishda funksional va hududiy yondashuvlarning oʻzaro yaqin

aloqasini ta'minlaydigan mintaqaviy temir yoʻl uzellari barpo etildi. Harakatdagi tarkib ta'minoti,
uni ta'mirlash va unga texnik xizmat koʻrsatish tizimi takomillashtirildi va uning bazasi
mustahkamlandi.

Ammo, bugungi kunda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning

beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida koʻzda tutilgan islohotlar tizimni
monipoliyadan chiqarish boʻyicha navbatdagi turkum loyihalar dasturi va portfelini ishlab
chiqishni taqozo etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

445

Strategik boshqaruv nazariyasining 1990-yillardan boshlangan uchinchi davri strategik

boshqaruv nazariyasi asosidagi tadqiqotlarga boyligi bilan ifodalanadi va bunda strategik
boshqaruvning resurs bazasi shakllangan davr sifatida talqin qilinadi.

Kompaniya tashqi muxitini tahlil qilganda tahlilning turli toifalarini qoʻllash mumkin.
Jumladan:
1.Solishtirma tahlil usuli;
2.Omillar tahlili usuli;
3.Guruxlashtirish usuli;
4.Grafik usullar;
5.Funksional-qiymatlar usuli;
6.Marjinal tahlil uchsuli;
7.Evristik usullar;
8.Chiziqli-dasturlash usullari.
Shuni ta’kidlash joizki, tashqi muhitni tahlil qilganda yuqorida qayd etilgan an’anaviy

usullardan tashqari M.Porterning raqobatbardoshlik tahlili usulini, Kontr-konkurent usulini, Xal
etuvchi omil tahlili usulini qoʻllash mumkin. Ammo, tashqi muxitni PEST usuli asosida tahlil
qilish albatta amalga oshirilshi lozim. Bunda tashqi muxitdagi tizimlarning kompaniya bilan
munosabatlaridagi mavjud va ishga solinmagan barcha omillari PEST-tahlilning barcha tarkibiy
me'zonlari boʻyicha, ya'ni omillarning R - siyosiy, E - iqtisodiy, S - ijtimoiy va T -texnologik
jixatlari boʻyicha tahlil etib chiqiladi. Bunda PEST tahlil usulini amalga oshirishning asosiy
bosqichlari xisoblangan quyidagi:

- mezon tizimni asosiy koʻrsatgichlariga ta'sir etuvchi omillarini aniqlash;
- aniqlangan xar bir omilning tavsifi va rivojlanish dinamikasiga oid ma'lumotlar toʻplash
- ma’lumotlarni hamda xar bir omilning axamiyati va ta'sir darajasini tahlil qilib chiqish
- PEST tahlil natijalarini bitta yigʻma jadvalga jamlash vazifalarining xar biri aloxida, qunt

bilan amalga oshirilishi joiz.

Ma’lumotlar “Tashqi muhit omillari”, “Strategiyani elementlarini oʻzgartirish yoʻnalishlari

va tendensiyalari”, “Strategiya elementlari – omillari ta’sir etuvchi ob’ektlar”, hamda “Ta’sir
oqibati va oʻzgarishlar tavsifi” deb nomlangan ustunlardan iborat PEST tahlil natijalarini yigʻma
jadvaliga yigʻib, uning asosida tashqi muxit ob'ektlariga ta’sir koʻrsatishga qaratilgan chora-
tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yoʻnaltirilgan makroiqtisodiy

barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish sur'atlarini saqlab qolish, milliy
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xoʻjaligini modernizasiya qilish va jadal
rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish boʻyicha institusional va tarkibiy
islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini
yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirish, hududlar,
tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish,
investisiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga
xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish xarakatlar strategiyasining alohida ustuvor yoʻnalishi sifatida
qayd etilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

446

Farmon bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiyasi
tashkil etilgan. Shunisi e'tiborliki, harakatlar strategiyasini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish
barcha davlat va hoʻjalik boshqaruv organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining
birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.

Shuningdek, farmonda harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston

Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar
zimmasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil
etish va nazorat qilish, shuningdek Harakatlar strategiyasini 2018 - 2021 yillarda amalga oshirish
boʻyicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatilgan.

Mamlakatimiz temir yoʻl transporti tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan

islohotlarning navbatdagisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-
avgustdagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil
etishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi VMQ-366 son qarori asosida amalga oshirildi.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori temir yoʻl transporti tizimi korxonalarini xususiylashtirish
boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning mantiqiy yakuniga etkazish ishlarini jadallashtirishga
xizmat qildi.

2011-yildan boshlab, temir yoʻlda tashish xavfsizligini ta'minlash, temir yoʻl vokzallarida

(stansiyalarida) yoʻlovchilar va boshqa shaxslarni, qoʻl yukini, bagajni koʻzdan kechirish,
yoʻlovchilar va boshqa shaxslarning temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarida) boʻlishi qoidalari,
yoʻlovchilar tashish poezdlarida tashish taqiqlangan va cheklangan xavfli moddalar va buyumlarga
oid, yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy
hujjatlar ishlab chiqsh loyihalari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-noyabrdagi “Oʻzbekiston

Respublikasi temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat
inspeksiyasida tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan temir yoʻl transporti sohasida ruxsat berish
tartibotlaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi” VMQ-310 son qarori
soxadagi xizmat koʻrsatish soxasini son jixatidan sifat darajasiga koʻtarilishiga olib keladigan
me’yoriy-huquqiy hujjat boʻldi deb atash mumkin.


REFERENCES

1.

Соколовский Д.Л. Речной сток. – Л.: Гидрометеоиздат, 1968. – 538с.

2.

Туляганов А.Х, Салимова Б.Д. Автомобиль йўлларидаги сув ўтказувчи
иншоотларни лойиҳалашда сув ва сел тошқинларининг тавсифларини
ҳисоблаш. Тошкент, “Iqtisod−Moliya”, 2016.−156 б.

3.

Международнуе экономические отношения /Под ред. Хасбулатова Р.И. М.:
Новости, 1991.Т.1.

4.

Пебро М. Международнуе экономические, валютно-финансовуе отношения. -
М.: Прогресс-Универс, 1994.

Библиографические ссылки

Соколовский Д.Л. Речной сток. – Л.: Гидрометеоиздат, 1968. – 538с.

Туляганов А.Х, Салимова Б.Д. Автомобиль йўлларидаги сув ўтказувчи иншоотларни лойиҳалашда сув ва сел тошқинларининг тавсифларини ҳисоблаш. Тошкент, “Iqtisod−Moliya”, 2016.−156 б.

Международнуе экономические отношения /Под ред. Хасбулатова Р.И. М.: Новости, 1991.Т.1.

Пебро М. Международнуе экономические, валютно-финансовуе отношения. - М.: Прогресс-Универс, 1994.