2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
13
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA ONA TILI VA O'QISH
SAVODXONLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI
Mo‘minova Marhabo
Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13895026
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ona tili va o`qish
savodxonligi fanlarini o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etishda didaktik asoslarning o‘rni xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek
sohalarga oid misollar ko`rib chiqiladi, matn bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish
masalalari yoritiladi hamda tahlil olib boriladi.
Kalit so‘zlar: didaktik o‘yinlar texnologiyasi, interfaol metod, kombinatsiya, o‘quv-bilish
faolligi, innovatsion prinsip, shakldosh va ma’nodosh so‘zlar.
DIDACTIC PRINCIPLES OF IMPROVING MOTHER LANGUAGE AND READING
LITERACY IN PRIMARY CLASS STUDENTS
Abstract. This article discusses the role of didactic foundations in the introduction of
modern pedagogical and information communication technologies for teaching native language
and reading literacy to elementary school students. Also, examples related to fields are considered,
the issues of developing skills of working with text are highlighted and analysis is carried out.
Key words: technology of didactic games, interactive method, combination, learning
activity, innovative principle, similar and meaningful words.
ДИДАКТИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ РОДНОЙ ЯЗЫКА И
ЧИТАТЕЛЬНОЙ ГРАМОТНОСТИ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
Аннотация. В статье рассматривается роль дидактических основ во внедрении
современных педагогических и информационно-коммуникативных технологий обучения
родному языку и читательской грамотности учащихся начальных классов. Также
рассматриваются примеры, связанные с областями, освещаются вопросы развития
навыков работы с текстом и проводится анализ.
Ключевые слова: технология дидактических игр, интерактивный метод,
комбинирование, учебная деятельность, инновационный принцип, сходные и
содержательные слова.
KIRISH
Bugungi kun shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda boshqa sohalar kabi ilm-fan
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
14
sohasi ham rivojlanishlarni, bidimlarni yangicha qarashlar bilan o‘rganishni talab etmoqda. Bu
esa o‘z navbatida, har bir fanga doir yangicha metodologik prinsiplarni, yangicha ta’lim
texnologiyalarini kashf etish, rivojlantirishni taqozo qilmoqda.
Ona tili fanidan davlat ta’lim standartlari – DTSning malaka talablari bo‘yicha o‘quvchi
shaxsida shakllantirilajak o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ
rivojlantirish;
kamolotga
intilish,
mustaqil
o‘qib-o‘rganish; nutqiy kommunikativ
kompetensiyasini muntazam oshirib borish; o‘z bilimi, xatti-harakatini baholash va mustaqil qaror
qabul qilish kompetensiyasini egallash, til imkoniyatlaridan foydalangan holda fikrni to‘g‘ri,
ravon bayon eta olish qobiliyatini rivojlantirish kabi me’yorlarga alohida e’tibor qaratilgan [2].
ADABIYOTLAR SHARHI
Nazariy tahlil “nutq” tushunchasiga mavjud tilshunoslik, pedagogik, psixologik hamda
metodik adabiyotlarda turlicha izohlar berilganligini ko‘rsatdi.
Xususan,
“Pedagogik
ensiklopedik lug‘at”da nutq “insonlarning til vositasida amalga oshiriladigan muloqot
(kommunikatsiya) shakli bo‘lib, u fikrni ifodalash vositasi bo‘lishi bilan birga fikrlashning asosiy
mexanizmi” [4, 15-b.], “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da nutq deganda uning og‘zaki
(ovozli) va yozma ravishda namoyon bo‘lishidagi jarayonlar, ya’ni so‘zlash jarayoni va uning
natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar)” [6, 424-425-b.],
deya e’tirof etiladi. Psixologlar tomonidan nutq “odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani
o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki o‘zaro aloqa o‘rnatish yoki o‘z harakatlarini rejalashtirish
maqsadida tildan foydalanish jarayoni” [5, 192-b.], deb ta’riflangan. Metodik olimlar tomonidan
nutq “kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga
solish” sifatida ham talqin etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, nutq ijtimoiy sub’ektlarning til
vositasida amalga oshiriladigan faoliyat turidir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
“O‘qish kitobi” darsliklarida berilgan matnlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq
ko‘nikmalarini shakllantirishda vosita hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining
asosiy maqsadi o‘quvchilarni matn mazmunini to‘g‘ri tushunish, ongli va ifodali o‘qiy olish,
matnda berilgan axborotni idrok qilish, matnda ifodalangan voqelikka nisbatan munosabat
bildirishga tayyorlashdir. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi metodik tayyorgarlikni
darsning maqsadi, o‘rganilayotgan materialning mazmuni, o‘quvchilarning mavjud bilim,
ko‘nikma, malakalari darajasiga ko‘ra amalga oshiradi. O‘quvchilarni asar matnini o‘qishga
tayyorlashda, birinchi navbatda, ularni matn mavzusi, tili, g‘oyaviy mazmuni va badiiy-estetik
qiymati bilan tanishtirish, matn mazmunidan tegishli xulosa chiqarishga e’tibor qaratiladi. O‘qish
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
15
faoliyati ham nutqning alohida ko‘rinishi hisoblanadi.
O‘quvchining o‘z fikrini qanchalik mazmunli, aniq va to‘g‘ri ifodalay olishi uning o‘quv-
bilish faolligi darajasini, ko‘nikma va malakalarini aniqlashga imkon beradi. O‘qish darslarida
matnni idrok qilish va mazmun-mohiyatini o‘zlashtirish yuzasidan qo‘yilgan savol va topshiriqlar
o‘quvchilarni o‘ylashga majbur qilishi, javob berishda muallif qo‘llagan iboralardan, badiiy tasvir
vositalaridan foydalanishga qaratilishi, nutqda ko‘proq o‘zi uchun yangi so‘z va iboralarni
ishlatishga undashi lozim.
Matnni o‘qish ko‘nikmasiga egalik, o‘z navbatida, o‘quvchi nutqini boyituvchi muhim
omillardan biri sanaladi.
Boshlang‘ich ta’limga oid “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari”da
“O‘qish” darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik talablar o‘quvchilar e’tibori nimani o‘rganish va
nimani esda saqlab qolish kerak ekanligiga qaratilishidan boshlanadi.
Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarni ijodiy, mustaqil va mantiqiy mushohada
yuritishga, matnni tahlil qilish va unga o‘z munosabatini bildira olishga o‘rgatish o‘qituvchidan
katta mahorat talab etadi.
Zamonaviy metodlarning eng asosiylari sifatida quyidagi metodlar e’tirof etilganligi
hammamizga ma’lum: modulli ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi,
muammoli ta’lim texnologiyasi, interfaol metod texnologiyasi, didaktik o‘yinlar texnologiyasi va
sinov darslari.
Bular innovatsion metodlardir.
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlarni qo‘llash vositasida
o‘quvchilarda faol harakat
va qiziqish uyg‘otiladi. Ta’lim jarayoni, uning rivojlanishi va samarali kechishi ko‘p jihatdan
o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ishonchi asosida qurilgan ochiq muloqotiga bog‘liq. Dars
jarayonidagi o‘yinlar esa bu muhitni mustahkamlashda asosiy rol o‘ynaydi. O‘yinlar guruhlarda
ishlab mashq qilishga odatlantiradi va uncha ko‘p vaqtni olmaydi. Jamoaviy ishlash davomida
o‘quvchilar faolligi oshadi va darsga nisbatan diqqat-e’tibori kuchayadi. O‘yinlar vositasida
o‘quvchilarga yangi bilim berish, ko‘nikma hosil qilish, kichik guruh a’zolarining ijodiy
qobiliyatlarini rag‘batlantiradi. O‘yinlarni asosan darsning kirish yoki yakuniy qismida o‘tkazish
maqsadga muvofiqligi qo‘llanmalardan ma’lum. O‘yinlarni maqsadiga binoan turlarga ajratish
mumkin:
«So‘zdan so‘z top» o‘yini.
Bu o‘yinda bir so‘zdan bir necha so‘zlar keltirib chiqarish talab
qilinadi. Bu o‘yin turi o‘quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini
yuzaga chiqaradi. Bu o‘yinni aynan takrorlashdan qochib, ma’lum bir mavzuga bog‘liq holda
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
16
o‘tkazish yo‘llari xususida fikr yuritamiz.
Berilgan so‘z tarkibidagi harflarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, bir necha so‘zlar
hosil qilish mumkin. Demak, bu o‘yinni ma’lum bir mavzu bilan bog‘liq holda o‘tkazsa ham
bo‘ladi. «So‘zdan so‘z» o‘yinidan tilning barcha sathlarini o‘qitishda foydalanish mumkin.
Jumladan, leksikologiya bo‘limida shakldosh, zid ma’noli so‘zlar mavzularini o‘rganishda
bu o‘yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o‘qituvchi shakldosh yoki zid ma’noli so‘zlarni
keltirib chiqarish mumkin bo‘lgan so‘zlarni tanlay bilishi va shunday keyingina ularni o‘quvchilar
e’tiboriga havola qilishi lozim. Omonim (shakldosh) so‘zlar mavzusi o‘rganilgach, o‘quvchilarga
quyidagi so‘zlarni berish va ulardan shakldosh so‘zlarni keltirib chiqarish vazifasi topshiriladi.
Gulhamishabahor, tutqich, chekinmoq. Tutqich
so‘zidan
tut
(tutmoq fe’li, mevali
daraxt),
chek
(chekmoq fe’li, chek patta, ...) ishtirokida shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan
so‘zilarni keltirib chiqarish mumkin. Bundan tashqari, bittagina
gulhamishabahor
so‘zidan
or, ur,
hamisha, ham, bashara, gul, ruh, baho, bu, hashar, hamishabahor
so‘zlarini yasash mumkin.
XULOSA VA MUNOZARA
Xulosa qilib aytganda, bugungi har qanday zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘z
mohiyatiga ko‘ra ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va
jamoa holida ishlash, o‘rganilayotgan mavzu, muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini dadil,
erkin ifodalash, o‘z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish,
g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab
olishga rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, bugungi zamonaviy metodlar bugungi ta’lim tizimidagi yangi istiqbolli
yo‘nalish sifatida qaralmoqda. O‘quvchi-talaba yoshlarni ijodiy fikrlashga undovchi, biror bir
mavzu haqidagi bilimlarni atroflicha egallash va tushunchalar hosil qilishda kattagina ahamiyat
kasb etadi.
REFERENCES
1.
Safarova R., Musaev U., Musaev P., Yusupova F., Nurjanova R. O‘zbekiston
Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim strategiyasi muammolari va ta’lim mazmunining yangi
modellari, ularni tatbiq etish yo‘llari. – T.: “Fan”, 2015. – 85-86-b. Safarova R., Musaev U.,
Musaev P., Yusupova F., Nurzhanova R. Problems of general secondary education strategy
and new models of educational content in the Republic of Uzbekistan, ways of their
implementation. - T.: "Fan", 2015. - pp. 85-86. Сафарова Р., Мусаев У., Мусаев П.,
Юсупова Ф., Нуржанова Р. Проблемы стратегии общего среднего образования и
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
17
новые модели содержания образования в Республике Узбекистан, пути их
реализации. — Т.: «Фан», 2015. — С. 85-86.
2.
Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – T.: “Fan”, 2018. – 160 b. Yoldoshev M.
Lingupoetics of literary text. - T.: "Fan", 2018. - 160 p. Юлдошев М. Лингвопоэтика
художественного текста. – Т.: «Фан», 2018. – 160 с.
3.
Usmonov S. Boshlang‘ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning pedagogik
asoslari: Ped. fanl. nomz
diss. avtoref. – T.: 2014. – 24 b. Usmanov S. Pedagogical
foundations of organizing spiritual and educational work in primary grades: Ped. science
nomz diss. autoref. - T.: 2014. - 24 p. Усманов С.В. Педагогические основы организации
духовно-воспитательной работы в начальных классах: Пед. наука номз дисс. автореф.
- Т.: 2014. - 24 с.
4.
Tarbiya / Ota-onalar va murabbiylar uchun ensiklopediya. Tuzuvchi M.N.Aminov, mas’ul
muharrir A.M.Majidov. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2010. – 528 b.
Education / Encyclopedia for parents and teachers. Compiler M.N. Aminov, responsible
editor A.M. Majidov. - T.: "National Encyclopedia of Uzbekistan", 2010. - 528 p.
Образование / Энциклопедия для родителей и учителей. Составитель М. Н. Аминов,
ответственный редактор А. М. Меджидов. – Т.: «Национальная энциклопедия
Узбекистана», 2010. – 528 с.
5.
Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF
METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL
THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.
