RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotasiya

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar muhitida bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy pedagogik mahoratini oshirish metodikasini takomillashtirish usullari va mazmuni, samarali vositalar hususida fikr yuritilgan. O’qituvchini yangi raqamli kompetensiyalariga qanday bo’lishi jahon pedagogikasi misolida bayon qilingan. Raqamlashtirish kompyuterlashtirishni joriy qilinishi, hayotni va jamiyatni barcha sohalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar ahamiyati, ulardan oqilona va samarali foydalanish talablari keltirilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Tashmatova, G. (2024). RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(12), 683–688. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/57449
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar muhitida bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy pedagogik mahoratini oshirish metodikasini takomillashtirish usullari va mazmuni, samarali vositalar hususida fikr yuritilgan. O’qituvchini yangi raqamli kompetensiyalariga qanday bo’lishi jahon pedagogikasi misolida bayon qilingan. Raqamlashtirish kompyuterlashtirishni joriy qilinishi, hayotni va jamiyatni barcha sohalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar ahamiyati, ulardan oqilona va samarali foydalanish talablari keltirilgan.


background image


Dekabr, 2024-Yil

683

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR MUHITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING

KASBIY PEDAGOGIK MAHORATINI OSHIRISH METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH

Tashmatova Gulzoda

Guliston davlat pedagogika instituti o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14476557

Annotatsiya.

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar muhitida bo’lajak

o’qituvchilarning kasbiy pedagogik mahoratini oshirish metodikasini takomillashtirish usullari va

mazmuni, samarali vositalar hususida fikr yuritilgan. O’qituvchini yangi raqamli

kompetensiyalariga qanday bo’lishi jahon pedagogikasi misolida bayon qilingan.

Raqamlashtirish kompyuterlashtirishni joriy qilinishi, hayotni va jamiyatni barcha

sohalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar ahamiyati,

ulardan oqilona va samarali foydalanish talablari keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamli texnologiya, pedagogik mahorat, ta’lim, tarbiya, rivojlanish,

axborot kommunikatsion texnologiyalar, virtual dunyo, rivojlanish, globallashuv, motivatsiya.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОЛОГИИ ПОВЫШЕНИЯ

ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ НАВЫКОВ БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ В СРЕДЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются методы и содержание

совершенствования методики повышения профессионально-педагогического мастерства

будущих учителей в среде цифровых технологий, а также эффективные инструменты.

Как вооружить учителя новыми цифровыми компетенциями, рассказано на

примере мировой педагогики. Цифровизация, внедрение компьютеризации затрагивает все

сферы жизни и общества. Представлено значение цифровых технологий в высшем

образовании, требования к их рациональному и эффективному использованию. Ключевые

слова: интеграция, результат, опыт.

Ключевые слова:

цифровые технологии, педагогическое мастерство, образование,

воспитание, развитие, информационно-коммуникационные технологии, виртуальный мир,

развитие, глобализация, мотивация.

IMPROVING METHODS FOR IMPROVING PROFESSIONAL PEDAGOGICAL

SKILLS OF FUTURE TEACHERS IN THE ENVIRONMENT OF DIGITAL

TECHNOLOGIES


background image


Dekabr, 2024-Yil

684

Abstract.

This article discusses the methods and content of improving the methodology of

improving the professional pedagogical skills of future teachers in the environment of digital

technologies, as well as effective tools. How to equip a teacher with new digital competencies is

described on the example of world pedagogy. Digitization, the introduction of computerization,

affects all spheres of life and society. The importance of digital technologies in higher education,

requirements for their rational and effective use are presented. Key words: integration, result,

experience.

Key words:

digital technology, pedagogical skills, education, upbringing, development,

information and communication technologies, virtual world, development, globalization,

motivation.

Bugungi raqamli texnologiyalar asrida ilg’or xorijiy tajribalar orqali bo’lajak

o’qituvchilarning kasbiy mahoratini raqamli texnologiyalari muhitida oshirishni takomillashtirish

dolzarb masalalardan biridir. Ma’lumki, pedagog doimiy ravishda o’sib o’zgarib boradigan inson

ob’ekti bilan ishlaydi. Bu esa ular bilan ishlashda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-

harakatlardan foydalanish mumkin emasligini bildiradi ya’ni, pedagogdan doimo izlanish, xorijiy

tajribalarni o’rganishni talab etadi.

Ta'limning samaradorligi o'qituvchi va talabaning faoliyatiga, ta'lim vositalarining

mavjudligiga, o'quv jarayonining tashkiliy, ilmiy, uslubiy mukammalligiga, jamiyatdagi

odamlarning bilimlariga bo'lgan ehtiyojga va hali aniqlanmagan boshqa omillarga bog'liq.

O'qituvchining pedagogik mahoratini shakllantirish uchun, birinchi navbatda, pedagogik

faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish kerak. Buning uchun o'qituvchining istaklari va manfaatlarini

hisobga olish, uning intilishlarini va boshqa tashqi omillarni uyg'unlashtirish, kasbiga va shaxsiy

xususiyatlariga qarab faolligini oshirish kerak. Bu sinchkovlik bilan o'rganish, kuzatish, tajribani

o'rganish, tahlil qilish va xulosa qilishni talab qiladi

Pedagog - o‘quvchilar, yoshlar yoki boshqa insonlarga ta'lim berish, taraqqiyotlariga

yordam berish va tayyorlash bo‘yicha ilmiy va amaliy ishlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassisdir.

Pedagog, o‘quvchilarning o‘zlarini o‘rganishlariga yordam berish, talabalarning o‘zaro

munosabatlarini rivojlantirish va ularning o‘zlarini va dunyosini tushunishlarini oshirish

maqsadida o‘qitish usullari, texnologiyalari va dasturlaridan foydalanadi. Eng avvalo ushbu

xususiyatlarga ega bo‘lish uchun esa pedagogda mahorat shakllanishi lozim.

Pedagogik mahorat - bu o'qituvchining insonparvarlik va sub'ektivlik tamoyillariga

asoslanib, pedagogik jarayonni tashkil etish va boshqarish qobiliyati.


background image


Dekabr, 2024-Yil

685

Shuningdek, ushbu kasbiy va shaxsiy xususiyatlar bir nechta pedagogik vazifalarni

muvaffaqiyatli bajarish uchun asos bo'lishi mumkin, masalan, talaba yoshlarning ma'naviy va

jismoniy rivojlanishini ta'minlash, o'quv va kognitiv faoliyatni faollashtirish. Har bir yosh

mutaxassisni puxta ilmiy va nazariy bilimlar bilan taminlash, olingan ilmiy bilimlarni amaliy

faoliyatda qo'llash, mahorat va ko'nikmalarni egallash, tarbiyalash, albatta, oson emas. Ilmiy, ongli

munosabatda bo'lgan, mustaqil fikrlaydigan, mukammal ma'lumotni o'zlashtirishga muhtoj,

kognitiv faollik va aqliy mehnat madaniyatini o'zida mujassam etgan yoshlarni tarbiyalash muhim

vazifasidir. Zamonaviy sharoitda o'qituvchi ijodiy fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Kasbiy Kamolot,

mutaxassis sifatida shaxsning rivojlanishi bu jarayonda o'z mohiyatiga ko'ra namoyon bo'ladi.

Pedagogik mahorat - bu har bir o'qituvchiga xos bo'lgan o'quv ishlarini doimiy ravishda oshirish,

takomillashtirishga asoslangan san'at. Ushbu san'at kognitiv faoliyatni muntazam ravishda tartibga

solish, o'z ishini boshqarish va yuksaltirish bilan tavsiflanadi. U pedagogik va psixologik

nazariyalardan samarali foydalanishni ta'minlaydi.

Pedagogik mahoratning eng muhim tarkibiy qismi bu kasbiy tajriba-o'qituvchi o'z faoliyati

davomida olgan bilim, ko'nikma va malakalar majmui. U quyidagi yo'llar bilan hosil bo'ladi:

doimiy o'z-o'zini tarbiyalash;

eng yaxshi ish tajribasi bilan tanishish;

ilmiy konferentsiyalarda

ishtirok etish;

o'qituvchilar o'rtasida tajriba almashish;

qo'shma pedagogik tadqiqotlar

o'tkazish;

tajribali hamkasblar va mutaxassislardan maslahat olish

Axborot texnologiyalari va global integratsiya, kuzatuvchi an’analar va talabalarining

ko‘proq bilim va ko‘nikmalariga muhtojlikka aylanib kelishi, hozirda pedagogik tadqiqotlar va

o‘qitish usullari qiziqarli o‘zgarishlarga uchraganligi haqida ildizli matnlar va bu bo‘yicha

maqolalar ko‘p e’lon qilinmoqda. Boshlang‘ich pedagogik mahorat bu o‘zgarishlarni tushuntirish

va uni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy tushunchalarni ta’minlashda muhim ahamiyatga

ega. Boshlang‘ich pedagogik mahorat bir necha ko‘rinishda shakllanadi: 1. Tarbiya va

psixologiya: Bu shaklda pedagogik mahorat, talabalarning rivojlanishini tushunishga va

o‘zlashtirishga qaratilgan asosiy prinsiplarni o‘z ichiga oladi. Bu, talabalarning psixologik,

ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishlarini tushunish, ularning o‘rganish va tarbiyalanish jarayonlarini

nazorat qilishni o‘rgatish, o‘qitish usullari va muntazam dasturlar tuzishni o‘rgatish va talabalarni

o‘zlashtirishlarini yaxshilashga yordam berishni o‘z ichiga oladi.

2. Dasturlash: Bu shaklda pedagogik mahorat, ta’limning asosiy aspekti bo‘lgan

dasturlashga qaratilgan asosiy prinsiplarni o‘z ichiga oladi. Bu, talabalar uchun ta’lim dasturlarini


background image


Dekabr, 2024-Yil

686

tuzish, o‘rganish jarayonlarini rejalashtirish, o‘qitish usullarini nazorat qilish, va talabalar uchun

muhim ko‘nikmalarni o‘rgatish jarayonlarini nazorat qilishni o‘rgatishga yordam beradi.

3. O‘qitish usullari: Bu shaklda pedagogik mahorat, o‘qituvchilar uchun asosiy o‘qitish

usullariga qaratilgan asosiy prinsiplarni o‘z ichiga oladi. Bu, talabalarni tushunish va ularga

ko‘nikmalar va bilimlar o‘rgatish jarayonlarida o‘qitish usullari va xususiyatlarini tushunish,

talabalarni baholash, o‘quv dasturlarini nazorat qilish, va ularni o‘rganish jarayonlarini nazorat

qilishni o‘rgatishga yordam beradi.

Butun dunyoda hozir katta e’tibor ostida turgan tushunchalar bular “raqamli savodxonlik,

“raqamli ta’lim”, “raqamli ta’lim muhiti”, “raqamli didaktika” bo’lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda

raqamlashtirish inson faoliyatining barcha sohalarini ishonch bilan tezkor egallab bormoqda.

Jamiyat oldida endi ana shu raqamli kasbiy kompetensiyalarga ega bo’lgan mutaxassislarni

tarbiyalash vazifasi turibdi. O’zbekistonda ham Prezident Sh.M.Mirziyoyev raqamli iqtisodiyot,

raqamli ta’lim, raqamli aqlli shaharlar qurishminglab dasturchilar tayyorlash to’g’risida qarorlar

va farmoyishlar chiqardilar. Raqamli iqtisodiyot raqamli turizm va raqamli ta’lim sohasida qator

mutaxassislar tayyorlash ta’lim dasturiga kiritilgan. Davlat xizmatlarini yo’lga quyib butun

aholiga raqamli ta’lim berish ularda raqamli murojat ko’nikmalarini, telefon va kompyuterlardan

foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish yo’lga qo’yilmoqda.

Raqamli ta’lim tizimini yaratish HEMIS dasturi oliy ta’limda ta’limni raqamlashtirishning

yorqin namunasi bo’lib hisoblanadi. Ta’limni barcha turlarini raqamlashtirishni shu darajaga

yetkazish kerakki u aholining barcha qatlamiga ta’lim olishga imkon yaratib bersin. Ta’limni

raqamlashtirishni shu darajaga yetkazish kerakki barcha ta’lim tashkilotlari va boshqaruv

tizimidagi xodimlar undan foydalana olsinlar. Oliy ta’limda HEMIS, o’rta maxsus ta’limda …

o’rta ta’limda elektron kundalik va hokazolar yo’lga tizimli qo’yilishi kerak. Raqamli ta’lim va

raqamli iqsodiyotda har bir ishtirokchining kompotensiyalari bo’lishi kerak. Bu degani har bir

fuqaroning shaxsiy kompotensiyalari electron muhitda shakllantiriladi. Uning ko’nikma, malaka,

bilim, kompotensiyalari to’plagan tajribasi, turli yutuqlari ko’rinib turadi. Bu fuqaroni mehnat

bozorida raqobatbardoshligini ko’rsatadi.

Pedagogik mahoratni ijobiy rivojlantirish quyidagi yo‘llardan biri yoki bir nechasi orqali

amalga oshirilishi mumkin:

1. Ta’limni modernlashtirish: Ta'limning modern usullariga mos keluvchi o‘qitish

metodlarini ishlatish va yangi texnologiyalardan foydalanish orqali, pedagogik mahoratni

rivojlantirish mumkin.


background image


Dekabr, 2024-Yil

687

Bu, talabalarga qiziqarli, samarali va innovatsion ta'lim jarayonlarini taqdim etishga

yordam beradi va ularning o‘zlarini va dunyoni tushunishlarini oshirishga o‘z hissasini keltiradi.

2. Talabalarni alohida tahlil qilish: Har bir talabaga alohida tahlil va baho berish orqali,

ularning o‘zlarini nima qadar tushunishlarini, bilim darajalarini, xohishlarini va xavfsizlik

talablarini tushunish mumkin. Bu, o‘qituvchilar uchun talabalarning maxsus xususiyatlarini,

ajoyibliklarini va zaxiraliklarini ko‘rib chiqish imkonini beradi va shuningdek, ularning o‘ziga

mahsus individual ta'lim dasturlarini tuzishga imkon beradi. 3. O‘quv jarayonini biznesga

moslashtirish: Pedagogik mahoratni biznes va loyihalar jihatidan rivojlantirish mumkin. O‘quv

jarayonlari biznesning talabalarni qabul qilishiga qaratilgan kriteriyalarga moslashtirilishi mumkin

va shu bilan birga, o‘qituvchilar biznesga oid texnologiyalarni o‘quv jarayonlarida ishlatish orqali

talabalarni biznes hayotida ishga kirishga tayyorlashadi.

4. O‘quv materiallarini yaxshilash: O‘quv materiallari tayyorlash va ulardan foydalanish

yordamida pedagogik mahoratni rivojlantirish mumkin. O‘qituvchilar o‘zlarining o‘qitish

usullariga mos keluvchi yangi o‘quv materiallarini tuzish orqali talabalarning tushunishlarini

oshirishga yordam berishadi. O‘quv materiallari qo‘llanmalar, darsliklar, maqolalar, interaktiv

veb-saytlar va boshqa turdagi tahlil materiallari bo‘lishi mumkin. 5. Hamkorlik va tajribali

o‘qituvchilardan o‘rganish: Boshqa pedagogik mahorat mutaxassislarining fikr-mulohazalaridan,

tajribalaridan va texnologiyalardan foydalanish, ularning qo‘shimcha ko‘nikmalari va

texnologiyalari haqida o‘rganish.

Pedagog o’quvchilarning faolligi va bilimini tanqidiy obyektiv, tahlil qilib baholay olishi

kerak. O’z vaqtida qayta aloqani o’rnatishda raqamli texnologiyalardan foydalanishi lozim.

Beshinchi yo’nalish o’qituvchini raqamli resurslarga kira olishi kerak, shunday qobiliyatga

ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga ta’limga differensiallashgan va individual, shaxsiy yondashuvni

tarbiyalashi kerak bu bilan o’quvchilarni ham raqamli texnologiyalarga jalb qilishi kerak.

O’quvchilarda tug’iladigan raqamli ta’lim muammolarini hal qilishi kerak. O’quvchilarni

Raqamli ta’limda o’zini ko’rsatishga yo’l ochib berishi kerak. Oltinchi yo’nalish pedagogning

information va mediasavodxonligi bilan bog’liq. Pedagog kasbiy hamkorlikda o’zini

informatsiyani yig’ish, raqamli ta’lim muhitida o’quvchilarni oldidagi muammolarni yuqori

saviyada hal qila olishi kerak. Raqamli texnologiyalarda o’quvchilarni samarali o’qishi va ta’lim

olishini ta’minlashi lozim. Yuqorida keltirilgan kompetensiyalar pedagogga o’zini ko’rsatishi va

faoliyatini takomillashtirishi uchun sharoit yaratib beradi.

G.V.Potemkinaning fikriga ko’ra pedagogning raqamli kompetensiyalari ta’limning

raqamli didaktik imkoniyatlari va resurslaridan foydalanish imkonini ham beradi.


background image


Dekabr, 2024-Yil

688

Raqamli didaktikani rivojlanishi uchun didaktik loyixalar va birgalikdagi ta’lim olish va

yangi bilimlarni o’zlashtirishni ko’zda tutadi.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi pedagoglar raqamli muhitda ishlash bilan birga to’plagan

ma’lumotlarni interfaol ishlash ko’nikmalariga ham ega bo’lishi kerak, shundagina ularda kasbiy

mahorat oshadi va dars samaradorligi yuqori bo’lishiga erishiladi.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909- sonli “Oliy

ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.

2.

D. Babaraximova. Ta`lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llashning ilmiy

pedagogik masalalari; 6 – tom 3 – son / 2022 - yil / 15 – mart.

https://bestpublication.org/index.php/pedg/issue/view/81

3.

Orishev J.B. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonini tashkil etishdagi o’rni //

Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari” mavzusida Xalqaro ilmiyamaliy anjuman

materiallari. Jizzax 23 aprel. 2021 y. B. 167-170 Barkamol avlod-“O‘zbekiston

taraqqiyotining poydevori". Toshkent-1997.

4.

Беликов В. А. Образование. Деятельность. Личность: мо-ногр. М.: Академия

естествознания, 2010. 340 с.

5.

Загвязинский В. И. О стратегических ориентирах развития образования на

современном этапе // Образование и наука. Изв. УрО РАО. 1999. № 1. С. 34–36.

Bibliografik manbalar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909- sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.

D. Babaraximova. Ta`lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llashning ilmiy pedagogik masalalari; 6 – tom 3 – son / 2022 - yil / 15 – mart. https://bestpublication.org/index.php/pedg/issue/view/81

Orishev J.B. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonini tashkil etishdagi o’rni // Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari” mavzusida Xalqaro ilmiyamaliy anjuman materiallari. Jizzax 23 aprel. 2021 y. B. 167-170 Barkamol avlod-“O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori". Toshkent-1997.

Беликов В. А. Образование. Деятельность. Личность: мо-ногр. М.: Академия естествознания, 2010. 340 с.

Загвязинский В. И. О стратегических ориентирах развития образования на современном этапе // Образование и наука. Изв. УрО РАО. 1999. № 1. С. 34–36.