Авторы

  • Charos Raxmatova
    SHDPI talabasi
  • Muxiba Yaxiyaxonova
    SHDPI katta oʻqituvchisi
  • Sevinch Negmatova
    Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.130120

Ключевые слова:

Raqamli ta’lim Web-sahifa interfaol ta’lim Jigsaw metodi Klaster usuli innovatsion pedagogika raqamli texnologiyalar ta’lim metodikasi zamonaviy o‘qitish amaliy ko‘nikmalar.

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Web-sahifa” bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish jarayonini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga qiziqishini oshirish, ularning mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda Jigsaw (Pazl), Klaster, “Fikrlar shodasi” kabi metodlarning samaradorligi tahlil qilinib, ularning amaliy qo‘llanilishiga urg‘u berilgan. Maqolada interfaol metodlarni raqamli vositalar bilan uyg‘unlashtirishning ahamiyati yoritilib, Google Sites, Wix, WordPress kabi platformalardan foydalanishning ustunliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Eksperimental tahlillar asosida interfaol metodlar qo‘llanilgan sinflarda o‘quvchilarning tushunish darajasi va amaliy ko‘nikmalari yuqori ekanligi aniqlangan. Maqolada, shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan. Xulosa sifatida interfaol metodlarni raqamli ta’lim tizimida joriy etish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirib, o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

67

RAQAMLI TA'LIM TIZIMIDA "WEB-SAHIFA'' BO‘LIMINI INTERFAOL TA'LIM

METODLARI YORDAMIDA O'QITISH METODIKASI TAKOMILLASHTIRISH

Raxmatova Charos Gʻafur qizi

SHDPI talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI katta oʻqituvchisi

Negmatova Sevinch Ergash qizi

Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16570548

Annotatsiya.

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Web-sahifa” bo‘limini interfaol

ta’lim metodlari yordamida o‘qitish jarayonini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi.
Interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga qiziqishini oshirish,
ularning mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda
Jigsaw (Pazl), Klaster, “Fikrlar shodasi” kabi metodlarning samaradorligi tahlil qilinib, ularning
amaliy qo‘llanilishiga urg‘u berilgan. Maqolada interfaol metodlarni raqamli vositalar bilan
uyg‘unlashtirishning ahamiyati yoritilib, Google Sites, Wix, WordPress kabi platformalardan
foydalanishning ustunliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Eksperimental tahlillar asosida interfaol
metodlar qo‘llanilgan sinflarda o‘quvchilarning tushunish darajasi va amaliy ko‘nikmalari
yuqori ekanligi aniqlangan. Maqolada, shuningdek, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quv
dasturlarini modernizatsiya qilish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish
bo‘yicha takliflar berilgan. Xulosa sifatida interfaol metodlarni raqamli ta’lim tizimida joriy
etish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirib, o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar.

Raqamli ta’lim, Web-sahifa, interfaol ta’lim, Jigsaw metodi, Klaster usuli,

innovatsion pedagogika, raqamli texnologiyalar, ta’lim metodikasi, zamonaviy o‘qitish, amaliy
ko‘nikmalar.

Абстрактный.

В данной статье анализируются вопросы совершенствования

учебного процесса раздела «Web-страница» в системе цифрового образования с
использованием интерактивных методов обучения. Использование интерактивных
методов служит повышению интереса учащихся к процессу обучения, развитию у них
навыков самостоятельного и творческого мышления. В ходе исследования была
проанализирована эффективность таких методов, как «Пилка» (Пазл), «Кластер»,
«Фикрлар Шода», а также подчеркнуто их практическое применение. В статье
подчеркивается важность сочетания интерактивных методов с цифровыми
инструментами и подчеркиваются преимущества использования таких платформ, как
Google Sites, Wix и WordPress. На основе экспериментального анализа установлено, что
уровень понимания и практических навыков учащихся высок на занятиях, где
используются интерактивные методы. Также в статье предлагаются предложения по
повышению квалификации учителей, модернизации образовательных программ и
внедрению современных педагогических технологий. В заключение подчеркивается,
что внедрение интерактивных методов в систему цифрового образования повышает
эффективность образовательного процесса и служит развитию профессиональных
компетенций обучающихся.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

68

Ключевые слов:

Цифровое образование, Веб-страница, интерактивное

образование, Метод «Пила», Кластерный метод, инновационная педагогика, цифровые
технологии, методика обучения, современное обучение, практические навыки.

Abstract

. This article analyzes the issues of improving the teaching process of the “Web-

page” section in the digital education system using interactive teaching methods. The use of
interactive methods serves to increase students' interest in the learning process, develop their
independent and creative thinking skills. The study analyzes the effectiveness of methods such
as Jigsaw, Cluster, “Fikrlar shodasi” and emphasizes their practical application. The article
highlights the importance of combining interactive methods with digital tools and shows the
advantages of using platforms such as Google Sites, Wix, WordPress. Based on experimental
analyses, it was found that students have a higher level of understanding and practical skills in
classes where interactive methods are used. The article also provides suggestions for
improving the skills of teachers, modernizing curricula, and introducing modern pedagogical
technologies. In conclusion, it is emphasized that the introduction of interactive methods into
the digital education system increases the efficiency of the learning process and serves to
develop the professional competencies of students.

Keywords:

Digital education, Web page, interactive education, Jigsaw method, Cluster

method, innovative pedagogy, digital technologies, educational methodology, modern teaching,
practical skills.

Kirish

Zamonaviy ta’lim tizimi texnologik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, raqamli

ta’lim usullarining rivojlanishi o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Xususan,
“Web-sahifa” bo‘limini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil
fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va ularni real loyihalarda
qo‘llash imkoniyatini yaratadi.

An’anaviy ta’lim usullarida nazariy bilimlar berishga e’tibor qaratilsa, interfaol metodlar

orqali o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etishga undash, ularning dasturlash va web-
ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin. Interfaol metodlar, jumladan, masala
yechish, muammoli ta’lim, amaliy mashg‘ulotlar, jamoaviy loyihalar va raqamli platformalardan
foydalanish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshiradi.

“Web-sahifa” bo‘limini o‘qitishda interfaol usullardan foydalanishning ahamiyati,

samarali metodlar va ularni amaliyotga joriy etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim
samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, ilg‘or tajribalar va innovatsion
yondashuvlar o‘rganiladi.

Adabiyotlar tahlili.

Raqamli ta'lim tizimida "Web-sahifa'' bo‘limini oʻqitishda interfaol

metodlardan foydalanib global va mahalliy miqyosda keng o‘rganilgan. Tadqiqotchilar interfaol
ta’lim texnologiyalari o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishini ta’kidlaydilar.

Diana Laurillard o‘z tadqiqotida ta’lim jarayonida texnologiyalarni samarali qo‘llash va

interfaol o‘qitish metodlarini ishlab chiqish zaruriyatini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra,

"Ta’lim

texnologiyalari o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni kuchaytirib, bilish
jarayonini chuqurlashtiradi.

Mazkur yondashuv web-ishlab chiqish bo‘limini o‘qitishda amaliy

topshiriqlar va loyiha asosida o‘qitish metodlarining afzalliklarini ko‘rsatib beradi.[1]

Anderson va Dronning tadqiqotiga ko‘ra

,

raqamli ta’limda interfaol metodlardan

foydalanish

o‘quvchilarning

mustaqil

fikrlashini

rivojlantirib,

ularning

amaliy


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

69

kompetensiyalarini oshiradi

.

Ular ta’kidlaydiki

,

"Masofaviy va interfaol ta’lim modelida

o‘qituvchi ko‘rsatmalari emas, balki o‘quvchilarning faolligi va mustaqil izlanishi muhim
ahamiyatga ega" ̶ deb ta'kidlab oʻtgan.[2]

Jumladan o‘zbek olimi To‘rayev interfaol metodlarning ahamiyati haqida shunday degan:

"Interfaol ta’lim metodlari, xususan, muammoli ta’lim, jamoaviy o‘rganish va gamifikatsiya
texnikalari o‘quvchilarning faolligini oshirib, amaliy bilimlarni mustahkamlashga yordam
beradi".[3]

Rajabov esa "Web-ishlab chiqish

qo‘llanilishi o‘quvchilarning darslarida video darsliklar,

interfaol ta’lim platformalari va virtual laboratoriyalar qiziqishini oshirib, ularning real
loyihalarda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi" ̶ deb takidlab oʻtgan

[4]

Yuqoridagi ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki

,

raqamli ta’lim tizimida “Web-sahifa”

bo‘limini interfaol metodlar asosida o‘qitish samaradorligi yuqori bo‘lib, bu o‘quvchilarning
faolligini oshiradi, ijodkorligini rivojlantiradi va amaliy bilimlarini

mustahkamlaydi

.

Xorijiy

olimlarning yondashuvlari masofaviy va loyihaviy ta’limning ahamiyatini ko‘rsatib bersa,
o‘zbek olimlari ta’lim texnologiyalarini mahalliy sharoitlarga moslashtirish bo‘yicha muhim
tavsiyalar berishgan.

Metodlar.

Informatika darslarida “Wen-sahifa” bo‘limini o‘qitishda quyidagi interfaol

ta’lim metodlari samarali bo‘lishi mumkin:

Loyiha asosida o‘qitish

(Project-Based Learning - PBL). O‘quvchilar kichik guruhlarga

bo‘linib, real loyihalar ustida ishlaydilar. Masalan, har bir guruh turli xil maqsadlarga
yo‘naltirilgan web-sayt yaratish vazifasini oladi. Mustaqil fikrlash va ijodkorlikni
rivojlantiradi.HTML, CSS, JavaScript kabi texnologiyalarni amaliy mashg‘ulot orqali o‘rganish
imkonini beradi. Jamoaviy ishlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Gamifikatsiya

(Gamification). Ta’lim jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish orqali

o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish. Kod yozish bo‘yicha musobaqalar (CodeCombat, CSS
Battle) “Kim birinchi sahifani tuzadi?” tanlovi. Web-sahifa kodini to‘g‘ri joylashtirish bo‘yicha
viktorinalar Qiziqarli va interaktiv o‘qitish usuli. O‘quvchilar tajriba orttirish jarayonida xatolar
ustida ishlashni o‘rganadilar.

“Jigso”

(Jigsaw) usuli. Har bir guruh web-sahifa yaratishda turli komponentlar (HTML

struktura, CSS dizayn, JavaScript funksiyalar) bo‘yicha mutaxassisga aylanadi. Keyinchalik har
bir mutaxassis o‘z bilimini butun sinfga yetkazadi. O‘quvchilar bir-biridan o‘rganishadi.
Murakkab mavzularni tez va samarali tushunish imkonini beradi.

Muammoli ta’lim

(Problem-Based Learning - PBL) O‘quvchilarga aniq muammo beriladi,

masalan: “Mobil ilovalar uchun moslashuvchan web-sahifa qanday yaratiladi?” “SEO
optimallashgan web-sahifa qanday bo‘lishi kerak?” O‘quvchilar bu muammoga echim topish
jarayonida turli texnologiyalarni mustaqil o‘rganadilar va tahlil qiladilar. Tanqidiy fikrlashni
rivojlantiradi. Web-sahifa yaratishda real dunyo muammolarini hal qilish ko‘nikmalarini
shakllantiradi.

“Fikrlar hujumi”

(Brainstorming). Dars boshlanishida yoki yangi mavzuni o‘zlashtirish

jarayonida o‘quvchilarga savol beriladi: “Web-sahifa yaratishda eng muhim narsa nima?” “Web
dizaynda asosiy tamoyillar qanday?” O‘quvchilar o‘z fikrlarini aytadilar va muhokama qiladilar.
O‘qituvchi ushbu fikrlarni to‘g‘ri yo‘naltirib, muhim xulosalar chiqaradi. O‘quvchilar faol bo‘ladi,
darsda ishtirok etishadi. Mavzu bo‘yicha chuqur o‘ylash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

70

“Ekspert-guruhlar”

usuli. Sinf kichik guruhlarga bo‘linadi va har bir guruh muayyan mavzu

bo‘yicha mutaxassisga aylanadi. Masalan:

1-guruh – HTML asoslari

2-guruh – CSS va Bootstrap

3-guruh – JavaScript va interaktiv elementlar
So‘ngra, har bir guruh o‘z mavzusini o‘zlashtirgandan keyin, boshqa guruhlarga

tushuntiradi. O‘quvchilar o‘zaro muloqot orqali yaxshiroq o‘rganadilar. Har bir o‘quvchi o‘z
yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassisga aylanadi.

Natija.

Biz sizga

“Jigsaw” – “Pazl” ta’lim metodi yordamida “Web-sahifa” mavzusini

interfaol oʻqitishni taklif etamiz. Bu

metod orqali o‘quvchilar web-sahifa tushunchasi va uning

jihatlarini mustaqil o‘rganadi, o‘z bilimlarini boshqalarga tushuntiradi va jamoaviy ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu metod orqali har bir o‘quvchi mustaqil va jamoaviy ishlash
tajribasiga ega bo‘lib, Web-sahifa yaratish jarayoni bo‘yicha chuqur bilim oladi.

Bosqich

Tavsif

1-bosqich. Guruhlarni

shakllantirish

O‘quvchilar kichik guruhlarga (masalan, 4-5 kishilik)

bo‘linadi. Har bir guruh a’zolariga

"Web-sahifa"

mavzusi

bo‘yicha turli bo‘limlar topshiriladi.

2-bosqich. Mutaxassis

guruhlarni yaratish

Bir xil bo‘lim ustida ishlaydigan o‘quvchilar ajratilib,

mutaxassis guruh shakllantiriladi. Ular o‘z bo‘limini mustaqil

o‘rganadilar va asosiy tushunchalarni ishlab chiqadilar.

3-bosqich. O‘zaro

o‘rgatish

Har bir o‘quvchi o‘zining boshlang‘ich guruhiga qaytadi va

o‘rgangan bilimlarini guruh a’zolariga tushuntiradi. Shu

orqali barcha guruh a’zolari mavzuning barcha qismlari bilan

tanishadi.

4-bosqich.

Umumlashtirish va

muhokama

Guruhlar o‘zaro fikr almashadilar, savollar beradilar va

muhokama qiladilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini

to‘ldirib boradi va mavzuni umumlashtiradi.

5-bosqich. Baholash va

xulosa

O‘quvchilarga yakuniy test yoki loyihaviy ish beriladi. Bu

orqali ularning mavzuni qay darajada o‘zlashtirgani

baholanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

71

Muhokama.

Interfaol metodlar qo‘llangan sinfda ta’lim samaradorligi ancha yuqori

,

ta’lim

samaradorligi

o‘quvchilar bilimni yaxshi eslab qoladi va faolroq ishtirok etadi. Misol

uchun:

8-"A" sinfi. Interfaol metodlar qo‘llanganda

o‘quvchilar darsni tushunish (85%)

,

qiziqish

(80%)

,

faollik darajasi yuqori (91%)

va

amaliy ko‘nikmalari kuchayadi (90%)

.

8-"B" sinfi. An’anaviy usulda dars o‘tilganda esa bu ko‘rsatkichlar ancha past – o‘quvchilar

darsni tushunish (60%)

,

qiziqish (60%)

,

faollik darajasi yuqori (62%)

va

amaliy ko‘nikmalari

kuchayadi (70%)

.

Xulosa va takliflar

. raqamli ta’lim tizimida “Web-sahifa” bo‘limini interfaol ta’lim

metodlari yordamida o‘qitish muhim pedagogik yondashuvlardan biri hisoblanadi. Tadqiqot
natijalari shuni koʻrsatadiki, interfaol metodlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini
oshiradi, bilimni mustahkamlashga yordam beradi va ularning mustaqil fikrlash hamda
muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, bu yondashuv jamoaviy ish,
muloqot va texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Interfaol metodlar, jumladan, Jigsaw (Pazl), Klaster, Rolli o‘yin, “Fikrlar shodasi” kabi

metodlar o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va ularning amaliy


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

72

ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Eksperimental tahlillar shuni ko‘rsatadiki,
an’anaviy usul bilan o‘qitilgan guruhlarga nisbatan interfaol metodlar qo‘llangan guruhlarda
o‘quvchilarning darsga bo‘lgan faolligi va tushunish darajasi ancha yuqori bo‘lgan.

Shuningdek, interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash

qobiliyatini oshirish bilan birga, ularda jamoada ishlash, muammolarni hal qilish va ijodiy
yondashish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Biroq, bu metodlarni samarali joriy etish uchun
o‘qituvchilarning malakasini oshirish, zamonaviy raqamli resurslardan keng foydalanish va
dars jarayonlarini interfaol muhitda tashkil etish zarur.

Interfaol metodlardan keng foydalanish – Web-sahifa bo‘limini o‘qitishda Jigsaw, Layfxak,

Case Study kabi metodlardan samarali foydalanish tavsiya etiladi.

Raqamli vositalardan foydalanish – Web-sahifa yaratish jarayonida online platformalar

(Google Sites, Wix, WordPress) orqali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadga muvofiq.

O‘qituvchilar malakasini oshirish – O‘qituvchilar uchun raqamli ta’lim va interfaol

metodlarni joriy etish bo‘yicha seminar va treninglar tashkil etish lozim.

O‘quv dasturlarini takomillashtirish – Informatika darsliklarida Web-sahifa yaratish

bo‘yicha interfaol topshiriqlar, loyiha asosida o‘qitish va real loyihalar asosida ish olib borish
tizimini joriy etish zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING

TECHNICAL PROBLEMS."

International scientific-online conference International scientific-

online conference

.

2.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI

SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.
4.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."

YASHIL

IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

3.2 (2025).

5.

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION

OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.
Страницы 3200-3216.
6.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling

and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати

сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-
31.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

73

8.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using

ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and

Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini

oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.
12.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib

t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.

Барно

Абдиевна

Ахмедова.

“Raqamli

iqtisodiyotda

ta’lim

xizmatlarini

takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF

EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.
15.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.

Библиографические ссылки

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING TECHNICAL PROBLEMS." International scientific-online conference International scientific-online conference.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 170-175

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 3.2 (2025).

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9. Страницы 3200-3216.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-31.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 42-45.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 642-644.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ta’lim xizmatlarini takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4. Страницы 8-24.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences. 2023/3/4. Страницы 11-26.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 63-73.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 74-84.