ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
49
ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI
Saidova Sumbula G‘olib qizi
SHDPI talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
SHDPI kata oʻqituvchisi
Negmatova Sevinch Ergash qizi
Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16570319
Annotatsiya.
Ushbu maqola zamonaviy kompyuterlar boʻlimini oʻqitish metodikasini
tahlil qiladi. Kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi va raqamli inqilob davrida
informatika ta’limi yangi yondashuvlar va metodlarni qoʻllashni talab etadi. Maqolada
kompyuterlar, ularning ishlash prinsiplari, apparat va dasturiy ta’minot, tizim arxitekturasi
kabi asosiy tushunchalar va amaliy koʻnikmalarni oʻrgatishning ahamiyati koʻrib chiqiladi.
Zamonaviy ta’limda interaktiv yondashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar, simulyatorlar va virtual
laboratoriyalardan foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Oʻquvchilarni
texnologik dunyoqarashni kengaytirish va ularga zamonaviy IT sohalarida bilim berish uchun
innovatsion metodlar zarur. Shuningdek, oʻqituvchilarning malakasini oshirish va yangi
pedagogik yondashuvlarni oʻrganish ta’lim sifatini yaxshilashga yordam beradi. Maqola,
kompyuter texnologiyalarini oʻrgatishda amaliy va nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirish,
oʻquvchilarga raqobatbardosh koʻnikmalarni shakllantirish zarurligini ta’kidlaydi.
Kalit so`zlar:
Kompyuterlar, oʻqitish metodikasi, zamonaviy texnologiyalar, informatika
ta’limi, amaliy koʻnikmalar, interaktiv yondashuvlar, simulyatorlar, virtual laboratoriyalar,
pedagogik uslublar, kiberxavfsizlik
Abstact.
This article analyzes the methodology of teaching the Department of modern
computers. During the rapid development of computer technology and the digital revolution,
Computer Science Education requires the use of new approaches and techniques. The article
examines the importance of teaching basic concepts and practical skills such as computers,
principles of their operation, hardware and software, system architecture. In modern
education, the use of interactive approaches, hands-on activities, simulators and virtual
laboratories increases the effectiveness of the educational process. Innovative methods are
needed to expand the technological worldview of students and give them knowledge in modern
IT areas. Also, improving teacher skills and learning new pedagogical approaches can help
improve the quality of Education. The article emphasizes the need to harmonize practical and
theoretical knowledge, to form competitive skills for students when teaching computer
technology.
Keywords
: computers, teaching methodology, modern technologies, Informatics
Education, practical skills, interactive approaches, simulators, virtual laboratories, pedagogical
methods, cybersecurity
Аннотация.
В этой статье анализируется методика преподавания раздела
"современные компьютеры". В эпоху бурного развития компьютерных технологий и
цифровой революции образование в области информатики требует применения новых
подходов и методов. В статье рассматривается важность обучения основным
концепциям и практическим навыкам, таким как компьютеры, принципы их работы,
аппаратное и программное обеспечение, архитектура системы. В современном
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
50
образовании использование интерактивных подходов, практических занятий,
тренажеров и виртуальных лабораторий повышает эффективность образовательного
процесса. Инновационные методы необходимы для расширения кругозора учащихся в
области технологий и предоставления им знаний в современных ИТ-областях. Также
повышение квалификации учителей и изучение новых педагогических подходов
способствует повышению качества образования. В статье подчеркивается
необходимость гармонизации практических и теоретических знаний при обучении
компьютерной технике, формирования у учащихся соревновательных навыков.
Ключевые слова
:
компьютеры, методика обучения, современные технологии,
информатическое образование, практические навыки, интерактивные подходы,
тренажеры, виртуальные лаборатории, педагогические стили, кибербезопасность
Kirish.
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga, ta’lim sohasida ham yangi
yondoshuvlar va metodlar joriy etilmoqda. Ayniqsa, kompyuterlar va axborot
texnologiyalarining ta’lim jarayoniga kiritilishi, oʻquvchilarga ilmiy va amaliy koʻnikmalarni
samarali oʻrgatish imkonini bermoqda. "Zamonaviy kompyuterlar" boʻlimi oʻquvchilarga
kompyuter texnologiyalari, dasturiy ta’minot va ularning zamonaviy ilovalarini oʻrganishda
muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, oʻquv jarayonida interfaol metodlar yordamida ta’limni
takomillashtirish oʻquvchilarning bilimini yanada samarali va tez zlashtirishiga koʻmaklashadi.
Interfaol metodlar oʻquvchilarning fikrlash, muloqot va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini
rivojlantiradi, shu bilan birga, oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshiradi. Ushbu
maqolada "Zamonaviy kompyuterlar" boʻlimini interfaol metodlar yordamida oʻqitishning
afzalliklari va ularning oʻqitish metodikasiga qoʻshgan hissasi muhokama qilinadi.
Adabiyotlar tahlili.
John Keller oʻzining motivatsion oʻquv tizimlari haqidagi asarida
interfaol ta’lim metodlarini samarali oʻquv jarayonini yaratishdagi rolini ta’kidlaydi. U
oʻquvchilarning oʻzlashtirish jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash uchun yuqori
darajadagi interfaol metodlarni qoʻllash zarurligini belgilaydi. U "ARCS" modelini ishlab chiqdi,
bu modelda oʻquvchilarning e’tiborini jalb qilish, ular uchun aniq maqsadlar belgilash va
oʻqishdagi qiziqishni rag‘batlantirishni oʻz ichiga oladi. Bu metodlar zamonaviy kompyuterlar
boʻlimini oʻqitishda, oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishda samarali boʻlishi
mumkin[1].
U.S. Joʻraev
"Kompyuter texnologiyalari va ularning ta’lim tiimidagi oʻrni."
Joʻraevning
tadqiqotlarida kompyuter texnologiyalarining oʻqitishda qoʻllanilishi, ayniqsa interfaol
metodlar yordamida oʻquvchilarning samarali oʻrganish jarayonini tashkil etish muhimligi
koʻrsatilgan. U, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarning ta’limda amaliy qoʻllanilishi
oʻquvchilarni nafaqat nazariy bilimlar bilan ta’minlash, balki amaliy koʻnikmalarni ham
rivojlantirishga yordam berishini qayd etadi.[2]
Sh. Sh. Tursunov
"Kompyuter oʻqitish metodikasi: interfaol usullar va ularning
samaradorligi."
Tursunovning ilmiy ishida interfaol ta’lim metodlari, masalan, onlayn
simulyatsiyalar, interaktiv taqdimotlar va guruhli muammolarni hal qilish orqali
oʻquvchilarning ijodkorlik va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan
metodlar tahlil qilinadi. Oʻquvchilarga zamonaviy kompyuterlar boʻlimini oʻrgatishda aynan
bunday metodlar oʻquvchilarning motivatsiyasini oshirish va bilimni mustahkamlashda
samarali boʻlishi mumkin.[3]
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
51
Metodlar.
Zamonaviy kompyuterlar boʻlimini oʻqitishda interfaol va noodatiy metodlar
qoʻllanilishi darslarni yanada samarali tashkil etishga yordam beradi. Quyidagi innovatsion
metodlarni tavsiya qilaman:
"Kompyuter detektivi" metodi.
Oʻquvchilar kompyuter tizimlaridagi nosozliklarni topish
va tuzatish jarayonini detektiv oʻyini shaklida amalga oshiradilar.
"Geymifikatsiya: Level-Up!" metodi.
Informatika darslari kompyuter oʻyinlaridagi kabi
"sathlar" (level) orqali oʻqitiladi.
"Virtual laboratoriyalar" metodi.
Oʻquvchilar real qurilmalar oʻrniga simulyatorlar orqali
amaliy mashg‘ulotlar bajaradilar.
"Revers injiniring" metodi.
Oʻquvchilar dasturlar yoki apparat qurilmalarining ichki
mexanizmlarini oʻrganish uchun ularni "teskari loyihalashadi".
Informatika darslarida reverse engineering metodini qoʻllash oʻquvchilarga nafaqat
dasturlash va tizimlarni tushunishni oʻrgatadi, balki muammolarni hal qilish va innovatsion
yechimlarni yaratishda yordam beradi. Bu metod, ayniqsa, oʻquvchilarning tahliliy fikrlash,
kreativlik va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Shuningdek, bu darslar oʻquvchilarga real dunyo masalalariga tayyorlanish uchun zaruriy
amaliy tajribalarni taqdim etadi.
"Revers injenering" metodining oʻquvchilarga dasturlar yoki apparat qurilmalarining
ichki mexanizmlarini oʻrganish uchun qanday qoʻllanilishi haqida misol keltirib oʻtamiz:
Misol
. Dasturdagi xatolikni aniqlash va tuzatish
Bir oʻquvchi dasturlash boʻyicha oʻrganish jarayonida mavjud bir dasturning xatoliklarini
tuzatishga harakat qilmoqda. U dastur kodining qanday ishlashini va xatolikni qanday topish
mumkinligini tushunishi kerak. Bu jarayonda "revers injenering" usulidan foydalanadi.
1.
Dastur kodi tahlil qilinadi
. Oʻquvchi dastur manbasini ochib, kodni oʻrganadi va uning
qanday ishlashini tushunishga harakat qiladi.
2.
Qayta tiklash
. Agar dastur manbasining ba’zi qismlari yoʻq boʻlsa yoki dastur zarar
koʻrgan boʻlsa, kodni qayta tiklash (dekompilyatsiya qilish) orqali dastur tuzilishini oʻrganadi.
3.
Xatolikni tuzatish
. Oʻrganilgan kod asosida, dasturdagi xatoliklarni topib, ularni tuzatadi.
4.
Sinovdan oʻtkazish
. Yangi tuzatilgan kodni test qilib, dastur toʻg‘ri ishlashini tekshiradi.
Oʻquvchi dasturdagi xatoliklarni aniqlab, ularni tuzatar ekan, dastur qanday ishlashini
yaxshiroq tushunadi va oʻz dasturlash koʻnikmalarini oshiradi.
Afzalliklari.
1.
Ilmiy va texnik tushunchalarni oʻrganish
. Reverse engineering oʻquvchilarga tizimlar
va dasturlarni qanday ishlashini oʻrganish imkonini beradi. Bu ularning umumiy texnologik
tushunchalarini kengaytiradi.
2.
Amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish
. Tizimlarni yoki dasturlarni tahlil qilish orqali
oʻquvchilar amaliy tajriba orttiradilar. Bu ularning muammoni hal qilish va texnik tizimlar bilan
ishlash koʻnikmalarini oshiradi.
3.
Kreativ fikrlashni rivojlantirish
. Reverse engineering jarayonida oʻquvchilar tizimlarni
teskari tarzda oʻrganib, muammolarni hal qilish uchun kreativ yondashuvlarni ishlab
chiqadilar.
4.
Masalalarni tahlil qilish va tuzatish
. Oʻquvchilar dastur yoki tizimdagi muammolarni
aniqlash va ularni hal qilish uchun tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantiradilar.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
52
5.
Innovatsion yondashuvlarni oʻrganish
. Reverse engineering yordamida oʻquvchilar
yangi texnologiyalar va yechimlarni yaratish yoʻllarini oʻrganishadi. Bu esa ularni innovatsion
fikrlashga undaydi.
6.
Yangi tizimlar va mahsulotlar yaratish
. Oʻquvchilar mavjud tizimlarni oʻrganib, ularni
yaxshilash yoki yangi tizimlar yaratish imkoniyatini koʻradilar.
Informatika darslarida reverse enginee
ring
metodini qoʻllash oʻquvchilarga nafaqat
dasturlash va tizimlarni tushunishni oʻrgatadi, balki muammolarni hal qilish va innovatsion
yechimlarni yaratishda yordam beradi. Bu metod, ayniqsa, oʻquvchilarning tahliliy fikrlash,
kreativlik va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Shuningdek, bu darslar oʻquvchilarga real dunyo masalalariga tayyorlanish uchun zaruriy
amaliy tajribalarni taqdim etadi.
Xulosa.
Zamonaviy kompyuterlar boʻlimini oʻqitish metodikasi hozirgi kunda informatika
ta’limi tizimining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Kompyuter texnologiyalarining tez
rivojlanishi va kundalik hayotda ulardan keng foydalanish oʻquvchilarga ushbu sohada chuqur
bilimlarni taqdim etishni talab qiladi. Ushbu boʻlimda oʻquvchilarga kompyuterlarning ishlash
prinsiplari, apparat va dasturiy ta’minotlar, tizim arxitekturasi va ma’lumotlar bilan ishlashni
oʻrgatish juda muhim. Ta’lim jarayonida zamonaviy metodlarni qoʻllash, oʻquvchilarning
texnologik va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Zamonaviy oʻqitish metodikasi oʻquvchilarga faqat nazariy bilimlarni emas, balki amaliy
koʻnikmalarni ham oʻrgatishni maqsad qilishi kerak. Kompyuter tizimlarini sozlash, dasturlarni
yaratish, turli ilovalar bilan ishlash kabi koʻnikmalarni amaliy mashg‘ulotlar yordamida
rivojlantirish juda muhim. Shuningdek, virtual laboratoriyalar, simulyatorlar va interaktiv
ta’lim platformalaridan foydalanish oʻquvchilarning oʻrganish jarayonini samarali qiladi.
Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalar, sun'iy intellekt, bulutli hisoblash va
kiberxavfsizlik kabi yoʻnalishlarni ta’lim dasturiga kiritish oʻquvchilarga bugungi kunda
dolzarb boʻlgan sohalarda bilim olish imkoniyatini beradi. Oʻqituvchilarning malakasini
muntazam oshirish, yangi pedagogik metodlarni oʻrganish va amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor
qaratish ta’lim sifatini oshiradi. Ushbu yondashuvlar oʻquvchilarga kelajakda yuqori texnologik
sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zaruriy bilim va koʻnikmalarni taqdim etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jo’rayeva, Feruza, and Aziza Normataova. "KATTA MA’LUMOTLAR (BIG DATA) UCHUN
DBMS TIZIMLARI."
Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика
3.14 (2024): 31-35.
2.
Berdiyeva, Gulnoza. "O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO TIZIMIDA MUAMMOLAR VA
TAKLIFLAR."
Science and innovation in the education system
3 (2024): 16-22.
3.
Berdiyeva, Gulnoza. "RAQAMLI IQTISODIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING
O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI."
Педагогика и психология в современном мире:
теоретические и практические исследования
3 (2024): 11-14.
4.
ShukurulloFayzullo o‘g‘li, A. (2024). TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO‘LLASH.
PEDAGOGS
,
50
(2), 51-55.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
53
5.
Aliqulov, Shukurullo, Ziyavutdin Turayev, and Javlon Nishonov. "BOSHLANG ‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA TIMSS XALQARO
BAHOLASH DASTURINING ROLI VA AHAMIYATI."
Молодые ученые
2.10 (2024): 85-90.
6.
Fayzullo o‘g‘li, Shukurullo. "Aliqulov."."
TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO ‘LLASH." PEDAGOGS
50 (2024): 51-55.
7.
Qodirov, Farrux, Muxlisa Mavlonova, and Sevinch Negmatova. "YASHIL IQTISODIYOT
SHAROITIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING
AFZALLIKLARI."
Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования
3 (2024): 13-15.
8.
Otabekov, Akbar, and Sevinch Negmatova. "EFFECTIVENESS OF ARTIFICIAL
INTELLIGENCE ALGORITHMS IN CYBERSECURITY."
Инновационные исследования в
науке
4.5 (2025): 50-52.
9.
Qodirov, Farrux, Baxtiniso Boqiyeva, and Sevinch Negmatova. "TCP/IP PROTOKOLLAR
STEKI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA."
Молодые ученые
3.7 (2025): 128-132.
10.
Qodirov, Farrux, Yulduz Ahmedova, and Sevinch Negmatova. "KOMPYUTER
TARMOQLARINING ASOSIY ELEMENTLARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 133-137.
11.
Qodirov, Farrux, Dilmurod Abdullayev, and Sevinch Negmatova. "KOMPYUTER
TARMOQLARINING STANDART TEXNOLOGIYALARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 146-151.
12.
Qodirov, Farrux, Dilmurod Abdullayev, and Sevinch Negmatova. "ELEKTRON TIJORAT (E-
COMMERCE)."
Наука и технология в современном мире
4.5 (2025): 66-70.
13.
Qodirov, Farrux, Iqbol Abdimurodova, and Sevinch Negmatova. "ELЕKTRОN HUJJАT
АLMАSHISH TIZIMLАRI."
Наука и технология в современном мире
4.5 (2025): 71-74.
14.
Qodirov, Farrux, Gulsevar Keldiyorova, and Sevinch Negmatova. "BULUTLI
TEXNOLOGIYALARNING
XUSUSIYATLARI,
AFZALLIKLARI
VA
KAMCHILIKLARI."
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования
4.3 (2025): 58-62.
15.
Hayitmurodov, Ilhom, and Sevinch Negmatova. "BULUTLI HISOBLASHLAR VA ULARNING
ASOSIY TUSHUNCHALARI. BULUTLI SAQLASH MODELLARI."
Естественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования
4.3 (2025): 68-73.
16.
Qodirov, Farrux, Jasmina Murodulloyeva, and Sevinch Negmatova. "SMART
TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH VOSITALARI."
Естественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования
4.3 (2025): 63-67.
17.
Qodirov, Farrux, and Asila Xolmurodova. "SMART TEXNALOGIYALAR VA AQLLI
QURILMALAR."
Наука и инновация
3.7 (2025): 138-144.
18.
Nurmaxmatova, Umida, and Sevinch Negmatova. "BLOKCHAYEN TEXNOLOGIYASINING
ISHLASH PRINSIPLARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 60-63.
