ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
60
ALGORITMLASH ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI VA
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Toshtemirova Bonu O‘ktam qizi
SHDPI talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
SHDPI katta o‘qituvchisi
Negmatova Sevinch Ergash qizi
Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16570518
Annotatsiya.
Ushbu maqolada “Algoritmlash” asoslari bo‘limini o‘qitish metodikasi va
zamonaviy yondashuvlar haqida so‘z yuritadi. Maqolada informatika fanida algoritmlashni
o‘qitishning zamonaviy metodikasi tahlil qilinib, interfaol ta’lim usullarining ahamiyati
ko‘rsatiladi. Tadqiqotda interfaol metodlar, jumladan gamifikatsiya, kodlash mashqlari va
guruhli ishlash kabi yondashuvlar yordamida talabalar algoritmlarni nafaqat nazariy ravishda,
balki amaliyotda ham o‘rganishlari ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada ta’lim jarayonida
zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning, masalan, onlayn platformalar va
simulyatorlardan foydalanishning o‘quvchilarga samarali ta’lim berishdagi ahamiyati
ko‘rsatiladi. O‘quvchilarning faolligini oshirish, qiziqishni rag‘batlantirish va algoritmlar
bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishning muhimligi vurg‘ulanadi. Maqolada
metodlarning samaradorligini oshirish uchun ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarni muntazam
ravishda tayyorlash va zamonaviy didaktik vositalarni qo‘llash zarurligi ham taklif etiladi.
Umuman olganda, maqola algoritmlash bo‘limining samarali o‘qitilishi uchun zarur bo‘lgan
metodik yondashuvlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar:
Algoritmlash, informatika, ta’lim metodikasi, interfaol ta’lim, zamonaviy
yondashuvlar, gamifikatsiya, kodlash, guruhli ishlash, didaktik vositalar, ta’lim texnologiyalari.
Абстрактный.
В данной статье говорится о методах обучения и современных
подходах к основам «Алгоритмизации». В статье анализируется современная методика
обучения алгоритмам информатики и показывается важность интерактивных методов
обучения. Используя интерактивные методы, в том числе геймификацию, упражнения
по программированию и групповую работу, студенты изучают алгоритмы не только
теоретически, но и на практике, отмечается в исследовании. В статье также показана
важность использования современных технологий в образовательном процессе,
например, использования онлайн-платформ и симуляторов, в эффективном обучении
студентов. Подчеркивается важность повышения вовлеченности студентов,
стимулирования интереса и развития практических алгоритмических навыков. В целях
повышения эффективности методов в статье высказывается мнение о необходимости
регулярного обучения преподавателей образовательных учреждений и использования
современных дидактических средств. В целом статья включает методические подходы
и современные образовательные технологии, необходимые для эффективной
подготовки кафедры алгоритмов.
Ключевые слова
:
Алгоритмизация, информатика, методика обучения,
интерактивное обучение, современные подходы, геймификация, кодирование,
групповая работа, дидактические средства, образовательные технологии.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
61
Annotation.
This article discusses the methodology and modern approaches to teaching
the section “Algorithmization”. The article analyzes the modern methodology of teaching
algorithmization in computer science and shows the importance of interactive teaching
methods. The study emphasizes that using interactive methods, including approaches such as
gamification, coding exercises, and group work, students learn algorithms not only
theoretically, but also in practice. The article also shows the importance of using modern
technologies in the educational process, for example, using online platforms and simulators, in
providing students with effective education. The importance of increasing student activity,
stimulating interest, and developing practical skills in algorithms is emphasized. The article
also suggests the need for regular training of teachers in educational institutions and the use of
modern didactic tools to increase the effectiveness of the methods. In general, the article covers
methodological approaches and modern educational technologies necessary for effective
teaching of the algorithm section.
Keywords:
Algorithmization, computer science, educational methodology, interactive
education, modern approaches, gamification, coding, group work, didactic tools, educational
technologies.
KIRISH.
“Algoritmlash” asoslari bo‘limini o‘qitish metodikasi va zamonaviy yondashuvlar mavzusi
zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim jihatlaridan biridir. Algoritmlar – bu muayyan vazifani
bajarish uchun qadamlar yoki ko‘rsatmalar to‘plami bo‘lib, ularning to‘g‘ri tushunilishi va
qo‘llanilishi talabalar uchun zarur bilimlar bazasini shakllantiradi. Bugungi kunda
algoritmlashni o‘rganish nafaqat axborot texnologiyalari, balki boshqa sohalarda ham samarali
ishlash uchun asosiy vosita hisoblanadi. Shuning uchun bu bo‘limni o‘qitish nafaqat matematik
va dasturlash asoslarini o‘rgatish, balki kreativ fikrlash va muammoni hal qilish qobiliyatlarini
rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Algoritmlash asoslarini o‘qitish metodikasi zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan
uyg‘unlashgan bo‘lib, interaktiv usullar, masalalar yechish jarayonida talabalarni faol ishtirok
etishga undovchi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu esa, o‘quvchilarni nafaqat nazariy bilimlar
bilan, balki amaliy ko‘nikmalar bilan ham ta’minlash imkonini beradi. Shu bois, algoritmlashni
o‘rganishning metodikasi va zamonaviy yondashuvlarini chuqur o‘rganish ta’lim sifatini
yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar tahlili.
Algoritmlashni o‘qitishda zamonaviy metodlar va yondashuvlarning
muhimligini ko‘rsatadi. Tadqiqotchilar vizualizatsiya, interaktiv metodlar va amaliy
mashg‘ulotlar algoritmlarni tushunishda samarali vosita ekanligini ta’kidlaydilar.
Amerikalik tadqiqotchilar Sedgewick va Wayne algoritmlashni o‘qitish bo‘yicha an’anaviy
yondashuvlardan zamonaviy interaktiv usullarga o‘tishni ta’kidlaydilar. Ularning tadqiqotida
algoritmlash asoslarini o‘rgatishda vizualizatsiya va interaktiv vositalarning muhimligi
ko‘rsatilgan.
“Bu yondashuvlar nafaqat o‘quvchilarni jalb qilish, balki algoritmlarning ishlashini
tushunishda ularning qiziqishini oshirishga yordam beradi”
‒ deb ta’kidlab o‘tganlar.[1]
Shuningdek, Knuthning asarida algoritmlar va ularning tahlili bo‘yicha keng qamrovli
ma’lumotlar berilgan. U algoritmlashni o‘rganishda muayyan qadamlar va metodologiyalarga
alohida e’tibor qaratadi. Knuthning metodikasi asosida talabalarga nafaqat algoritmlarni
yozishni, balki ularni samarali tahlil qilishni o‘rgatish lozimligini ta’kidlaydi. [2]
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
62
Jumladan, o‘zbek olimi S. Shodmonov algoritmlashni o‘qitish metodikasini
takomillashtirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni haqida shunday degan:
“Algoritmlar tushunchasini o‘rgatish jarayonida vizual va interaktiv metodlarni qo‘llashning
samaradorligini va talabalar o‘zlarini haqiqiy masalalarni yechishda sinab ko‘rishlari,
algoritmlarning amaliy ishlashini ko‘rishlari kerak ekanligini”
ta’kidlab o‘tgan.[3]
Xudoyberganov esa o‘z ishida algoritmlashni o‘rganishda masalalar va kodlar yordamida
o‘qitishning samarali usullarini ko‘rib chiqdi. Uning fikricha, amaliyotga asoslangan yondashuv
talabalarning chuqur tushunishiga yordam beradi va algoritmlarni o‘rganishni osonlashtiradi.
“Algoritmlar nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy masalalar orqali o‘rgatilishi lozim, bu esa
ularning o‘quvchilarda mustahkam ko‘nikmalarni shakllantirishga olib keladi”.[4]
Yuqoridagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki algoritmlashni o‘qitishda zamonaviy
metodlarlardan foydalanish nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki talabalarga
algoritmlarning samaradorligini tahlil qilishni o‘rgatish va amaliy tajriba olish imkoniyatlari
ularning umumiy bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Metodlar.
Informatika darslarida “Algoritmlash” bo‘limini o‘qitishda quyidagi interfaol
ta’lim metodlar samarali bo‘lishi mumkin:
“Loyihalash va jamoaviy ishlar”
(Project-based learning). Talabalar kichik guruhlarga
bo‘linib, ma’lum bir algoritmni yaratish bo‘yicha loyiha ustida ishlashadi. Misol uchun, talabalar
o‘zlarining algoritmlarini real hayotdagi masalalarni yechish uchun ishlab chiqishlari mumkin
(masalan, biron-bir muammoni hal qilish uchun algoritm yaratish). Bu metod talabalarni
mustaqil ishlashga va birgalikda fikrlashga undaydi.
“Gamifikatsiya”
. Gamifikatsiya - o‘yin elementlarini o‘qitish jarayoniga kiritish. Talabalar
algoritmlarni o‘rganishda o‘yinlar yoki intellektual musobaqalar yordamida ishtirok etishadi.
Masalan, algoritmni to‘g‘ri qurish yoki teskari algoritmni topish uchun turli vazifalar beriladi.
Bu metod talabalarning qiziqishini oshiradi va o‘rganish jarayonini faol va dinamik qiladi.
“Vizualizatsiya va interaktiv dasturlar”.
Algoritmlarni vizualizatsiya qilish orqali talabalar
ularning ishlash prinsiplarini yaxshiroq tushunishadi. Masalan, algoritmlarning ishlash
jarayonini grafik shaklida ko‘rsatadigan vositalar (masalan, Scratch, Blockly, yoki VisuAlgo)
orqali talabalar algoritmni ko‘rish va unga tegishli qadamlarni tushunishda yordam olishlari
mumkin. Bu metod nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga yordam beradi.
“Masalalar yechish va tajriba almashish” (Problem-solving and peer learning). Talabalar
o‘zaro masalalar yechishda ishtirok etib, bir-birlaridan o‘rganishlari mumkin. Bu metodda
o‘quvchilar birgalikda muammoni hal qilish, bir-birlariga yordam berish va qarorlarni
tushuntirish orqali bilimlarni mustahkamlashadi. Misol uchun, muayyan masalalar (sorting,
searching) bo‘yicha ishlashda talabalar o‘zlari ishlagan algoritmlarini boshqa guruhlar bilan
taqqoslashlari mumkin.
“Interaktiv testlar va viktorinalar”.
Talabalar o‘z bilimlarini interaktiv testlar yoki
viktorinalar orqali tekshirishi mumkin. Dasturlash tillari yoki algoritmlar bilan bog‘liq
savollarni onlayn platformalarda (masalan, Kahoot, Quizizz) berish orqali talabalar bilimlarini
mustahkamlashadi va o‘zlarining qaysi sohalarda kamchiliklarga ega ekanliklarini aniqlashadi.
“Code-along”
(Birgalikda kod yozish). O‘qituvchi talabalar bilan birga kod yozish orqali
algoritmni qanday qurishni ko‘rsatadi. Bu usulda talabalar o‘qituvchining har bir qadamini
kuzatib borib, o‘zlari ham kod yozishga boshlashadi. Misol uchun, o‘qituvchi oddiy masalani hal
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
63
qilish uchun algoritm yaratib, har bir qadamni talabalarga tushuntiradi, va talabalar o‘qituvchi
bilan birga amaliyotda kod yozadilar.
“Simulyatsiyalar va virtual laboratoriyalar”.
Talabalar algoritmlarni virtual muhitda sinab
ko‘rishlari mumkin. Misol uchun, Repl.it yoki CodeCombat kabi platformalarda talabalar
algoritmlarini yaratib, ularning ishlashini tezda tekshirishlari mumkin. Bu metod talabalarga
o‘zlarining kodlarini real vaqtda ko‘rish imkonini beradi va xatoliklarni tuzatishda yordam
beradi.
“Agar-boshqa (If-else) interaktiv qismlar”.
Bu metodda talabalar algoritmni qismlarga
ajratib, har bir qadamni alohida ko‘rib chiqadilar. Har bir qadamni bajarishdan oldin talaba
“Agar shunday bo‘lsa, nima qilish kerak?” degan savolga javob beradi, bu esa talabalarni analitik
fikrlashga va mantiqiy xulosalar chiqarishga undaydi. Masalan, “Agar foydalanuvchi raqamni
kiritgan bo‘lsa, uni tekshirib ko‘rish va undan keyin tegishli javobni berish” kabi.
“Tadqiqot va tahlil”
(Research and analysis). Talabalar o‘zlari algoritmlar va ularning
ishlashini tahlil qilib, amaliyotda qo‘llash uchun turli tadqiqotlar olib borishlari mumkin. Ular
yangi algoritm yondashuvlarini o‘rganish, ilg‘or dasturlash tillarini tadqiq qilish va o‘z
algoritmlarini yaratish bo‘yicha mustaqil ishlashlari mumkin.
Natija.
Biz sizga “Agar-boshqa (If-else)” metodi yordamida “Algoritmlash” mavzusini
interfaol o‘qitishni taklif etamiz. Bu metodda talabalar algoritmning if-else strukturasini
o‘rganishda interaktiv mashqlar orqali mustaqil o‘rganadi. Talabalar berilgan shartlar va har
bir holat uchun tegishli amalni bajarish bo‘yicha qarorlar qabul qilishadi.
1-jadval.
Shart (Condition)
Agar shart to‘g‘ri bo‘lsa
(True)
Agar shart noto‘g‘ri bo‘lsa
(False)
Talaba yoshini kiritdi. Yosh
18 dan katta.
“Siz voyaga yetgan shaxsiz”
“Siz voyaga yetmagan
shaxsiz
Sonni musbar yoki manfiy
ekanligini tekshirish.
“Son musbat”
“Son manfiy”
Talaba imtihon natijasini
kiritdi (baholar 0-100
orasida)
“Ajoyib, siz yaxshi baho
oldingiz!”
“Boshqa imkoniyatni
izlang.”
Talaba jismoniy mashqni
boshlash uchun vqti
borligini kiritdi.
“Siz mashqlarni
boshlashingiz mumkin.”
“Vaqtingiz yo
֥
‘q, boshqa
vaqtga qoldiring."
Kiritilgan sana 1-yanvar
yoki 31-dekabr.
“Bugun yangi yil yoki
yilning oxiri.”
“Bugun oddiy kun”
Foydalanuvchi telefin
raqamini kiritdi (to‘g‘ri
formatda bo‘lishi kerak)
“Telefon raqamingiz to‘g‘ri
formatda.”
“Telefon raqami noto‘g‘ri
formatda”
Kiritilgan son juft yoki
toqligini aniqlash.
“Son juft.”
“Son toq.”
Foydalanuvchi kirish
parolini kiritdi. Parol
uzunligi 8 va undan ko‘p
bo‘lishi mumkin.
“Parolning uzunligi to‘g‘ri.”
“Parolingizni yangilang u
juda qisqa.”
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
64
Muhokama.
Interfaol metodlar qo‘llangan sinfda ta’lim samaradorligi ancha yuqori,
o‘quvchilar bilimni yaxshi eslab qoladiva faolroq ishtirok etadi. Misol uchun:
5-“a” sinf. Interfaol metodlar qo‘llanganda o‘quvchilar algoritmlarni nafaqat nazariy, balki
amaliyotda qo‘llashni ham o‘rganadilar. Misollar, kod yozish va masalalarni yechishda talabalar
o‘zlarini faol ishtirokchi sifatida his qilishadi. Bu metod talabalar tushunishini va amaliy
qo‘llash qobiliyatini 80% darajasiga olib keladi.
5-“b” sinf. An’anaviy darslar bilan, ya’ni faqat nazariy tushunchalar va tushuntirishlar
bilan ishlaganda talabalar algoritmlarni to‘liq tushunish va amaliyotda qo‘llashni
qiyinlashtiradi. Shu sababli tushunish darajasi 60% atrofida qoladi.
1-rasm. 5-“A” va 5-“B” sinflarida interfaol metodlarning ta’siri
Xulosa va taklifar.
Xulosa qilib shuni aytishim kerakki, informatika fani doirasidagi
algoritmlar o‘qitilishi nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga, balki talabalar o‘zlarining
amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham qaratilgan bo‘lishi kerak. Interfaol ta’lim metodlari,
jumladan gamifikatsiya, kodlash mashqlari, guruhli ishlash va boshqa zamonaviy usullar
talabalarning o‘qish jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va bilimlarni mustahkamlashda
samarali yordam beradi. Bu metodlar yordamida o‘quvchilar algoritmlar tuzish, dasturlash
tillarini o‘rganish va ular bilan ishlashni amaliyotda o‘rganishadi.
Yuqorida keltirilgan tahlil va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlarni qo‘llash
darslarning sifatini oshiradi, talabalar o‘rtasidagi faollikni va ishtirokni yuqori darajaga olib
keladi. Shu bilan birga, interfaol metodlar o‘quvchilarning algoritmlarni tushunish va ularga
amaliy ko‘nikmalarni egallashda muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi. Yuqoridagi fikrlar
asosida quyidagilarni taklif etaman:
Informatika o‘qituvchilari o‘quv jarayonida yanada ko‘proq interfaol usullarni qo‘llashlari
lozim. Masalan, mashq va o‘yinlar orqali algoritmlarni o‘rganish, kod yozish, haqiqiy hayotdagi
masalalarni yechish orqali talabalar o‘qishga yanada qiziqarliroq yondashishlari mumkin.
Ta’limda zamonaviy didaktik vositalar, masalan, onlayn platformalar, interaktiv dasturlar
va simulyatorlardan foydalanishni kengaytirish lozim. Bu talabalarga algoritmlar va dasturlash
tillarini o‘rganishda ko‘proq tajriba orttirishga yordam beradi.
O‘qituvchilarni interfaol metodlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha
muntazam ravishda tayyorlash, ularning pedagogik va texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirish
o‘quvchilarga yuqori sifatli ta’lim berishga imkon yaratadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
65
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jo’rayeva, Feruza, and Aziza Normataova. "KATTA MA’LUMOTLAR (BIG DATA) UCHUN
DBMS TIZIMLARI."
Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика
3.14 (2024): 31-35.
2.
Berdiyeva, Gulnoza. "O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO TIZIMIDA MUAMMOLAR VA
TAKLIFLAR."
Science and innovation in the education system
3 (2024): 16-22.
3.
Berdiyeva, Gulnoza. "RAQAMLI IQTISODIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING
O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI."
Педагогика и психология в современном мире:
теоретические и практические исследования
3 (2024): 11-14.
4.
ShukurulloFayzullo o‘g‘li, A. (2024). TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO
‘LLASH.
PEDAGOGS
,
50
(2), 51-55.
5.
Aliqulov, Shukurullo, Ziyavutdin Turayev, and Javlon Nishonov. "BOSHLANG ‘ICH SINF O
‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA TIMSS XALQARO BAHOLASH
DASTURINING ROLI VA AHAMIYATI."
Молодые ученые
2.10 (2024): 85-90.
6.
Fayzullo o‘g‘li, Shukurullo. "Aliqulov."."
TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO ‘LLASH." PEDAGOGS
50 (2024): 51-55.
7.
Qodirov, Farrux, Muxlisa Mavlonova, and Sevinch Negmatova. "YASHIL IQTISODIYOT
SHAROITIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING
AFZALLIKLARI."
Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования
3 (2024): 13-15.
8.
Otabekov, Akbar, and Sevinch Negmatova. "EFFECTIVENESS OF ARTIFICIAL
INTELLIGENCE ALGORITHMS IN CYBERSECURITY."
Инновационные исследования в
науке
4.5 (2025): 50-52.
9.
Qodirov, Farrux, Baxtiniso Boqiyeva, and Sevinch Negmatova. "TCP/IP PROTOKOLLAR
STEKI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA."
Молодые ученые
3.7 (2025): 128-132.
10.
Qodirov, Farrux, Yulduz Ahmedova, and Sevinch Negmatova. "KOMPYUTER
TARMOQLARINING ASOSIY ELEMENTLARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 133-137.
11.
Qodirov, Farrux, Dilmurod Abdullayev, and Sevinch Negmatova. "KOMPYUTER
TARMOQLARINING STANDART TEXNOLOGIYALARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 146-151.
12.
Qodirov, Farrux, Dilmurod Abdullayev, and Sevinch Negmatova. "ELEKTRON TIJORAT (E-
COMMERCE)."
Наука и технология в современном мире
4.5 (2025): 66-70.
13.
Qodirov, Farrux, Iqbol Abdimurodova, and Sevinch Negmatova. "ELЕKTRОN HUJJАT
АLMАSHISH TIZIMLАRI."
Наука и технология в современном мире
4.5 (2025): 71-74.
14.
Qodirov, Farrux, Gulsevar Keldiyorova, and Sevinch Negmatova. "BULUTLI
TEXNOLOGIYALARNING
XUSUSIYATLARI,
AFZALLIKLARI
VA
KAMCHILIKLARI."
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования
4.3 (2025): 58-62.
15.
Hayitmurodov, Ilhom, and Sevinch Negmatova. "BULUTLI HISOBLASHLAR VA ULARNING
ASOSIY TUSHUNCHALARI. BULUTLI SAQLASH MODELLARI."
Естественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования
4.3 (2025): 68-73.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
66
16.
Qodirov, Farrux, Jasmina Murodulloyeva, and Sevinch Negmatova. "SMART
TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH VOSITALARI."
Естественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования
4.3 (2025): 63-67.
17.
Qodirov, Farrux, and Asila Xolmurodova. "SMART TEXNALOGIYALAR VA AQLLI
QURILMALAR."
Наука и инновация
3.7 (2025): 138-144.
18.
Nurmaxmatova, Umida, and Sevinch Negmatova. "BLOKCHAYEN TEXNOLOGIYASINING
ISHLASH PRINSIPLARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 60-63.
