BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA TARBIYANING AHAMIYATI VA MAQSADI

Аннотация

Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini tarbiyalash juda muhim ahamiyatga egadir. Ularga taʼlim bilan barobar darajada tarbiya ham berish lozimdir. Shu sababli ularga oʻzlarini qanday tutushni, kattalarga hurmatda kichikka izzatda boʻlishni oʻrgatish kerakdir. Boshlangʻich sinflarga muomila odobini, nutqni, xulq-atvorini, odob qoidalarini togʻri oʻrgatish va ularni har tomonlama tarbiyalash va tarbiya berish haqida.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
102-103
29

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini tarbiyalash juda muhim ahamiyatga egadir. Ularga taʼlim bilan barobar darajada tarbiya ham berish lozimdir. Shu sababli ularga oʻzlarini qanday tutushni, kattalarga hurmatda kichikka izzatda boʻlishni oʻrgatish kerakdir. Boshlangʻich sinflarga muomila odobini, nutqni, xulq-atvorini, odob qoidalarini togʻri oʻrgatish va ularni har tomonlama tarbiyalash va tarbiya berish haqida.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

102

BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA TARBIYANING AHAMIYATI VA MAQSADI

Kakabayeva Gurbanjemal

NDPI Boshlangʻich taʼlim fakultetning 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14942677

ANNOTASIYA

Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini tarbiyalash juda muhim ahamiyatga egadir. Ularga taʼlim

bilan barobar darajada tarbiya ham berish lozimdir. Shu sababli ularga oʻzlarini qanday
tutushni, kattalarga hurmatda kichikka izzatda boʻlishni oʻrgatish kerakdir. Boshlangʻich
sinflarga muomila odobini, nutqni, xulq-atvorini, odob qoidalarini togʻri oʻrgatish va ularni har
tomonlama tarbiyalash va tarbiya berish haqida.

Kalit soʻzlar:

tarbiya, tarbiyaning maqsadi, oila tarbiyasi, xulq-odob qoidalari.


Tarbiya deganda shakillanayotgan shaxsda shaxsiy, axloqiy sifatlarni shakillantirishni

tushunamiz. Tarbiya taʼlim berish bilan bir mustahkam aloqada bolgʻani holda oʻziga xos
qonuniyatlarga ham egadir. Taʼlim tarbiya yogana jarayondir. Lekin ular bir-biriga aynan
oʻxshash emas. Taʼlim va tarbiyaning birligi avvola, ularning maqsadining umumiyligidadir.

Abdulla Avloniyning "Dars ila tarbiya orasida bir oz farq boʻlsa ham bir-biridan

ayrilmaydigan, birining biriga bogʻlangan kabidir" deb takidlayshi bejizga emas. Maʼlum
boʻladiki, taʼlim va tarbiyani bir-biridan ajratish mumkin emas. Shu bois, hozirgi kun pedagogi-
kasining asosiy vazifasi bilim berib, tarbiyalash tamoyiliga koʻra tarbiyalab, bilim berish
boʻlmagʻi lozim.

Yosh avlodlarga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda maktab juda muhim

ahamiyati bor. Maktab ular uchun bilim maskani boʻlish bilan bir qatorda tarbiya olish maskani
ham hisoblanadi. Ayniqsa bolalarni tagʻri tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Ularni
tarbiyalashda oilani oʻrni ham muhim ahamiyatga egadir.

Mirzo Ulugʻbekning oila muhitini yaxshilash, sogʻlom tarbiya berish haqida quyidagi

qarashlari mavjud. Bolaning bilim olishiga boʻlgan qiziqishi, havasini oshirishda oila muhim
oʻrin egallaydi. Oilada ota - onalar bilimli boʻlishini, tarbiya berishda ota-onaning oʻzi oʻrnak va
hayotiy misol boʻlishi kerak.

Xalqimizda " Qush uyasida koʻrganini qiladi" degan naql bejizga aytilmagan. Har bir ota-

ona oʻz farzandi uchun koʻzgudir. Ularning muomala va munosabati, oʻzini tutishi farzandiga
boʻlgan eʼtibori alohida ahamiyatga egadir. Buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy farzand
tarbiyasi xususida shunday deydi: "Yosh bolaga nisbatan eng zarur ish bilki, uni
kichkinaginaligidan parvarish qilish- dir deganlar.

Jadid adabiyotining namoyandasi Abdurauf Fitrat jamiyat rivoji va yurt ravnaqi yoʻlida

oilaning oʻrni xususida fikr yuritib, "Oila" asarida shunday mulohazalarni bildiradi: "Har bir
millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va tatuvliligiga bogʻliq. Tinchlik
va osoyishtalik shu millat oilalarning intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli
intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam boʻladi.

Yosh bolalar tarbiyani oʻzidan kattalardan oladilar. Bola kattalarning tajribalarini qoldi

emas balki faol ravishda o'zlashtiradi. Bu o'zlashtirishda uning ongli harakati tirishqoqligi katta
ahamiyat- ga ega bo'ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko'rsatmasalar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

103

tajriba bilimini o'zlashtira olmaydilar. Bolaning yashi ulgʻaygan sari bu faollik tobora koʻproq
mustaqil xususiyatlarga ega bo'lib boradi: tarbiyalanuvchilar oʻzlarida dunyoqarashni tarkib
toptirishga o'z-o'zini takomillashtirish tabiat jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni
tushunishga hamda idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda bo'lishga ko'nika boradilar.

Tarbiya - "Pedagogika", yaʼni bola tarbiyasining fani Ilmiy axloqining asosi tarbiya

oʻldugindan shul xususda bir oz soʻz soʻylaymiz. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi
tarbiya qilmoq tanani pok tutmoq, yosh tutmoq, yosh vaqtidan maslakini tuzatmoq, yaxshi
xulqlarni oʻrgatmoq, yoman xulqlardan saqlab oʻsdurmoqdur. Tarbiya qiluvchilar tabib
kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi
jahl maraziga "yaxshi xulq" degan davoni ustidan berub, katta qilmogʻi lozimdir. Zeroki,
"Hassinu axloqikoʻm" amri sharifi uzra xulqimizni tuzatmokgʻa amr oʻlinganmiz. Lekin
xalqimizning yaxshi boʻlishining asosiy panjasi tarbiyadir.

Xulosa oʻrnida shuni aytishim joizki, boshlangʻich taʼlim oʻquvchilariga tarbiya berish

muhim ahamiyatni talab qiladi. Asosan tarbiyaning maqsadi shuki bolalarga odob axloq
qoidalarini oʻrgatishdir. Shu sababli ham boshlangʻich taʼlim oʻquvchilariga tarbiya fanini
oʻqitish yolga qoʻyilgan. Bolalarga asosan oilada olgan tarbiyasi ham olohida ahamiyatni kashf
etadi. Shu sababli ota-onalar tarbiyasi ham birinchi oʻrinda turadi. Maktabda olgan tálim va
tarbiyasi ham muhim ahamiyatgani kashf etadi.

References:

1.

Djurayev S.N, Turdiyeva N.S, Baxronova A.I, Tarbiyaviy ishlar metodikasi.

2.

Abdulla Avloniy " Turkiy Guliston yoxud axloq", asaridan.

3.

oefen.uz

4.

Arxiv.uz

Библиографические ссылки

Djurayev S.N, Turdiyeva N.S, Baxronova A.I, Tarbiyaviy ishlar metodikasi.

Abdulla Avloniy " Turkiy Guliston yoxud axloq", asaridan.

oefen.uz

Arxiv.uz