MAKTABGACHA BOʻLGAN BOLALAR NUTQINI OʻSTIRISH ORQALI BOSHLANGʻICH SINFGʻA TAYYORLASH

Аннотация

Har bir bolaning nutqining rivojlanishi ilk bolalik davridan boshlanadi. Ularning ayniqsa qiziqishlari yuqori darajada bo'lganligi tufayli nutqqa bo'lgan ehtiyojlar oshadi. Shu sababli ham boshdan bolalarning nutqini rivojlantirish orqali boshlangʻich sinfgʻa tayyorlash va nutqni shakillantirish usullarini o'rgatish haqida.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
85-87
13

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Har bir bolaning nutqining rivojlanishi ilk bolalik davridan boshlanadi. Ularning ayniqsa qiziqishlari yuqori darajada bo'lganligi tufayli nutqqa bo'lgan ehtiyojlar oshadi. Shu sababli ham boshdan bolalarning nutqini rivojlantirish orqali boshlangʻich sinfgʻa tayyorlash va nutqni shakillantirish usullarini o'rgatish haqida.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

85

MAKTABGACHA BOʻLGAN BOLALAR NUTQINI OʻSTIRISH ORQALI

BOSHLANGʻICH SINFGʻA TAYYORLASH

Kakabayeva Gurbanjemal

NDPI Boshlangʻich taʼlim fakultetining 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15421188

Annotasiya:

Har bir bolaning nutqining rivojlanishi ilk bolalik davridan boshlanadi.

Ularning ayniqsa qiziqishlari yuqori darajada bo'lganligi tufayli nutqqa bo'lgan ehtiyojlar
oshadi. Shu sababli ham boshdan bolalarning nutqini rivojlantirish orqali boshlangʻich sinfgʻa
tayyorlash va nutqni shakillantirish usullarini o'rgatish haqida.

Kalit soʻzlar:

nutq, nutqni shakillantirish va oʻstirish, dialog va monolog nutqning

ahamiyati, nutqni rivojlantirish jarayoni , nutq va tilning ahamiyati.


Nutq bolalik davrlardan shakllana boshlaydi.Oʻsha paytlardanoq bolalar nutqini to'g'ri

shakllantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Nutqni rivojlantirish uchun asosan
bolalarni har tomonlama yangiliklar ma'lumotlar bilan tanishtirish orqali ularning
qiziqishlarini oshirish kerak. Biror narsaga qiziqib o'sha narsani so'rab urgansagina bola
nutqning oshishiga katta sabab bo'ladi. Bola bu jarayonda o'zining qiziqqonligi orqali nutqi
yuqori darajada shakllana boshlaydi. Asosan bolalar nutqini rivojlantirishda ularning ota-
onalari bilan ham-da kattalar va o'zining do'stlari bilan muloqotda bo'lishlari lozim
hisoblanadi. Bunda asosan kattalar ya'ni bolalarning ota-onasi muhimroq roʻl o'ynaydi.
Masalan bola bironta gapni noto'g'ri xato gapirsa unga baqirmaslik va bolani qo'rqitmaslik
kerak. Agar bu holatda ota-ona bolaga qattiq gapirsa bola boshqa safar o'z fikrini mustaqil
ravishda to'liq va erkin bayon etolmaydigan va istaklarini yuzaga chiqara olmaydi. Bu bolsa
bolaning nutqiga juda katta ta'sir koʻrsatadi. Ota-onalar asosan bosh paytlarda farzandlari
bilan shug'ullansa ularga bironta kitoblardan hikoya ertak she'r o'qib yoki aytib bersa ham
bolalarning so'z boyligini ortishiga katta yordam bо`ladi.

Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalasi pedagogikaning muhim

masalalaridan biri hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha uzoq
vaqtlar davomida tadqiqot ishlari olib borildi. Bu masala bo'yicha mashhur olimlar,
amaliyotchilari pedagoglar, metodistlardan Y.I.Tixiyeva, N.M .Shelovanova, N.M. Askarina, N.F.
Lasigina, Y.K. Kaverina, Y.I.Radina va boshqalar tadqiqot ishlarini olib bordilar.

Bolalik hayotining birinchi yili eng mas'uliyatli davri bo'lib bu davrda bola nutqida katta

o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bu bolsa bolaning umumiy rivojlanishga sabab bo'ladi. Nutq
apparati bilan to'gʻiladi lekin u gapirmaydi buning sabablari bir qancha:

1. Yangi tug'ilgan chaqaloq oʻzining nutq operatidan foydalanish ko'nikmasiga ega emas

bu ko'nikmalarni bolada hosil bo`lgan qildirish kerak.

2. Unda nutq uchun mavzu (obyekt) yoqi u mavzuni (obyektini ) to'plashi kerak.
3. Unga nutqning soʻz shakllari tanish emas bola ular bilan tanishishi kerak.
4. Nutq tafakkur bilan bog'liq shu sababli ham bolaning tafakkurini oshirish kerak.
5. Nutq kishilarning bir-birlari bilan boʻlgan munosabatlari rivojlandi.
Mana shu yuqoridagi yo'nalishlarga qarab bolalar nutqning rivojlanishiga rahbarlik

qilish kerak. Oʻz vaqtida to'liq qimmatga ega bo'lgan nutqni egallash borada to'liq qimmatga
ega bo'lgan psixik rivojlanish vujudga keladi va uni kelgusida rivojlantirishdagi eng muhim
vositalardan biri ekanligini olimlar o'zlarining ilmiy nazariy qarashlarida isbotlab berishgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

86

Metodik adabiyotlarda bayon qilinishicha, adabiy til negizida asosan monologik nutq

yotadi. Shuning uchun ham nutqni rivojlantirish ta’lim-tarbiya tizimida muhim ahamiyat kasb
etadi. Monologik nutq, muayyan mavzuga oid mantiqiy izchil gaplar shaklida ifodalangan
hamda boshqalarga ta’sir ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan fikrlar (tovushlar)ning uyushgan
tizimini namoyon etadi. Bolalar uchun monologik nutq, shubhasiz, psixologik jihatdan
murakkab hisoblanadi. Gap shundaki, maktabgacha katta yoshdagi bola monologik nutqqa
tayyorgarlik jarayonida, shuni tushunadiki, tinglovchilar (boshqalar) uning aytayotgan fikr-
mulohazalaridan qandaydir qiziqarli narsani bilishni istaydilar. Bola intuitiv tarzda bo‘lsada,
monologik nutq rejasini mantiqan tuzish, maqsadini bayon etishga oid iboralani to‘g‘ri
tanlash, gap tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qiladi. Noqulay psixologik
sharoit maktabgacha katta yoshdagi bolaga shunday muhit yaratadiki, uning o‘zi bayon
qilmoqchi bo‘lgan so‘z, ibora, gap ma’nosini tushunib yetmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan
«noqulaylik»ni his etadi. Haqiqatan ham monologik nutq tinglovchiga maroqli va tushunarli
bo‘lishi uchun maktabgacha va katta yoshdagi bola, avalo, xotira va mantiqiy fikrlashga
tayanmog‘i lozim.

Asosan, bolalar nutqning rivojlanishda dialog nutq ham muhim roʻl o'ynaydi. Dialog

nutqda bolalar inson bilan muloqotda bo'lishi ularning bir-birlari bilan fikr almashishi
masalan ota-onasi yoki tarbiyachisi yoki o'zining yaqin dostlari bilan muloqotda bo'lish
ularning nutqining rivojlanishiga sababchi bo'ladi.

Maktab ta'limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli

barqaror bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o'qish hisoblanadi.
Oʻquv faoliyatida bolada nutq diqqat xotira tasavvur va tafakkurning shakllanishi muhim
hisoblanadi. Bolaning maktabdan muvaffaqiyatli o'qishi orqali uning nutqning rivojlanishi va
aqliy hamda jismoniy tayyorgarlikka bog'liq bo'ladi. Maktabga kelish arafasida bolaning so'z
boyligi ham o'z fikrini bayon eta olishi ham oshadi. Bolaning nutqning rivojlanishida asosan
maktab juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish uchun ularning bilim darajasi,

qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Shu narsa aniqlanganki,
maktabgacha va katta yoshdagi bolalarning barcha harakat va xulqini boshqarishda bosh
miya faoliyatining roʻli ortib boradi. Ya’ni bolalar boshqalaming xatti-harakatlarini, atrofda
kechayotgan voqea-hodisalani bilishga va baholashga intiladilar. Shunga ko‘ra maktabgacha
yoshdagi bolalar bajaradigan faoliyat turlari ham xilma-xil va mazmunli bo‘lib boradi. Demak,
bolalar faoliyat turlari nutq o‘stirishda katta rol o‘ynaydi.

Ma’lumki, ta’limda biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bogʻliq. Shuning uchun ham

maktabgacha yoshdagi bolalarning madaniy xulq-odatlarini shakllantirishga muayyan
darajada e’tibor berish lozim. Ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘grisida
axloqiy tasavvurlarni tarkib toptirish kerak.

Nutqni samaradorligini rivojlantirish maqsadida bolalarning tevarak-atrof obyektlari

(kishilaming hayoti va mehnati, hayvonlar, o'simliklar olami, suv osti dunyosi) to‘g‘risidagi
tasavvurlarini aniqlash va izchil, rejali tarzda kengaytira borish talab etiladi. Nutqni
rivojlantirishning samaradorligini oshirish rejasida nafaqat tevarak-atrof obyektlari ustida
oddiy kuzatishlar uchun, balki ularni o‘rganish uchun ham sayrlar, sayohatlar o‘tkazish
muhim hisoblanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

87

Xulosa oʻrnida shuni aytishim joizki, bolalarning nutqini rivojlantirishni asosan boshdan

shakllantirish kerak. Bundan ularga katta e'tibor qaratish kerak. Bolalarning nutqini
rivojlantirishda asosan ota- onalarning va boqcha tarbiyachisining ham-da maktab
o`qituvchilarning roʻli katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki bolalar ota-onalari bilan
doimo muloqotda bo'ladi. Muloqot orqali nutqni shakllanishi yuqori darajani ko'rsatadi.
Nutqning rivojlanishida asosan muloqotning o'rni juda katta hisoblanadi. Chunki bolalar
muloqotda biror bir kishilar bilan muloqot qilganlaridagina ularning til boyligi oshadi. Til
bo'yligining oshishi bo'lsa bolaning nutqining rivojlanishga sabab bo'ladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Babayeva.D R. Nutq oʻstirish metodikasi va nazariyasi. T - 2018.

2.

М. Г. Давлетшн, Ш. Дусмухаммедова, М. Мавланов , С. Туйчиева. Ёш даврлари ва

педагогик психология Т - 2004.
3.

Ш. А. Дусмухаммедова, З.Т.Нишанова , С. Х. Алимбаева. Ёш даврлари ва педагогик

психология Т - 2013.
4.

Arxiv.uz

Библиографические ссылки

Babayeva.D R. Nutq oʻstirish metodikasi va nazariyasi. T - 2018.

М. Г. Давлетшн, Ш. Дусмухаммедова, М. Мавланов , С. Туйчиева. Ёш даврлари ва педагогик психология Т - 2004.

Ш. А. Дусмухаммедова, З.Т.Нишанова , С. Х. Алимбаева. Ёш даврлари ва педагогик психология Т - 2013.

Arxiv.uz